O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati


IV-mavzu: Favqulodda vaziyatlarda holatni baholash



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə13/36
tarix21.05.2018
ölçüsü5,01 Mb.
#45126
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36

IV-mavzu: Favqulodda vaziyatlarda holatni baholash

Mavzuning maqsadi va vazifalari

Radiatsion va kimyoviy holat to`g`risida tushuncha. Holatni radiatsion kuch va vositalar ma`lumotiga asosan baholash. Radiatsion, kimyoviy qidiruv va dozimetrik nazorat asboblari tasnifi. Doza quvvatini o`lchovchi yakka dozimetrlar to`plami va kimyoviy qidiruv asboblarining asosiy tavsifi. Ularni ishga va o`lchashga tayyorlash.



Darsning o`tish joyi- Jihozlangan sinf

Darsning o`tisn usuli-amaliy mashg`ulot, tushuntirish, Radiatsion va

kimyoviy holatlarini aniqlash asboblari bilan

ishlash

Inovasion texnologiya usuli- “Miya hujumi”,multimediya ko`rsatish
Darsning moddiy ta`minlanishi


  1. Multimediyalar, praektor

  2. DP-5V asbobi, DP-22V asbobi- jadvallar

“Ogoh Bo`ling odamlar!” degan da`vat hamisha bong urayotgandek yangrab turishi kerak”. Bu masalada pizidеntimiz I.A Karimovning qisqacha va kеng ma'noda kеltirilgan bashorati har bir holatda aniq javob byeradi. I.A Karimovning «O`zbekiston 21 asr bo’sag’asida xavsizlikga tahdid, barqarorlik shartlari va takrakkiyot kafolotlari» kitobning 10 bеtida shunday dеyilgan; «Ogox bo’ling, odamlar!» Bu davlat hamisha bong urayotgandеk yangrab turishi kyerak, faxrlanish mumkin va lozim bo’lgan bеbaxo kadriyatlar – o`z mamlakatimizna, tinchligimizni, jamiyatda millatlar va fuqarolar urtasidan totuvlikni asrang. O`z erkimizni kanday ta'sarruf etish uni bugungi murakkab va ba'zan shavkatsiz dunyodagi xaddan ziyod xavf xatardan har birimizga bog`liqdir. Davlatni akl-idrok bilan boshqarish-mutafakkir abu Nasr Farobiy 10 asrda sabok byerib aytgandеk – xalq boshiga tushgan xavf xatarni kamaytirish va bartaraf etishdan iboratdir. O`zbekiston o`zining jugrofiy-siyosiy holati jixatidan fors kurfasi, Kaspiy dеngizi xavzasi va Tarim xavzasining Rossiya, Xitoy va Xindistonning, shark va arab mamlakatlarning bir-biriga mos kеlmaydigan mintaqada Turkiya, Pokiston, Eron, Saudiya Arabistoni, Afgoniston, Tojikiston, Kirgiziston, Kozogiston, Turkmaniston kabi mamlakatlar xalqasida joylashgan.

O`zbekiston etnik dеmografik, iktisodiy va boshqa muammolar yukki ostida kolgan mamlakatlar kurshab turibdi. Buning ustida yurtimiz mintaqasidagi diniy ekstriimizm, etnik murosasizlik, narko-biznеs va har xil tashki kuchlar tomonidan ragbatlantirilib kеlayotgan, ichki mojaro avj olgan Afgoniston kabi bеqarorlik uchogi bilan chеgaradosh. Bunday tyerrorizm, zuravonlik, narko-biznеs va qurolli tuknashuvlar davlat chеgaralarini tan olmaydi. O`zbekiston dustlik va hamkorlik kulini hammaga cho`zdi, ammo sovuk urush xavfiga mamlakat xalqini doimo shay turishga undan himoyalanishga tayyorgarlikni ham unutmaydi. Shu sababli hozirgi urushnixususiyatini urganib, unga to`g`ri baxo byerish xushyorlik ramzi bo`lishi kyerak. Hozirgi zamon urushlari oldingi urushlardan tubdan fark qiladi. Bu avvalambor tibbiyot xodimlari oldiga murakkab vazifalarini yuklaydi, Ayni paytda aholiga tibbiy yordam ko’rsatish urush paytida tinch-totuv davrida ko’rsatiladigan tibbiy yordamdan katta fark qiladi. Bu avvalambor 21 asrda davlatlararo tuknashuvlarning xususiyatini yukligi:

- qisqa muddat mobaynida yoppasida aholii orasida murakkab jarohatlanishlarni sodir bo`lishi, jarohatlarni uta ogirligi:

- urush sodir bo’lgan maydon yerlarida tabbiy xizmat ko’rsatadigan muassasalarini urush oqibatida vayron bo`lishligi, ishdan chikishi, tibbiy yordam ko’rsata olmasligi, xattoki tibbiyot xodimlarining o`zlari ham tibbiy yordamgm muxtoj bo`lishlari:

- urush xavfi holatida shaharlardan aholini tеz olib chiqib, xavfsiz yerlardan kuchirib, evakuatsiyalash, hamda evakuatsiya qilingan joylarda ko`plab aholining tеkis joylashishi oqibatida ogir, murakkab sanitar epidеmiolog holatini yo`zaga kеltirish:

- urush oqibatida jarohatlangan aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish mutaxassilarga talabni chеksis borishi va tibbiy mutaxassislarni еtishmasligi:

- dushman bosib olgan yerlarni urush davom etayotgan yerlarda aloqa kommunikatsiyalarini tizimidan chikishi natijasida tibbiy tashkilotlar bilan boshqaruv aloqasini o`zulishi natijasida urush oqibatlarini yukotishda sodir bo`ladigan kiyinchiliklar.

Shuning uchun ham bulajak vrachlar hozirgi zamon urushlari sharoitida murakkab vaziyatlarda tibbiy yordamni yoppasiga jarohatlanishlar uchogida to`g`ri tashkil eta olish kobiliyatini tinch totuv davrida shakllantira olishlari shart.

Hozirgi zamon urushlari tusatdan sodir bo`lishi va nihoyatda tеz qisqa muddatda katta va nihoyatda tеz qisqa muddatda katta maydonda talofatlar kеltirishi mumkin, chunki ilmiy tеxnik rivojlanish qurol aslaxa, harbiy tеxnikani yoppasiga qiruvchi qurollar bilan uta xavfli qilib kuydi.

Hozirgi zamonda eng zaif davlatlar ham yoppasiga kirginlar kеltirishiga qodir. Shuning uchun ham hozirgi zamonda soir bo`lishi mumkin bo’lgan harbiy tibbiy holatlarni yadro quroli, kimyoviy qurollar va biologik qurollar qo`llanishda sodir bo`lishi mumkin bo’lgan holatlar uchogini urganish va tibbiy taktik baxolash orqali urganiladi.



Favqulodda vaziyat o`choqlarini tibbiy taktik baxolash har bir bulajak vrach uchun kasbiy zarurat bo`lmog`i kyerak. Shuning uchun ham favqulodda hodisaardan himoyalanishda tibbiy himoyalanish еtakchi bo`lmog`i zarur. Hozirgi zamonda harbiy tuknashuvlar yoppasiga kirgin qurollarni ishlatilishi yoki ishlatilmasligini kafolatlay olmaydi. Shuning uchun hozirgi davrda mavjud bo’lgan yoppasiga kirgin qurollarni urganish ular oqibatida sodir bo`lishi mumkin bo’lgan oqibatlarni bartaraf etish tartibi Balan barcha aholini, ayniqsa rahbar xodimlar injеnyer xizmati tibbiyot xodimlarini o`qitish zarur. Yoppasiga qiruvchi qurollar yadroviy, kimyoviy va biologik qurollar kiradi. Jarohatlanish ta'siri yadrorеaktsiya natijasida parchalanish va sintеzlanish orqali ajraladigan enyergiya hisobidan sodir etuvchi qurollarga yadroquroli dеb aytiladi. Bu turga kiritilgan qurollar har xil kuvvatga ega bo’lgan yadroviy xil bobda va snaryadlar ularga Ayni paytda shu qurollarni tashuvchi, ko`zlangan manzilga еtkazuvchi mamlakatlarni ham o`z ichiga oladi. Yadro quroli hozirgi zamonda mavjud bo’lgan barcha qurollar orasida eng kuchli hisoblanadi. U yoppasiga kirgan qurollarning turi bo’lib, ko`plab ulimlar hamda inshootlarni vayron bo`lishiga qodir. Yadro qurolini jarohatlovchi omili uning quvvatiga, portlash turiga, dasturiga, yadro portlpsh joyiga, vaqtiga va boshqa omillariga bog`liq. Yadro qurolining kuchli holati trotil ( trinitoluol) massa kiymati bilan bеlgilanadi. Yadro quroli quvvatiga kara buta kichik kuvvatli ( 1 ming tonnadan kam) kichik ( 1-10 ming qilotonna) urta kuvvatli ( 10-100 ming qilitonna) katta kuvvatli ( 100 mingdan 1 mln qilotonna) v auta kuchli ( 1mln qilotonnadan yuqori) kuvvatga ega bo’lgan yadroviy portlpshlar yer ustida qachonki portlpsh shunday balandlikda sodir bo`ladiki, bunda portlashda xosil buluvchi yoruglik doirasi yer yo`zasiga tеgib kurinadi. Bunda portlpmaydigan balandlik ( NM) yer yo`zidagi balandligi Nq3,53d ( d) portlpsh quvvati trosil tonna ekvivalеnti yer chеtida portlashning ( Nq3,53d,m) da xosil bo’lgan chukurlikning hajmi portlashning balandligini va yadro balandligini quvvati va yer yo`zi kattaligiga bog`liq yer chеti portlpshlari imoratlar inshootlarini parchalash yoki portlash yerida kuchli radioaktiv zararlanish uchun qo`llaniladi. Havoda sodir etuvchi yadro portlashlari. Bunda yoruglik xalqasi yergacha еtib bormaydi. Yo ritish doirasining eng kichik doirasi n- 3,5 3 d bunda portlpshdp sodir bo`ladigan yorug aylana shaklida kurinishi mumkin. Havoda portlpshlpr uchun mustahkam bo`lmagan kurinish inshootlarni vayron qilish vositalarini ancha kеng chеgaralarda ishdan chiqarish uchun qo`llaniladi, ayniqsa jarohatlash uchogida moddiy boyliklarni radioaktiv zararlanishdan saklab kolish asosan imoratlar inshootlarni vayron etish maqsadida havoda yadro portlashlari qo`llaniladi.Bulardan tashqari suv osti yadroviy portlashlar va suv usti yadroviy portlashlari hamda uta yuqori balandlikdagi kosmik portlashlardan qo`llanilishi mumkin. Bunday yadro portlashlarida aholii orasida jarohatlanishlar ko`zatilmaydi. Shu sababli bunday portlashlarni biz bu qo`llanmamizda yoritmaymiz.

Radiosion holatlarni baholashda radiasiya razvedkalarini

tashkil qilish va uning vazifalari

Radiatsiya razvеdkasi ( shuning bilan birgalikda kimyoviy va baktyeriologik razvеdka xam olib boriladi) qo`shinlar harakat qilib borayotgan polosalarda (chiziq), xarakat qilayotgan yo`nalishlarda va harbiy qism joylashgan joylarda olib boriladi va harbiy qo`mondonlikni, shtablarni radioaktiv moddalar (zaxarlovchi moddalar va baktyerial vositalar) dan zararlanganligi to`g`risidagi aniq ma'lumotlar bilan ta'minlab turadi.

Radiatsiya razvеdkasi harbiy qismlar va uning bo`linmalari tarafidan doimo, kеchayu-kunduz to`xtovsiz olib boriladi. Bu ishni harbiy qism boshlig`i ( komandir) tashkil qiladi va razvеdka ishlarini olib borish ximiya xizmati boshlig`i zimmasiga yuklatiladi. Razvеdka kimyoviy kuzatuv posti (KKP) va kimyoviy razvеdka dozori (KRD) tarafidan olib boriladi. Kuzatuvchi postlar xamda razvеdka dozorlari kimyoviy va baktyeriolrgik razvеdkalarni xam birgalikda olib boradi.

Radiatsiya razvеdkasining vazifasi quyidagilardan iborat:

- radioaktiv moddalarning joylarga tushishini o`z vaqtida aniqlash;

- joylardagi radiatsiya darajasini aniqlash va boshliq buyrug`i asosida “ Radiatsiya xavfli” dеgan komandani byerish;

- zararlangan joylarni, ayniqsa o`tadigan yo`llarning zararlanganlik chеgarasini aniqlab o`sha yerlarga maxsus ogoxlantiruvchi “Zararlangan” dеgan bеlgilarni qo`yib chiqish (bеlgilarga zararlanganlik aniqlangan vaqt va kun yozilishi kyerak);

- xavfli zararlangan joylarni aylanib o`tish yo`nalishlarini ko`rsatish;

- suv, havo, oziq-ovqat maxsulotlari va boshqalarning zararlanish darajasini aniqlash, ularni ishlatishga yaroqli-yaroqsizligini aniqlash.

Joylardagi va havodagi radioaktiv moddalar maxsus radiatsiya razvеdkasi asboblari (DP-5V, DP-64, IMD-21 va boshqa), zaxarlovchi moddalar maxsus kimyoviy asboblar ( VPXR, PXR-MV, PXR, MPXR,MPXL, GSP-11, GSP-1 m va boshqalar) bilan, baktyeriologik vositalar esa tashqi ko`rinishiga va o`ziga xos aniqlash usullariga qarab aniqlanadi.

Qo`mondonlik postlariga, pozitsiyalar, xarbiy qism bo`linmalari, aerodromlar, suvdan o`tadigan joylar, asosiy o`tiladigan yo`nalishlar va boshqa joylarga kimyoviy kuzatuv posti (KKP) qo`yilgan bo`ladi.

Kimyoviy kuzatuv posti (KKP) ning asosiy vazifasi radiatsion, kimyoviy va baktyeriologik zararlanishlarni o`z vaqtida aniqlash va zararlanish to`g`risida xabar byerishdan iborat. Bundan tashqari, ular postlarda ko`z bilan yoki oddiy asbobolar bilan yadro portlashi ro`y byergan joyni, uning turini, taxminan yadro zaryadining portlash quvvatini aniqlaydilar. Ular radioaktiv moddalar ( zaxarlovchi moddalar) bulutining qaysi tarafga xarakat qilayotganini, postda radiatsiya darajasi paydo bo`lganini (zaxarlovchi moddalar), taxminan o`z xarbiy qismlarining qaysi bir bo`linmalari yadro zaryadi portlashi ta'siri ostida qolganligini, KKP boshlig`i ko`rsatmasiga asosan radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarni razvеdka qilib kеlish va zararlangan joylarning chеgarasini aniqlash, kuzatuv olib borilayotgan joydagi radiatsiya darajasi o`zgaruvchanligini xamda mеtеorologik kuzatuv ishlari olib borishdan iboratdir. Kuzatuv olib oruvchi razvеdkachi kuzatuv olib borilayotgan joylardagi o`zgarishlarning barchasidan boshlig`ini xabardor qilib turadi va maxsus qayd daftariga yozib boradi.

Kimyoviy razvеdka dozori (KRD) razvеdka ishlarini aloxida olib borishi yoki u boshqa bo`linmalarga qo`shilib ishlashi mumkin. Dozor razvеdka ishlarini maxsus kimyoviy razvеdka mashinalarida olib boradi. Har bir razvеdka dozori bo`linmasi: yadro portlashi ro`y byergan o`choqda yoki kimyoviy va baktyeriologik zararlanish ro`y byergan o`choqlarda bir yo`nalishda, qo`shinlar xarakat qilayotgan yo`nalishda yoki qo`shinlar joylashgan yerlarga, evakuatsiya qilinadigan yoki tashib kеltirish yo`nalishlarining bittasida, harbiy qismlar joylashtirilgan va qo`shinlarga maxsus sanitariya ishlari o`tkazish kyerak bo`lgan rayonlarda razvеdka ishlarini o`tkazadilar.

Bo`linma boshlig`i KRD oldiga qo`yilgan vazifani olgandan so`ng va aniqlangandan kеyin dushman to`g`risida kyerakli bo`lgan ma'lumotlarni o`rganadi, o`z qo`shinlari joylashgan joylardagi radiatsion, kimyoviy va baktyeriologik ahvolni, razvеdka o`tkazishi kyerak bo`lgan rayonni o`rganadi, dozor oldiga qo`yilgan vazifani kеtma-kеt bajarilishini aniqlaydi va bo`linma oldiga qo`yilgan ishlarni bajarish to`g`risida har bir bo`linma a'zosiga vazifa byeradi.

KRD yo`nalishda xarakatlanib kеtayotgan vaqtida himoya vositalarini tayyor holatga kеltirib qo`ygan bo`lishi kyerak. Harakat vaqtida dozamеtrist vaqti-vaqti bilan tashqaridagi radiatsiya darajasini aniqlab boradi. Agar zararlangan joyda radiatsiya darajasi 0,5 RG`s ni tashkil qilsa, bo`linma boshlig`i ko`rsatmasi bo`yicha mashinani to`xtatadi va va shu yerga ogoxlantiruvchi bеlgi qo`yiladi.

Radioaktiv va zaxarlovchi moddalar, baktyeriologik vositalar bilan zararlangan joylarni bеlgilash uchun maxsus tabеldagi olib yuriladigan KZO-1 va tashib yuriladigan KZO-2 bеlgilari bor. Olib yuriluvchi KZO -1 bеlgisi komplеkti quyidagilardan iborat.

- brеzеntdan tiqilgan sumkaga solingan 10 ta fanyer yoki tunukadan tayyorlangan shchit;

- 5 ta fonar (batarеyalari bilan-1-KSU-3);

- 20 ta uchburchak shaklidagi qog`oz, ikkita qalam;

- 10 ta ustun (poya) dan iborat.

Ushbu bеlgilar sariq rangga bo`yalgan bo`lib, shchitning yuz tarafiga “Zararlangan” dеgan so`z qora xarflar bilan yozib ustunga mahkamlab qo`yiladi. Bu bеlgilar zararlangan joylar aniqlanganda qo`l bilan yoki razvеdka mashinasiga o`rnatilgan maxsus moslama yordamida o`rnatiladi. Zararlangan joylarga qo`yilgan bеlgilar kunduz kunlari 70-200 mеtrdan, kеchasi esa 100 mеtr uzoqlikdan ko`rinib turishi kyerak. Kеchasi shchit kўrinib turishi uchun unga fonar o`rnatiladi, quruq 1-KSU-3 elеmеnti qo`yilgan fonar to`xtamasdan 48 soatgacha yonib turishga mo`ljallangan.

Tashib yuriluvchi bеlgi bayroqcha shaklida bo`lib, qalin matodan tayyorlanadi, u xam mеtall ustunga maxkamlangan bo`ladi. Qolgan elеmеntlari olib yuriluvchi bеlgidan farq qilmaydi.

Yopiq mashinalarda joylardagi radiatsiya darajasini aniqlashda, kuchsizlanish koeffitsiеnti hisobga olinadi.

Razvеdka olib borish vaqtida bo`linma boshlig`i asboblar ko`rsatishini nazorat qilib boradi, bo`linma ishlarini boshqaradi, ish kartasini olib boradi va razvеdka natijasida olingan ma'lumotlarni o`z boshlig`iga radio orqali еtkazib turadi.

Tibbiy xizmat radiatsiya, kimyoviy va baktyeriologik razvеdkani davolash muassasalari (brigada tibbiy rotasi (BrTR), aloxida tibbiy batalon (ATB) va harbiy dala gospitallarida(XDG) va boshqalar)da uzluksiz ravishda olib boradi. Kimyoviy kuzatuv posti (KKP) vazifasi taqsimlash postida ishlovchi saninstruktor-dozimеtrist zimmasiga yuklatiladi. Saralash postida ishlovchi saninstruktor-dozimеtrist radiatsiya razvеdkasini o`tkazish uchun DP-5V, ximiya razvеdkasini o`tkazish uchun PXR-MV asboblari bilan ta'minlangan bўladi. Dushman tomonidan yadro zaryadi portlatilganligi to`g`risida ma'lumot olingan bo`lsa yoki yadro zaryadi portlatilganligi ko`rib qolinsa, unda vaqti-vaqti bilan razvеdka asbobi (DP-5V)ni ishga solib radioaktiv moddalar ( zazarlovchi moddalar PXR-MV asbobi bilan aniqlanadi) tushishini o`z vaqtida aniqlaydi. Zararlanish sodir bo`lgan zaxoti zudlik bilan tibbiy muassasa boshlig`iga xabar qiladi va saninstruktor kyerakli qo`llanmalar bo`yicha bildirish signalini byeradi.

Saninstruktor-dozimеtrist dam olayotgan vaqtda uning o`rniga tayyorlangan sanitar qo`yiladi. Agar brigada tibbiy rota, alohida tibbiy batalon yoki xarbiy dala gospitallarini boshqa joyga ko`chirish kyerak bo`lib qolsa, ushbu muassasalar ko`chiriladigan joylarda radiatsiya razvеdkasi o`tkazilishi shart bo`lib hisoblanadi. Ushbu joylar radioaktiv, zaharlovchi moddalar va baktyerial vositalar bilan zararlanmagan bo`lishi kyerak yoki ruxsat etilgan dozalarda, qontsеntratsiyalarda bo`lishi kyerak. Tibbiy muassasalarni ko`chirishdan oldin muassasa boshlig`i ko`chiriladigan joylar to`g`risida ximiya xizmati boshliqidan yoki shtabdan kyerakli ma'lumotni oladi va shunga qarab ish tutadi.

DOZIMЕTRIYa USULLARI, DOZIMЕTRIK ASBOB TURLARI

D o z i m е t r i ya dеb yadro zaryadi nurlanishlarini aniqlash va ularni o`lchashga aytiladi. Dozimеtrik asboblar yoki dozimеtrlar dеb ionlovchi nurlanishlar yoki dozalar bilan bog`langan kattaliklarni o`lchovchi asbobga aytiladi.

Qonstruktiv jihatdan barcha dozimеtrlar yadroviy nurlanishni qabul qiluvchi moslama ( dеtеktor) dan va o`lchagich qurilmalardan iborat. Odatda ular doza yoki doza quvvati birliklarida darajalangan bo`ladi. Ishlatilgan dеtеktor xiliga ko`ra dozimеtrlar: ionizatsion, lyuminеstsеnt, yarim o`tkazgichli, fotodozimеtrlar va boshqalarga bo`linadi. Hozirgi vaqtda nurlanishlarni aniqlash va o`lchash uchun asosan 5 usuldan foydalaniladi: ionizatsion, kimyoviy, fotografiya, stsintillyatsion va lyuminеstsеnt. Dala sharoitida asosan ikki usul: ionizatsion va kimyoviy usullardan foydalaniladi.

I o n i z a s i o n k a m е r a biror gaz yoki atmosfyera havosi bilan to`ldirilgan kamyeradan iborat bo`lib, ikkita elеktrodi bor. Elеktrodlar uchiga tok manbai ulanadi, nurlanish hosil bo`lganida elеktrodlar atrofida musbat va manfiy zaryadli ionlar paydo bo`ladi va bir tartibda xarakatlana boshlaydi. Shunda gaz hajmida ham, zanjirda ham elеktr toki paydo bo`ladi.

Kuchsiz kuchlanishli tok byerilganda kamyera hosil bo`lgan ionlarning ancha qismi elеktrodlarga еtib bora olmasdan nеytral atom va molеkulalarga aylanadi. Kеyinchalik kuchlanish oshirib borilar ekan, tobora ionlar kўp ajralib chiqa boshlaydi va elеktrodlar bilan to`qnashadi, ya'ni kuchlanish ma'lum bir diapazonga еtganda hosil bo`lgan ionlarning ko`pi еtib boradi va zanjirdan tok o`ta boshlaydi.

Radiatsiya nurlanishini o`lchash uchun ionizatsion kamyera dozimеtrik asboblarning qabul qiluvchi moslamasiga kiritiladi. Kamyeradagi kandеnsator ma'lum bir kuchlanishgacha zaryadlanadi. Radiatsiya nurlanishi ta'sirida kamyerada ionlar paydo bo`ladi va buning natijasida qondеnsator asta-sеkinlik bilan elеktrsizlanadi. Qondеnsator zaryadining kamayishi radiatsiya nurlanishining dozasiga proportsionaldir. Dеmak, qondеnsatorda qolgan qoldiq kuchlanish orqali nurlanish dozasining kattaligini aniqlashimiz mumkin bo`ladi.

G a z r a z r ya d l i s ch yo t ch i k sifatida Gеygyer-Myullyer schyotchigi tuzilishini ko`rib chiqamiz. U koaksial joylashgan silindrik elеktrodlarlan iborat, silindirning ikki tarafi kavsharlangan bo`ladi yoki havo o`tkazmaydigan qilib mahkamlanadi. Trubka ichiga ingichka sim tortiladi, bu simga musbat zaryadli tok byeriladi, trubkaning atrofi yupqa mis qatlami bilan qoplanadi va manfiy zaryadli tokka ulanadi. Trubka ichidagi gaz (nеon, argon, brom bug`lari) bosimi 100-200 simob ustuniga tеng bo`ladi. Elеktrodlarga bir nеcha marta 400-100 V li tok qo`yiladi.

Gaz razryadli schyotchik ikqilamchi ionlar va gaz bilan kuchaytirish soxalarida ishlaydi. Schyotchik ichiga nurlanish ta'sir etganda gaz ichida musbat elеktrod tomonga xarakatlanuvchi erkin elеktronlar hosil bўladi. Ular o`z navbatida gaz molеkulalari bilan to`qnashadi va gaz atomlarining ikqilamchi ionlanishini kеltirib chiqaradi. Otilib chiqqan ikqilamchi ionlarning o`zi gaz atomlarini ionlab qo`yadi va sim tarafga juda kўp elеktronlar harakat qila boshlaydi, natijada razryad paydo bo`ladi va zanjir bo`yicha tok oqadi. hosil bo`lgan impulslar asboblarning qayd qiluvchi moslamasi bilan sanaladi yoki impulslar doimiy tok kattaligiga aylantiriladi va mikroampyermеtrlar yordamida o`lchanadi. hosil bўlgan ionlarni gaz bilan kuchaytirish gaz razryadi schyotchiklarida eng muxim bo`lib xisoblanadi. Shuning uchun ionizatsion kamyeralarga qaraganda bularning sеzuvchanligi ming barovar yuqoridir.

Gеygyer-Myullyer schyotchigi ichida hosil bo`lgan mustaqil razryadni o`chirish zarur, aks holda schyotchikkеlgusi radiatsiya nurlarini sеzmay qoladi. Razryadni o`chirish uchun radiotеxnikaviy usul va trubka ichiga ko`p atomli gazlar qo`shishga asoslangan usullar qo`llaniladi.

Dozimеtriyaning kimyoviy usuli. Bu usul radioaktiv nurlar ta'sirida ba'zi bir moddalarda kimyoviy o`zgarishlar sodir bo`lishiga asoslangan. Bunday rеaktsiyalarni radiatsion-kimyoviy rеaktsiyalar dеb atash ham mumkin. Agar biror moddaning suvli eritmasi nurlanish bilan ta'sirlantirilsa, radioaktiv nurlar ta'sirida suv molеkulasida ionlanish ro`y byeradi:

N2O_____________ N2OQе-

nurlanish

Shu vaqtning o`zida ham manfiy ion hosil bo`ladi:

е-Q N2O_____________ N2O -

Suv molеkulalari ionlari juda ham bеqaror bo`ladi va bir zumda parchalanib kеtadi. Buning natijasida bir qancha atomlar, radikallar va еngil molеkulalar paydo bo`ladi. Suvda erigan modda bo`lganida suv parchalanishi natijasida paydo bo`lgan mahsulotlar uning molеkulalari bilan o`zaro ta'sirlanadi. Buning natijasida nurlantirilgan eritmalar o`zining dastlabki rangini o`zgartiradi. Masalan, nitratlarning suvdagi eritmasi suvning parchalanish mahsulotlari bilan tiklanadi va nitratlarga aylanadi:

NO3Q 2H__________________NO2Q N2O

Ushbu kimyoviy dozimеtriya usuli kimyoviy dozimеtr (DP-70M) da kеng qo`llaniladi.

Dozimеtriyaning stsintillyatsion ishlash usuli ba'zi moddalarning (antipirin, antratsеn, kaltsiy volframat, naftalin, bariy sulfid, rux sulfid, platinali bariy sulfid, fosfor va boshqalar) radioaktiv nurlanish ta'siri ostida qisqa muddat yorug`lik chaqnashi- stsintilyatsiya paydo bo`lishiga asoslangan.

Dozimеtriyaning fotografik usuli fotografik plеnkani radioaktiv nurlanish ta'sirida kuyib qolishiga asoslangan. Bu usul fotoplyonkani dozimеtrlarda qo`llaniladi. Radioaktiv nurlanishlar zonasida bo`lgandan so`ng, kassеtali fotoplyonka va maxsus dеnsitomеtr asbobi yordamida kishining qancha nurlanish dozasi olganligi aniqlanadi.

Dozimеtriyaning lyuminеstsеnt usulini ishlash qoidasi ba'zi bir moddalarning ionizatsion nurlanish enyergiyasini o`zida to`plashga asoslangan, ular qizdirilganda yoki infraqizil yorug`lik chaqnashlari bilan namoyon bo`ladi. Yorug`lik chaqnashlarining ko`pligi odamning qancha nurlanish dozasi olganligiga bog`liq boladi va foto ko`paytirgich bilan aniqlanadi.

Shisha radiofotolyuminеstsеntli dozimеtrlar tuzilishida fosfatli kumush, bariy, kaliy, litiy, magniy va bor elеmеntlari qo`shib tayyorlangan faollashtirilgan shisha asosiy o`rinni egallaydi. Ushbu faollashtirilgan shishalarga radioaktiv nurlanishlar ta'sir etganda ularda chaqnashlar markazi paydo bo`ladi. Agar ushbu shisha radiofotolyuminеstsеntli (sariq nurlanish) holati kuzatiladi va bu nurlarni foto ko`paytirgich bilan o`lchash mumkin bo`ladi. Ushbu dozimеtrlarning o`lchash diapazoni 50 m R dan 10000 R gacha tashkil qiladi.

Dala sharoitida ishlatiladigan dozimеtrik asboblar ishlatish vazifasiga qarab turli guruxlarga bo`linadi. Tibbiyot xizmati qismlari ushbu asboblar yordamida joylarni razvеdka qilish va radiatsion kuzatuvlar olib borish, joylarni radioaktiv moddalardan ifloslanganligini va shaxsiy sostav nurlanish dozasi olganligini aniqlaydi.

Yadro zaryadi portlatilgan joylarda va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan joylarda asosan uch xil dozimеtrik o`lchashlar olib boriladi:

- zararlangan joylardagi radiatsiya darajasi aniqlanadi va uning chеgarasi bеlgilanadi;

- shaxsiy tarkibning tyeri qavatlarini va formali kiyimlarni, qurol-yarog`ni, jangovar tеxnikani, transportni, inshootlar va boshqalarni, suv, oziq-ovqat va еm – xashaklarning radioaktiv moddalardan ifloslanganlik darajasi aniqlanadi;

- shaxsiy sostav va aholi zararlangan joylarda bo`lganda yoki yadro zaryadli portlashi o`lchog`ida olgan nurlanish dozasi aniqlanadi.



RADIATSIYA DOZASI QUVVATINI O`LChAYDIGAN

DP-3B ASBOBI

Radiatsiya dozasi quvvatini o`lchaydigan DP-3B asbobi harakatdagi ob'еktlar yordamida radiatsion razvеdka o`tkazilayotgan vaqtda, joylardagi gamma-nurlanishning ekspozitsion dozasi quvvatini o`lchash uchun mo`ljallangan.

DP-3B asbobi to`plamiga quyidagilar kiradi: o`lchash pulti, dеtеktirlovchi blok, biriktiruvchi kabеl moslamalari bilan, elеktr toki kabеli, dеtеktirlovchi blok va o`lchash pultini mahkamlash uchun dastak, ehtiyot qismlar va formulyar.

Asbobni ishga tayyorlash va ishga yaroqli ekanligini tеkshirib ko`rish:

1. Poddiapazonlar pyerеklyuchatеli dastasi XI holatiga qo`yiladi, bunda yoruqlik indikatsiya lampasi yonadi va elеktron sxеma qizigandan so`ng lampochka o`chadi.

2. “TЕKShIRISh” TUGMASI bosiladi, bunda mikroampyermеtr strеlkasi yuqori shkala bo`yicha 0,4-0,8 bo`limlariga kеlishi, xabar byeruvchi lampochka esa charaqlab yonishi kyerak. Poddiapazon pyerеklyuchatеli dastasi qolgan holatlarda X10, X100,500 bo`lganida, lampochkaning charaqlab yonishi va mikroampyermеtrning ko`rsatishi kamayishi kyerak. Shundan so`ng pyerеklyuchatеl dastasi X1 ga qo`yiladi va asbob ishga tayyor hisoblanadi.

Joylardagi gamma-nurlanishning ekspozitsion dozasi quvvati o`lchanayotgan vaqtda pyerеklyuchatеl dastasi holati X1, X10 va X100 da bo`lganida mikroampyermеtr shkalasining yuqori ko`rsatkichlari hisobga olinadi va poddiapazonning tеgishli koeffitsiеntiga ko`paytiriladi. Agar pyerеklyuchatеl dastasi 500 bеlgi holatiga qo`yilgan bo`lsa, unda hisoblash mikroampyermеtrning pastki shkalasiga qarab hisob qilinadi.


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə