O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/49
tarix26.03.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#84742
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
20. 5A140501 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)

Infraqizil  (IQ)  spektroskopiya

.  Ikki  atomli 

molekulaning  tebranishi.  Ko‘p  atomli  molekulalarning  tebranishi.  Tebranish 

sathlari.  Xarakteristik  chastotalar.  Infraqizil  spektrofotometr,  asosiy  qismlari  va 

ularning  vazifalari.  Infraqizil  yutilish  spektri,  yutilish  polosasi  uning  chastotasi 

(tebranish soni) va intensivligi. Moddaning IQ spektri va uning molekula tuzilishi 

bilan aloqasi. 

Molekulyar lyuminessensiya 

Lyuminessensiyaning  ta’rifi,  turlari  va  boshqa  nurlanishlardan  farqi.  Molekulyar 

lyuminessensiyaning 

asosiy 

xarakteristikalari.Lyuminessensiya 

va 

lyuminessensiyani qo‘zg‘atish spektrlari. Lyuminessensiyaning energetik va kvant 



chiqishlari. Lyuminoforlar. Organik molekulalarning fluoressensiya xossasiga ega 

bo‘lishini  ta’minlovchi  shartlar.  Qo‘zg‘algan  molekuladagi  elektron  o‘tishlar, 

fluoressensiya 

va 


fosforessensiya 

spektrlarining 

hosil 

bo‘lishi.  Asosiy 



qonuniyatlari:  Kasha  qoidasi,  Stoks-Lommel  qonuni,  Levshin  qoidasi  (ko‘zgu 

simmetriyasi). 

Lyuminessensiyaning 

qo‘llanilishi. 

Lyuminessensiyaning 

intensivligi  va  lyuminoforning  konsentratsiyasi.  Muhim  lyuminessent  organik 

reagentlar. Noorganik va organik moddalarning miqdorini aniqlash. Lyuminessent 

analizning 

spektrofotometrik 

analizdan 

ustunligi 

va 


kamchiliklari. 

Xemilyuminessensiya  hodisasi  va  uning  analizda  ishlatilishi.  Molekulyar 

lyuminessent analizda ishlatiladigan asboblar va texnik vositalar. 

Elektrokimyoviy analiz usullari 

Elektrokimyoviy 

analiz 


usullarining 

umumiy 


tavsifi 

va 


sinflanishi. 

Elektrokimyoviy  zanjir.  Indikatorli  elektrod  va  solishtirma  elektrodlar. 




Elektrokimyoviy  muvozanat  potensiali.  Tok  o‘tayotganda  elektrokimyoviy 

zanjirlarda  kuzatiladigan  xodisalar:  kuchlanishning  qarshilik  ta’sirida  pasayishi, 

konsentratsion  va  kinetik  qutblanishlar.  Elektrokimyoviy  analiz  usullarining 

sezgirligi va tanlanuvchanligi. 

Elektrogravimetrik analiz 

Metodning  qo‘llanilish  soxalari,  qulayligi  va  kamchiliklari.  Doimiy  elektrod 

potensiali va doimiy tok kuchida elementning ajralishi. Ichki elektroliz metodi, uni 

mikroelementlarni  konsentrlash  va  aniqlashda  qo‘llanilishi.  Ishchi  elektrodning 

doimiy  potensiali  va  doimiy  tok  kuchida  simob  va  qattiq  elektrodlarni  qo‘llash 

orqali  elementlarni  ajratish.  Elektrolitik  ajratishda,  kompleks  hosil  bo‘lishdan 

foydalanish. O’ta sof materiallar analizida simob katodidan foydalanish. 

Bevosita potensiometriya 

Potensialni  o‘lchash.  Nernst  tenglamasi.  Qaytar  va  qaytmas  oksidlanish- 

qaytarilish  sistemalari.  Indikatorli  elektrodlar.  Ionometriya,  ion  selektiv 

elektrodlar,  sinflanishi.  Ionometriyaning  amaliyotda  ishlatilishi.  Eritmada  ionlar 

konsentratsiyasini  va  rN  ni  aniqlash.  Titrlash  jarayonida  elektrod  potensialining 

o‘zgarishi.  Ekvivalent  nuqtani  aniqlash  usullari.  Potensiometrik  titrlashda 

ishlatiladigan  reaksiya  turlari.  Potensiometrik  titrlashning  amaliyotda  ishlatilishi. 

Kislota va ishqorlar 

Kulonometriya 

Kulonometriyaningnazariy  asoslari.  Faradey  qonunlari.  Elektr  miqdorini  aniqlash 

usullari.  Bevosita  va  bilvosita  kulonometrik  analiz  (kulonometrik  titrlash). 

Kulonometrik  titrantni  ichki  va  tashqi  generatsiyalash.  Kulonometrik  titrlashning 

boshqa  titrimetrik  usullarga  nisbatan  afzalliklari  va  kamchiliklari.  Kulonometrik 

titrlashning amaliyotda qo‘llanilishi. 

Konduktometriya 

Bevosita  va  bilvosita  konduktometrik  usullar.  Past  va  yuqori  chastotali 

konduktometriya. 

Konduktometrik 

bo‘g‘in  (yacheyka)  va  ishlatiladigan 

elektrodlar. Konduktometrik titrlash egri chiziqlari va ularga ta’sir etuvchi omillar. 

Konduktometrik usullarning amaliyotda qo‘llanilishi. 

Voltamperometriya 

Voltampermetrik  usullarning  sinflanishi.  Indikatorli  elektrod  va  solishtirma 

elektrodlar.  Simob  elektrodining  afzalliklari  va  kamchiliklari.  Voltampermetriya 

egriligi  (polyarogramma)ni  olish  va  tavsiflash.  Kondensatorlik,  migratsion  va 

diffuzion  toklar.  Chekli,  diffuzion  tok.  Polyarografiya.  Ilkovich  tenglamasi. 

Polyarografik  to‘lqin  uchun  Ilkovich-Geyrovskiy  tenglamasi.  Yarim  to‘lqin 




potensiali  va  unga  ta’sir  etuvchi  omillar.  Polyarogafik  sifat  va  miqdoriy  analiz. 

Voltamperometrik analiz usullarining takomillashtirligan xillari. 

Amperometriya 

Amperometrik  titrlash,  usulning  mohiyati.  Indikatorli  elektrodlar.  Indikatorli 

elektrod  potensialini  tanlash.  Bir  va  ikki  indikatorli  qutblangan  elektrodlar 

yordamida amperometrik titrlashlar, titrlash egrilarining ko‘rinishlari. Cho‘ktirish. 

Kompleks  hosil  qilish  va  oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalarining  ishlatilishi. 

Polyarografik va amperometrik analiz usullarining amaliyotda ishlatilishi. 

Xromatografik analiz usullari 

Xromatografiyaning  moxiyati.  Harakatli  va  harakatsiz  fazalar  hakida  tushuncha. 

Harakatli  va  harakatsiz  fazalar  agregat  holati,  ajratish  mexanizmi  va  ishlash 

mexanizmiga 

ko‘ra 

xromatografik 



usullarning 

klassifikatsiyasi. 

Xromatogrammalarning  olish  usullari  elyuyent,  siqib  chiqarish  va  frontal). 

Xromatogrammaning  asosiy  ajratish  kattaliklari.  Xromatografiyaning  asosiy 

tenglamasi.  Xromatografik  ajratishning  selektivlik  va  samaradorligi.  Nazariy 

tarelkalar  nazariyasi.  Kinetik  nazariya.  Xromatografik  analizni  maqbullashtirish. 

Xromatografik sifat va miqdor analiz usullari. 

Aktivatsion analiz 

Aktivatsion analizning fizikaviy asoslari. Issiq neytronlarda o‘tkaziladigan neytron 

ativatsion  analiz.  Turg‘un  elementlarni  radioizotoplarga  aylantirish.  Indikator 

radioaktiv nuklidlar. Aktivatsion chiqish. Radioizotoplarning yarimemirilish davri 

va  radioaktivlik.  Radioaktiv  yemirilishning  turlari.  Aktivatsion  analizning  asbobli 

va  radiokimyoviy  usullari.  Radioaktiv  nurlanishni  o‘lchash  detektirlash  usullari. 

Ajratib  ko‘rsatishi  yuqori  bo‘lgan gamma  spektrometr  va  uning  tarkibiy  qismlari. 

Ko‘p kanalli analizator. Gamma spektrning hosil bo‘lishi va ko‘rinishi. Spektrning 

ko‘rinishiga  ta’sir  etuvchi  jarayonlar.  Gamma  spektrometrning  muhim 

xarakteristikalari.  Miqdoriy  analizning  absolyut  va  nisbiy  usullari.  Standart  va 

namunani  nurlantirish.  Topish  chegarasi  va  aniqligi.  Xalaqit  beruvchi  yadro 

reaksiyalari.  Neytron  aktivatsion  analizning  (NAA)  qo‘llanilishi.  Geokimyo, 

kosmokimyo  va  atrof  muhit  obe’ktlarini  analiz  qilish.  Biomeditsinaga  qo‘llash. 

Neytron aktivatsion analizning boshqa usullardan ustunligi. 

Mass-spektrometriya usuli 

Mass-spektrometriya  usuli,  sinflanishi,  analitik  tavsiflari,  ionlanish  manbalari. 

Detektorlar;  Faradey  elektrometri  va  elektron  ko‘raytirgich.Organik  va  noorganik 

kimyoda  qo‘llaniladigan  mass-spektrometrlarning  farqi.  Mass-spektrometriyaning 

noorganik  moddalarning  element  tarkibini  aniqlashda  qo‘llanilishi.  Organik 

moddalarning molekulyar massasini topish. 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə