Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə9/93
tarix19.12.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#152443
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
1 ATJ fanidan Laboratoriya 2023-2024 (1)

Amaliy qism


Laboratoriya ish-4. No’malum moddaning issiqlik sig‘imini

aniqlash




Ishning maqsadi: Aralashish usulida suyuqlik yoki qattiq moddaning issiqlik sig‘imini aniqlash.
Ishni bajarish tartibi: Analitik tarozida yoki 0,01 g aniqlikda 2–3 g kaliy xlorid tuzi o‘lchanadi. So‘ngra kalorimetrning quruq holdagi ichki stakanini tarozida o‘lchab, ustiga 100 ml distillangan suv quyib, yana o‘lchanadi. O‘lchangan og‘irliklar orasidagi farqdan foydalanib suvning massasi aniqlanadi. Kalorimetrik usulda kaliy xlorid namunasini eritib kalorimetr doimiysi aniqlanadi. Tajriba davomida haroratning o‘zgarishini har 10–15 sekund davomida qayd etish kerak. Keyin tajribani quyida keltirilgan «A», «B» punktlardagi vazifalar yordamida olib borish kerak.


    1. Aralashish usulida suyuqlik issiqlik sig‘imini aniqlash


  1. Toza va quruq issiqlikka chidamli kimyoviy stakan analitik tarozida o‘lchanadi, ustiga aniqlanayotgan suyuqlikdan 50 ml quyib, yana tarozida tortiladi. O‘lchangan og‘irliklar orasidagi farqdan foydalanib aniqlanayotgan suyuqlikning massasi aniqlanadi. O‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan haroratgacha (60–80°C) isitkich yordamida suyuqlik tutgan stakan qizdiriladi. Qizdirish tajribaning boshlang‘ich davri tugaguncha davom ettiriladi.

  2. Analitik tarozida 0,01 g aniqlikda 50 ml distillangan suv o‘lchanadi va kalorimetrning ichki stakaniga quyiladi. 5–7 minut davomida kalometrik tajribaning boshlang‘ich davri bajariladi. Tajriba davomida haroratning o‘zgarishi har 10–15 sekund davomida qayd etiladi. Tajriba boshlang‘ich davrining oxirgi harorati (T1) va qizdirilgan suyuqlikning harorati (T2) yozib olinadi.

  3. Kalorimetrga (T2) haroratgacha qizdirilgan aniqlanayotgan suyuqlikni joylashtirib tajribaning asosiy davri bajariladi. Haroratning oshish jarayoni tugagandan so‘ng tajribaning oxirgi davri bajariladi.

  4. Ikki stakanda analitik tarozi yordamida 0,01 g aniqlikda 50 ml distillangan suv va 50 ml aniqlanayotgan suyuqlik o‘lchanadi. So‘ngra 15 minut davomida stakanlardagi suyuqliklar va atrof-muhit haroratlari tenglashguncha termostatlanadi. Bir xil haroratga ega bo‘lgan aniqlanayotgan suyuqlik va suvning aralashish jarayoni bo‘yicha kalorimetrik tajriba o‘tkaziladi.

    1. Yüklə 1,64 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə