I.
C++ dasturlash tilida hisoblash kalkulyatori yaratishda
nazariy tushunchalar
§1.1. C++ o’zgaruvchilarni tasvirlash
Ixtiyoriy dasturda xisoblashlarni bajarish talab etiladi. Qiymatlarni
hisoblash
uchun operandlar, amallar ishoralari va qavslardan iborat ifadalardan foydalaniladi.
Operandlar hisoblashlar uchun ma’lumotlarni beradi. Operandlar bajarish uchun
zarur amallarni bajaradi. Har bir operand o’z navbatida ifoda yoki uning xususiyat
holatidan
biri hisoblanadi, masalan, konstanta yoki o’zgaruvchi bilan. Amallar
bajarilish tartibini o’zgartirish uchun qavslar ishlatiladi.
Ifodalar tarkibining
qismlari va ularni hisoblash oidalarini qaraymiz.
O’zgaruvchilar
O’zgaruvchi -
bu ma’lum tipdagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning
nomlangan sohasi. O’zgaruvchining nomi va qiymati bor.
Nom qiymat
saqlanadigan xotira sohasiga ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Dasturni bajarish
paytida o’zgaruvchi qiymatini o’zgartirish mumkin.
Foydalanishdan oldin ixtiyoriy o’zgaruvchi tavsiflanishi lozim.
a
ismli va
x
xaqiqiy o’zgaruvchili butun o’zgaruvchi tavsifiga misol.
int a: float x;
O’zgaruvchilarni tasvirlash
operatorining umumiy ko’rinishi:
[xotira sinfi] [const] tip nom [initsializator]
Bu operatorning tarkibiy qismlarini berishning qoidalarini qaraymiz:
□
Xotiraning majburiy bo’lmagan
sinfi
auto, extern, satatic
va
register
qiymatlardan birini qabul qilishi mumkin;
□
const
modifikator o’zgaruvchi qiymatini o’zgartirish
mumkin emasligini
ko’rsatadi. Bunday o’zgaruvchi nomlangan konstanta yoki kanstantalar deb ataladi.
□
Tavsiflashda o’zgaruvchiga boshlang’ich qiymat berish mumkin, bu
initsializatsiya deb ataladi. Initsializatorni ikki shaklda: tenglik belgsi bilan =
qiymat
yoki oddiy qavslar ( ) bilan yozish mumkin.
Konstanta
e’lon qilishda initsializatsiyalanishi
mumkin bitta operatorda bir
tipdagi bir nechta o’zgaruvchini vergullar bilan ajratib tasvirlash mumkin.
Misollar:
short int а = 1;
// a butun o’zgaruvchi
const char С = ' С ';
// c simvol konstanta
char s, sf = ' f ';
// initsializatsiya faqat sf ga taaluqli
char t (54);
float с = 0.22, x(3), sum;
Agar initsializatsiyalanadigan qiymat tipi o’zgarishi
tipi bilan ustma-ust
tushsa ma’lum qoidalar bo’yicha tip almashtiriladi va bajariladi. Xotira tipi va
sinfidan tashqari tavsifi oshkora yoki jimlik bo’yicha
uning amal qilish sohasini
beradi. Xotira sinfi va amal qilish sohasi nafaqat xos tavsifga balki uning dasturi
matni joyiga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: