O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Kasb – hunar ta’limi standartlari davlat tizimi



Yüklə 423,1 Kb.
səhifə2/5
tarix26.09.2017
ölçüsü423,1 Kb.
#1918
1   2   3   4   5

Kasb – hunar ta’limi standartlari davlat tizimi.

Ta’lim standartlashtirish – bu butun dunyo kasb-hunar ta’limini islohotlashtirishdagi eng yirik tendensiyalardan biridir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 – oktabrdagi 400 sonli “O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi davlat standartlarini tasdiqlash” to’g’risidagi qaroriga asosan o’rto maxsus kasb-hunar ta’limi davlat standartlari tasdiqlandi.

Tarmoq standartlari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bosqichma – bosqich yangidan tashkil etilayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ularni aprobotsiya qilish tugagandan so’ng tasdiqlanadi 1-jadvalda kasb – hunar ta’limi davlat standartlari tizimi keltirilgan


Ta’lim tog’risidagi va” Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida qonunlar



Kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standarti “Asosiy qoidalar”

Kasb – hunar ta’limi tayyorlov yo’nalashlari kasblar aro va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi

1

2

n
1-jadval







Kasb-hunar ta’limi tarmoq davlat ta’lim standartlari


Kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha tarmoq ta’lim standartlari


Kasb – hunar ta’limi davlat standarti “Umumta’lim fanlar”



Akademik litseylar tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha tarmoq ta’lim standartlari





……

Kasb – hunar ta’limi va davlat ta’lim standartlarining vazifalari:

Kasb – hunar ta’limi sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko’rsatiladigan ta’lim xizmatilari turlariga nisbatan qo’yiladigan maqbul talablarni belgilash; kasb hunar ta’limiga va uning pirovarol natijalariga ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti- vaqti bilan baholash tartibiga, Shuning ta’lim faoliyati sifati ustidab nazorat qilishga nisbatan qoyiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy negizni yaratish;

-xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy - axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

- Kasb – hunar ta’limi o’quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlashga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiniga nisbatan me’yorlash va talablarni belgilash;

-Kadrlarni mustaqil va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.

“Kasb-hunar ta’lim sifatini nazorat qilish.

Kasb – hunar ta’limi sifatini nazorat qilish, quyidagi usullarda olib boriladi:



Ichki nazorat o’qitish sifatining ichki nazorati ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi tasdiqlagan “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim va ko’nikmalarini nazorat qilishning reyting tizimi to’g’rida” gi nizom asosida reyting nazorat shaklida kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratning reyting tizimi quyidagi nazorat tadbirlar o’tkazilishini ko’zda tutadi.

Joriy nazorat – og’zaki so’rov, seminarlar, yozma ishlar, labarotiya ishlar, labarotoriya ishlari texnikaviy, diktant kurs loyihalari, uy vazifasi va hakozo, ya’ni o’quvchi o’z amaliyotida qo’llaydigan barcha so’rov turlarini o’z ichiga oladi.

Oraliq nazorat – fanning ma’lum bir qismi, bo’limi yakunlangandan so’ng o’tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasasini ilmiy pedagogik kengashi tamonidan belgilanadi.

Yakuniy nazorat – semester tomon bo’lganda va o’quv dasturining tegishli bo’limi tugallangandan keyin amalgam oshiriladi. Yakuniy nazoratning o’tkazilish tarbi, shakli ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.

Tashqi nazorat- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Davlat test Markazi tarkibidagi kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tamonidan tayyorlangan “Ta’lim muassasalari va pedagogik kadrlarning davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasi haqidagi Nizom” va amaldagi meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Davlat – jamoat nazorati – ta’limni boshqaruvchi vakolatli davlat organiy va u bilan kilishilgan holda jamoat tashkilotlari kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshitiladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi – davlat imtihonlari va malakaviy diplom ishi (loyiha )ni himoya qilishi bilan yakunlanadi”7

Bo’lajak kasb-ta’lim o’qituvchilaridan kasbiy ko’nikma va malakani shakllantirish bosqich pedagogik va texnik- texnologik muammoli, vaziyatli topshiriqlarni yechish orqali amalga oshiriladi. Bunda muammoli vaziyatga pedagogik jarayonni hosil qilishga imkon beruvchi sharoitlar to’plami sifatida qaraladi. Chunki pedagogik sharoitlar mazkur jarayonni yuzaga keltiribgina qolmay uning mavjud holatini ham belgilaydi.

“Kasb ta’lim o’qituvchilarini amaliy faoliyatga tayyorlash jarayonida pedagogik – psixologik turkum fanlar mavmuniga mos maxsus mashqlar va topshiriqlar ishlab chiqilgan. Bundan ko’zlangan maqsad, pedagogik jarayonning o’ziga xos xususiyatlari, mantig’i, o’qituvchlar va o’quvchilar faoliyatining tizimi bilan tanishtirishdir, o’z navbatida, bu bo’lajak kasb ta’lim o’qituvchisida pedagogik jihatdan vaziyatni ko’ra olish qobiliyatining shakllanishiga olib keladi

Kasbiy pedagogik faoliyatining o’ziga xos xususiyati va murakkabligi shundaki, o’qtuvchining o’quvchi shaxsiga yo’naltirikgan har qanday ta’siri o’quvchi ongida o’ziga xos o’zgarishga uchraydi, uning xatti-harakati, muloqati hamda faoliyati harakterida aks etadi. O’qtuvchi esa butun pedagogik jarayoni metodikasini o’zlashtirib olgandagina o’quvchi shaxsida sodir bo’ladigan ichki o’zgarishlarini oldindan ko’ra oladilar”.8

Pedogogik faoliyatida barcha topshiriqlar o’quvchining shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Bu tapshiqlarni o’z mazmuni va xal etish usullariga ko’ra quyidagi bo’limlarga ajratish mumkin.

Jamoa va shaxs rivojlanishini uzoq va o’rta istiqbollari bilan belgilanadigan vazifalar-strategik topshiriqlar. Ular sinchkovlik, o’qituvchi va o’quvchi xulq- atvoridagi o’zgarishlar turli bosqichlarda har xil pedagogik vositalardan foydalanish, o’z predmeti vositasida o’quvchilarda qiziqish uyg’otish mustahkam ma’lum maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaviy jamoa barpo etish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.

Yaqin istiqbol bilan bog’liq vazifalar – taktik topshiriqlar. Har bir o’quvchida mashg’ulotda muhokama qilish uchun mo’jallangan muammoga o’z munosabatini bildirish ehtiyojini uyg’otish: muvzuni bir – biriga yaqin fanlardagi bilimlar tizimi bilan bog’liq, mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’quvchilar bilimining yahlit tizimining shakllantirish – vazifalarini bajarish faoliyatining muayyan turlarini tashkil etish o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarni birmuncha qayta qurish bilan bog’liqdir.

Hozir yuzaga kelgan vaziyat bilan bog’liq vazifalar-operativ (tezkor ) topshiriqlar. Bular o’qtuvchi uchun kutilmagan vaqt paytida bo’ladi va juda qisqa muddatda hal etishni taqazo etadi. Qisqa qilib aytganda, pedagogik topshiriqlar bo’lajak kasb-ta’limi o’qituvchilarida pedagogik hodisalarining murakkab olamiga yanada teran nazar tashlashga ulardagi muhim aloqadorlik va munosabatlar tizimini aniqalash, vaqt tig’iz bo’lgan vaqtlarda asoslangan qarorlar qabul qilishga yuksak darajadagi pedagogik tafakkur fazilatlarini egallashga yordam beradi.

O’zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy ekani qonunlarimizda belgilab qo’yilgan. Yana bir bor ta’kidlab o’tish joizki, bu biz uchun prinsipial masala hisoblanadi. Ayniqsa, bilim olish qishloq joylarida to’g’risini aytganda, hamma ham 12 yil o’qishni hohlamaydi. Bu kunda o’sib kelayotgan yangi avlodimiz 12 yillik majburiy ta’lim olish bilan birga aniq mutaxasislik va kasb-hunarga ega bo’lishi kerak , bu ayniqsa, qizlarimiz uchun muhimdir.

Chunki yosh oilaning mustahkamligi avvalo qizlarning biror bir mutaxasislikni egallashi, hayotda o’zining mustaqil fikri va o’rniga ega bo’lishi bilan bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham barcha zarur fanlar bo’yicha umumiy bilim beradigan umuta’lim maktablarida 9 yil ta’lim olganidan keyin yoshlarimiz majburiy tarzda 2-3ta zamonaviy mutaxassislik bo’yicha kasb-hunarlarga ega bo’lishilariga alohida e’tibor berilmoqda.

12 yillik majburiy ta’limdan so’ng ularning har biri, o’z xohishiga ko’ra, bakalavr va magistr darajasini olish uchun oily o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirishi mumkin

Mamlakatimizda 1500 dan ortiq yangi kasb kolleji va akadimik litsey barpo etildi kasb-hunar kollejlaridagi zamonaviy o’quv laboratoriya, kompyuter va ishlab chiqarish asbob-uskunalari o’quvchilar uchun umumiy fanlar bo’yicha nafaqat to’liq bilimlar hajmini zamonaviy texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish imkonini beradi

ko’nikmalarni egallashi, ayni paytda chet mamlakatlarida tengdoshlari bilan faol muloqot qilish, bugungi kunda dunyoda ro’y berayotgan“

Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish odamlarimizning ongu tafakkuri va dunyo qarashini o’zgartirish, ularning siyosiy va grajdanlik faoligini, o’z kelajagiga

bo’lgan ishonchni oshirishni eng muhim omili va mustaxkam asosiga aylandi desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi.

“Bizning yangi avlodimiz bilimli, o’tmishining har qanday illatlaridan ozod bo’lgan yoshlarimiz bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish, uning yangilash va ishochli tarzida ravnaq toptirishning hal qiluvchi harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda.

Shu borada o’tgan davr borada kasb-hunar kollejlari va akedemik litselari 2 milyon 300 mingdan ziyot talabalar bitirib chiqan, joriy yilda 500 mingdan ortiq o’quvchi o’rta toifadagi mutaxasis diplomini olib, o’qishni tamomlashni aytib o’tish kifoyadir. O’zbekiston birinchilaridan bo’lib 12 yillik majburiy ta’limga o’tdi. mamlakatimizning raqobatbardosh maxsulot ishlab chiqarish yo’naltirilgan korxonalariga o’rta maxsus ta’lim olgan yoshlar muayyan kasb-hunarni puxta egallab, ishlab chiqarish jarayoni asoslarini yaxshi bilgan holda tayyor mutahasis sifatida kelmoqda.9 Yigit-qizlarimiz kasb-hunar kollejlarida umumta’lim fanlari bilan bir qartorda mexnat bazorida talab katta bo’lgan bir necha kasb-hunarni egallash imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Bu borada litseylar ham muhim vazifani bajarmoqda. Litseylarda o’quvchilar akademik yo’nalishlar bo’yicha umumiy ta’limni chuqur o’rganishdan tashqari, muayyan ixtisosliklar bo’yicha fanlarni ham o’zlashtirmoqda. Yigit-qizlar litseylarda kollejlarni tamomlagach, oliy o’quv yurtlariga kirish va tanlagan mutaxasisligi bo’yicha ta’limni davom ettirish uchun etarlicha bilimga ega bo’lmoqda.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 1396 kasb-hunar kolleji va 141 akademik litsey faoliyat ko’rsatmoqda shuni alohida takidlash kerakki, bunday o’quv yurtlari bugun mamkatimizning eng chekka joylarida ham bor. Ular uchun go’zal va zamonaviy binolar barpo etilgan.



O’quv-ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalari eng so’nggi texnik uskunalar, zamonaviy apparaturalar bilan jihozlangan. Bugun mazkur o’quv yurtlarida qariyib 1,7 million nafardan ortiq o’g’il-qiz bilim olmoqda. Ularga tajribali pedagoglar jumladan, fan nomzodlari va fan doktorlari saboq bermoqdalar. Iqtisodiyotimizning turli jabhalarida talab katta bo’lgan 86 ta’lim yo’nalishi, 225 kasb va 578 mutaxassislikni o’z ichiga olgan umumdavlat tasnifi ishlab chiqildi. Kasb-hunar kollejlarida yosh kadrlar tayyorlashda ishtirok etayotgan yirik sanoat korxonalari tomonidan otaliqqa olingan.

2.2.II bob. kasb-hunar kollejlarida chet tilini orgatishda lugatlardan foydalanish usullari
Leksik materialni o'rgatishga qo'yiladigan dasturiy talablar maxsus metodik usullar yordamida ishlab chiqishni taqazo etadi. Mazkur masala yuzasidan o'tkazilgan ilmiy tadqiqotga binoan quydagi usullarga amal qilinadi:

  1. Chet tili o'rgatishda lug'atni oqilona chegaralash prinsipi tanlash mezonlari majmui leksik birliklar xususiyatlarni to'liq hisobga olish uchun xizmat qiladi; tanlash birliklari mezonlar bilan muvofiqlashtiriladi.

  2. Til o’qitishda leksik birliklar taqdimoti muayyan maqsadga qaratilganligi usuli: leksik operiatsiyani mustaxkamlash uchun qo'lanadigan birliklar aniq ko’nikmani xosil qilishga mo'ljallanadi va boshqa birliklar bilan uyg’un xolda ishlatiladi.

  3. Leksik birliklarni lingvistik xususiyatlarini va ularni o’zlashtirishga aloqador psixologik tabiatini hisobga olish prinsipi: taqdimot va mashq davralada leksik birliklarning mavxum tushuncha ifodalaydiganlari tariflash fositasida,

Narsaga tegishlilari ko'rgazmalilik yordamida, sistema xosil qiladigan ( ma'nodosh, teskari ma'noli mavzuga oid, mas dunyo tomonlarini - sharq, g'arb, janub, shimol ifodolovchi) leksik birliklar qiyoslash va guruxlash yo'li bilan, funksional ( yordamchi) so'zlar esa kontekstda beriladi.

  1. Ta'limning didaktik va psixologik qonuniyatlarini hisobga olish usuli: har bir leksik birlik taqdimot, mashq qilish va qo'llash bosqichlarida borgan sari kengaytirilib, ya'ni mano doirasi, tovush va yozish timsollari va turli birikmalarda, kontekst hamda guruxlarda qo'llanilishi izchillik bilan o'rgatib boriladi.

  2. Naqd (real) lug'at boyligini, yangi so'z ma'nosiga asoslangan tarzda faxmlashni ta'minlash va hufiya lug'atni shakillantirishda o'zaro bog'liqlik usuli, har uchala vazifa faol, bir-biriga bog'liq va izchil bajariladi.

  3. Ma’naviy (semantik umumlashtirishga suyanib ish ko'rish usuli; leksik birlik mazmun planini tahlil etish yo'li bilan birliklar o'rtasidagi va ko'p ma’noli birlikning semantik variantlari orasidagi o'xshashlik hamda tafovut belgilarini aniqlashga erishiladi. Bunday tadbir so'z ma’nosini ochish, binobarin, o'quvchilar nutqida leksik birlikni o'rinli qo'llash va to'g'ri tushunishni osonlashtirishga yo'llaydi10.

  4. Nutq malakalarini o'stirish va shu jarayonda leksikani egallashni birga olib borish usuli; leksikani egallash jarayoni materialni o'zlashtirish va ko'nikmalarni rivojlantirishni nazarda tutadi. Maktab tajribasida muallimlarga ayon asosiy shart-sharoitlar ushbu usullar doirasida amal qilmoqda, ularni quyidagicha umumlashtirish mumkun.




  1. Leksik ko'nikmani shakllantirish ishi uning taqdimotini kontekstda ro'yobga chiqarilishi bilan chambarchas bog'liq (yaniy yolg'iz, ajratilgan so'z ustida ishlash usulini istemol qilmaslik maqsadga muvafiqdir).

  2. So'zning ma’nosini ochish og'zaki nutqning ilgarilashi tarzida sodir bo'ladi. (Leksikaning ma’nosini yozma matnda faxmlash bundan mustasno).

  3. Reproduktiv nutqa so'zlarni biriktirishga etibor kuchaytiriladi (resepsiyada birikmalarni tayyor xolda idrok etilishi ma’lum)

  4. har bir leksik birlikni hamma analizatorlar (ko'ruv, eshitish, nutq harakat, va qo'lharakat)dan «o'tkazish» kutilgan marraga tezroq olib boradi.

So'ziga tayanish va uning ma'nosini bildirish maqsadga muvofiqdir. Passiv minimum so'zlari o'quvchilar o'z og'zaki nutqlarida qo'llamasliklari kerak.

5. Metodik tasnifdan kelib chiqib so'zning taqdimot usullarini qo'llash oqilona yo'ldir.

6. Ichki va tashqi ko'rgazmalilikni leksik taqdimotga jalb etishda o'quvchilar yoshi, material xususiyati, o’qitish maqsadi va bosqichlarini hisobga olgan maquldur.

7. Qo’yilgan vazifaga qarab mashqlar tanlash va bajarish qat’iy qoidaga aylanmog'i kerak.

8. So'zni imkon boricha takrorlash va boshqa so'zlar bilan biriktirishga erishish lozim.

9. Leksik birlikni bilish/ egallash darajasini aloxida so'rash usuli bilan emas,balki nutqda qo'llash pallasida nazorat qilib boriladi.

10. Ko'p ma’noli so'zning bir ma’nosigina ushbu darsda o'rgatilishi odat tusini olgan.

11. Lug'at minimumdan tashqari (novakabulyar) so'zlarni o'rgatishga muallim extiyotkorlik bilan yondashadi.

O'quv talablarga muvofiqlik prinsipi tematigiga emas, balki leksik boylikning grammatika hamda fonetikadan olgan bilimlar sistemasi bilan bog'lanishiga ham qo'llanilgan. Namunalilik prinsipi lug'at minimum tuzuvchilari oldida PFN lug'atini birmuncha qasqartirish vazafasi turganligi munosabati bilan ilgari surilgan edi. SHu prinsipga muvofiq lug'atdan FREUNDLICH, VERKORPER, SICHERN, BURGERLICH, SCHOPFERISCH kabi so'zlar chiqarib tashlangan edi, chunki ular tuzilishning namunaliligi ular oldindan tanishib o'tirmasdan foydalanish imkonini beradi.

Yuqorida ko'rsatilgan ikki prinsipni izchillik bilan qo'llash, shuning uchun qiyinlashdiki, aktiv va passiv lug'atning o'ziga xosligi etiborga olinmagan edi. Bu ish tanlashning salbiy mezonlarini ishlab chiqishning muxumligini ko'rsatib berdi.

Bu problemaning yanada ishlab chiqilishi leksika tanlashning asosiy va qo'shimcha prinsiplarini ajratishga, shuningdek, lug’atlarni qaydarajada tuzilish usullarini ifodalashga olib keldi.

Hozirgi vaqtda quyidagi prinsiplarni ilmiy jihatdan tamomila asoslangan deb hisoblash mumkin.

kollej lug'atini tuzish uchun umuman uch prinsip semantik, o'zaro birikish va stilistik jihatdan cheklanmaslik prinsipi qo'llaniladi. Barcha tanlab olinadigan so'zlar shularning talabiga javob berishi kerak. Biroq bunday yo’sinda tanlab olingan so'zlar juda ko'p bo’lsa, unda yana to'rtta qo'shimcha prinsip: ko’p ma’nolilik prinsipi, so'z yasash munosabati prinsipi, minimumni yanada ratsional cheklashni taminlo'vchi qurish qobilyati va chastotaligi prinsipi jalb etiladi. Hamma qoshimcha mezonlarga moslashuv shart emas. Bir-ikki qo'shimcha usullarga mos kelmaydigan bazi so'zlar o'zlarining boshqa ko'rsatqichlari bilan juda muxim bo'lishi mumkin. Masalan ko'rish qobilyatiga ega bo'lgan so'z yasash munosabatiga ega bo'lmasligi mumkin; yuqori chastotalik hamma vaqt ko'p ma’nolik bilan bo'lavermayda va xokazolar.

Semantik prinsip shundan iboratki, bunday minimumga maxsus ishlab chiqilgan tematika javob berib o'quvchilarga adabiyot o'qishda va chet tilida suxbat olib borishda uchraydigan eng muxim tushinchalarni aks ettiruvchi so'zlar tanlab olinadi. Biroq mazkur tematika ensiklopedik xussusiyatga ega bo'lish bilan birga insoniyat faoliyatidagi top mutaxassisliksoxalarini qamrab ololmaydi shuning uchunham lug'at sementik prinsipga muvofiq ma’no detallari va juziy o’zaklarni ifodalovchi terminal va so'zlardan xolidir. Shuning uchun har bir oddiy tekstda tanlab olingan minimumga kirmasdan qolgan ma’lum protsent so'z bo'ladi. Faqat maxsus soxa bundan mustasinodir: tanlab olishda tili o'rganilayatgan mamlakatning xayoti va turmushi xususiyatlarini aks ettiruvchi tushinchalar etiborga olinadi va shu tushunchalarni ifodolovchi ba’zi bir so'zlar minimumga kiritiladi.

O'zaro birikish prinsipiga muvofiq minimum uchun boshqa so'zlar bilan eng ko'p birikmalar berish qobilyatiga ega bo'lgan so'zlar (masalan: nemis tilida -bringen frei machen; ingliz tilida—old run turn; fransuz tilida—chose coupdonner va boshqalar tanlab olinadi.

O'zaro birikish prinsipi ham —chastota prinsipi kabi katta ahamiyatga ega desa ham bo'ladi. Buni G.Palmer ham ko'rsatib o'tgan ham edi. Xaqiqatdan ham birgina chastotani asos qilib olinadigan bo'lsa, avvalo birortasi ham ot bo'lmagan ikki yuz so'zni o'zlashtirishga to'g'ri keladi, xolbuki bu birinchi ikki yuz orasida mon, ton va shu kabi boshqa so'zlar borki ular otsiz qollanilmaydi. Og'zaki nutqning aktiv aspekti (nuqtai nazari) ga o'rgatishda o'zaro birikish prinsipi ayniqsa muximdir, bu o'z o'zidan tushinarli: tanlab olinadiga so'zlardan qancha ko'p foydali birikmalar olinish mumkin bo’lsa o'quvchining nutq faoliyati uchun leksik baza shuncha keng bo'ladi.

Stilistik jihatdan cheklanmaslik prinsipiga ko'ra minimum uchun hozirgi zamon adabiy tilning ham kitobiy yozma, ham so'zlashuv stillarida qabul qilingan so'zlar tanlab olinadi. Tanlab olingan lug'atdan tashqarida dialektizmlar, profissionilizmlar, maxalliy va tabaqa shevalari hamda laxjalarning boshqa elementlari, yani "beytral" stil deb atalishdan chetda qoladigan nutqning barcha leksik elementlari qoladi.

Ko'p ma’nolilik usuliga ko'ra, ma’no sistemasi rivojlangan so'zlar ustun qo'yiladi. Har bir yangi ma’no leksik birlik sifatida hisobga olinadi (lust—shodlik va lust—orzu: accompagner—kuzatib qo'ymoq va accompagner -jo'r qilmoq). Albatta, ko'p ma'noli so'zlarning hamma ma’nolarini ham minimumga kiritish kerak emas. Chet tilida ona til so'zning sementik tuzilishni taqqoslash yo'li bilan har ikkala tilda mos keluvchi manodoshni aniqlash mumkin. Masalan papir so'zi (nemis.) va qog'oz (o’zbekcha) so'zlarning sementik tuzilishini taqqoslaganda, ularning varaq xujjat, qo'l yozma kabi ma’nolarga mos keladi, binobarin konteksda o'rganmasdanoq tushinilishi mimkin11.

Minimumning ko'p ma’nolilik hisobga ortib ketishning oldini olish maqsadida unga kiritiladigan so'z ma’nolarning sonini qat’iy hisobga olish imkoniyat beradigan chegaralashlar kiritish va oson tushinish mumkin bo'lgan ma’nolarini ratsional ravishda chiqarib yuborish zarur bo'lib qoldi. Bu chegaralashlar asosan shundan iborat bo'ldiki, ko'p ma’noli so'zlar lug'at minimumga eng avvalo o'z asosiy ma’nolari bilan kiritildi, so'ngra semantik tuzilishlarini taqqqoslash yo'li bilan bir—biriga o'xshashlari va bu bilan tanlashga kirmaydigan ma’nodoshlar aniqlab chiqiladi; mos kelmaydigan manodoshlarni minimumga kiritish masalasi tanlashning qolgan prinsiplariga asoslanib xal qilinadi. Turli tillarga nisbatan ko'p ma’nolilik prinsipini shu tillar xususiyatini hisobga olib qo'llash kerak bo'ladi. nemis tilida, masalan, bir-biri bilan konversiya munosabatida bo'lgan (funksional ko'p ma’nolilik) so'zlarni to'g'ri tanlashga yordam beruvchi aniqlashlar katta ahamiyatga egadir12.

Tushinchalarni tariflash prinsipiga ko'ra, aktiv minimumga juda ko'p miqdordagi tushinchani ifodalay oladigan so'zlar, ya’ni maxsus leksikani o'rnini bosa oladigan so'zlar tanlanadi. Bu prinsip tufayli terminologik harakterga ega bo'lgan ko'p so'zlarning minimumga kiritilmasligiga erishish mumkin; biroq tariflanishi mumkin barcha so'zlarni chiqarib tashlash yo'lini tutmaslik kerak.

Inkor prinsiplarni qo'llash lug'at minimumning xajmini, undan foydalanishga zarar yetkazmagan xolda ratsional qisqartirish yo'lini ochib beradi. Inkor prinsiplari ijobiy kreteryalarga muvofiq tanlab* olingan so'zlarni dastavval tuzilgan ro'yxatdan asosli ravishda chiqarib tashlash mumkinligini ko'rsatadi.

Passiv lug'at uchun inkor prinsiplar qatoriga, jumladan, internatsional so'zlarni chiqarib tashlash prinsipi kiradi. Internatsional so'zlarni ikki gruppaga: ona va chet tilarida ayna bir ma’noni saqlab qoluvchilar (plan, radio: plan, radio), turlixil yo bir-biridan ancha boshqacha bo'lgan ma’noli (soxta do'stlar: deb ataluvchi) so'zlarga ajratish mumkin. Agar birinchi gruppadagi so'zlar, to'vush

Shuning uchun ularga so'zning shakli va ma'nosini tanishtirish bilan cheklanish mumkin: shu so'z uchraydigan kontekst uning qo'llanishini belgilaydi. So'zning shakliga ahamiyat berish juda zarurdir, chunki so'zning shakli o'zlashtirilmaganligidan tushunishda xatoga yo'l qo'yish mumkin (o'quvchilar ko'pincha tovush va yozilish jihatidan o'xshash bo'lgan so'zlarni, birinchi harfi bir xil bo'lgan, so'zda bir xil tovush va harf bo'lgan so'zlarni chalkashtirib yuboradilar).

Passiv leksikani ma'lum qilish munosabati bilan, so'zning barcha ma'nolarini birdaniga aytib berish kerakmi? Degan savol paydo bo'ladi. Metodik adabiyotda bu masala yuzasidan bir qancha fikir mavjud.

Ba'zi metodistlar o'quvchilarga passiv leksikani ma'lum qilishda, so'zning ma'nosini ham aytib berish kerak, toki bu so'zlarning ma'nosini ular har qanday kontekstda tushuncha olsinlar, deb hisoblaydilar. Bunday fikirda turlicha, o'qish va nutqni tinglashning bundan keyingi tajribalariga yetarli baxo berilmagan bo'ladi. Boshqa metodistlar asosiy ma'nolarni shuningdek, navbatda o'qiladigan tekistlarda uchrovchi so'zlarning ma'nolarini aytib berish bilangina cheklanish kerak, deb hisoblaydilar.

Keyinchalik o'quvchilar passiv leksikadagi so'zlarni yangi kontekstlarda uchratadilar va asta-sekin so'zning boshqa ma'nolarini ham o'zlashtirib boradilar. Bu so'zning barcha ma'nosini va bu ma'nolarning qaysi birini ma'lum qilish kerak degan masala maxsus tadqiq qilishni talab etadi deb hisoblaymiz.

Agar adabiyotda so'zlarning ma'nosini ochib berish usullariga qanday munosabatda bo'linayotganligi tahlil qilib ko'rilsa, bu eng ko'p ishlab chiqilgan masalada ham yagona fikr yo'qligi ma'lum bo'ladi. Semantizatsiyalashning eng yaxshi usullari haqida ko'pincha maqsadsiz bahs yurutiladi, chunki bu bahslar so'z harakteriga bog'liq bo’lmagan, metodik tipologiyadan tashqari holda olib boriladi.

Shu narsa mutlaqo ravshanki, semantizatsiyalash usulini tanlashda so'zning xususiyatini va o'qitish bosqichini hisobga olish kerak. Boshlang'ich sinflarda, ko'rsatib tushuntirish mumkin bo'lgan konkret predmetlarni ifodalovchi qator so'zlar o'rganilayotganda, tarjimasiz semantizatsiya vositalaridan keng foydalanish mumkin. Boshlang'ich sinflarda semantizatsiyaning tarjimasiz til vositalaridan faqat ko'rgazmali qurollar vositalari bilan birga qo'shib foydalanish mumkin, biroq shunda ham asosan yuqori sinflardan, o'quvchilar birmuncha til tajribasiga ega buning natijasida so'z ma'nosini kontekstga, so'z yasovchi elementlarga qarab bilib oladigan, shuningdek, chet tilidagi so'zning ma'nosi haqida fikr yurita oladigan bo'lganida qo'llanish mumkin. Tarjima va ona tili hamda chet tillarida izoxlash har qanday so'zning ma'nosini ochib beruvchi vosita sifatida xizmat qilishi mumkin; Rasmlarni, harakatlarni, predmetlarni namoyish qilish, ko'rsatib tasvirlasa bo'ladigan so'zlar bilangina chegaralangan; kontekstdan aniq va yetarli darajada ravshan ma'noga ega bo'lgan so'zlarni tushuntirishda foydalaning mumkin. Bo'luvchi so'zlarninggina strukturasini tahlil qilish mumkin.

So'zlarning ma'nosini ochib berish masalalari bilan bir qator, metodika adabiyotida so'zlarni tushuntirish masalasi ham ko'rilmoqda.

Bu o'rinli masala, balki uning formasi (va qo'llanish)ni ham o'zlashtirishi shart. So'zni tushuntirish uning ma'nosini ochib berishgina emas, balki so'zning formasi ( fonetik, orfografik, uning Grammatik formalari)4

Bilan tanishishni nazarda tutadi. Lekin biz "so'zni tushuntirish" (yoki ma'lum qilish ) tushunchasi bilan cheklanib bo'lmaydi, deb hisoblaymiz. Chunki yangi so'zlar o'quvchilarga hamma vaqt ham tushuntirib berilmaydi, unga hamma vaqt ham ma'lum qilinavcrmaydi; ba'zi xollarda yangi so'zlar bilan o'quvchining o'zi tanishadi, ularning ma'nosini o'zi ochib, formasini o'zi aniqlab oladi. Demak, o'quvchining yangi so'z bilan tanishib olish bosqichini belgilab berish va bu bosqichda qanday metodik usullar qo'llash mumkin ekanligini belgilab chiqish kerak.

Yangi so'zlar bilan turli yo'llar orqali tanishiladi, ya'ni nutq faoliyatidan oldidan yoki nutq faoliyati bilan birga tanishiladi; bu tanishish o'quvchining mustaqil ishlashi protsessida amlga oshishi mumkin yoki so'zlarni o'qituvchi ma'lum qiladi. So'zlar bilan tanishtirishning u yoki bu usuli, bir tomondan o'qitish bosqichiga, ya'ni o'quvchilarning chet tilida qanchalik tajribaga ega ekanligiga, qanday til materialiga, qanday malaka va ko'nikmalarga ega ekanligiga, ikkinchi tomondan so'z ustida ishlashda qanday maqsad nazarda tutilishiga, ya'ni so'zning qaysi aktiv yoki passiv leksik zapasga tegishli ekanligiga bog'liqdir.


So'zlar bilan tanishtirish usulini tanlash ham so'zlar harakteriga bog'liq bo'ladi. O'quvchilarni nutq faoliyati protsessida nutqni tinglashda, suxbat vaqtida, o'qib turgan vaqtda yangi so'zlar bilan tanishtirish juda ham foydali, chunki bu o'quvchilar diqqatini aktivlashtiradi, ularning yangi so'zlarni o'zlashtirishlariga yordam beradi. Shuningdek, o'quvchilarning yangi so'zlar bilan mustaqil ravishda o'zlarining tanishishi ham o'qituvchining tushuntirib berishiga qaraganda pedagogik nuqtai nazardan shubxasiz qimmatlidir. Biroq shunday qilganda, ko'p hollarda o'quvchilar oldida qiyinchiliklar paydo bo'lib qolishi sababli buning imkoni bo'lmaydi. Shuning uchun so'z bilan ularni nutq faoliyatida qo'llanish orqali va o'qituvchining tushuntirishi yordamida tanishishga to'g'ri keladi.

Hamda harf shakli jihatidan o’xshashligini saqlasa u xolda bu so'zlarning tekstda o'quvchilar tomonidan oldindan o'rganilmasa xam, to'g'ri tushinilishiga umid bog'lash mumkin. Ana shunga asoslanib bu xil so'zlar, ular tanlashning ijobiy kreterasiyaga mos kelishi mumikinligiga qaramay, passiv minimumga kiritilmaydi.

Lekin maskur prinsipni, masalan, belgi, baxo manosiga ega bo’lgan nemischa va fransuzcha NOTE so'zga nisbatan ham qo'llab bo'lmaydi.

“So'z yasash prinsipiga ko'ra, so'zlarni chiqarib tashlash prinsipi shundan iboratki, o'quvchi bir qator notanish so'zlarni ularning tashkil etuvchi qisimlari unga malum bo'lganligi uchun tushinish mumkin. Agar so'zlar tashkil topgan negizlar minimumda bor bo'lsa, ular o'quvchilarga tanish bo'lsa va so'z yasovchi modellar har ikki tilda bir—biriga ( o'xshash) mos kelsa, maskur prinsip yasama va qo’shma so'zlarga nisbatan qo'llaniladi. Keyingi shartga shuning uchun rioya qilish kerakki, so'zlash prosesida ma’no jihatdan o'zgarish turli tillarda turlicha sodir bo'lishi mumkin, bunda yangi juziy o'zgarishlar va ma’nodoshlarini yuzaga kelishiga yo'l qo'yiladi.SHu bilan birga, bir tildagi qo'shma yoki yasama so'z boshqa bir tilda soda so'z, so'z birikmasi, asosi boshqa bo'lgan so'z va shu kabi so'zlarning mano ekvivalenti sifatida kelishi mumkun. Bunday xollarda mana bu juftlardagiga o’xshash turli xil modellarga ega bo'lamiz; ausklaren (klar-ravshan)-yoritmoq (nur); bejahrt (Jahr-yil) - keksa(yashamoq); Federhalter—ruchka.

So'z yasovchi negizlarning asosiy ma’nosi saqlansa va har ikki tilda so'z bir xil vositalar bilan yasalsa, modellar bir—biriga to'g'ri keladi: Lehr+er, uchi+tel, lehrer+in, uchitel+nitsa.

Bir-biriga to'g'ri kelishlik bir necha ma’nodosh so'zdan birida bo'lishi mumkin masalan, "Geist+ig rux+iy" va "geist+ig aql+iy" so'zlarda bir-biriga to'g'ri keladigan birinchi ma’nodoshdir, chunki lug'at minimumda Geist so'zi rux manosida berilgan; shuning uchun faqat ushbu so'zgina chiqarib yuborilishi kerak”*.

Yuqorida ko'rsatilgan inkor prinsiplarni qo'llash tufayli potensial lug'at xosil bo'ladi, bu lug'at fondini o'rganish uchun jalb etilmasa ham undan o'quvchilar foydalanishi mumkun. Bu potensial lug'at fondining kichik bir qismi aftidan, ona tilidan bilimlarni ("internasional so'zlar")ni olib o'tish bilan bog'liq bo'lsa kerak. Boshqa qismi о'quvchilaming minimumga kiritilgan so'z yasash asoslari va qoidalarini bilganliklari tufayli tashkil topdi. Mana shuning uchun ham so'z yasash qobilyatiga ega bo'lgan negizlarini tanlab olish muhim ahamiyatga egadir. Bu o'quvchilar tomonidan imkoni boricha tushunib yetilgan qo'shma va yasama so'zlarning zapasini kengaytirishga imkon beradi. O'quvchilarning bu boradagi imkoniyati o'rganilishi lozim bo'lgan so'z yasash vositalari sostaviga ham bog'liqdir. Shuning uchun so'z yasovchi minimumni tanlash bevosita leksik tanlashga kiradi. Lug'at minimumni o'rganilishi lozim bo'lgan so'z yasovchi modellar ro'yxati bilan to'ldirish maqsadga muvofiqdir.

“So'z yasovchilar "minimumini tanlashning asosiy qoidalariga to'xtalamiz. kollejda katta leksik gruppalarni o'z ichiga oluvchi eng ko'p qo'llaniladigan modelar o'rganiladi. So'z yasovchi model deganimizda, bir-biriga o'xshash negizlar va afiikslarning struktural tematik birligini tushinamiz. Yasalishning struktura jihatidan aniqligiga va semantik tiniqligiga ko'ra, model analogiya yo'li bilan yangi so'z yasash uchun namuna bo'lishi mumkin. Ingliz va nemis tilarida " ish harakatini bajaruvchi" ma’nosida keladigan "fel nigizi + er",

Modelni tanlash birligi deb qarab, o'z tarkibida ko'p qo'llaniladigan modellardagidek ega bo'lgan kam qo'llaniladigan modellarni o'rganishdan voz kechish mumkin. Nemis tilida, masalan, minimumdan kam qo'llaniladigan negizi+ig modelini osongina chiqarib yuborish mumkin, ammo keng tarqalgan "ot negizi+ig" modelini albatta kiritish kerak.

Modellar shaklan bir biriga to'la o’xshaganida, bir biridan o'zini mazmuni bilangina farqlanishi mumkin. Unda biz so'z yasashdagi omonimiga duch kelamiz. Masalan, nemis tilidaga ish harakatni bajaravchi ma’nosiga ega bo'lgan "fel negizi +er"modeli (LEHR-ER) xuddi shu modelga o'xshash, ammo abstrakt tushuncha ifodalovchu modeldan farq qiladi Hozirgi vaqtda kam sonli so'zlarni o'z ichiga oluvchi unumsiz modelni kollejda o'rganish uchun ajratishning zarurati yo'q. Minimum uchun takroriy harakat ifodalovchi "ot negizi+lich" modelini tanlab olish maqsadga muvofiq emas, chunki bunday so'zlar ko'p emas. Xuddi shu modelga omonim bo'lgan, ammo belgi ifodalovchi model "gluk-lich" shubhasiz, maktab minimumiga kiradi”*.

O'zlashtirilishi zarur bo'lgan material salmog'i birmuncha oshib boruvchi yuqori sinflarda unchalik ko'p qo'llanilmaydigan ba'zi bir modellarni o'rganishga jalb etish mumkin. Bu modellarning ahamiyati nutqning yozma uslubi uchun harakterli bo'lgan qo'shma va yasama so'zlarniung tushunishda muhimdir. Afsuski, kallej uchun tuzilgan lug'at minimumlar haligacha tanlab olingan so'z yasash modellar ko'rsatkichlari bilan ta'minlamagan, bundan o'qituvchi o'z ishida foydalanishi mumkin edi.

Ko'pchilik lug'at minimumlarining muhim kamchiliklaridan biri ularda frazeologiyaning yo'qligidir. Lug'at, shuday qilib, sun'iy ravishda leksikadan ajratiladi. Ishlab chiqilgan prinsiplarga ko'ra, lug'at minimumga semantik qiymatga ega bo'lgan, stilistik jihatdan neytral, tanlangan tematikaga mos keladigan frazeologik so'z birikmalari tanlanab olinadi.

Nisbatan ko'p bo'lmagan, lekin nutq aloqasi uchun muhim bo'lgan wie alt sind sie?

Passiv qismdan o'xshashlik (analogiya) sababli tushunish mumkin bo'lgan ona tilidagi birikmalar ekvivalentiga so'zma-so'z mos keladigan birikmalar chiqarib tashlanadi. Aktiv qisimga eng ko'p qo'llaniladigan frazeologik birikmalar ajratiladi, bunda, leksika tanlashdagidek, sinonimlar qatoridan bittasi tanlab olinadi. Ma'nosiga ko'ra, ayrim so'zga mos keladigan so'z birikmasi, agar unda mazkur so'z (EINEN ENTSCHLUB FASSEN—entschliebcn) bo'lsa, aktiv minimumga kiritilmaydi.

Shunday qilib, frazeologiyani tanlab olishda leksika tanlash prinsipiga ko'p jihatdan mos keladigan quydagi prinsiplar qo'llaniladi. Umumiy prinsiplar o'zaro birikish namunaviylik, stilistik cheklanmaslik, belgilangan tematikaga va chastotalikka mos kelishlik. Bundan tashqari, tanlashning ikki maxsus inkor prinsipi. Ona tilidagi birliklarga so'zma-so'z mos keladigan o'xshash frazeologik birikmalarni (lug'atning passiv qismidan) chiqarib tashlash prinsipi va sinonimlarni (lug'atning passiv qismidan) chiqarib tashlash prinsipi qo'llaniladi

Modelni leksik jihatdan to'ldirish nutq amalga oshadigan predmet vaziyatga bog'liq bo'lganligi sababli, bunday vaziyatlarni oldindan tanlash mazkur modellarda qo'llanish uchun mo'ljallanilgan aktiv leksikani cheklashga yordam beradi.

So'ngra modellarni leksika bilan to'ldirish ushbu modellarni to'ldira oluvchi elementlar bilan amalga oshiriladi, ya'ni faqat ayrim so'zlar bilangina emas, balki bu so'zlarning kommunikativ nuqtai nazardan boshqa bo'linmaydigan birikmalar bilan ham amalga oshiriladi deb hisoblasak unda birgina aktiv lug'atni tanlashni yetarli deb bo'lmaydi. Aktiv lug'atni uning qanchalik birikishini hisobga olib tanlab olgandan so'ng nutq konstruksiyalarining shunday leksik elementlari topilishi kerakki, bu elementlar shu konstruksiyalarining to'ldirish bilan birga imkon boricha berilgan vaziyatga qarab aloqani to'laroq taminlay oladigan bo'lsin. Shunung uchun aktiv leksikani tanlashga bu o'rinda leksik elementlar kompleksini bundan keginham yaratish uchun ba'zi ta'minlovchi birinchi bosqich, deb qaraladi. "Eng ko'p qo'llaniladigan so'zlar lug'ati" da bunday elementlarni birikish prinsipiga qarab tanlsh uchun zamin yaratib bo'lingan. Bu ish kollej uchun tanlab olingan nutq aloqasining tipik vaziyatlari hisobga olingan xolda davom ettirilishi kerak. Shu narsani ham nazarda tutish kerakki, og'zaki nutqqa o'rgatishni tamomila nutq konstruksiyalari bilan ishlashdan iborat bo'lib qolmaslik kerak. Shunung uchun reproduktiv o'zlashtiriladigan leksikani tanlash, tabiiy suxbatga o'rgatiladigan bosqichlarda ham o'z ahamiyatini to'la saqlab qoladi.

Lug'at boyligini o'rgatish usullari.

Leksik material bilan bog'liq bo'lgan masalani ko'rib chidik, endi leksik material bilan ishlash metodikasiga o'tamiz. Yoritishni talab qiladigan birinchi masala o'quvchilarga yangi so'zlarni ma'lum qilishdir. Bu problemaning asosiy masalalari odatda adabiyoti mualliflari tomonidan "leksikani tushuntirish" termini ostida birlashtiriladi. Bu termin kutilgandek yaxshi chiqmagan, chunki uning to'la mohayatini ifoda etmaydi. Leksikani tushuntirish masalasi yuzasidan keng metodik adabiyot mavjud bo'lib, unda so'zlarning ma'nolarini ochib berish usullariga katta e'tibor beriladi.

Leksikani ma'lum qilish bilan bog'liq bo'lgan ba'zi muammolar bo'yicha turli xil fikirlar mavjuddir.

Metodik adabiyotda alohida so'z yuzasidan ish olib boprish kerakmi yoki so'zlarni kontekstda o'zlashtirish bilan cheklansa bo'ladimi, degan masala ustida hozirga qadar bahs olib borilmoqda. kollejda chet tili o'qitishda bir necha yil davomida eng asosiy e'tibor alohida so'zni o'zlashtirishga qaratildi. Buni asosan o'lik (hozirgi vaqtda so'zlashilmaydigan) tillarni o'rgatish metokisa davrida vujudga kelgan traditsiya oqibati deyish mumkin. Bu metodikadan asosiy maqsad tekstni o'qishni o'rgatish edi, shuning uchun ham so'zning boshqa so'zlar bilan birikishiga chet tilida so'zlashish malakasini egallash nuqtai nazaridan qaralmagan edi. Hozir esa, o'zingizga ma'lumki, so'zlarning boshqa so'zlar bilan birikishi so'zlashuv tilini egallashda katta ahamiyatga ega deb qaraladi. Shubhasiz, kontekstdagi so'z ustida zo'r berib ishlash zarur, biroq bu harakat alohida so'z ustida ish olib borishni istisno qilmasligi kerak. So'zlarni o'rganishdan bosh tortish amalda o'quvchilarning yangi kontekstda uchragan so'zlarni bilmasliklariga olib kelgan bo'lardi. Kontekst ichida kelgan so'zning ma'nosi hamma vaqt ham uning asosiy nominative ma'nosi bo'lib kelavermaydi. So'zning asosiy nominative ma'nolarini o'zlashtirish uchun, alohida so'z ustida ish olib borishni kontekstdagi so'z ustida ishlash bilan birga qo'shib olib boorish kerak. Ayrim so'z ustida ishlash mazkur so'zning chet tilining boshqa so'zlari bilan taqqoslab ko'rish imkonini beradi. Bu taqqoslash so'zning tashqi va ma'naviy strukturasi to'g'risida muhim xullosalar chiqarishga yordam beradi, bu esa ularni esda saqlab qolish, to'g'ri qo'llash imkonini beradi va ularni og'zaki hamda yozma nutqda tanib va tushunib olishga yordam qiladi. Shuning uchun ishni hammavaqt alohida so'zdan boshlash kerak, deb hisoblaydiganlar ham, ish faqat kontekstdagi so'zdan boshlanadi, deb o'ylovchilar ham bab-baravar noxaqdirlar. Bunda so'zning qiyinlik darajasi, shuningdek, o'qitish bosqichi hisobga olinmaydi.

O'quvchilarda til sohasida hali hech qanday tajriba bo’lmagan boshlang'ich bosqichda so'zlar bilan kontekstda tanishish haqida gap yuritish mumkin bo'larmikan. Yangi so'zlarni nimaga asoslanib ma'lum qilish kerakligi haqida ham bahslar yuritilmoqda. Gap shundaki, yangi chet tili so'zi bilan bog'lash mumkin. Boshqacha aytganda, yangi so'zning ma'nosini tarjima qilmay yoki tarjima yordamida ochib berish mumkin. So'zning tushuncha bilan bevosita assotsialashuviga odatda quyidagilar asos qilib keltiriladi:


  1. So'zning tushuncha bilan bevosita assotsialashuvi so'zlarni ona tili orqali o'zlashtirishga qaraganda osonroq o'zlashtirish yo'lidir.

  2. Turli tillardagi so'zlardan anglashilgan tushuncha bir xil ma'noni bildirmaydi, shu sababli ham chet tili so'zning mazmunini ochib berish uchun tarjima qo'l kelmaydi.

с) Chet tilini o'rgatishda ona tilidan foydalanish chet tilida fikirlashning rivojlanishini orqaga suradi. Bu dalilarning har birini aloxida-aloxida ko'rib chiqamiz.

Ba'zi bir metodistlarning chet tili so'zning tushuncha bilan bevosita assotsiatsiyaga kirishi so'zni o'zlashtirishning eng oson yo'lidir, deb ta'kidlashlari ko'p darajada quruq gap bo'lib qoladi, chunki o'qitish tajribasidan ma'lumki, so'zning ma'nosini tarjimasiz bilish uchun o'quvchilarning o'z ona tili yordamida bilishdan ko'ra ko'p vaqt ketadi.

O'quvchilarga namoyish qilib ko'rsatish natijasida ularning qanday tushunganliklarini nazorat qilishga, ba'zan esa so'zning xususiyatlarini qo'shimcha ravishda tushuntirishga to'g'ri keladi.

Ona tili chet tilida fikirlashni orqaga suradi, degan fikir ham asossizdir, negaki, o'quvchi o'z fikrini ifoda etayotgan vaqtda, uning miyasida yuz berayotgan fikirlash protsessi, u qanday tilda gaplashishidan qat'iy, har bir kishi uchun xos bir narsadir. O'quvchilar uchun leksikadan foydalanishning butun qiyinchiligi yangi tushunchalarni o'zlashtirishlarida emas, chunki bu narsa ularga tanishdir, balki qiyinchilik chet tilidagi so'zlar ma'nosining hajmini va ularning boshqa so'zlar bilan birga qanday birikmalar yasashini bilib olishdadir. “Biz ona tili bilan taqqoslashdan butunlay voz kechdik va o'quvchi so'zlarni bevosita tushunchalar bilan xuddi ona tilidagidek, bog'lashga harakat qilsin deb faraz qilayklik, yana adekvativ ravishda aloqa o'rnatishga, ya'ni mazkur aloqa vaqtida o'quvchining shu so'zning ma'nosini juda tog'ri tushunishga ( ko'pincha bunday bo'lavermaydi) erishdik, deylik.

Bunday xolda o'quvchi, masalan, "Ich gehe in die Backerei Brot holen "

Kontekstidan "holen ( sotib olmoq)" so'zining ma'nosini tushunib olib, uni boshqa xollarda ya'ni holen- sotib olmoq ma'nosini bera olmaydigan holda, masalan: men o'zimga avtomabil sotib olaman, deganda qo'llashi mumkin, bu o'rinda faqat kaufen so'zi qo'llanadi. {holen esa avtomabil yollamoq ma'nosini bildiradi).

Hatto holen so'zi kontekstda o'zining asosiy ma'nosida - keltirmoq ma'nosida uchradi deb faraz qilaylik. Holen fe'lining bu ma'nosini o'zlashtirib olgach, o'quvchi uni o'zbek tilidagi keltirmoq fe'liga o'xshatib keltirmoq ishlatilgan hamma kontekstda ishlatilishi mumkin (masalan: misol keltirmoqni beisiel gerben deb tarjima qilish mumkin)”*.

Bundan tashqari fikirlash qonunlari hamma uchun umumiy tishunchalarni ishlatganliklari sababli gap asosan olganda, chet tilida fikirlash haqida emas, balki o'z fikrini chet tilida bayon qilish usuli haqida birmog'i kerak. Binobarin, ona tilidan foydalanish o'quvchilar tomonidan fikirlashning yangi usulini va ularni egallab olish uchun yangi til formalarini o'zlashtirishga to'sqinlik qiladimi - yo'qmi, gap faqat ana shu haqda boradi.

Bu savolga, quyidagi fikr-mulohazalarga asoslanib, salbiy javob berish kerak. Haqiqattan ham, o'z fikringni yangi usulda izxor qilish odatini egallab olish uchun ona tili zarur emas, balki bir tilli mashqlargina zarurdir. Biroq fikirni ifoda etishning boshqacha usulidan va boshqacha til formalaridan foydalanish odatiga yoki ko'nikmasiga malakani anglab yetish natijasida erishiladi. Bularga erishishning eng yaxshi yo'li o'quvchi tomonidan tildan foydalanishida orttirilgan tajriba bilan taqqoslashdir. Shu bilan birga, chet tilida tajriba qancha kam bo'lsa, ona tiliga shuncha ko'p tayanib ish ko'riladi. Ona tili bilan taqqoslashda esa hamma vaqt ham ona tili nazariyasiga murojaat qilish shart emas: buning uchun ba'zida tilning tegishli qoidasini eslab yoki unga qarab qo'yish yetarlidir.

Shunday qilib, chet tilini o'rganuvchiga ona tilini e'tiborga olmaslik zarardir, chunki bu hol chet tili so'zlarining ma'nosi haqida noto'g'ri tushunchaga olib keladi va fikirni izxor qilishning yangi usulini egallashni orqaga suradi.

Lekin chet tilini o'rganishda ona tili interferensiyalovchi ta'sir ko'rsatadi, deb ta'kidlovchilar haqlimi? Ular shak-shubxasiz haqlidirlar, biroq ona tili fikirlashni rivojlantirishni emas, balki fikirni bayon qilishning yangi usullari va yangi formalarini egallab olishga to'siq bo'ladi. Yangi so'zlarning o'zlashtirishning qiyinchiligi, ilgari aytib o'tilganidek, shundan iboratki, tushunganlarni har hil tilda hamma vaqt bir xil izxor qilib b'lmaydi, eng muhumi bu ma'nolarni ifodalovchi so'zlarning ma'no hajmining ko'p qismi to'g'ri kelmaydi. Bu tafovutlarni ko'p tajribaga ega bo'lganda bartaraf etish mumkin, bunda o'quvchilar avval hamma vaqt chet tilidagi yangi so'zni unga ma'lum bo'lgan ona tilidagi so'z bilan xayolan taqqoslashni ham kerakli tushuntirishlar va mashqlar yordamida yengillashtirishdan iboratdir.

Bu tushuntirishlar, tabiiy, qisqa bo'lishi va til adabiyot oily o'quv yurtlari uchun xos bo'lgan lingvistik munozaralarga aylanmasligi zarur.

So'zlarni xabar qilish usullari o'sha so'zning aktiv lug'atga va passiv lug'atga kirish-kirmasligi hamda so'zlarning qiyinchilik tipiga bog'liq holda ko'rib chiqilmaydi, so'zlarni o'rganishdan maqsad, ya'ni so'zlarning nutq faoliyatining qaysi turida qo'llanilishi kerakligi xisodga olinmaydi.

Shu bilan bir vaqtda, so'zobrazi yaratish maktab o'quvchilari mazkur so'zni qo'llash uchunmi yoki uni tekstda bilib olish o'rganilayotganlariga qarab, turlicha yo'nalish borishi kerak.

Biz so'zlarni (aktiv zapas so'zlarini) o'quvchilarning o'z nutqida qo'llashiga o'rgatayotganimizda, fikr (tushuncha) mazmunda chet tili so'ziga asstsiatsiya paydo qilishga harakat qilishimiz kerak; so'zlardan modellarni to'ldirish uchun foydalanish malakalarni egallab olishlari haqida qyg'urishimiz kerak.

Aktiv minimum so'zlarini kiritayotkanimizda, hammadan avval o'quvchi ongida kerakli tushuncha paydo qilishimiz, undan keyin ularga shu tushunchani ifoda etish uchun chet tilida ishlatiladigan tovush formasini ma'lum qilishimiz va so'zni qo'llanishini ko'rsatishimiz kerak.

O'zbek va chet tillarda ma'no hajmi va qo'llanishda, bu so'zlarning tanlab olingan lug'at doirasida o'rganilgan barcha asosiy birikmalarini aytish kerak. Bizning fikrimizcha, barcha zarur bo'lgan birikmalarni so'zlar bilan birinchi tanishish protsessidayoq o'quvchilarga ma'lum qilish kerak emas, chunki bu narsa so'z bilan birinchi tanishishni murakkablashtiradi.

O'qitishning mazkur bosqichida kerak bo'lgan birikmalarning bir qismini mashqlarda berish mumkin, bunda birikmalar o'quvchilarning nutq faoliyati prtsessida o'zlashtiriladi.

Passiv lug'at so'zlarini ma'lum qilishda yangi so'zlarni tekst o'qilayotgan vaqtda tanib va tushunib olishni ta'minlashga intilamiz. Bunday qilinganda, aktiv minimum so'zlarini o'zlashtirishdagidan ko'ra, boshqacharoq assotsatsiya kerak bo'ladi.


Kasb – hunar kollejlari uchun mo’ljallangan darsliklarda M.S Дadaxodjayeva, S,D Novikova, S. A Ziyayeva tomonidan yozilgan «Deutsch», A.B Abdullayeva, D.R Mirsodiqova, S.YO Abdullayeva, D.P Nosirov tomonidan yozilgan Deutsch-2», G. Pan, Sh. Karimov, D. Ismatillayeva tomonidan yozilgan «Deutsch - 3»

o’quv qo’llanma****** juda mukammal va yaxshi programmalar bilan tuzilgan. Lekin akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1.2.3 bosqich talabalarining qay darajada bu darsliklardagi materiallaridagi o’zlashtira olishi bizga qorong’u. Bu programmalarni talabalarning qay darajada tushunishi biz fikrimizcha o’qtuvchining mahoratiga yani bilim, ko’nikma va malakasiga bog’liqdir. Chunki pedagog mavzuni sodda, tushunarli, hayotga bog’lab, misollar yordamida tushuntirsa va harakatlar orqali ifodalab bersa maqsadga muvofiq bo’lardi




o’yinga tushmoq

tanzen

dance

Bormoq

gehen

go start

rasm chizmoq

malen

drow

o’rgatmoq

lehren

train

qoshiq aytmoq

singen

song

hisoblamoq

rechnen

account

o’qimoq

lessen

study

o’tirmoq

sitzen

fit, sit

kulmoq

lachen

laugh

o’ynamoq

spielen

play

sayirga chiqmoq

wandern

have a trip

yozmoq

schreiben

sin

sakramoq

springen

jump

qarmoq tashlamoq

angehen

fishing rod

tikmoq

nậhen

sew

Yüklə 423,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə