Builder 6
oynasi ko‘rinishi odatdagidan ancha boshqacharoq bo‘lib, u o‘z
ichiga
beshta oynani oladi:
bosh oyna -
Builder 6
Project1;
forma oynasi - Form1;
ob’ekt xossalarini taxrirlash oynasi-Object Inspector;
ob’ektlar ro‘yxatini ko‘rish oynasi - Object tree View;
dastur kodlarini tahrirlash oynasi - Unit.cpp.
Bosh oyna ekranning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, uning birinchi qatorida
sarlovha, ya’ni proektning nomi joylashgan. Ikkinchi qatorda buyruqlar menyusi
gorizantal ko‘rinishda joylashgan. Keyingi qatorning
chap tarafida uskunalar
paneli va o‘ng tarafida komponentalar politrasi joylashgan.
Buyruqlar menyusi quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
-File (fayl) bo‘limi fayllar ustida ish bajarish uchun kerakli
buyruqlarni o‘z
ichiga olgan;
-Edit (taxrir) bo‘limi fayl ichidagi ma’lumotlarni taxrirlash uchun
kerakli buyruqlarni o‘z
ichiga olgan;
-Seerch
-View
-Compile
-Run formani ishga tushirish.
-Options
-Tols servis xizmatidan foydalanish.
-Help yordam chaqirish.
Forma oynasida ilovalar yaratiladi. Object Inspector oynasi ob’ekt xossalarini
taxrirlash uchun xizmat qiladi. Ob’ekt xossalari bu - ob’ektga
berilgan
xarakteristika bo‘lib, uning ko‘rinish, joylashishi va holatidir. Masalan, Width va
Height xossalari forma o‘lchamini, top va Lift esa formaning ekrandagi holati,
Caption - sarlovha matnini aniqlaydi.
Vizual dasturlash texnologiyasida ob’ekt deganda muloqat oynasi va
boshqarish
elementlari (kiritish va chiqarish maydoni, buyruq tugmalari, pereklyuchatellar va
boshqa) tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: