O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 240,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix05.06.2018
ölçüsü240,95 Kb.
#47437
1   2   3   4   5   6   7   8   9

 

13 


xurujni  ajraytib  olishda  esdan  chiqarmaslik  kerakki,  birinchi  marta  xotirani  yo’qotish 

uncha chuqur bo’lmaydi, yirik xurujga nisbatdan. 

Spazmofil  xuruj  ayniqsa,  ko’pincha  qishning  oxirida  va  bahorda  uchraydi. 

Epileptik xuruj esa yil davomida  yuz beradi. 

Lixoradik qaltirash tana haroratining infektsion kasallik oqibatida tez ko’tarishidan 

paydo bo’ladi. Bu ba’zi qaltirashga moyillik bo’lgan bemor bolalarda uchraydi. Lixoradik 

xuruj  ko’pincha  hayotning  birinchi  yilida  bo’ladi,  ammo  maktaboldi,  gohida  maktab 

yoshida ham yuz beradi. Bunday paytlarda epilepsiya tashhisini qo’yishga shoshilmaslik 

kerak. 

Shuningdek,  alimentar  xurujni  ham  baholash  lozim,  u  emizikli  yoshdan  keyingi 



bosqichgacha  (4-5  yoshgacha)  ichak  infektsiyasi  kasalligi  bo’yicha  davom  etadi.  Miya 

meningiti,  meningoentsefalit,  entsefalitlar  ko’pincha  simptomatlik  qaltirash  xurujini 

keltirib chiqaradi, albatta buni epilepsiya, deb tushunmaslik kerak. 

Boshini sarak-sarak qilish epileptik xuruj sifatida xato tushunilishi mumkin. Ushbu 

spazm bola boshini  ko’tara boshlaganda sodir bo’ladi, shuningdek, boshini qimirlashish 

harakati, ko’z olmasi nistagmoid harakatlanishda bo’ladi. Bunday buzilish boshi vertikal 

holatda  tutish  jarayonida  ushlanib  qolishda,  deb  e’tirof  etiladi.  Harakatlanishdan  xotira 

buzilishi sodir bo’lmaydi, 2-3 yilgacha izsiz yo’qoladi. 

Affektiv  respirator  qaltirash  bolalarda  maktabgacha  bo’lgan  yoshda  uchraydi. 

Affektiv  respirator qaltirash hayajonga tushish ta’sirida paydo bo’ladi, qandaydir qanoat 

hosil  qilmasdan  g’azablanish,  qichqirish,  yig’lashdan  iborat  bo’ladi.  Bolaning  nafasi 

to’xtaydi,  yuzi  oqaradi,  muskullari  tonik  kuchlanadi,  undan  keyin  harakatsizlanish, 

muskullar bo’shashishi yuz beradi, bu holat   

1  minutgacha,  ba’zida  ko’prok  davom  etadi.  Shundan  keyin  bemor  bolaning  xotirasi 

to’liq o’z holatiga qaytadi. 

Epilepsiyaga  qaraganda  obmorok  (behush  bo’lish)  uncha  tez  bo’lmaydi.  Uning 

xarakterli tomoni yuz oqaradi, ter bosadi, tomirlar bo’shashadi. 

Isterik  behushlikda  quyidagi  belgilar  ahamiyatga  ega,  atrofdagilarning  diqqatini 

o’ziga  tortadi.  Ko’z  yoshi,  ingranish,  teatral  ko’rinish,  kulish  isterik  jazava  xarakterli, 

ammo  epileptik  ko’rinish  emas.  Tilni  tishlash,  isterik  xurujda  siydikni  ushlab  qola 

olmaslik  holatlari  bo’ladi.  Xotirani  to’liq    yo’qotish  bo’lmaydi.  Isterik  xuruj  epileptik 

xurujga qaraganda davomiydir. 

Simptomatik  epilepsiya.  Qaltirash  va  qaltirashsiz  epileptiformdagi  xuruj  ko’pgina 

organik  miya  buzilishi  kasalligidan  bo’ladi.  Ular  ko’pgina  bosh  miyaning  shishishi, 

tug’ma  va  nasldan-nasliga  o’tish,  asab  tizimining  buzilishi  kongenital  sifilis  oqibatida, 

gipoglikemik krizis, uremiyadan bo’ladi. 

Miyaning  chegaralangan  organik  buzilishida  xurujni  aniqlash  oddiy  vazifa  emas, 

hamma  holatda  ham  vrach  to’g’ri  tashhis  qo’yishi,  ularning  uyg’unligini  aniqlash, 

anamnezi  chuqur  tahlil  qilish,  psixopatologik,  nevrologik  va  somatik  izlanishlar  qilish 

hamda kasallik yo’nalishini hisobga olib borishi lozim. Shuni ham aytish lozimki, hozirgi 

paytda  paraklinik  usularni  izlanish  epilepsiyaning  maxsus  tomonlari  to’g’risida  bir 

muncha ma’lumot beradi. Shu bilan birga ba’zi kasalliklarni baholashda, epilepsiya bilan 

klinik o’xshashlikni aniqlashda qiyinchilik tug’iladi. 

 

ETIOLOGIYa VA PATOGENEZ 




 

14 


Epilepsiya asosida hamisha bosh miya faoliyatidagi o’zgarishlar yotadi. Epilepsiya 

bilan kasallangan bemorlarni nevrologik o’rganish, barcha klinik kasallanishni o’rganish, 

rentgenologik, elektroentsefalografik izlanishlar, nihoyat patologik ma’lumotlar miyaning 

epilepsiya vaqtida shikastlanish holatlarini aniqlashga yordam beradi. 

Ko’pgina  bolalarda  bosh suyagi  jarohatlangan  bo’ladi,  infektsiya  oladi,  miyaning 

shikastlanishiga  olib  keladigan  boshqa  holatlar  yuz  beradi,  ammo  hamisha  epilepsiyaga 

olib kelavermaydi. 

Ko’pincha bolalardagi  asab sistemasi zararli  hodisalarni yaxshi kechiradi,  u to’liq 

sog’lom holatda qoladi. 

Etiologiya  kasalligi  –  aktual,  ammo  to’liq    o’rganilmagan  muommalardan  biri. 

Afsuski, hozirgi paytda bolalardagi tutqanoq va epilepsiya sabablari ko’pgina, epilepsiya 

kategoriyasiga  kirmaydigan,  ma’lum  bo’lmagan  etiologik  kassaliklar  mavjudligi  uchun 

aniqlanib etmadi. Ilmiy VOZ guruhi o’zining dokladida Lennoks ta’kidlaydiki, avloddan-

avlodga  o’tishi  epilepsiya  uchun  ko’proq  tegishlidir.  Lennoks  ta’rifiga  kasalning 

qarindosh-urug’lar  o’rtasida  epilepsiya  chastotasi  1,8  %,  gendan  o’tish  esa  3,6  %. 

Lennoksning  fikricha,  ko’pgina  kasallarda  mavjud  bo’lgan  faktor  genetik,  avloddan-

avlodga  o’tganlik  oqibatidir.  Penfild  va  Erikson  ham  shunday  fikrda  qolgan.  Konrad 

aniqlashicha epilepsiya bilan 6-8 % bola, 4 % aka-ukalar va singillar va 1-2 %  jiyanlar 

o’rtasida bo’ladi. 

Alkogoli  avloddan-avlodga  o’tish  hollari  etarli  o’rganilmagan.  Ba’zi  olimlar 

oilaviy  anamnezda  birinchi  o’ringa  alkogolizm  qo’yadi.  Ayniqsa,  bayram  va  dam  olish 

kunlari  spirtli  ichimliklari  iste’mol  qilish  ko’p  bo’ladi.  Shuning  uchun  “yakshanba 

bolalari  “  termini  mavjud.  Epilepsiya  asosida  miyaga  zararli  ta’sir  ko’rsatilishi  kasallik 

o’zgarishiga olib keladi. Buning zarari organizmda prenatal rivojlanish davrida, tug’ilish 

va keyingi bosqichlarda davom etadi. 

Epilepsiya patogenezida  kongenital kasallanish avvalari sifilisdan ekanligini katta 

ahamiyat kasb etdi. Hozirgi paytda bunda kongenital toksoplazmaning roli aniqlandi. 

Miyaning  tuzilish  paytidagi  jarohatlanishi  epilepsiyaning  paydo  bo’lishining  bir 

sababidir. 

Postnatal davrda  epilepsiya  ko’plab va rang-barang faktorlarini  keltirib chiqaradi: 

miya infektsiyasi, bosh chanog’i jarohatlanishi. 

Zararlanish qatoriga hozirgi paytda revmatizmni ham qo’shmoqdalar. 

Ko’pgina  hollarda  kasallik  paydo  bo’lishini  ikki  va  undan  ortiq  patogen 

faktorlarning uyg’unlashuvi va bolaga ta’sir qilishi bilan bog’liqdir. 

Patogenez epilepsiyaning o’rganishda ko’pgina mualliflar anatomik ma’lumotlarga 

etakchi o’rin berdilar. 

Epileptik  huruj  miyada  tomirlarning  buzilishi,  tomirlardagi  spazm  tufayli  hosil 

bo’lishidan, deb tushuniladi. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda modda almashinuvi 

buzilishi  aniqlangan.  Epileptik  huruj  alkoloz  holatda  bo’lganidan  ham  ko’rinadi. 

Murakkab  epilepsiya  patogenezi  tushunarliroq  bo’lmoqda,  agarda  masala  I.  P. 

Pavlovning reflektor teoriyasi bo’yicha olib ko’riladigan bo’lsa, I. P. Pavlovning fikricha, 

epileptogen  o’chog’i  hayajonlanish  favqulodda  uchlanish,  birdan  ko’tarilib  ketish, 

davomiylik bilan xarakterlanadi. 

Kreyndlerning  fikriga  ko’ra,  epileptik  kasallik  uch  faktordan  iborat.  Albatta, 

ko’pgina holatlarda bunday faktorlarni aniq ajrata olmaymiz. 



Yüklə 240,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə