12
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZI
«
KASBIY PSIXOLOGIYA
»
fanidan
ISHCHI O'QUV DASTURI
ANNOTATSIYA
Mazkur ishchi o‘quv dasturi bakalavr ta'lim yo‘nalishi talabalariga DTS asosida
«Kasbiy psixologiya» fanini o‘qitish uchun tuzilgan bo‘lib, talabalarning olam, jamiyat va
insonning o‘rganishi psixologik bilimlarga zaruratning mavjudligi; ularning dunyoqarashini
boyitish va rivojlantirishda psixologik qonuniyatlarni o‘rganish ehtiyojining mavjudligi; inson
psixologiyasining kasbiy psixologik qonuniyatlarini, shaxs va voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs
va prеdmеtlar olami orasidagi munosabat, voqеlikni anglashi, olamni psixologik tahlili,
psixologik hodisalarning kеchishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib
borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligini xaraktеrlaydi.
14
O‗zbekistonni iqtisodiy xayotidagi o‗zgarishlar kasbiy ta'lim tizimi oldiga yangi va murakkab
vazifalarni qo‗ymoqda, ta'lim jarayonini ta'minlovchilaridan, yuqori darajadagi mahoratni talab
kilmoqda. Bo‗lajak mutaxassislarni kasb ta'limi sohasidagi bilimlarini
rivojlantirishning
ijtimoiy-pedagogik muammolari, kasbiy pedagogik faoliyatning tashkiliy asoslari, kasb
ta'limining mazmunini nazariy va amaliy tomonlarini o‗rganishda ―Kasbiy psixologiya‖ fani
muhim ahamiyat kasb etadi.
Yukoridagilarni hisobga olgan xolda ―Kasbiy psixologiya‖ fanini o‗rganishda pedagogik
maxorat, pedagogik texnika, pedagogik qobiliyat, muomala madaniyati, pedagogik maxoratni
oshirishda pedagogik texnologiyalarni o‗rni va roli haqidagi ma'lumotlar yoritib berilgan.
1.1. Ukuv fanining maksad va vazifalari
Fanni o‗qitishdan ko‗zlangan asosiy maqsad- talabalarni kasb psixologiyasi fani bilan
tanishtirish,ularga kasbiy faoliyatida zarur bo‗ladigan kasb psixologiyasiga oid bilimlarni berish,
kerakli uquvlarni shakllantirish va ko‗nikmalarni hosil qilishdir. Bu maqsad quyidagi asosiy
vazifalarni yechish orqali amalga oshiriladi:
-
kasb psixologiyasi fanining nazariy- metodologik va tabiiy-ilmiy asoslarini o‗rganish;
-
umumfalsafiy bilish tamoyillari – umumiy o‗zaro aloqadorlik, taraqqiyot, determinizm
hamda psixologik tadqiqot tamoyillaridan hisoblangan sistemali va shaxsga yondoshuvning
o‗ziga xosligini o‗zlashtirish;
-
kasbiy psixodiagnostik jarayon asoslarini,
shaxsning xususiyatlarini, psixik holatini,
muomala va tasavvurning qonuniyatlarini o‗zlashtirish;
-
shuningdek, kasb tanlash, kasbga yo‗naltirish, kasbiy kamolotga doir psixologik
konsepsiyalarni o‗rganishdan iborat.
1.2 Psixologiya fani bo„yicha talabalarning bilimiga, o„quviga, ko„nikmasiga qo„yiladigan
talablar
Kasb psixologiyasi fani orqali talabalar fanning va
ilg‗or ishlab chiqarish jarayonining yutuqlarini o‗rganishi,uning natijalari orqali, shaxs
psixologiyasi,
shaxsning kasbiy shakllanishi, kasbiy tasavvurlari, kasbiy mutanosibligi, kasbiy
yo‗nalganligi, kasbiy motivlari masalalarida uchraydigan ayrim muammolarni nazariy jihatdan
hal etish, kasblar dunyosi bilan tanishishga oid nazariy va amaliy bilim va ko‗nikmalarga ega
bo‗lishi, egallagan nazariy bilimlarini amalda qo‗llay olish malakalariga ega bo‗lish,
o‗spirinlarning kasbiy faoliyatga mutanosibligini to‗g‗ri ta'minlash kabi ko‗nikma va malakalarni
shakllantirish.
1.3
Fanning o„quv rejasidagi boshqa fanlar bilan
o„zaro bog„liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Kasbiy psixologiya fani o‗quv rejada mavjud bo‗lgan pedagogika, psixologiya, tarbiyaviy ishlar
metodikasi, fanlarni o‗qitish metodikasi, yosh fiziologiyasi va gigienasi,
pedagogik texnologiya
fanlari bilan uzviy aloqada o‗rganiladi.
Bundan tashqari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov asarlari, ―Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi‖ va ―Ta'lim to‗g‗risida‖ gi Qonun va ta'lim- tarbiya tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari bo‗yicha hukumatimiz qarorlari orqali uzviy ketma-ketlik ta'minlanadi.
2.Fanning mazmuni
Ma'ruza № 1
Kasbiy psixologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari
Kasb psixologiyasining ilmiy tadqik predmeti, vazifalari va ahamiyati. Mustaqillik yillarida
kasb-hunar egallashga berilgan e'tibor. Kasb psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi. Kasb
psixologiyasining ijtimoiy hayotda tutgan o‗rni. Kasb psixologiyasining tarixi. Kasb
psixologiyasida jins va yosh xususiyatlari muammosi, uning yechimini topish
borasidagi
izlanishlar.
Yoshlarni kasb tanlashga yo„naltirish ijtimoiy voqyelik sifatidar
Ma'ruza № 2
Mavzu: Kasb psixologiyasining ilmiy tadqiqot