O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz davlat pedogogika instituti Matematika va informatika fakulteti Informatika o`qitish metodikasi fanidan


II.BOB MULTIMEDIA ILOVALAR YARATISH



Yüklə 107,79 Kb.
səhifə6/7
tarix12.10.2023
ölçüsü107,79 Kb.
#127280
1   2   3   4   5   6   7
GULNOZAAAA

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

II.BOB MULTIMEDIA ILOVALAR YARATISH

2.1 Multimedia ilovalar yaratish va ishlab chiqish bosqichlari


Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bir necha bosqichda amalga oshiriladi, ulardan asosiylari quyidagilar:
1. Rejalashtirish.
2. Elementlarni ishlab chiqish.
3. Dasturiy ta'minot.
4. Tekshirish.
5. E’lon qilish.
6. Reklama.
7. Kuzatuv.
Ushbu bosqichlarda bajariladigan ishlarni ko‘rib chiqamiz.
Rejalashtirish.
Rejalashtirish bosqichida quyidagi savollarga javob topilishi kerak:
1. Multimedia ilovasi nima uchun mo‘ljallangan?
2. Multimedia ilovasi qaysi auditoriyaga yo‘naltirilgan?
3. Multimedia ilovasiga qanday ma’lumot joylashtiriladi?
4. Auditoriya (foydalanuvchilar) bilan qayta aloqa qay tartibda amalga
oshiriladi?
Elementlarni ishlab chiqish.
Ushbu bosqichda multimedia ilovasini dasturiy mahsulot sifatida amalga oshirish ishlari bajariladi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Navigatsiya tizimini ishlab chiqish.
2. Taqdimot uchun WEB sayt yoki slaydlarning dizaynini ishlab chiqish (multimedia ilovalarini joriy etishning har ikki holati uchun ham keyingi o‘rinlarda “sahifa” deb yuritiladi).
3. Sahifalarni to‘ldirish uchun matn va ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash
(jadvallar, grafiklar, rasmlar va boshqalar).
Dasturiy ta'minot.
Ushbu bosqich multimedia ilovasi sahifalarini yaratishni o‘z ichiga oladi.
Tekshirish.Multimedia ilovasini yaratishning asosiy bosqichlaridan biri uni tekshirish hisoblanadi. Tekshirish jarayonida multimedia ilovasining to‘g‘ri ishlashi tekshiriladi, jumladan:
• Gipermurojaatlarning to‘g‘ri ishlashi.
• Matn va ko‘rgazmali materiallarda xatolarning mavjud emasligi.
• Multimedia ilovasi sahifalari bo‘ylab navigatsiyaning qulayligi.
• Pochta va boshqa shakllarning to‘g‘ri ishlashi (WEB-sayt uchun).
• Grafik fayllarni yuklashning to‘g‘riligi (WEB-sayt uchun).
• Saytning turli brao’zerlarda to‘g‘ri ishlashi (WEB-sayt uchun).
Multimediali pedagogik master shablon nashr qilish. Tekshirish bosqichi tamomlangandan keyin WEB-sayt provayder serveriga joylashtirilib, internetda nashr qilinadi va yana qaytadan tekshiruvdan o‘tkaziladi. Multimedia ilovasi reklamasi (WEB-sayt uchun) WEB-jamiyat yangi e'lon qilingan multimedia ilovasi haqida bilishi uchun sayt adresi va veb-saytga joylashtirilgan materiallar haqida annotatsiya orqali xabardor qilish kerak. Buning uchun quyidagi imkoniyatlardan foydalaniladi:
• Veb-sayt manzilini xatga, tashrif qog‘oziga, broshyuralarga,
byulletenlarga, bukletlarga, maxsus kompyuter nashrlariga, internet
resurslarining “Sariq sahifalar” sonlariga va boshqa nashrlarga kiritish.
• Mashhur izlash saytlarida veb-saytni ro‘yxatdan o‘tkazish.
• Veb-saytlarda ishorat (ssыlka) joylashtirish.
• WEB-sayt reklamasi uchun bannerlardan foydalanish. Ko’zatib borish (WEB-sayt uchun).
Web-saytga murojaatlar uning nashr etilishi va reklamasidan so‘ng sezilarli darajada unga joylashtirilgan ma'lumotlarning foydaliligi, yangiligi va aktualligi bilan belgilanadi. Veb-sayt imidjini saqlab turish uchun undagi ma'lumotlarni doimiy yangilab borish tavsiya etiladi, aks holda saytning potensial tashrifchilari unga qayta kirmasligi ehtimoli yuqori (butunjahon o‘rgimchak to‘rida necha yillardan buyon yangilanmagan saytlar ham mavjudligini ta'kidlaymiz).
Texnologik bosqichlarni amalga oshirish chizmasi.
Texnologik bosqichlar mazmuni tahlili shuni ko‘rsatadiki, bir qator ishlar
va, asosiysi, bu ishlarning natijasi pedagogik multimedia master-shabloni,
namoyish shakliga bog‘liq emas. Buni quyidagi chizma ko‘rgazmali ravishda namoyon qiladi. Chizmada Veb-saytlar uchun maxsus bo‘lgan “Publikatsiya”, “Reklama”,“Kuzatib borish” bosqichlari yo‘q.
Multimedia ilovalarini ishlab chiqish texnologiyasi quyidagilar:
• Multimedia tushunchasi
• Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasi
• Multimedia ilovalari shakllari
• Multimedia ilovalari yaratish uchun vositalar
Hozirgi vaqtda ko‘plab kompaniya va firmalarda seminarlar, uchrashuvlar, treninglar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma'lumot mazmunga boy, esda qoladigan va ko‘rgazmali bo‘lishi uchun ko‘proq multimedia texnologiyalari ishlatiladi. Bular matn, grafika va ovoz kabi ma'lumotning turli shakllarini qayta ishlashga imkon beruvchi multimedia apparat vositalari bo‘lish bilan birga amaliy dasturlar paketlari ham. Multimedia bir necha ta'rifga ega:
• Multimedia – turli ma'lumotlarni ishlab chiqish, ishga tushirish, qayta ishlash vositalarini qo‘llash tartiblarini ta'riflovchi texnologiya;
• Multimedia – kompyuter apparat ta'minoti (kompyuterda kompakt disklar o‘qish qurilmasi – CD-Rom Drive, uning yordamida ovozli va videoma'lumotni eshittirishga yordam beradigan ovoz va videoplata, joystick va boshqa maxsus qurilmalarning mavjudligi);
• Multimedia – bu bir necha ma'lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi. Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma'lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi tushuniladi. Bunday vositalarning birlashishi ma'lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta'minlaydi: inson passiv ravishda mahliyo bo‘libgina o‘tirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham. Multimedia vositalari bilan ishlovchi dasturlar ko‘pmodallidir, ya'ni ular bir necha sezgi organlariga bir vaqtda ta'sir qilgani uchun auditoriyaning qiziqishi va e'tiborini tortadi. Multimedia ilova mazmuni muallif tomonidan ssenariy tayyorlash paytida atroflicha o‘ylanadi va texnologik ssenariyni ishlab chiqishda aniqlashtiriladi. Ta'limiy ma'lumot taqdim etishning an'anaviy shakli – matn va statik grafika ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lsa, multimediadan foydalanish tajribasi yillar bilan o‘lchanadi.
Illyustratsiya, jadval va chizmalar mavjud bo‘lgan animatsiya elementlari va
ovoz jo‘rligida taqdim etilayotgan chiroyli bezalgan multimediali ilova o‘rganilayotgan materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va eslab
qolishga yordam beradi, ta'lim oluvchining bilim olishga bo‘lgan faolligini
oshirib, predmetlar haqida aniqroq va to‘laroq tushunchaga ega bo‘lishini
ta'minlaydi. Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo‘naltirilgan turli tuman, bir-biridan farqli texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan foydalanishda bir qator asosiy texnologik tavsiyalarga amal qilish kerak.
Multimedia ilovalarini yaratish uchun asos sifatida materialni elementlarga bo‘lish va iyerarxiya tarzida ko‘rgazmali ravishda taqdim etishga asoslangan holda tizimlashtirish usulini o‘zida mujassam etgan materialni qamrab olish modelini olish mumkin.
• Multimedia ilovasini loyihalashning boshlang‘ich bosqichida materialni qamrab olish modeli quyidagilarga imkon beradi:
• material mazmunini aniq belgilash;
• mazmunni ko‘rgazmali, aniq va ochiq tarzda taqdim etish;
• multimedia ilova komponentlari tarkibini aniqlash.
Kompyuter ekranidagi ma'lumotni vizuallashtirish usullarini ishlab chiqishda psixologiya yutuqlarini hisobga olish kerakligi bir qator umumiy tavsiyalarni shakllantirishga yordam beradi:
• ekrandagi ma’lumot tizimga keltirilgan bo‘lishi kerak;
• vizual ma'lumot davriy ravishda tovushli ma'lumotga almashib turishi kerak;
• rang yorqinligi va/yoki tovush balandligi davriy ravishda o‘zgarib turishi kerak;
• vizuallashtirilayotgan material mazmuni juda ham sodda yoki juda ham murakkab bo‘lmasligi kerak.
Ekrandagi kadr formatini ishlab chiqishda va yaratishda ko‘rish maydonini tashkil etishni belgilovchi ob'yektlar orasida maqsad va munosabat borligini hisobga olish tavsiya etiladi. Ob'yektlarni quyidagicha joylashtirish tavsiya qilinadi:
• bir-biriga yaqin, ya'ni ko‘rish maydonida ob'yektlar bir-biriga qanchalik yaqin bo‘lsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yagona, yaxlit obrazni tashkil qiladi;
• jarayonlar o‘xshashligi, ya'ni obrazlarning o‘xshashligi va yaxlitligi qanchalik
ko‘p bo‘lsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan uyg‘unlashadi;
• davom etish xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ya’ni ko‘rish maydonida tartibli ketma-ketlikning davom etishiga mos keladigan joylarda joylashgan elementlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yaxlit yagona obrazga birlashadi;
• ob'yektlar shakli, harf va raqamlar o‘lchami, ranglarning to‘qligi, matnning joylashishi va boshqalarni tanlashda predmet va fonni belgilashning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda;
• vizual axborotlarni ortiqcha detallar, yorqin va kontrast ranglar bilan bezamagan holda;
• xotirada saqlash uchun mo‘ljallangan materialning rangini o‘zgartirish, tagiga chizish, shrift o‘lchamini va stilini o‘zgartirish orqali ajratish.
Multimedia ilovalarini ishlab chiqishda turli rang va fonda tasvirlangan ob'yektlar insonlar tomonidan turlicha idrok qilinishini hisobga olish kerak. Vizual axborotlarni tashkil etishda predmetlarning fonga nisbatan kontrasti muhim rol o‘ynaydi. Kontrastning ikki turi mavjud: to‘g‘ri va teskari. To‘g‘ri kontrastda predmetlar va uning tasvirlari fonga nisbatan to‘qroq, teskari kontrastda esa ochroq bo‘ladi. Multimedia ilovalarida odatda har ikki turidan foydalaniladi, turli kadrlarda alohida va bitta kadr doirasida birgalikda. Ko‘p hollarda teskari kontrast ustunlik qiladi.
Multimedia ilovalarining to‘g‘ri kontrastda ishlashi afzalroq hisoblanadi. Bu holda yorqinlikning ko‘payishi ko‘rinishning yaxshilanishiga, teskari holatda esa yomonlashishiga olib keladi, lekin teskari kontrastda namoyish etiladigan harf va belgilar, kichik o‘lchamda bo‘lganda ham to‘g‘ri kontrastga nisbatan aniqroq va tezroq o‘qiladi. Tasvir qismlarining nisbiy o‘lchamlari qanchalik katta va uning yorqinligi yuqori bo‘lsa, kontrast shunchalik kichik bo‘lishi kerak. Ko‘rish maydonida yorug‘likning bir me'yorda taqsimlanishi orqali ekrandagi axborotlarni erkin qabul qilishga erishiladi. Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘rganishni optimallashtirish uchun multimedia ilovalarini ishlab chiqaruvchilarga mantiqiy urg‘ulardan foydalanish tavsiya etiladi. Ta’lim oluvchining diqqatini m’lum bir ob’yektga jalb qilishga yo‘naltirilgan usullar mantiqiy urg‘ular deyiladi. Mantiqiy urg‘ularning ruhiy ta’siri ta’lim oluvchi tomonidan bosh ob’yektni topishga sarflanadigan vaqtning kamayishi va diqqatni shu ob’yektga jalb qilish bilan bog‘liq.
Mantiqiy urg‘ularni yaratish uchun aksariyat hollarda quyidagi usullar tez -tez ishlatiladi: asosiy ob'yektni yanada yorqinroq rang bilan tasvirlash, o‘lchamini, yorqinligini, joylashuvini o‘zgartirish yoki shu'la taratuvchi rang bilan ajratish. Mantiqiy urg‘uni son jihatidan uning intensivligi bilan baholash mumkin.
Intensivlik ob’yekt rangi va yorqinligining fonga nisbatan mutanosibligiga, ob'yektning nisbiy o‘lchamlari tasvir fonidagi predmetlar o‘lchamiga nisbatan
o‘zgarishiga bog‘liq. Yanada yorqinroq yoki kontrastliroq ranglar bilan belgilash
yaxshiroq hisoblanadi, o‘lchamini yoki yorqinligini o‘zgartirish, shu'la taratuvchi rang bilan ajratish unchalik yaxshi chiqmaydi.

Keyingi yillarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish, xususan, multimedia texnologiyalaridan foydalanish ta’lim tizimi mazmunini boyitish, tashkil etish shakllari hamda sifatini oshirish borasida katta ijobiy ishlar amalga oshrilmoqda.


Ta’lim muassasalari dars jarayoniga AKT joriy etilishi ta’lim samarasini oshirishning asosiy omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar, jumladan, zamonaviy, ilg‘or AKT tatbiq etib borilmoqda. Ta’lim jarayonida talaba-yoshlarga texnik vositalar va multimedia texnologiyalari asosida ta’lim berish, berilayotgan bilimni tez va oson o‘zlashtirilishi, ularning tushunarli va xotirada yaxshi saqlanishiga yordam berayotganligi amalda o‘z isbotini topmoqda. Bundan tashqari, ta’lim tizimida videokonferensiyalar tashkil qilinishi imkoniyatining yaratib berilganligi ta’lim jarayonining yutuqlaridan biridir. Ushbu imkoniyat talabalarning fikr almashishi, erkin va ijodiy tafakkurini rivojlantirish va o‘z fikrini to‘g‘ri va aniq yetkazib berish qobiliyatiga ega bo‘lishida muhim omil bo‘ladi, desak yanglishmaymiz. Internet tizimlari orqali jahonning boshqa mamlakatlarida ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, tadbirlar, ta’lim jarayonidagi yangiliklar va yutuqlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib boradilar.
Ma’lumki, multimedia texnologiyalari ta’lim jarayonini bo­yitadi, o‘quv materiali ta’limiy axborotlarni idrok etishni yanada samaralilashtirish imkonini beradi. Multimedia — bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interaktiv dasturiy ta’minot boshqaruvi ostida o‘zaro vizual va audiosamara ta’siridan iborat bo‘lib, u matn, tovush, grafika, foto, videoni bir raqamli taqdim etish usulida birlashtiradi. Gipermedia — bu multimediali obyektlarda qo‘llaniladigan gipermatnli vositalar bilan bog‘liq kompyuter fayllaridir. Ta’limni kompyuter va boshqa internet-texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishda, turli afzalliklar bilan bir qatorda, ayrim kamchilklar ham mavjud: bu aloqa liniyalari bilan bog‘liq muammo bo‘lishi ham mumkin. Mazkur muammolarni CD-ROM va DVD-disklari deb ataladigan optik kompakt disklar yordamida hal etilishi mumkin.
Multimedia tushunchasi — turli shakldagi axborotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasini anglatadi. Multimedia texnologiya­lari — bu turli shakldagi axborotlarni qayta ishlovchi vositalar maj­muasidir. Multimedia texnologiyalariga avvalo, tovushlar, video-elementlarni qayta ishlovchi vositalar kiradi. Bundan tashqari, multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika ham multimedia texnologiyalari qatoriga kiradi. Ehtimol, kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ham mumkin.
Zamonaviy ta’lim vositalari — interaktiv, audio-vizual, multimediali o‘quv jihozlari — shunchaki zamonaga mos rusumga aylanib borayotgan vositalar emas, balki o‘quvchi-talabalar shaxsini rivojlantirish uchun variativ imkoniyatdir. Zamonaviy ta’lim tizi­mining vazifasi esa shunchaki bilim berishdangina emas, balki o‘quvchi-talabalarning ijodiy tafakkurini loyihalashtirishga yordam berishdan iborat. Har qanday nazariy bilim amaliyot bilan mustahkamlanishi zarur. Shu sababli o‘qituvchi bergan nazariy axborot­lariga qo‘shimcha sifatida ta’lim jarayonida amaliy, laboratoriya, loyihali faoliyat talab etiladi. Bu mustaqil tadqiqot ishlariga malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beruvchi omil bo‘lib, butun ta’lim faoliyati davomida foydalanilishi zarur. O‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb etish, qiziqtirish juda muhim. O‘qitishni qiziqarlilashishi hamda unda barcha talabalarning to‘liq fikru-zikri bilan faollashishi asosida ta’lim jarayoni juda samarali o‘tadi. Bunda ko‘rgazmali vositalar ham muhim o‘rin tutadi, ular axborotning turli manbalari bilan ishlash va olingan natijalarni solishtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Ta’lim jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi natijasida avvalo, ta’limning universal ta’siri, uning asosida esa — foydali malaka va ko‘nikmalar, nihoyat keng doiradagi salohiyatlari shakllanadi.
O‘qituvchilarning an’anaviy o‘qitish usulida laboratoriya va amaliy ishlar o‘tkazilishi uchun ko‘p vaqt ajratiladi. Bu davr ruhiga mos mutaxassis-kadrlar tayyorlashning juda muhim tarkibiy qismidir. U nafaqat o‘quvchi-talabaning nazariy bilimlarini mustah­kamlashga, o‘quv materialini o‘zlashtirish samarasini oshirishga, balki muayyan sohada amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga ham ko‘mak beradi. Biroq bunday mashg‘ulotlar to‘laqonli natija beradi, deya olmaymiz. Sababi — ayrim laboratoriya jihozlari yetarli darajada emasligi hamda laboratoriya va o‘quv xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan soz holda jihozlanmaganligi, mavjudlari­ning ham aksariyati ma’naviy eskirib borayotganligi va bugungi kun talablariga to‘liq javob bera olmasligidadir. Texnologiyalar tez sur’atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda amaliy mashg‘ulotlar uchun laboratoriya va stendlarni har bir o‘quv yilida takomillashtirish talab etiladi. Buning uchun esa qo‘shimcha sarf-xarajatlar ko‘zda tutilishi zarur.
Yana bir muhim omil shundan iboratki, ba’zi laboratoriya tadqiqotlaridagi ish yoki jarayonlarning sustligi sababli ajratilgan vaqt ichida ta’lim oluvchilar takror tahlil yoki tajriba-sinovlar o‘tkazishga qiynaladilar. Shuning uchun ma’lum bir sohada yetarlicha ish ko‘nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy mash­g‘ulotlarni qayta-qayta takrorlash zarur bo‘ladi. Afsuski, an’anaviy ish olib borish sharoitida laboratoriya moddiy ashyolari hamda moslamalarining tez-tez buzilishi va shu sababli qo‘shimcha sarf-xarajatlar talab qilinishi bois, doim ham samaraga erishib bo‘l­maydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mutaxassis-kadrlarni tayyorlash uchun muhim vazifalarni hal etishga yordam bera oladigan yangi samarali, hammabop pedagogik uslubni joriy etish zaruriyati tug‘iladi. Buning uchun laboratoriya stendlari va o‘quv usta­xonalaridagi mashg‘ulotlar barcha talabalar uchun nafaqat qiziqarli, balki qulay va oson bo‘lishiga erishish lozim. Mash­g‘ulotlar o‘ziga jalb eta olishi, barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi, jarayonlarni jo‘shqin tarzda namoyon etishi, mashg‘ulotlar o‘tkazish va o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirishni, umuman, butun ta’lim jarayoni samarasini oshirishi, talabalarda o‘z egallagan bilimlariga baho berish imkoniyatini ta’minlashi zarur. Aynan shu nuqtai nazardan, zamonaviy multimediali texnologiyalarning tatbiq etilishi yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni hal qilishda va an’anaviy o‘qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf etishga ko‘mak beradi.
Hozirgi davrda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida virtual stendlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Virtual stendning o‘zi nima va ta’lim samarasini oshirishda qanday ahamiyatga molik? Virtual stend — bu o‘quv amaliy stend yoki o‘quv-malaka ustaxonasi bo‘lib, o‘quvchi-talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma’­lum yo‘nalishda zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilishga yordam beruvchi ta’limiy AKT vositasidir. Virtual stendlar har bir o‘quvchi-talabaga texnikaga oid o‘z kirish ko‘rsarkichlarini «o‘rgatishga», o‘z bilimlarini nazorat qilishga imkon beradi. Laboratoriya ishini o‘tkazishda, uni zarur tartibda tushunish va boshqalar bilan bog‘liq vaqt yo‘qotish masalasi esa kompyuter samarasi hisobiga bartaraf etiladi.
Bunda, ayniqsa, moliyaviy zaxiralarning tejab qolinishi muhimdir. Zamonaviy oddiy kompakt diskka o‘nlab, ba’zan esa yuzlab laboratoriya ishlarini joylashtirish mumkin. Endi bir dona shunday virtual laboratoriya stendi qanchalik arzonga tushishini hisoblab chiqish qiyin emas. Bundan tashqari, ular bilan birga, ta’lim muassasalarini yalpi ta’minlash mumkin. Internetga ulanish tarmog‘ining mavjudligi esa, undan ham yaxshi samara beradi. Ta’lim jarayoniga virtual stendlarning joriy qilinishi natijasida, an’anaviy ta’limga nisbatan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayonining yanada yuqori sifati ta’minlanadi. Bunga avtomatlashtirilgan o‘qituvchi va test o‘tkazuvchi, tizimlar, test topshiriqlari va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollardan iborat ixtisoslashgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish, o‘quv jarayonining uslubiy asosi­ni tezkor yangilash hisobiga erishiladi. Bugungi kundagi o‘qitishning tashkiliy shakllari, zamonaviy multimedia texnologiya­lari hamda ta’lim uchun turli zarur imkoniyatga ega bo‘lmoqdamiz. Bu esa ma’lum darajada turli ta’lim muassasalari mutaxassislari diplomlarining qadri yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.
Ta’lim jarayonida virtual stendlardan foydalanish ta’lim sifati va samarasini oshirib, sarf-xarajatlarni kamaytibgina qolmay, balki ekologik toza, xavfsiz, muhit yaratilishi omili ham hisoblanadi. Virtual stendlar joriy etilishi bilan ta’lim mazmuniga boshqacha yondashuv talab etiladi. Multimediya stendlari vositasida o‘quvchilar har qanday axborotni nafaqat ko‘rib, balki eshitib ham xotiralarida saqlab qolishlari osonlashadi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy multimedia texnologiyalarining joriy etilishi an’anaviy ta’limga nisbatan quyidagi samaralarga erishish imkonini beradi:

  • jadval va rasmlarni rangli, ovozli, animatsiyalar, gipermatnlar bilan boyitish;

  • interaktiv veb-elementlar, testlardan foydalanish;

  • darsning nazariy materialini boyitib borish;

  • axborotlarning muntazam ravishda yangilab turish;

  • ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalar bilan ko‘proq individual ishlash, ularning darsga qiziqishlarini oshirib, egallagan bilimlarilarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;

  • ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, voqelikni kompleks o‘rganish;

  • ta’lim jarayonining moslashuvchanligi, shakllari va usullarini, texnologik bazasini zamonaviy AKT vositalarini joriy etish orqali takomillashtirib borishdan iborat.


Xulosa


Informatika o`qituvchisi, o`z fanini o`qitishda avvalambor o`z mutahassisligini yetuk egallagan va zarur ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi lozim. Chunonchi, hozirgi texnika rivojlanishi asri davom etayotgan davrda ayniqsa, informatika fanlarini o`quvchilarga o`qitish va jahon standartlariga javob bera oladigan mutaxassis va yetuk kadrlar tayyorlash bizning – bo`lajak pedagoglarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan biz ayni vaqtdan boshlab informatika fanlarini o`qitishni turli metod va multimediyalar o`rganishimiz, o`ylab topishimiz va qo`llash usullarini o`zlashtirib borishimiz lozim. Shu maqsadda men ushbu kurs ishimni shu mavzularga, ya`ni zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar yordamida multimediali majmualar va nazorat vositalari yaratishda yordam beradigan dasturlarni o`rganishga qaratdim.
Xulosa qilib shularni aytish mumkinki, hozirgi davrda zamonaviy multimediyalar foydalanish kеskin kuchayganligi uchun ham o`qituvchiga va ham o`quvchiga juda katta va turli –tuman multimediyalar bilan ishlashga to`g`ri kеlganligidan ularning asosiylarini yuqori bilim va aql idrok bilan ajratib olish zarur. Birinchi bobga bog`lagan holda buni shunday deyish mumkinki, “Informatika” fanini o`qitish samaradorligini oshirish o`quv mashg`ulotlarini tashkil etish hamda o`tkazishda pedagogik va multimediyalar keng foydalanish, o`qitish mazmuniga mos dasturiy ta`minotini ishlab chiqish, ularni o`quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni dolzarbligini e`tiborga olgan holda “Informatika” fanini o`qitishda zamonaviy multimediyalar va elektron darsliklar foydalanish holatini o`rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish zarur.



Yüklə 107,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə