O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə4/8
tarix21.05.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#45054
1   2   3   4   5   6   7   8

Izox:o’qituvchi hohlagan mavzudagi reja asosida savol tayyorlashi mumkin biroq tayyorlagan savollari Muammoli,krassivord shaklida yoki boshqa usullardan foydalanishi mumkin qanaqa vaziyatni tanlamasin talaba zerikmasligi va u faol qatnashishi shart. ,

Blits-so’rov savollari.



Savol

Javob.

1.

Oqsillar organizmda qanday vazifalarni bajaradi?




2.

Yog’lar organizmda ko’p vazifalarni bajaradi?:




3.

Mineral moddalarning organizm uchun qanday ahamiyati bor?.




4.

Plastik hujayralarning qurilish materili deganda qaysi modda nazarda tutilgan?




5.

Gormon sintezida ishtirok etadigan modda organizmda qaysi hisoblanadi?




6.

Organizmda ateroskleroz, gipertoniya, qandli diabet kasalliklarini oldini olishda ishtirok etadigan modda qaysi hisoblanadi?





Guruhlarni ishlarini umumlashtiruvchi baho 2-ilova


Guruh

1

2

3

Jamoa ball

Baho

1
















2
















3















2,2 – 3 ball –a’lo

.1,2 – 2 ball –yaxshi.

0,5 – 1,1 ball –qoniqarli

.0 – 0,5 ball – qoniqarsiz.
Mavzuning qisqacha bayoni:

Bolaning rivojlanishida oziq - ovqat mahsulotlari quruvchi va energiya beruvchi vosita bo’lib hisoblanadi. Bola o’sgan sari oziq ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi ortib boradi. Shu sababli bolaning iste'mol qilayotgan ovqati oqsil, yog’, uglevod, vitaminlar va minerallarga boy bo’lishi lozim. Buning uchun bolaga baliq, tuxum, tvorog, kefir, grechka berish kerak. Yog’ moddasi bolaga energiya beradi. Iste'mol qilinadigan sariyog’da A va D vitaminlari bo’lib, ular yosh bolalar uchun juda qulay, sababi ichaklarda tez hazm bo’ladi.

Asosiy oziq moddalarga oqsillar, yog’lar, uglevodlar, suv, vitaminlar, meneral moddalar, mikroelementlar kiradi.

Oqsillar organizmda quyidagi vazifalarni bajaradi:

- plastik hujayralarning qurilish materili;

- katalitik, fermentlarning asosiy qismini tashkil etadi;

- immun, turning individual xossasini namoyon qiladi;

- transport, qonning qismini tashiydi.

Ovqat tarkibidagi oqsillar 20 ta aminokislotadan iborat, ulardan 8 tasi almashtirilmaydi (ya’ni organizmda sintezlanmaydi). Azot havo bilan kiradi (arterial qonda azot miqdori venoz qonga nisbata ko’p). Yo’g’on ichakda ba’zi bir aminokislotalar sintezlanadi. Almashtirilmaydigan aminokislotalar 30% dan kam bo’lmasligi kerak. Yetuk oqsillar hayvondan, yetuk bo’lmagan oqsillar o’simlikdan kelib chiqadi. 1-1,5g vaznga oqsilni normada qabul qilish kerak, lekin bunda 1g oqsil miqdorida 1mg vitamin C yuborish kerakligini inobatga olish lozim, bo’lmasa ovqat hazm qilish buzilib, yo’g’on ichakda oqsil chiriydi. Hayvonda yuzaga keladigan aminokislotalar yig’imi, odam organizmi uchun kerakli aminokilotalar yig’imi, odam organizmi uchun kerakli aminokislotalarga yaqin. 46-480 C issiqlikda ovqatga ishlov berilganda oqsillar koagulyatsiyasi, 540 C da esa fermentlar aktivligi yo’qolib, oqsillar hazm qilinishi pasayadi.

Yog’lar organizmida ko’p vazifalarni bajaradi:

- hujayra qurilishi uchun plastik material (jinsiy va asab hujayralarining qobig’i 50% yoshdan iborat);

- gormon sentezida ishtirok etadi (gipofiz, buyrak usti bezi gormonlari);

- organizmning yuqori energetik zahirasi hisoblanadi (1g yonganda 9,3 kkal issiqlik chiqadi);

- A,K,E vitaminlar funksiyasi uchun kerak.

Zamonaviy odam ratsioniga o’simlik va hayvon yog’lari kiradi. Birinchisiga yarim tuyingan yog’ kislotalar kiradi. Linolin kislotasi organizmda sintezlanmaydi. Hayvon yog’lari tarkibidagi xolimikron, xoesterin yog’ pufaklari qonning quyilishiga olib keladi. Bu yog’lar tok sinlarni yig’adi. O’simliklar yog’lari yarim to’yingan kislotalardan tuzilgan. Bu turdagi kislotalar xolesterin va uning hosilalarining organizmdan chiqib ketishiga sabab bo’ladi. Qaynatilganda yog’lar aldegid, keton tanachalari va radikallar, konserogenlargacha parchalanadi. Ovqat hazm qilish traktikada yog’lar fermentlar yordamida glitsirin va yog’ kislotasigacha parchalanadi. Organizmning yog’larga bo’lgan ko’plik ehtiyoji 25-30g



Uglevodlar sintezlanmaydi, lekin ularning energik ahamiyati bor. Monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlarga bo’linadi. Monosaxaridlar: glukoza, fruktoza. Oligosaxaridalar: saxaroza, mal’toza, laktoza. Polisaxaridlar: kraxmal, selyuloza, kletchatka, petkin. Murakkab polisaxaridlar oddiylargacha parchalanadi, agar hazm bo’lish jarayoni buzilsa, ular achiydi va chiriydi. Oziq tolalari hazm bo’lmaydi, lekin ular quyidagilar uchun kerak: oziq hazm bo’ladigan massaning gelsimon strukturasini hosil qiladi, oshqozon bo’shashi, hazm bo’lish tezligi va oziq massasining harakatiga ta’sir qiladi.

  • axlat toshlarini hosil bo’lishini, suvni ushlanishini, massasi va konsistensiyasini faollashtiradi;

  • o’t kislotasini yo’qotishini to’xtatadi va adeorblaydi, natijada xolesterin va o’t kislotasi, shuningdek, qondagi gemoglobin normal darajasini ta’minlaydi.;

  • yallig’lanishga qarshi va antitoksin ta’sir etadi;

  • vitaminlar sintezida qatnashadi;

  • 50% oziq tolalari mikroflora yordamida yo’g’on ichakda singdiriladi va keyinchalik bu yangi moddalar organizmda ishlatiladi;

  • organizmdan toksinlar va og’ir metan chiqishini ta’minlaydi;

  • ateroskleroz, gipertoniya, qandli diabet kasalliklarini oldini oladi.

Organizmda parchalanadigan va so’riladigan nozik oziq tolalarini (olma, karam, kartoshka) va dag’al (sabzi, lavlagi) tolalari farqlanadi. 1 sutkalik ehtiyoji 15-20g

Suv. Odamda 65% oziq-ovqatni suv hosil qiladi. Suv normal modda alvidagi asosiy muhitni hosil qiladi. Suyuqlikni ko’p iste’mol qilsh odamda zarar yetkazadi (yurak, buyrakka).

Meniral moddalarning turli ahamiyatli vazifalari mavjud:

- ko’pgina fermentativ tizimlarning vazifasi va strukturasini belgilaydi;

- alohida muhim fiziologik jarayonlarning normal kechishini ta’minlaydi;

- to’qima tuzilishi va plastik jarayonlarda qatnashadi;

- qondagi tuz tarkibini belgilaydi;

- suv-tuz almashinuvini normallashtiradi.

Organizmga mineral moddalar meva va sabzavotlar bilan kiradi. Ularning katta ahamiyati shundaki, ular biologik bog’liq tuzilmalarda bo’lib, bu komplekslar organizm tomonidan yaxshi hazm bo’ladi. Organizmga kirgan mineral moddalarning absalyut kirishigina emas, balki, ularning miqdori ham ahamiyatlidir. O’simlik mahsulotlari oksidlanadi, hayvon (tovuq, tuxum, mol go’shti) qaytariladi. Bu esa goleostoz uchun katta ahamiyatga ega. Tuzlarning (K ionlari) miqdori oshishi hazm bo’lish jarayonini ratsional kechishini ta’minlaydi. Na ionini oshishi esa hujayra, nafas olishini qiyinlashtiradi, himoya kuchlarini susaytiradi, anobolizm jarayonlari ham susayadi. Na miqdorining keskin oshishi organizmda suyuqlikni ushlanib qolishiga, qonda osmatik bosimini ko’tarilishiga, bu esa to’qimalardagi suyuqlikni qonga o’tkazishga, tomirlar to’lishiga, arteral bosimi oshishiga olib keladi.

Yosh organizmning har tomonlama rivojlanishi uchun vitaminlar katta ahamiyatga ega.

Vitamin iborasi lotincha so’zdan olingan bo’lib, (vita - hayot) "hayotbaxsh amin" ma'nosini anglatadi va xalk orasida darmondori deb yuritiladi. Vitaminlar eruvchanligi bilan ikki guruhga bo’linadi: suvda eruvchi vitaminlar - V1, V2, V6, V12, foliat kislotasi, biotin, S, R, RR va yog’da eruvchilar- A, D, Ye, K. Vitaminlarning organizmda yetishmovchiligi (gipovitaminoz) bolaning o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta'sir ko’rsatadi.

Gipovitaminoz - vitaminlarning ovqat mahsulotlarida yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqadi. Vitaminlarga bo’lgan ehtiyoj bolaning yoshidan tashqari, jug’rofik iqlim sharoitiga ham bog’liq: sovuq muhitda moddalar almashinuvining kuchayishi va issiq iqlim sharoitida suvda eruvchan vitaminlarning ter bilan birga ko’p miqdorda yo’qotilishi oqibatida vitaminlarga ehtiyoj zo’rayadi. Vitaminlar yetishmasa, organizmda moddalar almashinuvi buziladi, uning hayot faoliyati izdan chiqadi, to’qima va hujayralarning ko’payishi va tiklanishi buziladi. Masalan: Vitamin A yetishmovchiligidan darmonsizlik, tez charchash, ishtahaning yo’qolishi, bolaning o’sishdan orqada qolishi, terining huruhlashuvi, ko’zning shox pardasida dog’, terida va ko’zning shilliq qavatida yiringli yaralar paydo bo’lishi kuzatiladi. Sochlar, tirnoqlar qurishib, mo’rt bo’lib qoladi. Bemorda shabkurlik va yorug’likdan qo’rqish kabi belgilari paydo bo’ladi. Vitamin Ye yetishmovchiligidan kam quvvatlik, tez charchash va asab sistemasida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Vitamin K yetishmovchiligining birinchi belgisi shilliq pardalardan qon ketishi, terida qonli toshmalar (gemorragiya) yuzaga kelishidir. Gipovitaminoz V-1 ning alomatlari tez toliqish, ishtahaning yo’qolishi, qusish, dispepsiya va bular natijasida vujudga keluvchi gipotrofiyadir. Bolaning terisi marmarsimon tus oladi, mushaklar bo’shashadi, tutqanoq, o’tkir yurak yetishmovchiligi, to’qimalar nafas olishining buzilishi kabilar kelib chiqadi.


Bog`cha yoshidagi bolalarni oqilona ovqatlanishi

Bolalar shu yoshga etganda ular ovqatidagi oziq moddalarning miqdor jihatdan taqsimlanishi katta odamlarnikidek,ya`ni 1;1;4 bo`lishi lozim.Ular ovqatida xilma-xillik bo`lishi turli xil go`sht va go`sht mahsulotlariga, sut va sut mahsulotlariga, sabzavot(sabzi,karam, lavlagi,pomidor, bodring,qovun,torvuz,oshqovoq)meva chevalarga etarli o`rin berilishi kerak.Ularning kunlik ovqatiga mo`ljallangan shakarni iloji boricha asalga yoki mayizga almashtirgan ma`qul.Bu mahsulot tarkibidagi shirinlik bu yoshdagi bolalar uchun nihoyatda foydali bo`lgan fruktoza,gluykoza ko`rinishiga bo`ladi.Bog`cha yoshidagi bolalar kuniga taxminan 500ml sut qattiq iste`mol qilishlari kerak,bu ular vujudini to`la qiymatli oqsillar bilan ta`minlashda muhim.Bunday bolar uchun oz miqdordagi sarimsoqpiyoz ancha foydali,lekin uning kunlik ovqatdan kofe,achchiq choy gorchisa,sirka kabi o`tkir va achchiq ta`mli moddalar olib tashlangani ma`qul.

3-5 yoshli bolar uchun bir kunda iste`mol qilinadigan ovqatning umumiy miqdori 1700-1800g bo`lishi tavsiya etiladi.

Bog`cha yoshidagi bolalarning ovqatlanishida bu narsaga e`tibor berish kerakki,ular asosiy ovqatlar oralig`ida biror narsa eb qo`ymasligi kerak.Bunday bolalar shirinliklarga juda o`ch bo`lishadi.Ovqatlanguncha shulardan oz bo`lsada tamaddi qilgan bolada asosiy ovqatga ishtaha yo`qoladi,chunki me`daga tushgan konfet yoki sgokolad tegishli me`da shirasini ajratib,bu yerda ovqat hazm bo`lish jarayonining qizg`in vaqtini o`tkazib yuboradi,tanaga so`rilgan shirinlik bilan ishtaha aldanadi.

Bolaga ishtaha bo`lmaganida uni majburlab ovqatlanishiga undash kerak emas,chunki xoxish bo`lmaganida eyilgan ovqat yomon hazm bo`ladi.Buning asosiy sababi me`da va ichaklarda tegishli fermentlarga ega bo`lgan hazm shirasining zarur miqdorda ajratilmasligidadir.Natijada eyilgan taom belgilangan vaqt ichida tegishli qismlarga parchalanmaydi va ichak devoridan qonga so`rilmaydi.Bunday paytlarda bolani o`z holiga qo`yish kerak,bir marta oz vaqtida ovqat emasa ham bo`laveradi.Turli hil o`yinlar natijasida och qolgandan kiyin o`zi ovqatlanadi.
Bolalarning kundalik ehtiyoj kalloriyasi


yoshi

Kaloriyaning umumiy hisobi

6 oylikdan-1yoshgacha

600

1yoshdan-1,5 yoshgacha

1300

1,5 yoshdan 2 yoshgacha

1500

3 yoshdan-5 yoshgacha

1800

5-6 yoshgacha

2000

7 yoshda

2400

6 oylikdan 1 yoshgacha ona sutidagi kaloriya hisobga kirmaydi.



66

Bolalarning oqsil,yog`,uglevodlarga ehtiyoji.(bir kunlik grami.)


yoshi

Oqsil


Hayvonlar

oqsili


Yog`

Uglevod


Osimlik

lar


6 oylikdan 1yoshgacha

25

30-35

25

-

113

1 yoshdan-1,5 yoshgacha

48

36

48

-

160

1,5 yoshdan-2 yoshgacha

53

40

53

5

192

3-4 yosh

63

44

63

8

233

5-6 yosh

72

47

72

11

252

7 yosh

80

48

80

15

324



DISTROFIYALAR

Distrofiya (dis- buzilish, throphie- oziqlanish) grekcha so’z bo’lib, keng ma'noda ichki a'zolar va to’qimalarda moddalar almashinuvining buzilishini anglatadi. Normatrofiya alomatlarini bilmay turib distrofiyani aniqlash juda qiyin. Normatrofiya: "Bolaning vazni, bo’yi va tana o’lchamlari uning yoshi va jinsiga mos bo’lishi va ularning bir-biriga monand holda o’sib borishi; "Uning badani top-toza, terisi nafis, och-pushti rangli, baxmaldek yumshoq, shilliq pardalarning rangi och-pushti, suyak-mushak sistemasi barkamol bo’lishi;


GIPOTROFIYA

Yosh bolalarda ko’pincha oziqlanishning surunkali pasayishi - gipotrofiyalar uchraydi.

Sababi: "Alimentar omillar - bola ovqatining ham sifat, ham miqdor jihatidan yetishmasligi eng ko’p uchraydigan holdir; "Bolaning yuqumli kasalliklarga qayta-qayta chalinishi, bolaning ishtahasi buzilishi, ovqat hazm qilinishining buzilishi; "Bola parvarishida uchraydigan nuqsonlar (toza havodan yetarlicha baxramand bo’lmaslik);

"Me'da-ichak sistemasi a'zolarida rivojlanishning buzilishi; "Moddalar almashinuvining irsiy kasalliklari; "Endokrin bezlarning kasalliklari; "Irsiy immmunologik yetishmovchilik holatlari.

Gipotrofiya uch darajaga bo’linadi:

1.Yengil yoki I darajali gipotrofiya.

2.o’rtacha og’irlikdagi yoki II darajali.

3.Og’ir yoki III darajali.

Gipotrofiyaning yengil darajasida teri osti yog’ to’qimasi badanning hamma qismida, ayniqsa qorinda qisman kamayadi. Bolaning umumiy ahvoli o’zgarmaydi terining elastikligi va to’qimalarning tarangligi ham deyarli saqlanadi. Bolaning vazni shu yoshdagi o’rtacha ko’rsatkichga nisbatan 11-20% kam bo’ladi. Bemorning rangi biroz siniqqan, o’zi injiq bo’lib qoladi. Bu darajadagi gipotrofiyada bolaning bo’yi, aqliy o’sishi ham barqaror bo’lib, yuqumli kasalliklarga chidamliligi susayadi. Gipotrofiyaning II darajasida bolaning vazni yoshiga nisbatan 20-30% ga kam bo’ladi. Teri osti yog’ to’qimasi badanning qorin, ko’krak qismlarida qariyb yo’qolib ketadi, oyoq – qo’llarda ancha yupqalashadi va faqatgina bolaning yuzida saqlanib qoladi. Terisi quruq, tez burma hosil qiladigan, sonning terisi esa shalvirab osilib turadigan holga yetadi. Bola mushaklarining kuchi kamayib, ilgari yuradigan bo’lsa, endi yurmay qo’yadi, paydo bo’lgan ayrim shartli reflekslar so’nadi. Suyak sistemasining ham rivojlanishi susayadi, tishlarning chiqishi kechikadi. Bolaning asabida ham ancha o’zgarishlar yuz berib, u o’zgalarga nisbatan e'tiborsiz, lanj, ko’p injiqlanadigan, uyqusi notinch bo’lib qoladi. III darajali gipotrofiyada bolaning vazni yoshiga nisbatan 30% va undan ko’proq yetishmaydi, badanning deyarli hamma qismida teri osti yog’ to’qimasi qolmaydi, bemor suyak va teridan iborat bo’lib qoladi. Bolaning yuz terisi keksa kishilarnikiga o’xshab burma-burma bo’ladi. Bu darajadagi gipotrofiyada bemorning umumiy ahvoli juda og’ir bo’lib, ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan uning rivojlanishi keskin ortda qoladi

. Profilaktikasi. Gipotrofiyaning profilaktikasi bolaning homilalik paytidan boshlanishi kerak. Bo’lajak ona to’g’ri ovqatlanishi, kun tartibiga amal qilishi va toza zavoda ko’prok bo’lishi lozim. Bola tug’ilgandan so’ng, uning ona suti bilan boqilishi, onada uchraydigan gipogalaktiyaning oldi olinishi hamda bolaning o’sishini nazorat qilib turish kabi tadbirlar gipotrofiyaning oldini olishda katta ahamiyatga ega.



55-rasm. Boladagi I darajali gipotrofiya holati

56-rasm. Boladagi II darajali gipotrofiya holati


57-rasm. Boladagi III darajali gipotrofiya holati.

Mavzu.3; Baxtsiz hodisa va shikastlanishlarda birinchi yordam.

Laborotoriya mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi.

Таlabalar soni;30ta

Vaqti; 2 soat

Маshg’ulot shakli

Bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashg;ulot.

Аmaliy mashg’ulot rejasi

1.SHikastlanishlarning turlari.

2. Sovuq urganda birinchi yordam ko`rsatish.

3. Hushdan ketganda birinchi yordam ko`rsating.


Маshg’ulotning maqsadi: Talaba dars davomida olgan bilimlarini hayotda tadbiq etish holatlariga o`rgatish.SHifokorlar bo’lmagan holatlarda jamoat joylarida sodir bo`ladigan patologik holatlarda (hushdan ketish ,tutqanoq tutish singanda,chiqqanda,qon ketganda,cho`kkanda) shifokorgacha bo’lgan yordamni ko’rsatish holatlarini o`rgatish

Pedagogik vazifalar:

O’quv faoliyatining natijalari.

Ta’lim metodlari:

Tezkor so’rov,savol javob,suhbat,koop-koop,pinbord texnikasi.

O’qitish vositalari.

markerlar,qog’ozlar,doska,bo’r.

O’qitish shakli.

Jamoa va guruhlarda ishlash.

O’qitish shart-sharoiti.

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya.

Monitoring va baholash.

Og’zaki nazorat,savol-javob,o’z-o’zini nazorat qilish,reyting tizimi asosida baholash.

Laborotoriya mashg’ulotining texnologik xaritasi.

Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

I. Kirish bosqichi

(15 daqiqa)



1.1.Mavzuni nomi,maqsadi,kutilajak o’quv natijalarini va mavzu rejasini eslatadi.

1.2.O’tgan mashg’ulot bilan mantiqiy bo’g’laydi.Mustaqil ish uchun berilgan vazifani bajarganlik darajasini tekshiradi.

1.3.Guruhlar faoliyatini baholash mezonlarini e’lon qiladi.(1-ilova).


Tinglaydilar.Mavzuni nomini va rejasini yozib oladilar. Savollarni muhokama qilib,ularga javob beradilar.

II. Asoschi bosqich

(55daqiqa)



2.1.Faollashtirish va bilimlarini tekshirish maqsadida bir qancha savollar beradi.(tezkor so’rov):

-Tezkor yordam deganda nimani tushunasiz?

-Qanaqa yordam ko’rsatish bo’limlarini bilasiz?

- Qanaqa holatlarda yordam ko’rsatiladi?

2.2.Keyingi faoliyat «koop-koop» texnikasi (2-ilova) bo’yicha kichik guruhlarda davom etishini e’lon qiladi.Talabalarni ixtiyoriy 3 ta guruhga bo’ladi.Har bir guruh ma’lum bir yo`nalish bo’yicha vazifa bajarishini uqtiradi.(3-ilova).

Guruhlarda faoliyatni tashkil qiladi.Kuzatuvchi,yo`naltiruvchi sifatida ishtirok etadi.Vazifalar bo’yicha to’plagan ma’lumotlarini sxemalarda,jadvallarda tasvirlash kerakligini tushuntiradi.

2.3.Guruhlarda berilgan vazifalarni muhokamasini tashkil qiladi,yo`naltiradi,

maslahatlar beradi.

2.5.Guruh ishlarini taqdimoti boshlanishini e’lon qiladi.

Har bir guruh taqdimotidan so’ng ma’lumotlarni to’ldiradi,xatolarini tuzatadi,xulosalar qiladi.

Guruh ishini tahlil qiladi,qo’shimchalar kiritadi,to’ldiradi,umumlashtiradi.


Berilgan savollarga javob beradilar,fikr almashadilar.

III.Yakuniy bisqich.

(10 daqiqa.)



3.1.Mavzuning dastlabki uchta savoli bo’yicha umumlashtiradi,xulosalar qiladi.Talabalar diqqatini mavzuning asosiy mohiyatiga qaratadi.

3.2.O’quv mashg’ulotining natijalarini qayd qiladi.Talabalar mustaqil faoliyatining maqsadga erishganlik darajasini tahlil qiladi va baholaydi.

3.4.Uyda mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi. (4-ilova).


Eshitadilar..

Vazifani yozib oladilar.


1-ilova
Ekspert guruhlarining ish natijalarini baholash mezonlari.



Mezonlar

Maks.ball

Guruh faoliyati natijalarini bahosi.

Ma’lumotning to’laligi

1,0













Ma’lumotning aniq,chizmali tarzda taqdim etilganligi.

0,5














Guruh ishtirokchilarining faolligi(to’dirish,savollar berish,javoblar berish.)

0,5














Ballarning maksimal hajmi

2












1,5 – 2 ball - «a’lo».

1,0 – 1,4 ball - «yaxshi».

0,5 – 0,9 ball - «qoniqarli»

0 - 0,4 ball- «qoniqarsiz»
2-ilova

«Koop-koop» («Birgalikda o’qiymiz») texnikasini o’tkazish qoidasi.


Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchi

1.

Turli xil o’zlashtirish darajalariga ega bo;lgan 3 va 5 kishidan iborat kichik guruhlarni tashkil qiladi.




2.

Har bir guruhga butun o’quv guruhi ishlashi lozim bo’lgan,mavzuning bir bo’lagi bo’lib hisoblangan,bitta topshiriq beradi.Ekspert varaqalarini tarqatadi.

Guruh a’zolari o’zaro topshiriqlarni bo’lib olishadi.

3.

Topshiriqni muvoffaqiyatli bajarilishini va muomala madaniyatini nazorat qiladi.

3.1.Hamma topshiriqlarni mustaqil bajaradi,mavzular bo’yicha ishlaydi.

3.2. Guruh a’zolarining mini ma’ruzalarini tinglaydi.Umumiy ma’ruza tayyorlanadi.Ma’ruzani o’qish uchun spekr tayinlanadi.



4.

Guruhlarda ish yakunlanishini va ish natijasi taqdim etilishini e’lon qiladi.

Guruh-spektiri ma’ruzaning taqdimotini o’tkazadi.

5.

Natijalarni tahlil qiladi va baholaydi,g’olib guruhlarni aniqlaydi.




3-ilova





4-ilova


Uyda bajarish lozim bo’lgan nazorat savollar:

  1. Shoshilinch tez tibbiy yordam markazlarini bo’limlari bo’yicha sxematik ravishda chizib izohlang va mashg’ulot daftaringizga qayd qiling.

  2. Agarda qon ketish aynan bilak sohasida ko’zatilsa nima sababdan yelka sohasiga bo’g’lam qo’yiladi? sababini aniqlang va ish daftaringizga qayd qiling.?

  3. Sovuq urganda ko’rsatiladigan yordam turlarini aniqlang.

  4. Qanday holatdagi kasallarga uy sharoitida yordam ko’rsatiladi?

  5. Siz do’stingiz bilan toqqa chidingiz, dostingiz yiqilib oyog’i sindi siz qanday yordam ko’rsatasiz?

Yuqoridagi savollarga javob toping va ish daftaringizga qayd qiling.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə