O‘zbеkistоn rеspublikаsi raqamli texnologiyalar vаzirligi muhаmmаd аl-xоrаzmiy nоmidаgi tоshkеnt аxbоrоt tеxnоlоgiyаlаri univеrsitеti sаmаrqаnd filiаli



Yüklə 68,35 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü68,35 Kb.
#158584
  1   2   3   4
kirptotahlil


O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VАZIRLIGI
MUHАMMАD АL-XОRАZMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT АXBОRОT TЕXNОLОGIYАLАRI UNIVЕRSITЕTI SАMАRQАND FILIАLI


“Tеlеkоmmunikаtsiyа tеxnоlоgiyаlаri vа kаsb tа’limi” fаkultеti
“Axborot xavfsizligi” kаfеdrаsi
5330300 – Axborot xavfsizligi yo‘nalishi

“Kriptotahlil” Fanidan


Amaliy ish 1
Bajardi: Usmonqulov D
Qabul qildi:Umurzaqov.O

Samarqand 2023

Mavzu : Kiriptotahlillashning universal usulari


Reja
1-Kalit bo‘yicha hujum usuli
2-To‘liq tanlash usuli
3-Chastotaviy tahlil usuli
4-Pollard va “O‘rtada uchrashish” usullari


  1. Kalit bo‘yicha hujum usuli

Kriptotahlilchining maxfiy kalitni topishga qaratilgan xattiharakatlari kriptohujum deb ataladi.
Kriptohujumdan maqsad kalitni bilmagan holda shifrmatnni
ochishdir. Kriptotizimga hujum qilish uchun kriptotahlilchi zaruriy
kriptotahlil vositalariga ega boʼlishi kerak. Bu vositalar kriptohujum
qoʼllaniladigan shifrlash algoritmining akslantirishlari xususiyatlarini
hisobga olib, shifrmatnni shifrlash algoritmi kalitini bilmagan holatda
shifrmatnni ochish maqsadida matematik modellashtirish usullarini
qoʼllash asosida yaratiladi [1, 25].
Kriptotizimning ishonchsizligi sabablaridan biri tizimda kuchsiz 33
kalitlardan foydalanish hisoblanadi, chunki kuchsiz kalitlar yetarli
darajada himoyalash darajasini taʼminlay olmaydi. Shu sababli
kalitlarni hosil qilish jarayonida ularni yaroqsizga chiqarish uchun barcha
kuchsiz kalitlar avvaldan maʼlum boʼlishi lozim. Tasodifiy son
generatorlari kriptografik tizimlarning bardoshliligi uchun yana bir xavf
manbaidir. Аgar kalitlarni generatsiyalashda kuchsiz kriptografik
algoritmlardan foydalanilsa, foydalanilgan shifrdan qatʼiy nazar butun
tizim bardoshsiz hisoblanadi.
Simmetrik kriptotizimlarda foydalanish uchun moʼljallangan
sifatli kalit tasodifiy ikkilik toʼplamini ifodalaydi. Аgar n razryadli
kalit talab etilsa, kalitni generatsiyalash jarayonida mumkin boʼlgan 2n
variantlardan bir xil ehtimollik bilan tanlab olish kerak.
Nosimmetrik kriptotizimlarda foydalanish uchun moʼljallangan
sifatli kalitlarni generatsiyalash esa ancha qiyin jarayon boʼlib, yuqorida
aytilganidek bu tizimda foydalaniladigan kalitlar muayyan matematik
xossalarga ega boʼlishi lozim. Masalan, RSA tizimida shifrlash moduli
ikkita katta tub sonlarning koʼpaytmasi koʼrinishida boʼladi.
Psevdotasodifiy generatorlar yordamida bardoshli
kriptotizimlarni yaratish mumkin. Yaxshi tasodifiy son generatorlari
ishlab chiqishda murakkab boʼlib, ularning ishonchliligi apparat va dasturiy
taʼminotning afzalligiga bogʼliq boʼladi. Shu sababdan turli kriptografik
qarashlar asosida samarali psevdotasodifiy generatorlar yaratish boʼyicha
tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.






  1. Yüklə 68,35 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə