O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Sanoat assortimenti-
bu alohida korxona, korxonalar uyushmasi yoki 
sanoat tarmog„i tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasidir. 
Savdo assortimenti-
bu ulgurji va chakana savdo sohasida, muomala 
sohasida mavjud bo„lgan tovarlar nomenklaturasidir. U sanoat assortimentiga 
bog„liq, ammo undan kengroq bo„ladi, chunki savdo assortimentiga import 
tovarlar ham kiradi. 
Savdo assortimenti o„z navbatida tovar guruhlari assortimenti va savdo 
korxonasi assortimentiga bo„linadi. 
Tovar guruhlari assortimenti-
aniq bir belgilariga mos holda 
birlashtirilgan har xil ko„rinishdagi, turdagi tovarlarning majmuasidir; ko„pgina 
hollarda u turli sanoat tarmoqlari tovarlaridan tashkil topishi mumkin (attorlik, 
metall buyumlar, to„qimachilik, ko„nchilik, plastmassalar kabilar). 
Savdoda 
oddiy va murakkab assortiment
li tovarlar farqlanadi. Oddiy 
assortimentli tovarlar ko„p bo„lmagan belgilar asosida tasniflanadi (o„quvchi 
daftari, bo„yoqlar kabilar). Murakkab assortimentli tovarlar vazifalari, ishlab 
chiqarilgan materiallari, ishlab chiqarish usullari, shakl-shamoyili bo„yicha va 
shu kabi belgilar bo„yicha bo„lib chiqiladi (kiyim-kechak, poyafzal, idish 
kabilar). Bunday assortimentda tovarlar turi ancha ko„p bo„ladi. 
Savdo 
korxonasi 
assortimenti-
bu do„kondagi, bazalardagi, 
omborlardagi tovarlar xilma xilligi bo„lib, u korxonaning ixtisoslashuviga 
4
Lotincha nomenclatura-ro‟yxat, nomlarning jamlamasi yoki tartibi. 


36 
bog„liq bo„ladi. Ixtisoslashgan do„konlar bir guruhdagi (kiyim-kechaklar), 
kichik guruhdagi (mavsumiy kiyimlar), yoki bir turdagi (erkaklar ko„ylagi) 
tovarlar bilan savdo qiladilar, biroq ushbu tovarlar to„la nomenklatura bo„yicha 
taqdim etiladi. Katta universal do„konlar, supermarketlar turli guruhdagi tovarlar 
bilan (kiyim-kechak, poyafzal va hakazo) savdo qiladilar. 
Tovar assortimenti, uning xilma xilligi ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishiga, 
ijtimoiy-psixologik, 
demografik 
omillarga, 
ilmiy-texnik 
taraqqiyot natijalariga bog„liq bo„ladi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə