O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Boshqaruv samaradorligiga ta‟sir etuvchi omillar



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/85
tarix21.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87623
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
mehmonxona xojaligini boshqarish

3.Boshqaruv samaradorligiga ta‟sir etuvchi omillar 
Iqtisodiy samarani miqdoriy ifodalash – uni pul bilan baholash mumkin bo‗lsa, 
ijtimoiy sohadagi umumiy va xususiy ko‗rsatkichlarni o‗lchash juda qiyin yoki o‗lchab 
bo‗lmaydi. Gap avval xodimlarni qanoatlantirish va ularning ichki va tashqi muhitga 
moslashish qobiliyati to‗g‗risida bormoqda. Shu tariqa firma o‗z xodimlarining 
faoliyatini, axloqini, ijtimoiy muhitni integratsiyalash orqali bu xodimlarning mehnat 
salohiyatidan samarali foydalanish, ularning o‗rtasidagi o‗zaro ishonchni mustahkamlash 
va boshqa omillar hisobidan o‗z maqsadiga erishadi. Ijtimoiy samaradorlikni bu va 
boshqa jihatlari boshqa kurslarda o‗rganiladi.
Mehmonxona industriyasi menejmentiga nisbatan ikki jihatni ko‗rib chiqish 
maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy samaradorlikka talablarning ko‗p qismi mehnat 
resurslarini boshqarish tizimi bilan bog‗likligi sababli menejmentning asosiy vazifasi 
yaxshi mehnat sharoitini yaratish va o‗z xodimlarini professional rivojlantirish, ularning 
ishdagi mavqeini boshqarish hisobiga bu xodimlarning turmush darajasini oshirishni 
ta‘minlaydigan samarali turizm tuzilmasini barpo etishdan iborat. 



122 
Ma‘lumki, butun boshqaruv jarayoni (axborot harakati va boshqaruvga doir qarorlar 
qabul qilish) ma‘lum tashkiliy tizim doirasida kechadi. Shuning uchun, samarali 
tashkiliy tuzilmani shakllantirishni biz ikki jihatdan – bir tomondan umuman turizmni 
boshqarishning tashkiliy tuzilishining samaradorligi belgilarini aniqlashga nisbatan va 
ikkinchi 
tomondan 
unda 
qabul 
qilinadigan 
boshqaruvga 
oid 
qarorlarning 
samaradorligiga nisbatan ko‗rib chiqamiz. Shuni nazarda tutish lozimki, boshqaruvning 
tashkiliy tuzilmasi bilan boshqaruv faoliyati natijalari o‗rtasida o‗zaro bog‗liqlikni izlash 
qiyin. Mutloq ko‗pchilik hollarda tashkiliy tuzilma samaradorligi boshqariladigan obyekt 
faoliyatining ko‗rsatkichlari orqali baholanadi. Bu yo‗nalishdagi barcha ishlar tashkiliy 
tuzilmani loyihalash yoki takomillashtirish chog‗ida uning rivojlanishining sifat 
ko‗rsatkichlarini hamda unga qo‗yiladigan talablarni hisobga olishdan iborat bo‗ladi. Bu 
talablarni quyidagi tarzda bayon qilish mumkin: 
- ishda takrorlash va mavoziylikni tugatish;
- firma va korxonalarni yiriklashtirish va ularning faoliyat zonasini belgilab 
qo‗yish;
- boshqaruv vazifalarini darajalar va tashkiliy-xo‗jalik bo‗g‗inlari bo‗yicha 
ixtisoslash va bir xil qilish; 
- boshqaruv apparatini qisqartirish va arzonlashtirish; 
- tashkiliy tuzilmaning tejamliligi, barqarorligi, moslashuvchanligi va ishonchliligi. 
Bu talablarni hisobga olish mehmonxona xo‗jaligini boshqarishning samarali 
tuzilmasini loyihalash imkonini beradi, to‗g‗ri boshqaruv qarorlari uning natija 
keltiradigan omillaridir. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə