O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti mikro makro iqtisodiyot fanidan ma’ruzalar matni toshkent – 2013



Yüklə 387,58 Kb.
səhifə5/108
tarix28.11.2023
ölçüsü387,58 Kb.
#134291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Moliyaviy kapital – (ular, obligatsiyalar, bank depozitlari va pullari) ishlab
chiqarish omillariga kirmaydi, chunki real ishlab chiqarish bilan bog‘liq emas, 
faqatgina real kapitalga erishishda foydalaniladigan bir vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Yer – qishloq xo‘jaligi, shahar sanoat, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda
foydalaniladigan foydali resurslar, suv resurslari. 


Tadbirkorlik iqtidori – ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, asosiy
masalalarni hal qilish, tavakkalchilikka yo‘l qo‘yish, yangi texnologiyalarni jalb 
qilish qobiliyatlari majmui.

Axborot - “Jahon xo‘jaligi va undagi jarayonlar haqida ma’lumotlar”. Aniq
ma’lumot, axborotga ega bo‘lish, iqtisodiy sub’ektlar oldida turgan global 
muammolarni hal qilishga turtki bo‘ladi.

Bilim boshqaruv, savdo – sotiq, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish
sohasidagi malakali kadrlar tomonidan eng to‘g‘ri qarorni qabul qilishda asosiy 
vosita sifatida qo‘llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqorida qayd etilgan iqtisodiy resurslar erkin 
sotiladi, sotib olinadi va o‘z egalari uchun alohida daromad ko‘rinishida: ya’ni
renta (yer), foiz (kapital), oylik maosh (mehnat), foyda (tadbirkorlik faoliyati) 
keladi.

Ehtiyoj – shaxsni hayot faoliyatini ushlab turish uchun shart bo‘lgan
ob’ektiv ehtiyojlar. Ehtiyojlar birlamchi (oziq – ovqat mahsulotlari) va ikkilamchi 
(tafakkurni kuchaytirish) bo‘lishi mumkin.
Jamiyatda insoniyat doimiy ravishda asosiy to‘rtta iqtisodiy savollarga javob 
berishga harakat qiladi :
1.

Nima ishlab chiqarish kerak?


2.

Qanday ishlab chiqarish kerak?




3.
Kim uchun ishlab chiqarish kerak? 


4.
Qachon ishlab chiqarish kerak?



Yüklə 387,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə