O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə5/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
402. Shukurova S. BMI

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Lingvokulturologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada shakllangan til tadqiqining yangi sohasidir. Ushbu sohaning shakllanishiga asos bo‘lgan dastlabki tadqiqotlar V.Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya va E.Sepir kabi tilshunoslarning asarlarida o‘z aksini topadi.
Til va madaniyatning bog‘liqligi, madaniyatning tilda aks etish muommosi bilan bog‘liq masalalarning metodologik asosi yaqin yillardagina boshlandi. Ularning asosini V.V.Vorobyov, Yu.S.Stepanov, A.D.Arutyunova, V.M.Shaklein, V.N.Teliya, V.A.Maslovalarning ishlari tashkil etadi.
Shu paytgacha bo‘lgan ushbu lingvokulturologik tadqiqotlarda, asosan, quyidagi masalalarni tadqiq etilganini ko‘rish mumkin:
1) muayyan nutqiy janrning lingvokulturologik xususiyatlari. Bunda miflar, xalq og‘zaki ijodiga xos janrlar tili o‘rganilgan;
2) muayyan uslubda yozilgan asardagi lingvomadaniy konseptning ifodalanishi tadqiqi. Bunda asosan badiiy-nasriy asarlar tili tahlil etilgan;
3) qiyosiy yo‘nalishdagi tadqiqotlar. Bunda ko‘proq rus tilidagi birliklar ingliz, nemis, fransuz tillari bilan qiyoslangan;
4) lingvokulturologiyaning pedagogika fani bilan bog‘liq jihatlari. Bunda ijtimoiy fanlarda o‘quvchi va talabalarga lingvokulturologik birliklarni aniqlash va tahlil etish maqsad qilib olingan.
O‘zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo‘nalishda qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Z.I.Soliyevaning nomzodlik ishida o‘zbek va ingliz tillaridagi sentensiya, ya’ni axloqiy-ta’limiy xarakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlari yoritilgan3. R.S.Ibragimovaning nomzodlik dissertatsiyasida ayol konseptining o‘zbek va fransuz tillarida ifodalanish yo‘llari tadqiq etilgan4. D.Xudoyberganovaning “Matnning antroposentrik tadqiqi” nomli monografiyasining alohida bobi o‘zbek tilidagi matnlarning lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan5. Shuningdek, professor N. Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab…” nomli maqolasida lingvokulturologiyaning mohiyati va bu sohadagi muammolar ko‘rsatib berilgan6.
Bundan tashqari A.Nurmonovning “O‘zbek tilida lingvokulturologik yo‘nalish”, N.Sayidrahimovaning “Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim mulohazalar”, “Lingvokulturologiyaning komponentlari” nomli maqolalarida lingvokulturologiya fanining mohiyati, predmeti va obyekti masalalari o‘rganilgan.
Qoraqalpoq tilida til birliklarini tadqiq qilishda Tolstov S.N., Baskakov N.A., Malov S.Ye., Morozova A.S., Jdanko T.A., Tolstova L.S., Kamolov S.K., Bekmuratova A.T., Allamuratov A., Mambetov K., Allaniyazova Sh. va boshqalarning xizmatlari benihoya kattadir7. Shuningdek, qoraqalpoq tili tarjima, izohli va dialektologik lug‘atlarida, «Қарақалпақша кѳркем-ѳнер атамалары сѳз-
лиги» da til birliklari qayd etilgan8.
Mazkur BMIda biz yuqorida qayd etilgan ishlarga tayangan holda o‘zbek va qoraqalpoq tillarida leksema, so‘z va so‘z birikmalari, muqobilsiz leksika va lakunalar, mifologiyalashgan til birliklari, ramz, stereotip va o‘xshatishlar, tilning paremiologik fondi (maqol va matal) hamda frazeologik fondi (ibora)ni, muloqot shakllari, nutqiy etiketlari, umushlashtirib aytganda til birliklari, xususan, lingvokulturemalarini lingvokulturologik jihatdan tadqiq qilishga e’tibor qaratdik.

Yüklə 150,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə