O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi OlmazorTibbiyot kolleji



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə9/9
tarix15.04.2018
ölçüsü0,5 Mb.
#38656
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Paleontologiya – qazilma holdagi o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar va boshqa organozmlar to’g’risidagi fandir. Organik olamning tarihiy rivojlanishini isbotlashda paleontologiya fanining dalillari muhim o’rin egallaydi. Biologiya fanida to’plangan ma’lumotlar organik olam hozirgi ko’rinishida birdaniga paydo bo’lmay, balki uzoq davom etgan tarxiy rivojlanish natijasi ekanligidan dalolat beradi. Insonlar Yer yuzida paydp bo’lmasdan oldin ham o’simliklar, zambirig’lar va hayvonlar yashagan. Ularning ba’zilari o’zgarib organik olamning hozirgi vakilllarini hosil etgan bo’lsalar, aksariyat ko’pchiligi yashash uchun kurash, tabiy tanlanishda qirilib ketgan va qazilma holda Yerning turli qatlamlarida saqlanmoqda. Biroq ularning hammasi emas. Yumshoq tanaga ega bo’lgan ko’pchilik umurtqasizlar, o’simliklar, zamburug’lar o’lgandan keyin mikroorganizmlar tomonidan parchalanib yuborilgan va o’zlaridan keyin nom-nishon qoldirmagan.Boshqalari esa okean,dengiz, baland tog’ ostidagi qatlamlarda qolib ketgan.Organizmlarning qattiq qismlari ancha sekin parchalanib, ular ichiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan o’rin almashgan. Bunday hollarda toshga aylanish hodisasi ro’y bergan. Yer qatlamlarida qadim zamonlarda o’lib ketgan hayvon, osimlik ildizlari, skelet suyaklar, jag’lar, tishlar, shoxlar, tangachalar, chig’anoqlar, o’simliklar poyalari birmuncha to’li holda hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Cho’kindi jinslarni tekshirish uchun yupqa, shaffof shishalarni mikroskop ostida kuzatib bakteriyalar va boshqa mayda organizmlar qoldig’ini ko’rish mumkin.

Paleontolog olimlar hayvonlarning qazilma holdagi qoldiqlariga qarab organizmlar hayot davrida qanday bo’lsa, xuddi shunday tashqi qiyofasini va tuzilishini tklamoqdalar. Tiklashda mashhur fransuz biologi Jorj Kyuveyning korrelatsiya qonuniga muvofiq kashf etgan rekonstruksiya (lotincha rekonstruktio – qayta tiklash) metodidan foydalaniladi.

Rekonstruksiya metodi kalla, qo’l, oyoq va tanadagi boshqa suyaklar, muskullarni o’zaro taqqoslab nisbatini aniqlashga asoslanadi. Rekonstruksiya metodi yordamida qadimgi davrlarda yashagan bir qancha umurtqali hayvonlar, odam ajdodlarining tashqi qiyofasini tiklashga muvaffaq bo’lindi. Ch. Darvin o’z vaqtida paleontologik solnoma chala deb ko’rsatib o’tgan edi. Lekin shunga qaramay fan sohasida to’plangan paleontologik dalillar qadim vaqtlarda hayvonot va o’simliklar olami qanday bo’lganligi to’g’risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi.

Hayvonlar va o’simliklarning quruqlikda tarqalishiga qarab olimlar sayyoramizni 6 ta biogeografik viloyatlarga ajratadilar.Ularga Avstraliya, Neotropik, Hindimolay, Habashiston, Neoarktik,Polearktik biogeografik viloyatlarga ajratiladi.



Evolyutsiyaning biokimyoviy dalillari. Turli organizmlar tarkibida bir xil moddalarning bo’lishi biokimyoviy gomologni ko’rsatadi. Har xil organizmlardan olingan moddalar strukturasi o’rtasida farq qancha kam bo’lsa, ular DNK sida ham shuncha kam mutatsiya sodir bo’lgan, ya’ni ular filogenetik jihatdan juda yaqin qarindoshdeyish mumkin. Biokimyoviy gomologlikni ko’pchilik organizmlar uchun umumiy bo’lgan sitoxrom va gemoglabin oqsillari, ribosomalar RNK misolida kuzatish ancha qulay.

Sitoxromlar mitoxondriyalar tarkibiga kiradigan nafas olish pigmenti bo’lib, elektronlarni nafas olish zanjiridan o’tkazishda qatnashadi. Sitoxrom C ana shu zanjir tarkibiga kiradigan oqsillardan biri bo’lib, 104 – 112 ta aminokislotalardan iborat. Zamonaviy spektrometrik metodlar hamda kompyuter yordamida sitoxrom C ning birlamchi strukturasi 21 xil organizm ( jumladan, odam, makaka, pashsha, bug’doy, zamburug, baqteriya) larda o’rganilgan. 20 xil organizm sitoxromida 78 dan 88 gacha o’rinda bir xil aminokislotalar joylashgan. Odam sitoxromidagi aminokislotalar tarkibi shimpanze bilan bir xil, makakadan esa bitta aminokislota bilan farq qiladi.

Kislorod tashuvchi gemoglabin va uni jamg’aruvchi mioglobin tarkibini solishtirish ham xuddi yuqoridagiga o’xshash natija ko’rsatdi. Odam qoni gemoglabinidagi aminokislotalar qatori maymunlar gemoglabini bilan solishtirilganda shimpanze faqat gamma-zanjirda bitta aminokislota, gorillaning uchta zanjirida bittadan farq, gibbonda esa alfa,betta-zanjirida uchtadan, gamma- zanjirida ikki aminokislota bilan farq qilgan. Gemoglabin alfa, betta, gamma-polipeptitlardan tuzilgan 4 ta zanjirdan iborat.


Odam va primatlar gemoglabini polipeptid zanjirida aminokislotalar tarkibidagi farqlar soni





Tur

Polipeptid

zanjiri













alfa-zanjir

betta-zanjir

gamma-zanjir




1.

Odam

-

-

-




2.

Shimpanze

-

-

1




3.

Gorilla

1

1

1




4.

Gibbon

3

3

2



Organizmlar o’rtasidagi evolutsion qarindoshlik immunologik tadqiqotlar orqali ham aniqlangan. Odam qoni plazmasini quyon qoniga quyilganida quyon qonida odam qoni plazmasi tarkibidagi oqsilga qarshi antitela sintezlanadi. Birmuncha vaqtdan so’ng bunday quyon qoni plazmasiga odam qoni plazmasi quyilganida antigen-antitelo kompleksi hosil bo’lib, pretsipitat cho’kmaga tushadi. Bunday quyon plazmasiga boshqa hayvonlar qoni plazmasi quyilganida ham huddi shunday cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kmani o’lchash orqali solishtiriladigan hayvonlarning filogenetik qarindoshligini aniqlash mumkin. Solishtirilayotgan hayvonlar qon zardobi ta’sirida qancha ko’p, pritsepitat hosil bo’lsa, ular shuncha yaqin qarindosh hisoblanadi.


Mustahkamlash uchun savollar:


  1. Organik olamning bir tarmoqdan kelib chiqqanligini aniqlang

  2. Genning o’zgarish hillarini aniqlang.

  3. Oqsil molekulasining o’zgarshiga qarab turlaning o’zgarganlik muddatini bilish mumkinmi?

4.Solishtirma anatomiyada qanday hodisalar kuzatiladi?

5.Gomologik organlar deb nimaga aytiladi?

6.Analogik organlarga misollar ayting?

7.Konvergensiya nima, misollar keltiring?

8. Rudiment va atavizmga misollar keltiring?


  1. Palentalogiya atamasining ma’nosini ayting?

  2. Biogeografik viloyatlarni ayting, ularning bir-biridan farqi nimada?

  3. Biogeografik viloyatlar o’simlik va hayvonlarining o’xshashligi nimada?

  4. Evolyutsiyani isbotlashda biogeografik fani dalillarini ayting?

  5. Biokimyoviy dalillarga misollar ayting?

  6. Odam va primatlar gemoglabinida qanday o’xshashlik va farqlar bor?

Mavzuga tayanch iboralar:
Genom-yunoncha “genos” – ajdod. Genlar majmuasi.

Makroevolyutsiya – yunoncha „makros“ – katta + evolyutsiya.

Mikroevolyutsiya- yunoncha „mikros“ – kichik + evolyutsiya

Embriologiya – yunoncha „embrion“ – murtak, logiya- fan.

Ontogenez-lotincha „ontos“- shaxsiy rivojlanish.

Filogenez-yunoncha avlod – tarixiy rivojlanish.

Gomologik organlar-kelib chiqishi jihatdan bir-biriga o’xshash organlar

Konvergensiya – belgilarning o’xshashligi

Rudiment-orqaga qaytish,

Atavizm – belgining organizmda takrorlanishi

Analog -o’xshash organlar



Anatomiya- yorib ko’rish

Adaptiv radiatsiya - organizm tuzilishining yashash muhitiga moslashishi

Boigeografiya – yunoncha “bios”-hayot. O’simlik va hayvonlarning Yer shari bo’yicha tarqalishini o’rganuvshi fan.

Palentologiya-yunoncha “palayos” qadimgi, “ontos-mavjud, “logos” –tushuncha.Qazilma holdagi orzanizmlarni o’rganuvchi fan.

Rekonstruksiya- lotincha qayta tiklash.

Biokimyoviy gomolog- turli organizmlar tarkibida bir xil moddalarning bo’lishi.

Sitoxromlar - mitoxondriyalar tarkibiga kiradigan nafas olish pigmenti

Gemoglabin – kislorod tashuvchi

Mioglabin – kislorod jamg’aruvchi


Foydalanilgan adabiyotlar
1.A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil

2.G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil

3.Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil

4.J. A. Azimov, Y. D. Davlatov “Qiziqarli biologiya” 2003 yil



5. Ochil Mavlonov “Biologiya” Toshkent 2008 yil
Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə