O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə1/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Urganch davlat universiteti

Pedagogika” kafedrasi


MAXSUS FANLARNI O‘QITISh METODIKASI
FANIDAN
O’QUV-USLUBIY MAJMUA

Bilim sohasi: 100 000-Gumanitar


Ta’lim sohasi: 100 000-Pedagogika




Mutaxassisliklar: 70730202- SHaxar magistri . Shaxar magistr.



semestr
Mashg’ulotlar

3

Umumiy:

Ma’ruza




30

Amaliy




30

Mustail ta’lim




30

Umumiy:

90

90


URGANCh-2023





O’quv-uslubiy majmuaning tarkibi



Tarkib mazmuni






Nazariy materiallar.............................................................................................


Amaliy mashg’ulot materiallari………………….…………………………


Glоssariy…………………………………………………………………….


1-modul. Maxsus fanlarni o’qitishning nazariy asoslari.


1-mavzu.Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xosliklari.
Maxsus fanlar turkumi va ularning vazifalari.
REJA:

  1. Maxsus fanlar turkumi va ularning vazifalari.

  2. Pedagogikaning maxsus fanlar tizimida tutgan o‘rni.

  3. Pedagogik turkum fanlarni o‘qitishga innovasion yondashuvlar.

  4. Maxsus fanlarni o‘qitishda fanlararo integrashiya masalalari.



Tayanch konspekt:
Tayanch iboralar:Metodika tushunchasi, pedagogik fanlarni o’qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari, pedagogik fanlarni o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi. Pedagogik fanlarni o’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.
Ta’lim jarayonining tuzilishi. O’qitish va o’qish jarayonlari tavsifi, o’quv jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi. Talabalarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.


Maxsus fanlar turkumi va ularning vazifalari. Ta’limni insoniylashtirish, shaxs rivojlanishining asosiga aylantirish, fanlarni o’qitishga yangicha yondashishni talab qiladi. Talaba muayyan mutaxassislik yo’nalishida ta’lim olar ekan, u rivojlanishi, shaxslik sifatlarini namoyon qilishi darkor. U nafaqat yetuk mutaxassis sifatida shakllanishi, balki komillikni o’zida mujassam qilishi lozim.
Bugungi kunda mutaxassis shaxsiga qanday talablar qo’yilmoqda?
O’z kasbining yetuk mutaxassisi.
Mustaqil fikrlaydigan, egallagan bilimlarini amalda qo’llab oladigan.
Bilimlarini mustaqil kengaytirishga qodir shaxslar ekanligi taokidlab o’tildi.
Insoniyat tafakkuri jadal suroatlar bilan taraqqiy qilmoqda: Internet, Marsga ilmiy-tadqiqot ishlarini bajara oluvchi robotlarning uchirilishi, o’zga sayyoralar bilan aloqalar o’rnatishga bo’lgan intilishlar, yangi texnika va texnologiyalar davrimiz misli ko’rilmagan yangiliklari bilan zamondoshlarimizni hayratga solmoqda. Shunday ekan jamiyatimizning ertangi aozosi, oliy ta’lim dargohining bugungi bitiruvchisi o’z sohasining yetuk mutaxassisi bo’lishi bilan birga:
– o’zgaruvchan hayot sharoitiga muvaffaqiyatli moslashuvchan bo’lishi;
– o’z imkoniyatlarini aniq baholay bilishi;
– hayotda o’z o’rnini yo’qotmasligi uchun ta’lim jarayonida o’rgangan bilim va malakalari aniq va to’ri qo’llay bilishi;
mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, hayotda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni oldindan ko’ra bilishi, ularni bartaraf qilishning ratsional yo’llarini topishi;
– muayyan muammolarni hal qilish uchun zarur axborotlarni izlash, ular ustida ishlash, tahlil qilish, muammolarni hal qilish bo’yicha turli gipotezalarni ilgari surishi, hal qilishning turli variantlarini ishlab chiqishi, statistik mahlumotlar bilan ishlashi, asosli xulosalar chiqarish va ular asosida muammolarni hal qila bilishi;
– muloqotchanlik, biror masala bo’yicha hamkorlikda faoliyat yurita olishi, keskinlikni oldini ola bilishi;
– solom va samarali, mazmunli hayot kechirishi;
– intellektuallik, madaniyatlilik, ma’naviyatlilik sifatlariga ega bo’lishi kabilar talab qilinadi.
Yuqoridagi talablar ta’lim jarayonini tubdan o’zgartirishni ko’zda tutadi. O’qitishning an’anaviy shakllari tayyor bilimlarni asosan reproduktiv metodlar yordamida o’zlashtirib olishga asoslangan. Bilimlarning tez eskirishi va yangilanishidan iborat bo’lgan, hozirgi informatsion portlash sharoitida ta’limning bunday mazmuni o’zini oqlamaydi. Tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarni o’rganish, tahlil qilish, mohiyatiga yetish uchun o’tkir va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish lozim. Shundagina hayotda, mehnat faoliyati jarayonida xatoga kamroq yo’l qo’yish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi zamon o’quv jarayoni talabalardan mustaqillik, onglilik, faollik, ijodiylik, muloqotchanlik, moslashuvchanlik sifatlarini tarkib toptirishga qaratilmoi darkor.
2 Pedagogikaning maxsus fanlar tizimida tutgan o‘rni. Pedagogika fanini o’qitish metodikasini shakllanish jarayoni pedagogika fanini o’quv predmeti sifatidagi rivoji bilan bog’liqdir.
Pedagogikani o’qitishning dastlabki bosqichlaridan boshlab tajribalar to’planadi ular umumlashtirilib, tizimlashtirilib boriladi. Ular asosida aloxida qoidalar va tamoyillar shakllantiriladi, o’qitishning ayrim masalalari bo’yicha metodik tavsiyalar yaratiladi.
Tajribalarni umumlashtirish asosida tadqiqotlar olib boriladi, ularni natijasida o’qitish metodikasining o’ziga xos qirralari aniqlanadi.
Pedagogika fanini o’qitish metodikasi bu nazariya va amaliyotning sintezidir.
Pedagogika fanini o’qitish metodikasi ta’limning tamoyillari va qoidalari, ta’lim shakllari va metodlarini asoslashga qaratiladi, bu esa bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydi.
Pedagogika fanini o’qitish metodikasida materiallarni tanlash va tizimlashtirishda ilmiy metodologiya asos bo’lib xizmat qiladi.
Metodologiya bu nazariy bilimlar tizimi, ilmiy tadqiqotlar asosiy, boshqaruvchi tamoyillarni belgilovchi, ob’ektiv borliqdagi hodisalarni ilmiy tahlil qilishni amalga oshirish vositasidir.
Pedagogik bilimlar metodologiyasi pedagogik nazariyani tuzilishi, tamoyillar, bilimni o’zlashtirish usulari bilan belgilanadi.
Pedagogik metodologiya o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Pedagogik bilimlarni tuzilishi va funktsiyalari haqidagi ta’limot.
2. Fundamental, umum ilmiy va pedagogik holatlar (nazariya, kontsepsiya, gipoteza).
3. Pedagogik tadqiqotlar metodlari haqidagi ta’limot.
Pedagogika fanini o’qitish metodikasi pedagogik bilimlar sohasi bo’lib, pedagogikani umumiy va xususiy metodologiyasidan foydalanadi.
Pedagogika fanini o’qitish metodikasi, pedagogikani fan sifatida va uni metodologiyasini jadal rivojlanish bosqichida shakllanadi. Bu esa maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini predmeti bo’lgan ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etish imkonini beradi.
Ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yosh avlodga beriladigan ma’lumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan-texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan-texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo’lgan bugungi kunda ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumot mazmuni talabalarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo’lida ko’nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim (ma’lumot) ning mazmuni, avvalo, komil inson va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi.
Ushbu maqsadni o’zida aks ettirgan ma’lumot mazmuni davlat ta’lim standarti, o’quv dasturlari, o’quv rejasi va darsliklar mazmunida namoyon bo’ladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə