O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


-§. Sharq va G’arb: sivilizatsiya tiplari



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə20/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58

14-§. Sharq va G’arb: sivilizatsiya tiplari
Reja

1.Sharq tushunchasining mazmuni va Qadimgi Yaqin sharq

2.Qadimgi Hind va Xitoy sivilizatsiyasi

3.Antik dunyo sivilizatsiyasi

4.Ma’rifatchilik va Yevropada yangi sivilizatsiya
«Sharq» Yer shari quruqlik qismining Osiyo qit’asi va Afrika qit’asining shimoliy qismini qamragan geografik atama bo‘lib ko‘rinsa-da, bunda tarixiy-madaniy, jamoachilik, an’anaviylik, ijtimoiy-siyosiy (alohida davlat tipi, individuallikdan jamoaviylikning ustunligi), ma’naviy jihatlar — (turli darajadagi ochiq dinlar, intuitivlik bilan ratsionallikning qo‘shilib ketganligi) eng ko‘p darajada ifodalangandir.Sharq dunyosi asosiy jihatlariga ko‘ra yaxlit bo‘lgani holda o‘zigaxos xilma-xilliklar, muayyan darajadagi ijtimoiy-madaniy qaramaqarshiliklarham inkor etilmaydi. Sharqdagi o‘ziga xoslik shundaki, insoniyat tarixi ayni ana shu yerdan boshlangan. Uning muhim qismi bo‘lgan Yaqin Sharqda Jahon sivilizatsiyasining ilk o‘choqlari paydo bo‘lgan. Mohir odamning ilk ajdodlari eng qadimdan o‘zlari uchun makon qilib olgan mazkur mintaqada bundan 12—10 ming yillar avval chorvachilik va dehqonchilikka asos solindi.

Natijada inson bilantabiat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi jihatlar paydo bo‘ldi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanish tabiat qonunlarini o‘rganib boorish imkoniyatlarini berdiki, bu ishlab chiqaruvchilarning tashqi sharoitlardan xiyla mustaqil bo‘lishiga olib keldi. Bu faoliyat asosan mavsumiy bo‘lganidan aholining ma’lum qismi boshqa sohalarda va maqsadlarda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Jumladan, zig‘ir tolasi va jundan ip yigirib gazlama to‘qish, kulolchilik, uy-joy qurish, ish qurollarining turli xillarini tayyorlab berish va hokazo sohalarda yangi yo‘nalishlar yaratilgan. G‘ildirakning ixtiro etilishi muhim yangilik edi. Ishlab chiqarish orqali xo‘jalik yurgizish shaklining vujudga kelishi kishilarning turmush tarzini tubdan o‘zgartirgan.

Ularning axloq-odobi, an’analari barqaror rivojlanish kasb eta borgan.Sharq ma’naviy hayotida avval boshdan diniy-asotiriy va tafakkurning mutlaqlashtirish uslubi mavjud bo‘lgan. Qadimgi kishilar dunyoqarashida Olamning Tabiat va Sotsiumga, tabiiy va notabiiyga bo‘linishi dastlab yuz bermagan edi. Shunga ko‘ra Sharq kishilarining olamni idrok etishi qorishiq — sinkretik tusda bo‘lib, «barcha narsalar birlikda», «hamma narsa hamma narsada» tarzida qaralgan. Olamni bunday idrok etishda kishilar xatti-harakati, «Sharq» tushunchasining mazmuni боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini ularning taqdiri koinotiy qonunlarga ko‘ra erkin bo‘la olmaydilar.Bunday dunyoqarashda kishilar taqdirini Tabiat, Sotsium va Davlat belgilashi muqarrar. Sharq sivilizatsiyalarining kelib chiqishi, umuman olganda Yaqin Sharq mintaqasi bilan cheklanmagan, balki bir-biriga nisbatan mustaqil ravishda Hindistonda, O‘rta Osiyoda va Xitoyda lokal tarzda yuz bergan.Yaqin Sharqdagi, xususan ikki daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan ilk sivilizatsiyaning yaratuvchilari Shumerliklar faoliyati natijasi o‘laroq barpo etilgan shahar davlatlarida an’anaviy xo‘jalik yurgizish bilan birga ijtimoiysiyosiy

sohada ham muhim o‘zgarishlar qilingan. Shumerliklar yaratgan iyeroglifiy alifbo ma’naviy rivojlanishga jiddiy turtki berdi. Bu jarayonlar Shumer davlati o‘rniga kelgan Akkad va boshqa tuzilmalar, ayniqsa Bobil davlati davrida davom etdi. Bobil podshosi Hammurapi davlatni o‘zi tuzgan qonunlar asosida boshqargan. Bu

yerda o‘z davrining ilg‘or taqvimi tuzilgan, sanoqning o‘nli tizimi joriy etilgan. Ko‘pgina xudolar to‘g‘risidagi tasavvurlar, ibodatxonalar, qiziqarli afsonalar (masalan, Gilgamish haqida), san’atning xilma-xil namunalari, geografik xaritalarning birinchi marta yaratilishi, xiyla yetuk tibbiyot — bularning barchasi sivilizatsiyaning ilk davrida erishilgan yutuqlardir.

Yaqin Sharqdagi qadimgi sivilizatsiyaning Misr varianti qator o‘ziga xosliklarga ega. Qaror topgan davlat xo‘jaligi jamoachilikka ancha erta barham berdi. Mamlakat hayoti hukmdorlar tomonidan to‘la nazorat ostiga olingan edi. Shunga qaramay bu yerda paydo bo‘lgan alifbo, me’morchilik (ehromlar qurish san’ati), fan kurtaklari (matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolar), mifologiya va din sohalarida erishilgan yutuqlar insoniyat qadimgi sivilizatsiyasiga qo‘shilgan ulkan hissa hisoblanadi.

Bu sivilizatsiya barcha asosiy jihatlari bilan noyobdir. Uning paydo bo‘- lish davriga oid ma’lumotlar oz. Xarappi va Moxyandjo-Daro yozuvi hozirgacha o‘qilmagan. Bor manbalarda siyosiy-iqtisodiy masalalardan ko‘ra diniy-falsafiy muammolar ko‘p o‘rin egallagan.Bundan tashqari Hind madaniyatida Shimoldan-Markaziy Osiyodan kelgan oriylar hissasi bilan mahalliy qabilalar yaratuvchilik faoliyati nisbati masalasi ham bor. Lekin Hindistonda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida bu yerdagi daryolar bo‘ylarida ko‘plab shaharlar vujudga keldi.
Xitoy sivilizatsiyasi Hindistondagidan farqli holda o‘zining ko‘pgina yozma tarixiy va arxeologik manbalariga ega. Muayyan yo‘nalishda bo‘lishiga qaramay Xitoyda ham sivilizatsiya daryo bo‘ylarida kelib chiqqan. Donli o‘simliklar bilan birga yovvoyi hayvonlar xonakilashtirilgan. Nafis hunarmandchilik buyumlari yasalgan. Har bir harfi — iyeroglifi bir so‘zni anglatadigan alifbo ham shu davrda yaratilgan. Mutaxassislar Xitoyga chet sivilizatsiyasining, jumladan, Yaqin Sharq mintaqasining ta’siri borligini ta’kidlaydilar.

Dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyatining rivojlanishi ilmiy bilimlarga ehtiyojni yuzaga keltirdi. Ma’naviy madaniyatning qator tarmoqlari paydo bo‘ldi. Bular ichida din fenomenining o‘rni alohidadir. Sharqda ham, keyinroq boshqa mintaqalarda paydo bo‘lgan sivilizatsiyalarda ham shaharlar diniy-ilohiy muassasa — ibodatxonalar yonlarida qurilgan. Dastlabki ilohlar hayvonlarga (masalan, Qadimgi Misrda), ba’zan kishilarga (Shumerda) o‘xshatib yasalgan. Xudolar shaharlarda avval-boshda ko‘pchilikni tashkil etgan holda, keyinroq ulardan bittasi boshliq holida ajratilib ko‘rsatilgan. Kohinlar xudolar nomidan ish yuritiruvchi bo‘lib ko‘ringan. Ular boshqaruvni kasb qilib olgan kishilar sifatida suv va urug‘ni taqsimlash, ekin ekish va hosilni yig‘ishtirib olish vaqtlarini belgilash, zaxira, dollarni sarflash va boshqa juda muhim bo‘lgan vazifalarni bajarishgan.

Neolit inqilobi Sharq sivilizatsiyasining iqtisodiyot sohasida quyidagi o‘ziga xosliklarga ega bo‘lgan: Birinchidan, xo‘jalik yurgizish tajribaviy yo‘l bilan o‘zlashtirilgan texnologiya asosida va mavjud ishlab chiqarish masalalari bilan an’anaviy amalga oshirilgan, Tovar munosabatlari kam rivojlangan.Ikkinchidan, qo‘l mehnati va, umuman, muskul kuchi bilan harakatlantiradigan ishlab chiqarish qurollaridan foydalanilgan.Uchinchidan, ziroatchilik va unga asoslangan jamoaning alohida mavqega egaligi oqsoqollar tomonidan boshqarilgan jamoatning yerga egalik qilishi va davlatga renta-soliq to‘lashi tartibi paydo bo‘lgan. To‘rtinchidan, ishlab chiqarishdan orttirilgan jamg‘armaning unchalik katta emasligi va ularning ham noishlab chiqarish sohalarda sarflanishi kuzatilgan. Beshinchidan, davlatning hokimiyatga, uning qolgan barcha ko‘rinishlarida ega bo‘lganlarning qo‘lida mulkning to‘planishi oqibatida xususiy mulk ikkinchi darajali ahamiyat kasb etgan. Qadimgi Sharqda xo‘jalik yuritilishi .

Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining ma’naviy sohasi quyidagi tavsiflarni o‘z ichiga olgan:Birinchidan, ma’naviy sohada kishilar hayotining konservativligi tufayli dastlab politeistik, so‘ngra monoteistik dinlar belgilovchi o‘rin tutadi.

Ikkinchidan, afsonalarga notanqidiy yondashish, dogmatizm, ekzaltatsiya (yunoncha: cheksiz shodlik, yoki boshqa xursandlik holati, qattiq hayajonlanish) va mistitsizmga berilish mavjud.Uchinchidan, ilmiy bilimlarning aksariyat hollarda hunar sifatida kishilar faoliyatining mavjud shakllari uchun qolip, andoza shaklida

tushunilishi tufayli fan to‘la shakllana olmagan.To‘rtinchidan, barqaror stereotiplar sifatida avlodlar tajribasi muhim qadriyatlar sanalib, avlodlarning to‘liq o‘zaro birdamligi mavjud bo‘ladi.

Ijtimoiy-siyosiy hayot ham Qadimgi Sharq sivilizatsiyalariga mansub jamiyatlarda qator o‘ziga xosliklar bilan ajralib turadi: birinchidan, ijtimoiy tarkibda aholi turli qatlamlarining o‘zaro hokim-tobe munosabatda ekanligi — (masalan, Hindistonda kastachilik), ijtimoiy faollikning cheklanganligi, jamoaviylikning shaxsiylikdan ustunligi, inson turmush faoliyati barcha jihatlarini, ijtimoiy adolat tamoyillarini belgilash va nazorat qilish; ikkinchidan, davlat va jamoat boshqaruvida ko‘pincha mustabidlik mavjud bo‘lib, bunda davlatning jamiyatdan mutlaq ustunligi, uning barcha insoniy munosabatlarni boshqarib borishi ijtimoiy ideal va ishtiyoqni shakllantiradi; uchinchidan, Qadimgi Sharq sivilizatsiyalarida insonga muayyan jamoaning a’zosi sifatida qaralib, uning o‘z shaxsiy hayotini erkin belgilashi iloji bo‘lmagan. Sharq sivilizatsiyasi to‘g‘risida fanda xilma-xil qarashlar mavjud. Bularning hammasiga xos umumiylik shundaki, uning G‘arb sivilizatsiyasidan jiddiy farqli tomonlariga ega ekanligidir. Masalan, Qadimgi Yunoniston va Rimdan farqli o‘laroq Sharqda tipik quldorchilik bo‘lmagan. Yevropada feodalizm deb atash qabul qilingan tartibotlar Sharqda tipik ifodasini topmagan. Yer yuzining bu qismida kishilar ilk jamoachiligidan boshlangan an’analar qariyb o‘zgarishsiz holda qadimda bo‘lganidek, o‘rta asrlarda ham, birmuncha yangi jihatlar kasb etgan holda yangi zamonda ham davom etib keldi. Ma’lumki, qadimda jamoaga birlashgan kishilarning hayot Ma’naviy va

ijtimoiy-siyosiy hayot Sharq sivilizatsiyasidagi betakror jihatlar Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon faoliyati quyidagi jihatlarga asoslangan: Birinchidan, jamoa a’zolari majburiy ravishda bajariladigan o‘zaro almashuv tamoyillari va mexanizmlariga amal qilishi kerak edi: har bir a’zo umumiy qozonga topganining hammasini qo‘shgani holda, undan faqat o‘ziga tegishli qisminigina olgan. Bular o‘rtasidagi farq esa jamoa yoki urug‘ boshlig‘iga tegishli bo‘lib, uning nufuzini anglatgan. Ikkinchidan, katta oila boshlig‘i, urug‘ oqsoqoli yoki urug‘ kengashi a’zosi obro‘-e’tibor va hokimiyatga egalik qiluvchi sifatida jamoaning barcha mulkini qayta taqsimlaydi, shu bilan jamoa mulkining ham egasi ekanligini ko‘rsatadi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanish sharoitida boshliq jamoani jins, yosh, avlod, oiladagi mavqega ko‘ra boshqargan. Albatta,

bunda amalga saylangan oqsollar boy va omadli bo‘lishlaridan tashqari obro‘-e’tiborli, boshqalarning unga bog‘liqligi ham muhim hisoblangan. Yana shuni aytish kerakki, odatda asta-sekin bir nechta qo‘shni jamoalarning nufuzlisi atrofida birlashish hodisasi yuz berishi ham mumkin. Nufuzli jamoa markazidagi ilk shaharlarda ibodatxona, saroy, xazina, omborlar qurilgan. Natijada oqsoqollarning

eng kuchlisi yuqoridagi tarzda shakllanayotgan ilk davlatning sardori bo‘lgan.

Sharqda dastlab nomajburiy ijtimoiy hokimiyat, so‘ngra majburiylikka asoslangan davlat hokimiyati vujudga kelgan. Bunda boshqaruvchilarning o‘rni va ahamiyati tobora oshib borgan. Oldinroq aytib o‘tilganidek, boshqaruvchilar dastavval yetishtirilgan mahsulotlarni taqsimlashda jiddiy mavqega ega bo‘lganlar. Ularning

bu holati nufuz, obro‘-e’tibor orqali hokimiyat bilan bog‘langani tufayli yanada kengayib borgan, otadan farzandlarga meros bo‘lib o‘tadigan va sakral xarakter kasb etadigan hokimiyat institutini maydonga keltirgan. Buning natijasi o‘laroq kim hokimiyatga aloqador bo‘lsa, uning boshqa sohalarda ham ahvoli tegishli tarzda belgilangan. Hokimiyat egasi qo‘lida boylik va mulk bo‘lgan. Shunga ko‘ra kim hokimiyatga ega bo‘lsa, barcha narsalarga, jumladan mulkka ham ega bo‘lgan.

Qadimgi Sharq mamlakatlari sivilizatsiyalarida hokimiyat-mulk tamoyili amalda bo‘lgan. Oddiyroq qilib aytilsa, bunday tamoyilda hokimiyat mulkni tug‘dirgan, hokimiyatdan mahrum bo‘lish esa barcha mulkdan ajralishgacha olib borgan.
Takrorlash uchun savollar

1. «Sharq» tushunchasining geografik ma’nosidan tashqari

yana qanday tavsiflari bor?

2. Hind sivilizatsiyasining noyobligi nimada?

3. Xitoy sivilizatsiyasi qanday shakllangan?

4. Sharq sivilizatsiyasining kishilik hayoti sohalaridagi xos

jihatlari nimada ko‘rinadi?

5. Sharq sivilizatsiyasida qanday o‘ziga xos iqtisodiy jihatlar

mavjud?

15- Mavzu: Islom sivilizatsiyasi
Reja

1.Islom dini paydo bo’lishining shart –sharoitlari.

2.Islomiy sivilizatsiyaning boshlanishi.

3.Islomiy va dnyoviy bilimlar,islomiy sivilizatsiya inqirozi.

Qadimgi Sharq, Antik davr bilan Yevropa Yangi zamon tarixi oralig‘ida ko‘pgina xalqlar uchun g‘oyalar va bilimlarning asosiy manbayi hisoblangan. Muhammad payg‘ambar dini maydonga kelgan Yaqin Sharq mintaqasi avval ham Muso va Iso payg‘ambarlar faoliyati natijasi o‘laroq ikkita jahoniy — iudaviylik va nasroniylik dinlarining kelib chiqishiga zamin bo‘lgan edi. Qadimgi Yaqin Sharqda xudo bilan aloqada turuvchi payg‘ambarchilikanchagina tarqalgan edi. Injilda xonaanlik va falastinlik payg‘ambar-avliyolarning kishilar barcha xatti-harakatlari to‘g‘risida xudoning fikrini yetkazganligi bildiriladi. Aytish mumkinki, ayniqsa Yaqin Sharq uchun payg‘ambarlik instituti avval boshdan xos hodisa bo‘lgan. Payg‘ambarlik ijtimoiy va siyosiy hayotga ta’sir eta oladigan katta salohiyat tufayli mintaqa rivojlanishida muhim o‘ringa ega bo‘lgan. Buni Injildagi Isay, Iyeremiya va boshqalarning oldingi payg‘ambarlardan farqli yakkaxudolik, ijtimoiy tartibot g‘oyalarini ilgari surganligida, muqaddas joylarga sig‘inishni shakllantirganligida hamda ko‘pgina ijtimoiy o‘zgarishlarni boshlab berganida ko‘rish mumkin. Qadimgi Yaqin Sharqdagi payg‘ambarlik harakati Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon 97 Arablar muhitida kelib chiqqan islom dini mintaqaning eng qadimiy tub joy aholisi hisoblangan semit qabilasining ko‘hna tarixi bilan bog‘liq. Chunonchi, bu din arablar o‘tmishini Ibrohim o‘g‘li Ismoildan boshlab izoh etadi . Ilmiy xolislik zaminida turuvchi tadqiqotchilar islom dini kelib chiqishining shart-sharoitlari to‘g‘risida gap borganda semitlarning Yaqin Sharq sivilizatsiyasida o‘ziga xos ijobiy o‘rin tutganligini obyektiv ta’kidlaydilar. Darhaqiqat, ular orasidan chiqqan akkadiylar, amoreylar, xoldeylarning Mesopotamiya va umuman, butun G‘arbiy Osiyo sivilizatsiyaviy ravojlanishidagi o‘rni fanda ma’lum. Arabiston yarim orolining, xususan,uning janubida arxeologik qazishmalarda tasdiqlangan qadimda yuksak sivilizatsiya bo‘lganligini ham har doim nazarda tutish lozim. Jahoniy maqomdagi dinning ana shunday zaminda maydonga

kelishi, ko‘rinib turibdiki, o‘zining ratsional izohiga ega. Yangi dinning kelib chiqishi omillaridan biri yana shu bo‘ldiki, Arabistonda VII asr boshlarida yangi xudo va haqiqatni topishga intilgan ko‘pgina xanif-targ‘ibotchilar bo‘lgan edi. Ulardan biri va eng qobiliyatlisi bo‘lgan Muhammad yagona, qodir, mehribon va rahmdil Allohga itoat qilish, u ko‘rsatgan yo‘ldan chiqmaslik, adolatpeshalik va hokazo qadriyatlarni targ‘ib qilib, rasululloh, ya’ni xudoning elchisi darajasiga ko‘tarildi. U arablarni birlikka chaqirdi. Xalq esa oxir-oqibatda Muhammad dinini qabul qildi. Bu bilan yangi bir jahoniy sivilizatsiyaning poydevori toshiqo‘yildi. Islom barcha musulmonlarni o‘zaro birodar deb hisoblaydi. Uning har bir e’tiqod etuvchi uchun oddiy va bajarilishi qat’iy bo‘lgan, yakka xudolikka asoslangan qoidalari dindorlarni haqiqiy jannatga erishishi «Qur’on»da yuksak badiiyat va betimsol poetic tarzda ifodalangan. «Qur’on» musulmonlar uchun nafaqat ilhom manbayi, ayni vaqtda urf-odatlar, axloq-odob va qonunlar majmuasidir.Boshqa mahalliy dinlardan farqli holda islomda cherkov ham, kashish yoki pop ham yo‘q, balki maxsus yig‘ilish joyi — machit bo‘lib, unda jome’ nomozi o‘qiladi va imomlar tomonidan «Qur’oni karim» oyatlari tilovati amalga oshiriladi. Bu din avval boshdan yozma manbasiga — barcha musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan — Qur’onga ega.

Musulmon dini qaror topishi bilan birga bu dinga tayangan davlat ham maydonga keldi. Uning boshida dastlab payg‘ambarning Islom dini maydonga kelishining shart-sharoitlari 4 — Shaxs va jamiyat II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini 98 o‘zi, so‘ngra ketma-ket dastlabki to‘rt xalifa turdilar. Keyin hokimiyatga Muoviylar, 750-yilda Abbosiylar sulolasi keldi. Ratsional nuqtayi nazardan tushuntirish mushkul bo‘lgan jihat shundaki, Arabistondagi shartsharoitlar

zaminida kelib chiqqan islom dini qanday qilib musulmonchilikning bir avlodi ko‘zi o‘ngida Mag‘rib-u Mashriq va Janub-u Shimolga yoyildi? Muhammadning payg‘ambarlik sifatlari dastavval shunda ko‘rinadiki, u arablar nazarida sayyid — qavmlar dohiysi, aqid yo‘lboshchisi, hakam — mojarolarni odil hal etuvchi, notiq — o‘zi targ‘ib qilgan din qoidalarini bayon etuvchi,

shoir — yangi dinni zarur poetik tarzda bayon etuvchi, kohin— Alloh bilan aloqada bo‘luvchi mukammal va betimsol inson bo‘lgan.

Ta’kidlash joizki, islom dini tug‘ilayotganda yangi e’tiqodtashuvchilari, dastavval Muhammad va uning yaqin safdoshlari Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali ham o‘z harakatlaridan shaxsiy manfaat kutishmagan. Bu ehtiroslar musulmonlarda shunday kuch namoyon qildiki, ular 636-yilda Vizantiyaga zarba berdilar, Sosoniylar bilan urushda Xuroson zabt etilgan bo‘lsa, mamlakatning Sharqiy qismi ixtiyoriy musulmon bo‘ldilar, ya’ni fath etildi. Nisbatan qisqa vaqt ichida Shimoliy Afrika va Yevropaning Janubiy hududi — Pirineya egallanib islomlashtirildi. Shu vaqtdan boshlab katta hududda islomiy qarashlar

asosidagi umumiylik qaror topdi.Bu umumiylikning ma’naviy, siyosiy va iqtisodiy tarkibi o‘zaro mutanosiblikda tugal qaror topishini Yevropaning ko‘pgina sharqshunoslari IX—XIII asrlar bilan belgilaydi. Jumladan, avstriyalik olim Adam Mets «Musulmon renesansi» asarida islom dunyosi ko‘tarilishini shu davr bilan bog‘laydi.Musulmonlar o‘zlari yaratgan qadriyatlarni boshqalarga berish barobarida o‘zgaradigan falsafiy g‘oyalar ilmiy bilimlar va texnik vositalarni o‘zlashtirdilar. Alohida ta’kidlash joizki, islom dinimadaniyatni turli bo‘hronlardan himoyalaydigan o‘ziga xos «qalqon» vazifasini bajardi. Afrikadan Osiyoning markazigacha,

Hindistondan Gibraltargacha bo‘lgan ulkan makonda xalqlar dinva til birligi asosida birlashdilarki, bu o‘zaro madaniy ta’sirni ancha kuchaytirdi.Islom dunyosidagi madaniy aloqalar rivoji ikki muhim jihat bilan izohlanadi: Birinchidan, musulmon mamlakatlarining

Musulmonchilikning tarqalishi Islomiy sivilizatsiyaning boshlanishi Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon 99 geografik makonlari imkon bergan bo‘lsa, ikkinchidan, ayni shu islom dinidagi ichki salohiyat buni ta’minladi.1gullab-yashnashiga ko‘mak berdi. Nasroniy ozchilik Misr va O‘rta Yer dengizi sharqidagi mamlakatlarda sezilarli rol o‘ynaydi.

Hindistonda indus va musulmonlar yonma-yon yashab keldilar.Turli dindagilar bir-biridan o‘rgandilar. Islom mahalliy an’analarni oyoqosti qilmadi, aksincha, turli diniy guruhlar o‘z madaniyatlarinirivojlantirishi va qo‘shnilari bilan muvaffaqiyatlarni baham ko‘rishi uchun sharoit yaratdi. Makkaga haj qilish xalqlar va madaniyatlarni yaqinlashtirgan. Bunda musulmonlarning yo‘li turli mamlakatlar orqali o‘tgani tufayli madaniyatning ko‘pgina namunalari bilan tanishish mumkin bo‘lgan va o‘zaro muloqotda bo‘lganlar hamda qaytib borganlaridan so‘ng o‘z yurtlarida ko‘rgan-kechirganlarini boshqalarga ham yetkazishgan. Umuman, hojilar barcha joylarda alohida hurmatga sazovor kishilar bo‘lgan. Arab tilini o‘rganish «Qur’oni karim»ni o‘qish uchun musulmonlarga zarurligidan kundalik muomalada, ilmiy-texnikaviy bilimlar almashuvida qulaylik tug‘dirgan. Yevropaliklardan farqli o‘laroq musulmonlar barcha joylarda bir-birini tushungan. Islom madaniyati rivojlanishining muhim omillaridan biri—bu tijoratga asoslangan dinamik iqtisodiyot bo‘lgan. Shahar bozorlari tufayli kengayib ketgan dengiz portlari uch qit’aning tutashgan joyi bo‘lgan islom mamlakatlarida mollar ayirboshlashda belgilovchi rol o‘ynagan.

Hind okeani va O‘rta Yer dengizidagi savdo-sotiq musulmonlar qo‘lida bo‘lgan. Ular so‘nggi O‘rta asrlargacha, Yevropa savdosida

ham hukmronlik qilgan. Islom sivilizatsiyasi tarkibida falsafa sohasida Antik dunyoda (Suqrot,

Aflotun, Arastu) ishlab chiqilgan g‘oyalar omuxtaligida arab tilida ilgari surilgan ta’limotlarda ilohiy taqdir, iroda erkinligi kabi masalalar muhokama qilingan. Falsafa, adabiyotva san’at

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1991-yilda nashr etilgan va ko‘pgina ingliz tili mamlakatlarida muvaffaqiyatlar bilan foydalanilayotgan tarix darsligida islom sivilizatsiyasi bo‘yicha maxsus paragraf ajratilgan.

Jumladan, unda shunday yozilgan: «Islom dini aqidalaridan madaniyat rivojlanishi uchun, ayniqsa dunyoni idrok etish va turmush tarzining kamida to‘rtta xususiyati kelib chiqadi: musulmonlar boshqa dinlar va madaniyatlar bilan chiqishib keta oladi; ular Makkaga haj qilishlari lozim; Qur’onni o‘qish uchun ular arab tilini bilishlari lozim; bundan tashqari ular juda e’tiborli mashg‘ulot sifatida savdo-sotiqni yuksak qadrlaganlar».II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini 100 Musulmon adabiyotining yuksak rivojlanishi abbosiy xalifalar davrida sodir bo‘ldi. To‘g‘ri, islom diniga qadar ham arablarda ayniqsa, og‘zaki adabiyot, ommaviy she’riyat keng tarqalgan. Bular asosida arab adabiy tili qaror topdi. Qur’oni karim qiroatini egallaganlar tinglovchilarga ta’sir etib, ularni yig‘latish, qahrg‘azab uyg‘otish va hokazolarga qodir bo‘lishgan. Abbosiy xalifalarning ko‘pchiligi (masalan, Xorun ar-Rashid al-Ma’mun, Mutavvali) saroylarida shoirlar xizmat qilgan. Nasriyadabiyot na’munalaridan «Ming bir kecha» asari hisoblanadi.Arabcha shakldagi she’riyat islomiy hududda keng tarqalgan

edi. Keyinroq fors va turkiy tillarda yozilgan adabiyot ma’naviy hayotda katta o‘rin tutdi. Jumladan, fors shoirlari Firdavsiy, Umar Xayyom, Hofiz Sheroziy, Shayx Sa’diy va boshqalar

aruzda ijod qilib she’riyatning yuksak namunalarini yaratdilar. Qasida, doston, ruboiyot va hokazolar adabiy janr sifatida shakllandi. Turkiy adabiyot namunalari ham sivilizatsiyaviy maqomda bo‘lgan.

Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida turkiy tilshunoslik bilan birga og‘zaki she’riy namunalar, urf-odat qo‘shiqlari, xalq lirikasi, epik mazmundagi qismlar, maqollar va hokazolarning namunalari keltirilgan. Asar keyingi davr ijodkorlari

faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. San’atning turlari islomiy muhitda dastlab uncha rivojlanmagan bo‘lsa-da, keyinchalik imoratsozlikda, bezakchilikda, cholg‘uchilik va qo‘shiqchilikda ham muayyan qat’iylik darajasi saqlangan holda jiddiy o‘sish kuzatildi. Sharq musiqaviy asboblari musulmon Ispaniyasida, Lotin Amerikasidagi mustamlakalarda tarqaldi va hatto Shimoliy Amerika musiqa madaniyati rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shdi. Intellektual faoliyat musulmon dunyosida tijoratchilar mollaridan kam bo‘lmagan darajada baholangan

va aholi turmush tarzida har doim muhim o‘rin tutgan. «Olimning siyohi, — degan ekan Muhammad payg‘ambar — azob-uqubat tortgan inson qonidan muqaddasdir». Ko‘rinadiki, islom an’analarida aqliy mehnat yuqori baholangan va bu hol diniy farmoyishlar bilan mustahkamlangan.Musulmon olimlar va boshqa sivilizatsiyalarga mansub mamlakatlarda

yaratilgan bilimlarni ham o‘rganib saqlab qolganlar,tarjima qilganlar va sharhlaganlar. Mustaqil ravishda o‘z izlanishlarida katta-katta muvaffaqqiyatlarga ham erishganlar.Islomiy dunyoqarash va turmush tarzining yuqorida keltirilgan xos jihatlari ma’naviyatning ta’lim, kitobatchilik va kutubxonachilik, Islomiy va dunyoviy bilimlar Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon

falsafa, adabiyot, san’at, ilm-fan, tibbiyot kabi sohalariga belgilovchi ta’sir ko‘rsatdi. Islom mamlakatlarida o‘quvchilar grammatika, arifmetika,payg‘ambarlar hayoti tavsirnomalarini ham o‘rganishgan.Hozirgi universitetlar maqomida bo‘lgan madrasalarning dastlabkilari X asrda ochilgan edi. XII asrda Yaqin Sharq va Ispaniyada o‘nlab mashhur islomiy universitetlar faoliyat ko‘rsatgan.

Ularda huquq, falsafa, tarix, geografiya, tabiiy fanlar, ilohiyotshunoslik va she’riyat o‘qitilgan.

Arablar 704-yilda Samarqandda qog‘oz tayyorlash bilan birinchi marta tanishgan edilar. Buning sivilizatsiyaviy tomoni shunda bo‘ldiki, yozilgan asarlarning narxi arzonlashib, keng tarqaldi, kutubxonalar vujudga keldi. Xalifalik poytaxti Bag‘dodda chingiziy Xulaguxon bosqini arafasida 36 ta jamoat kutubxonasi, ko‘plab masjidlarda ham boy kitob jamlamalari bo‘lgan. Turli xil kitoblar Buxoro, Urganch, Marv kabi shaharlardagi kutubxonalarda ham ko‘plab to‘plangan. Islomiy sivilizatsiya doirasida jiddiy ilmiy ravnaqqa erishildi. Bu tasodifiy emas edi. Qur’oni Karimda «ilm» tushunchasi 750 marta, «aql» atamasi 50 marta qayd qilingan ekan. Yevropaliklar keyinroq tabiatshunoslik, tibbiyot, dengizchilik va boshqa sohalarda bu sivilizatsiyada erishilgan natijalardan ko‘p foydalandilar. Musulmon mamlakatlarida ilm-fan IX—XII asrlarda ayniqsa tez rivojlandi, gullab-yashnadi. Arablarda falakiyotshunoslik bilimlariga zo‘r ehtiyoj bo‘lgan. Ptolomeyning «Almagest» asari tarjima qilingan, xoldeylardan qolgan Xarron shahridagi observatoriya ishi davom ettirilgan. Abu Rayhon Beruniy (973—1048)

Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi to‘g‘risidagi farazni aytib, uning kengligi va uzunligini aniq o‘lchadi.

Islomiy geograflardan Al Ma’sudiy (900—957) Markaziy Osiyo,davomida Afrika, Osiyo va Yevropa bo‘yicha ko‘rgan-kechirganlarini batafsil yozib qoldirganlar. Beruniyning «Hindiston» asari ham XVIII asrgacha yagona manba bo‘lgan. 883-yilda xalifa al-Ma’mun topshirig‘iga ko‘ra xaritalar tuzilgan. Abdurahmon ibn Xaldun (1332—1406) «Jahon tarixi», «Tarix falsafasiga kirish», ko‘p jildli «Arablar, forslar, berberlar hamda ularga zamondosh bo‘lgan boshqa qudratli xalqlar tarixiga oid ma’lumotlar va namunalar to‘g‘risidagi ibratli kitob» asarlarini yozgan. U kishilar va millatlarning xatti-harakatlarini tushuntiradigan qonuniyatlar, sivilizatsiyalarning ravnaqi va halokati, II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini insonga muhitning ta’siri, moddiy omillarning kishilar turmushidagi o‘rni va hokazolar to‘g‘risida chuqur fikrlarni ilgari surgan. Ibn Xaldunni hozirgi sotsiologiyaning asoschisi deb hisoblashadi. Musulmon dunyosida matematika sohasida katta kashfiyotlar qilindi, arifmetika poyoniga yetkazildi. «Baytul Xikma»dagi olimlarga boshchilik qilgan Muhammad ibn Muso Xorazmiy (783—850)

«Al-jabr va al-muqobala» asarida algebraning asosiy jihatlarini ifodalab bergan. Shu davrda trigonometriya ham vujudga keldi. «Sifr», «nol» kabi matematik tushunchalar arabcha bo‘lib, hozirgi fanda muhim o‘rin tutadi.

Musulmon olimlari asoslagan kimyo ham ma’lum mavqega ega bo‘lgan. Ko‘pgina moddalar va jarayonlar ustida tajribalar o‘tkazgan olimlar umumiy sohaning tamoyillarini ifodalaydigan keng qamrovli nazariyalar yaratdilar.Bular o‘z navbatida tibbiyot rivojlanishiga jiddiy turtki bo‘ldi.Og‘riq qoldiruvchi moddalar yordamida birinchi marta islomiy tabiblar jarrohlik operatsiyalari o‘tkazganlar. Zakariya ar-Roziy (865—925) hatto chechak va qizamiqni samarali davolagan. Islom Sharqida dorishunoslar tayyorlaydigan o‘z davrida yagona bo‘lgan o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatgan. Tabiblik qilish uchun tegishli sertifikat bo‘lishi tartibi o‘rnatilgan. Tabiblar iqlimning ta’siri, gigiyena va ovqatlanish muammolari bilan shug‘ullanishgan. Musulmon okulistlari ko‘z kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolaganlar. Ko‘z gavhari faoliyatini o‘rganish tibbiy optika rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Abu Ali Ibn Sino (980—1037) nafaqat islomiy sivilizatsiya doirasida, balki insoniyat hayoti o‘rta asrlar davrida universal bilim sohibi bo‘lgan. Uning tibbiyotga oid 43 ta asar yozganligi ma’lum. «Tib qonunlari» asari Yevropada 600 yil davomida yagona yetuk qo‘llanma bo‘lgan. Bu asar ko‘p jihatlari bilan hozir ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Narsa, hodisa va jarayonlarning tizimiy tuzilganidan kelib chiqilsa,islomiy mintaqalar sivilizatsiyasida bir qancha xususiyliklar va, hatto,alohidaliklarni ko‘rish mumkin. Haqiqatan ham Markaziy Osiyodagi madaniyat bilan Shimoliy Afrika madaniyatida diniy umumiylikdan tashqari muhim farqlar ham bo‘lgan. Ayni vaqtda Markaziy Osiyoning dehqonchilik markazlari bilan chorva makonlari ham anchagina farq qilgan. Zero, tizimning har bir bo‘lagi boshqa bir bo‘lagi bilan o‘zaro taqiqlanganidan Islomiy sivilizatsiya inqirozi butunligini, o‘z-o‘zidan saqlanish tamoyiliga ko‘ra mavjudligini yo‘qotmaydi. Bu esa an’anaviylik davom etishining asosiy omillaridan hisoblanadi.

Ana’anaviylik tadrijiy rivojlanishni inkor qilmasa-da, ko‘pincha turg‘unlik omillaridan hisoblanadi. Masalan, Shimoliy Afrikaga o‘rta asrlarda bosqinchilar Shimoldan ham, Sharqdan ham kelmaganlar. Lekin bu yerda o‘z davrida cho‘qqiga ko‘tarilgan sivilizatsiya tushkunlikni chetlab o‘ta olmadi. Islomiy sivilizatsiya muayyan ichki sabablar (an’anaviylik) va tashqi — bosqinchilarning hujumlari ostida avvalgi holatini yo‘qotib bordi. Tabiiyki, bunday sharoitda inson zotiga hurmat, uning shaxsi bilan hisoblashish, huquqlari va sha’nini qonuniy himoyalash zarur darajada ta’minlanmas edi.

Asosiy tushunchalar
Islom sivilizatsiyasi — musulmon dini tarqalgan hududlardagi

sivilizatsiyaning ko‘pgina umumiyliklari nazarda tutilgan holda

nomlanishi.

Diniy bag‘rikenglik — islom dinida avval-boshdan g‘ayridinlarga

nisbatan toqatlilik mavjud. Shunga ko‘ra ham islomiy

mamlakatlarda aholining nasroniy, yahudiy va boshqa

ko‘rinishdagi diniy ozchilik qadimdan yashab keladi. Ular

dini, tili va ma’naviy madaniyatning boshqa jihatlarini saqlab

qolganlar.

Musulmon an’anaviyligi — Sharqda tabiiy va ijtimoiy-madaniy

sabablarga ko‘ra davom etib kelayotgan jihat islom dinining

ilk davri tartibotlarining bo‘rttirilishi tufayli ijtimoiy turg‘unlikni

ifodalaydigan bo‘lib qoldi.

Takrorlash uchun savollar

1. Payg‘ambarlik nima?

2. Islom sivilizatsiyasining o‘zidan oldingi sivilizatsiyalar bilan

bog‘liqligi bormi?

3. Islom sivilizatsiyasining asosiy jihatlari chet el (AQSH)

tarix fanida qanday ko‘rsatilgan?

4. Islom sivilizatsiyasi yutuqlarining hozirgi ahamiyati qanday?

5. Islom qadriyatlarini qanday tushunasiz?

6. Dunyoviy ilmlarga islomda munosabat?

7. Islom sivilizatsiyasining yemirilishi sabablarini gapiring.


Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə