Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə1/93
tarix19.12.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#152443
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
1 ATJ fanidan Laboratoriya 2023-2024 (1)

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

X.T.TROBOV


FIZIKAVIY KIMYODAN LABORATORIYA VA AMALIY MASHGʻULOTLAR

Samarqand-2021




1

UDK: 541.13


T 70


X.T.Trobov. Fizikaviy kimyodan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar. Oʻquv qo‘llanma. (1-nashr). Samarqand: SamDU nashri, 2021. – 200 bet


Fizikaviy kimyodan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar o‘quv qo‘llanmasi 5A140501-Fizik kimyo magistratura mutaxassisligi va 5140500-kimyo, 5320400–kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar), 5320100–materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (kimyoviy materiallar turlari bo‘yicha) bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha dasturlar asosida yozilgan bo‘lib, fizikaviy kimyoning termodinamika, kinetika va elektrokimyo bo‘limlarini o‘z ichiga olgan. Har bir bo‘limning boshida qisqacha nazariy tushunchalar, asosiy formula va tenglamalar keltirilgan. So‘ngra bo‘limga doir laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil yechish uchun masalalar, testlar va nazorat savollari keltirilgan.
Oʻquv qo‘llanmadan universitetlarning kimyo, biologiya fakultetlari talabalari, hamda fizikaviy kimyoga qiziqishi yuqori bo‘lgan professor - o‘qituvchilar ham foydalanishi mumkin.


Mas’ul muharrir: k.f.d., prof. Muxamadiyev N.K. Taqrizchilar: k.f.n., dots. Xakimov F.X. (SamDU)
k.f.d.,dots.Eshmamatova N.B.(O‘zMU)

SamDU Kengashining 2021 yil 30 apreldagi (9-sonli bayonnoma) yig‘ilishi qarori bilan chop etishga tavsiya etilgan.


ISBN 978-9943-7267-9-6


© Samarqand davlat universiteti, 2021


2
Ustoz, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Kurbanov Abdulla Mo‘minovichning
yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi.


So‘z boshi


Fizikaviy kimyoni o‘rganish nafaqat nazariy bilim olish, balki kimyoning boshqa barcha yo’nalishlarini bir-biriga bog‘lovchi metodologik asos bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shuningdek fizikaviy kimyoni o‘rganish fizika, matematika kabi fanlarga tayanadi.
Fizikaviy kimyodan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar o‘quv qo‘llanmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standartlariga mos ravishda oliy o‘quv yurtlarining 5A140501-Fizik kimyo magistratura mutaxassisligi va 5140500-kimyo, 5320400– kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar), 5320100 –materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (kimyoviy materiallar turlari bo‘yicha) bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha dasturlar asosida yozilgan. Qo‘llanmada keltirilgan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar fizikaviy kimyoning kimyoviy termodinamika, termokimyo, eritmalar termodinamikasi, kimyoviy va fazaviy muvozanat, elektrolitlar nazariyasi, elektrokimyoviy termodinamika, kinetika va kataliz kabi bo‘limlarini o‘z ichiga olgan. Har bir bo‘limning boshida qisqacha nazariy tushunchalar, asosiy formula va tenglamalar keltirilgan. So‘ngra bo‘limga doir laboratoriya mashg‘ulotlari, mustaqil yechish uchun masalalar va nazorat savollari keltirilgan bo‘lib, talabalar tomonidan fizikaviy kimyoni o‘rganish jarayonida mustaqil ravishda amaliy ishlar bajarishni tavsiya etadi. Qo‘llanma muallif tomonidan ko‘p yillar davomida Samarqand davlat universitetining kimyo fakultetida fizikaviy kimyo fanidan ma’ruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar olib borayotgan tajribasiga asoslanib yozilgan. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, fizikaviy kimyodan olingan bilimlarni mustaqil ravishda masalalar ishlamasdan turib mustahkamlash mumkin emas. Shundan kelib chiqqan holda mazkur o‘quv qo‘llanma talabalar tomonidan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda olingan bilimlariga tayanib fizikaviy kimyoni mustaqil ravishda o‘rganishga tavsiyalangan.
Muallif ushbu o‘quv qo‘llanmani o‘qib chiqib, kerakli ko‘rsatmalar berib, ijobiy taqriz berganliklari uchun Samarqand davlat universiteti dotsenti, k.f.n. F.X.Xakimov va Oʻzbekiston Milliy universiteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.d. N.B.Eshmamatovalarga chuqur minnatdorchiligini bildiradi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə