O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/49
tarix26.03.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#84742
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
20. 5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)

“FIZIKAVIY KIMYo” fani 

Kimyoviy termodinamika asoslari 

 

Asosiy  tushunchalar:  termodinamik  sistema,  izolyatsiyalangan  sistema, 



yopiq sistema, ochiq sistema, gomogen va geterogen sistemalar, uzluksiz sistema, 

sistemaning  xolati,  termodinamik  parametrlar,  termodinamik  jarayon,  xolat 

funksiyasi,  aylanma  jarayon,  izobar,  izoterm,  adiabat,  izoxor,  izobar-izoterm  va 

izoxor-izoterm  jarayonlar,  qaytar  va  qaytmas  jarayonlar.  Intensiv  va  ekstensiv 

kattaliklar.  

 

Ideal  gaz  qonunlari:  Klapeyron-Mendeleyev,  Boyl-Mariott,  Sharl-Gey-



Lyussak.  Universal  gaz  doimiysi.  Xolat  tenglamalari  va  termik  koeffitsiyentlar: 

termik kengayish koeffitsiyenti, bosim ortishining koeffitsiyenti, izotermik siqilish 

koeffitsiyenti. Termik koeffitsiyentlarning o‘zaro bog‘lanishi.   

 

Issiqlik,  temperatura,  bosim,  ichki  energiya,  ish,  intensivlik  faktorlari, 



termometrik shkala, absolyut temperatura, termometrlar. 

 

Gazlarning  kinetik  nazariyasining  asosiy  tenglamasi  (Bolsman  tenglamasi). 



Gazlarning issiqlik sig‘imi. Issiqlik sig‘imining erkinlik darajasi bilan bog‘liqligi.   

 

Real  gazlar.  Van-der-Vaals  tenglamasi.  Gazlarning  kondensatlanishi.  Kritik 



nuqta. Bug‘ va gaz orasidagi farq. Keltirilgan bosim, hajm va temperaturalar.   

 

Kimyoviy 



termodinamikaning 

vazifasi. 

Fenomenologik 

(klassik) 

termodinamika, 

nomuvozanat 

jarayonlarning 

termodinamikasi, 

statistik 

termodinamika.  

 

Termodinamikani  birinchi  qonunining  ta’riflari.  Termodinamika  birinchi 



qonunining  matematik  ifodasi,  uning  integral,  differensial  hamda  xususiy 

ko‘rinishlari.  Kalorik  koeffitsiyentlar.  Termodinamikaning  birinchi  qonunini 

kalorik koeffitsiyentlar orqali ifodalash.  

 

Ideal  gazning  turli  jarayonlardagi  kengayish  ishi,  jarayon  issiqligi  va  ichki 



energiyaning  o‘zgarishi.  Joul  qonuni.  Ideal  gazning  adiabata  tenglamasi.  Puasson 

tenglamalari.  Entalpiya.  Gess  qonuni  va  undan  kelib  chiqadigan  xulosalar. 

Termokimyo.  Xosil  bo‘lish  va  yonish  issiqliklari.  Issiqlik  sig‘imining  haroratga 

bog‘liqligi. Reaksiya isiqlik effektining haroratga bog‘liqligi. Kirxgof tenglamasi.  

 

Termodinamikaning  ikkinchi  qonuni  va  uning  ta’riflari:  Tomson  (Kelvin), 



Ostvald,  Klauzius,  Karateodori.  Entropiya  tushunchasi.  Karno  sikli.  Foydali  ish 

koeffitsiyenti.  Qaytar  jarayonlar  uchun  termodinamikaning  ikkinchi  qonuni. 

Keltirilgan  issiqlik  va  uning  to‘liq  differensial  ekanligi.  Entropiya  ekstensivlik 

faktori  ekanligi.  Izolyatsiyalangan  sistemalarda  termodinamik  jarayonning  o‘z-

o‘zicha  borishini,  yo‘nalishi  va  chegarasini  belgilovchi  umumiy  ko‘rsatkich. 



Maksimal  ish  tushunchasi.  Energiyaning  dissipatsiyasi.  Entropiyaning  tartibsizlik 

o‘lchovi ekanligi.  

 

Qaytmas  jarayonlar  uchun  termodinamikaning  ikkinchi  qonuni.  To‘liq 



qaytmas 

jarayonlar. 

Qaytmas 

o‘z-o‘zidan  boruvchi  jarayonlar  uchun 

izolyatsiyalangan  sistemada,  izotermik  qaytar  jarayonlar  hamda  siklik  qaytmas 

jarayonlar uchun termodinamika ikkinchi qonunining ifodalari. Qaytar va qaytmas 

jarayonlar  uchun  termodinamika  ikkinchi  qonunining  ifodasi.  Termodinamika 

birinchi va ikkinchi qonunlarining umumlashgan tenglamasi.  

 

Termodinamikaning  2-qonunini  statistik  asoslash.  Bolsman  tenglamasi. 



Sistema  xolatining  termodinamik    ehtimolligi  bilan  uning  entropiyasi  orasidagi 

bog‘lanish.  Termodinamikaning  1-qonuni  absolyut  qonun  ekanligi  va 

termodinamikaning 2-qonunining statistik tabiati. Fluktuatsiyalar tushunchasi.   

 

Turli jarayonlarda entropiyaning o‘zgarishi.  



 

Termik va kalorik koeffitsiyentlar orasidagi bog‘liqlik.  

 

Termodinamik potensiallar. Xarakteristik funksiyalar. Izobarik-izotermik va 



izoxorik-izotermik potensiallar. Gibbs va Gelmgols energiyalari. Gibbs- Gelmgols 

tenglamalari. Kimyoviy potensial.  




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə