O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi yong’in va yonish-portlash xavfsizligi namangan-2022


-ma’ruza. Shamollatish qurilmalariga qo’yiladigan yong’in xavfsizligi talablari



Yüklə 4,59 Mb.
səhifə3/13
tarix29.11.2023
ölçüsü4,59 Mb.
#139792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Yong\'in va yonish-portlash xavfsizligi — 4-kurs

3-ma’ruza. Shamollatish qurilmalariga qo’yiladigan yong’in xavfsizligi talablari
Reja:


1. Xonalarning va tashqi qurilmalarning elektr jihozlarining qo’llanilishi bo’yicha yong’in xavfi bo’yicha klassifikatsiyasi.
2. Yong’in-portlash xavfi bo’yicha klassifikatsiyasi.
3. Portlash xavfi bo’yicha klassifikatsiyasi.

Elektr qurilmadan foydalanishda ishlayotganning xavfsizligini ta’minlamaydigan, xatto eng mukammal ijro sharoitlari vujudga keladi va maxsus himoya ositalaridan foydalanishni talab qiladi. Masalan, kommunikatsiya apparatlari bilan jarayonlarda – uchiruvchi, aloqani uzuvchi apparatlar bilan ishlayotganda apparatlar simlarida kuchlanish paydo bo’lish extimoli bor, shuning uchun simdan insonni izolyatsiya qiluvchi himoya vositasi (dielektrik qo’l qoplar) yoki yerdan izolyatsiya qiluvchi (izolyatsion poyafzal, qo’shimcha taxtacha va hokazo) vositalardan foydalanish zarur.


Elektr qurilmada ta’mirlash uchun ish joyini xozirlashda ish olib boriladigan tok o’tuvchi qismlar xatoga yo’l qo’yilib, kuchlanish ostida qoldirilgan bo’lishi mumkin, shu bois tegishli kochma asboblar (kuchlanish ko’rsatkichlari) bilan ularda kuchlanish bor-yo’qligini avvaldan tekshirish zarur. Elektr qurilmada ishda ishlayotganlarning mo’ljalni yo’qotish xavfi bor, shuning uchun ish qilinadigan joylar va qurilmaning kushni uchastkalari, qolaversa, yaqinlashish yoki tegib ketish xavfi bo’lgan joylarni (ogohlantirish plakatlari) maxsus belgilar bilan avvaldan belgilab qo’yish zarur.
Elektr tarmog’idan uzilgan elektr qurilmaning tok yuruvchi qismlarida ishlashda ularda tasodifan kuchlanish paydo bo’lish xavfi vujudga keldi, shuning uchun kuchlanishni ish joyiga xatoli zatishni mustasno etadigan va shu bilan kuchlanish paydo bo’lish xolatida ishlovchilar uchun xavfi bartaraf etadigan choralar qabul qilish kerak.
Barcha bino va inshoatlar yonginga chidamliligi bo’yicha 5 darajaga bo’linadi:
I daraja yonginga chidamlilikdagi binolarga barcha konstruksiyalari yonmaydigan, yuqori yonginga chidamlilik chegarasiga (0,5-2,5 soat) ega bo’lgan binolar kiradi;
II daraja yonginga chidamlilikdagi binolarga konstruktiv elementlari yonmaydigan, yuqori chidamlilik chegarasiga (0,25-2,0 soat) ega binolar kiradi.
III daraja yonginga chidamlilikdagi bino va inshootlar yonmaydigan va qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlanadi;
IV daraja yonginga chidamlilikdagi binolarga barcha konstruksiyalari qiyin yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi;
V darajadagi binolarga esa barcha konstruksiyalari yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi.
Elektr qurilmaning statsionar konstruktiv himoya qurilmalari blokirovka, signalizatsiya, yerga tutashuv, zanulenie va hokazodan iborat.
Statsionar – elektr himoya ko’chma va olib yuriladigan buyumlar bilan qo’shimcha qilinadigan himoya vositalari elektr qurilmalarda elektr tokidan talofat ko’rishdan, elektr yoy va elektromagnit maydon ta’siridan, mag’lub bo’luvchi elektr qurilmalarda ishlayotgan insonlarni himoya qilishga xizmat qiladi. Izolyatsiya qiluvchi shtangalar va qisqichlar, elektr o’lchagich qisqichlar va kuchlanish ko’rsatkichlari, dielektrik rezina buyumlar va izolyatsiyalanuvchi kuyilmalar, ko’chma yerga tutashma va izolyatsiyali qo’lqopli montyorlar asbobi, ogoxlantiruvchi plakatlar shuning jumlasidan. Mavjud elektr qurilmalarda ishlarning xavfsiz va yuqori maxsuldor sharoitlari ta’minlash uchun elektr himoya vositalaridan tashqari turli noelektrotexnik himoya vositalaridan foydalaniladi.
1. Himoya ko’zoynaklari
2. Kaskalar
3. Qo’l qoplar
4. Protivogazlar
5. Balandlikda ishlar uchun – saqlovchi belbog’lar
6. Sug’urta dorlari
7. Montyorlik qo’l tirnoklar
8. Kuyma va osma zinalar (narvon)
9. Stremyanka narvonlar va boshqa.
Izolyatsiyali himoya vositalari insonning elektr izolyatsiyasini tok yuruvchi yoki yerga tutash qismlardan ta’minlaydi, shuningdek yerdan ham himoya imkoniyatiga qarab, ular asosiy va qo’shimchaga taqsimlanadi.
Asosiy izolyatsiyali elektr himoya vositalari yuqori elektr mustaxkamligi bilan ajralib turadi, uzoq vaqt elektr qurilmalarning ishchi kuchlanishini ushlab turadi, kuchlanish ostida xavfsizlikning tok yuruvchi qismilariga personalni tegish imkoniyatini beradi.
Unga quyidagilar kiradi:
1 kV gacha elektr qurilmalarda – izolyatsiyali shtangalar, izolyatsiyali va elektr ulchagichli kleshlar, dielektrik qo’l qoplar, izolyatsiyali qo’l qoplar bilan slesar – montaj asbobi, shuningdek, kuchlanish ko’rsatkichlari.
Qushimcha izolyatsiyalanadigan elektr himoya vositalari - elektr qurilmalar ishchi kuchlanishi ushlab turishga qodir bo’lmagan izolyatsiyaga ega va shuning uchun insonni tok urishdan himoya qilolmaydi.
Ular asosiy izolyatsiyali vositalarning himoya ta’sirini kuchaytirishga mo’ljallangan.
Asosiy himoya vositalaridan foydalanganda 1 gina qo’shimcha vositadan foydalanish yetarli.
1 kV gacha bo’lgan elektr qurilmada qo’shimcha izolyatsiya vositalar dielektrik kalishlar va gilamchalar, shuningdek izolyatsiyali quyilmalardan iborat.
Izolyatsiyali shtanga – ishchi kuchlanishida turlar elektr qurilma qismlarini tegish bo’lgan izolyatsiyali materialdan tayyorlangan sterjeng. Shtangalar barcha kuchlanishli qurilmalarda qo’llaniladi.
Shtangalarning 3 turi bor:

1.Tezqor – 1 qutbli ajratuvchi operatsiyalar, muvakkat ko’chma himoya yerga tutashmalar qo’yish, kuchlanish yo’qligini tekshirish va boshqa operatsiyalar.


2. O’lchovli – ishlayotgan elektr qurilmalarda lchovlar uchun. 3.Ta’mirlovchi – kuchlanish ostida bo’lgan tok yuruv qismlarda bevosita va
yaqinidagi profilaktik, tahmirlovchi va montaj ishlarini bajarish uchun. Turli ishlar uchun ishlatiladigan universal shtangalar mavjud: Xar bir shtanga 3 ta asosiy qismga ega:
1. Ishchi 2. Izolyatsiyalaydigan
3. Dastak
Korxonaning elektr ta’minoti tizimi 3 bosqichda:
1-tashqi elektr ta’minoti;
2-ichki elektr ta’minoti;
3-tsex ichki elektr ta’minoti.
Barcha bosqichlarda texnik yechimlar iqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslash asosida tanlab olindi. Korxona ichki elektr ta’minoti 2 variantda ko’rib chiqildi: 1-variant ta podstantsiyadan iborat elektr ta’minoti tizimi; 2-variantda esa ta podstantsiyali sxema ko’rib chiqildi. 2-variantda podstantsiyalarning yuklamasi meyyoriy qiymatga keltirildi. Elektr ta’minoti ishonchliligini ta’minlash uchun ikki transformatorli sxema, sektsiyalararo o’chirgichli shinalar tizimiq. Har bir variant texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar asosida tanlab olindi. Sarf xarajatlar xozirgi narxlarda xisoblandi. Elektr energiyasiga to’lovlar ikki stavkali to’lov stavkasi asosida xisoblandi. -variant va -variant yillik keltirilgan xarajatlarni ancha kam bo’ldi.

1-variant sxemasi va transformatorlarning yuklanish koeffitsientlari meyyoriy ko’rsatkichlarga to’g’ri kelgani uchun 2-variant sxemasi qabul qilindi. Keyinchalik qisqa tutashuv toklarini xisoblashni o`rgatiladi.


Maqsadimiz, korxonada elektr energiya isrofini kamaytirish va energiyani tejash hamda, korxonada qayta rekonstruktsiya o`tkazish, yong`in keltirib chiqarmaslikka erishish imkonini beradi.

Nazorat savollari:


1. Xonalarning va tashqi qurilmalarning elektr jihozlarining qo’llanilishi bo’yicha yong’in xavfi bo’yicha qanday klassifikatsiyalanadi?


2. Yong’in-portlash xavfi bo’yicha qanday klassifikatsiyalanadi?
3. Portlash xavfi bo’yicha qanday klassifikatsiyalanadi?
4. Barcha bino va inshootlar yong`inga chidamliligi bo’yicha nechta darajaga bo’linadi?

Yüklə 4,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə