O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Beruniy fan va taraqqiyot timsoli



Yüklə 471 Kb.
səhifə5/6
tarix08.06.2022
ölçüsü471 Kb.
#89143
1   2   3   4   5   6
Abu Rayhon Beruniyning Osor ul-boqiya asari haqida

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

2.2. Beruniy fan va taraqqiyot timsoli,

jahon astronomiya va geografiya fani olimi.


Mustaqillika erishganimizdan keyin xalqimizning o’z tili, madaniyati, qadriyatlari va tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bizning Vatanimiz nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Ana shunday allomalardan biri buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniydir.
Beruniyning olim va mashhur tabiatshunos sifatidagi asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, uning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan Beruniyning merosini tadqiq qiluvchi ko’pgina olimlarning e'tiroficha, u o’z davrining ajoyib qomusiy olimi bo’lgan.
Abu Rayhon bilim doirasi nihoyatda keng olim bo‘lgan. U o‘z asarlarida dunyoning cheksizligini, qit’alar va okeanlar doimo o‘zgarib turishini, ya’ni bir suv bosib, bir tog‘ ko‘tarilib, davr o‘tishi bilan dengizlar cho‘lga aylanib turi­shi hodisasini ilmiy asoslagan. Beruniy O‘rta Sharq olimlari orasida birinchi bo‘lib Yerning dumaloq shaklda ekanligini isbotladi va Yer Quyosh atrofida aylanadi, degan fikrga keldi. U Yer shari o‘lchamini aniqladi, 5 metrli globus yasadi, dunyo xaritasini chizdi. Dunyoning qayerida qanday boyliklar borligini, dengiz suvining har kuni ikki marta qalqib-qaytib turishini, Oy va Quyosh tutilishlari­ning sababini soddagina qilib izohlab berdi. Amudaryo qaysi vaqtda toshib, qaysi vaqtda sayozlanib qolishi jadvalini tuzdi. Beruniyning o'sha davrda yaratgan kashfiyotlaridan biri - globus ixtiro etganligidir. Beruniy asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi va trigonometriya tushunchalari ma’lum tartibda tushuntiriladi. Geografiya, geodeziya va geologiya fanlari sohasida ham olimning qo‘shgan hissasi katta. U ijtimoiy nazariyalar sohalarida ham samarali ijod etdi. Buyuk olimning falsafiy qarashlari o‘z davri uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Beruniyning ta’kidlashicha, tabiat beshta elemetdan: bo’shliq, havo, suv, olov va tuproqdan hosil bo’lgan deb aytib o’tadi. Beruniy qadimgi yunon olimi Ptalomeyning Yer olamning markazi bo’lib, u harakatlanmaydigan sayyoradir, degan ta’limotiga tanqidiy ko’z bilan qaragan va Yer Quyosh atrofida harakatlansa ajab emas, u yumolaq shaklda deb ta’kidlagan. Beruniy polyak astronomi Kopernikdan 500 yil avval Quyosh sistemasining tuzilish asoslarini to’g’ri tasavvur qilgan. U Quyosh atrofida sayyoralar aylanishini, Yer esa ana shu sayyoralardan biri ekanligini aytadi. Uning fikricha, y Yer yuzasida doimo o’zgarishlar sodir bo’ladi. Suvsiz joylarda asta-sekin daryolar, dengizlar paydo bo’ladi. Ular ham o’z navbatida joylarini o’zgartiradi. Beruniyning qayt qilishicha, hayvonlar, o’simliklar rivojlanishi uchun sharoit cheklangan, shu sababli tirik mavjudotlar orasida yashash uchun kurash boradi. Bu kurash ular hayotining mohiyatini tashkil etadi. Agar atrofdagi tabiat o’simlik va hayvonlar biror turning urchishiga monelik ko’rsatmaganda, bu tur butun yer yuzasini egallagan bo’lardi. Biroq bunday urchishga boshqa organizimlar qarshilik ko’rsatadi. Ular orasidagi kurash ko’proq moslashgan organizimlarni ro’yobga chiqaradi. Beruniyning yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish haqidadi fikrlariga asoslanib vatandoshimiz evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillarini ingliz tabiashunosi CHarlz Darvindan 800 yil ilgari ta’kidlab o’tganligini ko’rsamiz.
Beruniyning uqtirishicha, tabiatda hamma narslar tabiat qonunlariga muvofiq yashaydi va o’zgaradi. U tirik tabiatning tarixiy taraqqiyotini e’tirof etmasada, asalarilar o’simliklardan, qurtlar go’shtdan, chayonlar anjirdan paydo bo’ladi, deb faraz qilgan. Yer yuzining o’zgarishi o’simlik va hayvonlarning o’zgarishiga olib kelgan. Beruniy odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati, axloqi turlicha bo’lishiga irsiyatgina emas, balki tuproq, suv, havo, muhit sharoiti sababchi deb e’tirof etadi.
Beruniy fikricha, odam o’z rivojlanishi bilan hayvonlardan anchagina uzoqlashib ketgan. U xalqlarni tabaqalarga bo’lish, ularning biri yuqori, ikkinchisi past ko’rish nodonlikdan bo’shqa narsa emas deb uqtiradi.
Tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabat eng og’ir, yechimi mushkul muammo. Inson faoliyati ta’sirida qurg’oqchilikning kuchaya borayotganligi, cho’llanish, suv zahiralari kamayib, tabiiy muhitni ifloslanishi kuchayib, suv, havo va ayniqsa oziq-ovqatning tansiqligi, yer yuzi aholisini to’rtdan bir bo’lagida ocharchilik mavjudligi va uni oldini olish hozirgi zamonning dolzarb muammolaridan ekanligi ko’pchilikka ma’lum. Tabiat qonunlarini har tomonlama o’rganishni hayotni o’zi taqozo qilayotir.
O’simliklar va hayvonot olamining eng sodda turlaridan tortib, eng yuksak taraqqiy etgan turlariga qadar tuzilishidagi umumiylik qonuniyatlari; viruslar, bakteriyalar, suvo’tlari va quruqlikda tarqalgan o’simliklar va hayvonot olami; hozirgi zamon antropologiya, paleantologiya, biorganik ximiya, molekulyar biologiya, biosfera haqidagi ta’limot; insonning tarixiy taraqqiyoti jarayonida tabiat va jamiyatning o’zaro almashinuvida sodir bo’lgan va bo’layotgan o’zgarishlar; antropogen ta’sir tufayli sodir bo’layotgan global o’zgarishlarni o’zida mujassamlantiradi.
Beruniyning hamma kitoblarida fan hamisha amaliyotga, kishilar­ning xo‘jalik faoliyatiga xizmat qilishi kerakligi uqtirilgan. U 75 yil umr ko‘rdi. Shu davr ichida 160 ga yaqin kitob va risolalar yaratdi. Asarlari matematika, astronomiya, geografiya, geologiya, farmakologiya, kartografiya, tarix, til, adabiyot sohalariga, shuningdek etnografiya, falsafa va boshqa fan sohalariga ba­g‘ishlangan. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G’aznada vafot etgan.
Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog‘liq, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida, deb yozadi. Beruniy ma’rifat dushmanlariga, qoloq urf-odatlarga, adolatsizlikka murosasiz edi. Buyuk olimning ko‘pgina asarlari o‘sha zamonlarda yashab o‘tgan xalqlarning ijtimoiy, xo‘jalik, siyosiy hayotida butun bir qomus bo‘lib xizmat qilgan.13
Beruniyning boy ilmiy merosi hali to’la o’rganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evkilid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta’limotlari bo’yicha dars olgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash“ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini o’lchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. Miloddan avval o’tgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan avvalgi 250-yilda iskandariyalik olim Eratosfen Yer shar shaklida deb, uning o’lchamlarini quyidagicha aniqlagan. Iskandariya bilan Sienya (hozirgi Asvon) shaharlari orasidagi masofani karvonlarning yurish muddati bilan o’lchaydi, keyin bu qiymatni ikki shahar kengligining ayirmasiga bo’ladi va Yer radiusini 6840 kilometr deb chiqaradi. Bu gradus meridian yoyining uzunligi esa 119,444 bo’ladi yoki meridian yoyining uzunligi 70 121 ga tengligini aniqlab, bu yoy meridian aylanasi uzunligining 1/50 qismi ekanligini hisoblagan. Yer meridian aylanasining uzunligi 39500 kilometrga yaqin bo’lsa kerak, degan fikrga kelgan. Eratosfendan so’ng Misr, Xitoy va yunon olimlaridan bir qanchasi Eratosfen o’lchagan usul bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar. O‘rta asrlarda Yerning hajmini aniqlashda yurtimizdan yetishib chiqqan olimlarning xizmatlari katta bo’lgan. Muso Muhammad bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,8 kilometrga tengligini isbotlab bergan.
Bag’dodda tashkil topgan „Donishmandlik uyi“ nomli o’sha davrning fanlar akademiyasida O‘rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg’oniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu „Donishmandlik uyi“ning a’zosi bo’lib, u yerda 7 yil ishlagan. Uning yozishicha, xalifa Ma’mun buyrug’iga binoan „Donishmandlik uyi“ning olimlari ikki guruhga bo’linib, Iroqning Mosul shahri g’arbidagi Sanjar sahrosida gradus o’lchash usuli asosida Yer kattaligini aniqlashga kirishishgan, bunda Xolid al-Marvaridiy bir guruhga, Abu ibn Iso as Asturlobiy ikkinchi guruhga rahbarlik qilgan. Har qaysi guruh o’zi o’lchab topgan natijalar bo’yicha bir gradus meridian yoyning uzunligini hisoblagan. Birinchi guruhdagilarning hisoblashicha, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,815 kilometrga teng chiqqan, ikkinchi guruh topgan qiymat 1315 metr kam bo’lgan. Beruniy natijalar o’rtasidagi bu tafovutning sababi ikki xil o’lchashda, deydi va o’zi bu natijalarni tekshirib ko’rishga qiziqib, gradus o’lchash ishlarini olib bormoqchi bo’ladi. Buning uchun u Dehiston dashtini (Kaspiy dengizining janubi-sharqiy qismi) tanlagan, lekin yordamchisi va yetarli mablag’i yo’qligi uchun bu ishni amalga oshira olmagan. Yer o’lchamini gradus o’lchovi usuli bilan aniqlash uchun ma’lum kenglikda tekis joy kerak bo’ladi va bu yerda bir necha o’n kilometr aniq o’lchanishi lozim. Bu ish ko’p vaqt, katta mablag’ va puxta tayyorgarlik talab qilardi. Bu haqda Beruniy: „Yer aylanasi uzunligini sahroni kezib yurmasdan quyidagicha aniqlash mumkin. Buning uchun dengiz sohilidagi yoki tekis joyda qad ko’tarib turgan baland toqqa ko’tarilib quyosh chiqishi yoki botishi oldidan quyosh gardishining yarmi ufq orasida bo’lgan vaqtda doirali armillyar asbob bilan uning pasayish burchagi o’lchanadi“ deydi. Ufq pasayishini o’lchash usulini chizma va formulalar yordamida tushuntiradi. Bunda, tog’ tepasida quyosh chiqishi yoki botishiga qarab ko’rish nurining tog’ tepasidan o’tgan gorizontal chiziq bilan hosil qilgan burchak o’lchanadi.
Abu Rayhon Beruniy Yerning kattaligini o’lchashda yangi usul qo’llab, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,16 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Beruniy Yerning radusini o’sha davr uchun aniq o’lchab bergan. U Yerning meridian aylanasining uzunligini 40183 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Sulton Mahmud G‘aznaviy Hindistonga qilgan safarining birida Beruniyni ham birga olib ketadi, yo’lda sharqiy Pokistonning Mo’lton shahrida vaqtincha istiqomat qilishga to’g’ri keladi. U o’zga yurtda bo’lishiga qaramay, fursatdan foydalangan holda Mo’ltondan 400 kilometr g’arbdagi Nandna qo’rg’onida Yer kurrasi o’lchamini aniqlashga kirishadi, avval shu joyning geografik kengligini o’lchab 320001 ga teng ekanligini aniqlaydi. So’ngra ufqning pasayish burchagini o’lchaydi. Bu haqda olimning o’zi quyidagicha yozadi: „Hindiston yeridagi Nandna qo’rg’onida istiqomat qilishimga to’g’ri keldi. Qo’rg’onning g’arb tomonida baland tog’, janubiy tomonida esa keng sahroni ko’rdim va shu on (ufq pasayishini o’lchash usulini) sinab ko’rishga kirishdim. Tog’ tepasidan turib yerning lojuvard rangdagi osmon bilan tutashganini yaqqol ko’rdim. Qarash chizig’i vertikalga perpendikulyar bo’lgan chiziqdan 00 341 pasaydi. Perpendikulyar bo’lgan tog’ balandligini o’lchadim, u shu yerda qo’llanadigan o’lchovda 652,055 cho’zim (gaz)ga teng keldi“.
Beruniy o’lchab topgan qiymatlar bo’yicha o’ziga xos usul bilan Yer kurrasi radiusining uzunligi 12803337,036 gazga teng ekanligini hisoblab chiqardi. Agar bir gaz 0,4933 metr ekanligini e’tiborga olsak, Yer kurrasi radiusi uzunligi, Beruniy hisobicha, 6315,886 kilometr bo’ladi. Bu raqam hozirgi vaqtda olingan qiymatdan juda kam farq qiladi, ya’ni xatolik radius uzunligining 0,9 foizini tashkil etadi. So’ngra Beruniy shu 320 001 kenglikdagi bir gradus meridian yoyning uzunligi 223550,329 gaz yoki 110,277 kilometr ekanini hisoblab chiqadi. Bu raqamni hozirgi davrda aniqlangan bir gradus yoyning qiymati 110,885 kilometr bilan taqqoslasak, bundan ming yil ilgari Beruniy bir gradus yoy uzunligini hisoblashda atigi 618 metr xato qilganligi ma’lum bo’ladi. Yer aylanasining uzunligini aniqlash, Beruniy aytganidek, sahrolarni kezib 10 yoy uzunligini aniqlashga nisbatan aniq va qulay. Shu bois, u trigonometrik usullardan foydalanib, tog’ balandligini o’lchashda avvalgi astronomlardan ham aniqroq natijaga erishgan. Yer aylanasining uzunligini topish haqida Beruniy bunday deydi: „Yer aylanasining uzunligini topish uchun hamma hollarda ham shu topilgan topilmani, ya’ni radiusni ikkilantirib 22 ga ko’paytir, hosil bo’lgan ko’paytmani 7 ga bo’l, shunda sen o’lchagan birliklarda Yer aylanasining uzunligi kelib chiqadi“.
Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, Beruniyning geografiyaga oid asarlarining soni 20 dan ortadi. SHundan 4 tasi bizgacha to‘la etib kelgan. Ushbu asarlar haqidagi ayrim ma’lumotlar olimning zamondoshlari va undan keyin yaratilgan manbalarda keltirilgan.
Muhimi shundaki, Beruniyning deyarli barcha geografik asarlari asosan matematik geografiya va tabiiy geografiyaga oiddir. CHunonchi, bizgacha etib kelgan asarlari sifatida kuyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1. «Erning obod qismlaridagi kenglik va uzunlikni aniqlash haqida risola» (2), «Tog‘ tepasida turib ufq. pastligini kuzatish orqali atrofdagi erlarning kattaligini aniqlash haqida risola» (3), «Olamdagi mavjud isish sabablarining sifati va yil fasllarining turlichaligi haqida»(4), «Toshlar haqida kitob»(5), «Iqlimlarning taqsimlanishi haqida kitob» va hokazo.
Olimniiig bizning davrimizgacha to‘la etib kelgan va o‘zining ilmiy geografik ahamiyatini hanuz yo‘qotmagan yirik asarlari «Osor-ul-boqiya», «Kartografiya», «Geodeziya», «Hindiston», «At-Tafxim», «Konuni Ma’sudiy», «Mineralogiya» va «Saydana» lardan iborat.
Beruniyning «Osor-ul-boqiya», «qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari uning ob-havo va iqlim to‘g‘risidagi tasavvurini ancha oydinlashtirishga xizmat qiladi.
Olim ob-havo omillari (joyning geografik o‘rni, dengizlardan uzoq-yaqinligi, relefi, asosiy shamollarning yo‘li ochiq yoki berk ekanligi, bulutlilik va x.k) va elementlari (harorat, yog‘inlar va ularning turlari, shamollar) haqida fikr yuritadi. Hatto iqlim tushunchasini to‘la-to‘kis bayon qilib, turli iqlimlarning qaror topishi va xududiy tarqalishi haqida aniq, to‘g‘ri xulosalar chiqaradi. «Aniqki, yog‘in (bizning mamlakatlarda) qishda ko‘proq yog‘ishi, yozda kamroq, tog‘larda ko‘proq.»(1) deb yozadi olim.
Ob-havo va iqlimga oid bu kabi o‘ziga xos fikrlar Beruniyning ikkinchi yirik geografik asari «Kitobu fi tashik as-sovur va tabtix as kuvor»(1), ya’ni kartalar va er shari yuzasini bilish kitobini zamondoshlarimiz «Kartografiya» deb ataydilar. Aslida esa bu asarda astronomiya, geografiya va kartografiyaga oid bilimlar uyg‘ulashib ketgan. Beruniy, dastlab, bu bilimlarning ilmiy va amaliy axamiyatini ta’kidlaydi, so‘ngra astronomiya va undan foydalanish usullari, gradus to‘ri, kartografik proeksiyalar, qabariq er yuzasini gorizontal yuzaga (kartaga) tushirish, osmon globusini yasash kabi masalalarni keng bayon qiladi. «Geodeziya» asarida (to‘la nomi «Kitobu taxdidi nihoyat ul-amokinli tasxihi masofat ul-masokin», «Turar joylarning oralaridagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash xaqida kitob») geodezik bilimlardan tashqari, Xorazm voxasi tabiiy geografiyasi va toponimikasiga oid qiziqarli ma’lumotlar berilgan.
Tabiiy geografiya va dinamik geologiyaga oid mazmunli geografik g‘oyalari olimning «Hindiston» («Kitobi fi taxkiki molil hind min ma’kula maqbula fil akl av marzula» (Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi) asarida ham ko‘plab uchraydi.14
Buyuk zakovat egasi XI asrning birinchi yarmidayok, o‘zan oqimida jinslarning o‘ziga xos tarqalish va to‘planish qonuniyatini kashf qiladi. Bu qonuniyatga ko‘ra suv oqimi bo‘ylab yotqizilgan cho‘kindi jiislarning katta-kichikligi suv oqimining kuchiga to‘g‘ri proporsionaldir, ya’ni oqim qancha kuchli bo‘lsa, shuncha katta jinslar yotqiziladi va aksincha. Undan tashqari, Beruniy Hind — Gang pasttekisligining o‘rni geologik o‘tmishda dengiz tagida bo‘lganligi va bu hudud asosan suv yotqiziqlari to‘planishidan hosil bo‘lgan akkumlyativ pasttekislik ekanligini ochiq oydin yozgan(4).
Olimning oqar suvlar keltirgan cho‘kindilarniig to‘planishidagi bosqich mavjudligi haqidagi ta’limotini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi V.I.Popovning fatsial-porogenetik mintaqalar to‘g‘risidagi xulosalari ham tasdiqlaydi. Bu mintaqalar vodiy suv oqimidagi yotqiziqlar va suv osti deltasi paydo bo‘lishi bosqichlaridir.
Beruniyning ommabop usulda yozgan «At-tafxim» nomli astronomik asarida ham geografik-kargografik mazmundagi ko‘plab muammolar o‘rtaga tashlanadi va sharxlanadi. Olimning geografik merosida uning eng yirik asari - «Qonuni Ma’sudiy» ya’ni «Astronomiya fanida Ma’sud nomiga yozilgan qonun» aloxida o‘rin tutadi.O‘n bitta-qismdan iborat bu asar olamning tuzilishi yillar va kalendarlar, trigonometriya va astronomiyaga oid bilimlar, shuningdek, matematik geografiya va kartografiyaga oid. masalalarga bag‘ishlanganligi sababli uning mazmuni va ahamiyati haqida maxsus to‘xtab o‘tirmadik.
Olimning yana bir diqqatga sazovor asarlaridan biri «Mineralogiya»dir. Unda o‘lkashunoslik, tabiiy geografiyaga oid fikrlar bayon qilingan. Bu asarning to‘la nomi «Kitob al-jamoxir fi ma’rifat al javoxir», ya’ni (Javharlarni tashish uchun jam kitob) bo‘lib, u o‘rta asrlarda faqat u O‘rta Osiyo emas, Balki YAqin SHarq.va hatto butun Evropada mineralogiyaga oid eng yaxshi asarhisoblanadi
«Mineralogiya» geografik jihatdan foydali qazilmalarning tarqalish qonuniyatlari bayon etilganligi bilan ahamiyatlidir(2). Muallif ayrim minerallar konlarining tarqalgan joyini ko‘rsatar ekan, shu konlar topilgan mamlakat va viloyatning nomini aytish bilan cheklanmay, bu konlar atrofdagi qishloqlarning nomlarini ham qayd qiladi. Ayrim o‘rinlarda konlardan tashqari, toshlarga sayqal berib qayta ishlanadigan markazlar haqida ma’lumot beriladi. '* .
Mana shunday tog‘ kon kasb-korligining mashhur markazlaridan biri; Tojikistondagi Badaxshon shahri bo‘lgan. Unga qimmatbaho toshlar hozirgi Ishkoshim qishlog‘i yaqinidagi Varzpanj degan joydagi konlardan keltirilgan(1),
Asarning birinchi qismida qirqqa mineral va organik birikmani aniqlash usullari bayon etiladi. Olim minerallarning xossalarini aniqlashda ularning qattiqligini singandagi rangining va boshqa o‘zgarish holatlari xususida ilmiy asoslangan fikrlarni bildiradi. .
Abu Rayxon Beruniy fan tarixida birinchilardan bo‘lib minerallarning solishtirma og‘irligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Metallar solishtirma og‘irligini aniqlashda u sof oltinni etalon qilib olgan(4). ' -
Nihoyat Beruniyning so‘ngi asari - «Saydana» nomi bilan mashhur «Dorivor. o‘simliklar haqida kitob» xam ulkamiz tabiatshunosligida muhim o‘rin tutadi. Unda muallif O‘rta Osiyodagi ko‘plab dorivor usimliklar geografiyasiga oid ma’lumotlar keltiradi.
SHarqshunoslarning taxminicha, Beruniy 150 tacha asar muallifidir, ba’zi mutaxassislar esa olim 180 tacha kitob yozgan, degan fikrdalar.
SHarqshunoslarning eng keyingi hisobiga ko‘ra, Beruniy asarlari quyidagicha taqsimlanadi: astronomiyaga oid - 70 ta; matematikaga - 20 ta; geografiya-geodeziyaga - 12 ta; kartografiyaga - 4 ta; iqlim va ob-havoga - 3 ta; mineralogiyaga - 3 ta; falsafaga - 4 ta; fizikaga - 1 ta; dorishunoslikka - 2 ta; tarix, etnografiyaga - 15 ta; adabiyotga oid asari esa 28 tadir.
Beruniy Ptolemeyning «Geografiya»siga qisqacha sharx ham yozgan va uning bu asari «Kitob taqosim va aqolim» («Iqlimlar bo‘linishi kitobi»), deb ataladi. Mazkur asarning dunyo tabiiy geografiyasiga oid kitob ekani uning nomidan ham ko‘rinib turibdi.
Biz yuqorida qomusiy olim, serqqirra ijod sohibi Abu Rayxon Beruniyning tabiiy fanlar, xususan, o‘lkamiz tabiiy geografiyasiga ko‘shgan hissasi haqidagina qisqacha to‘xtalib o‘tdik. Aslida olimning geografiya fanining boshqa tarmoqlari sanalgan umumiy, tabiiy geografiya, mamlakatshunoslik va kartografiyaga oid tadqiqotlari ham o‘ziga xos ilmiy g‘oya hamda, muhim umumlashmalarga boydir. Binobarin amerikalik taniqli olim D.Sarton jahon tabiiy fanlarining XI asrning ikkinchi yarmidagi rivojlanish bosqichini «Beruniy davri» deb atashni tavsiya etganligi bejiz emas. Xullas, buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy merosini o’rganish, uni o’quvchi va talabalarga yetkazish azaliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi. Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o’rta asrlarning buyuk qomusiy olimlaridan edi. Uning buyukligi o’sha davrning deyarli barcha fanlariga qo’shgan betakror ilmiy merosida namoyon bo’ladi. Beruniyning olimlilik salohiyatiga mashhur sharqshunos olim I.Yu. Krachkovskiy „uning qiziqqan ilm sohalaridan ko’ra qiziqmagan sohalarini sanab o’tish osondir“ deb baho bergan edi. G’arb tadqiqodchilaridan M.Meyerxoff esa „Beruniy musulmon fanini namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo’lishi kerak“ degan fikrni bildiradi.

Xulosa


Xulosa sifatida ta’kidlash joizki, Abu Rayxon Beruniy fanning deyarli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha buyuk kashfiyotlar qilgan qomusiy olimdir, buyuk allomalarimizning ma’naviy merosini o’rganishda falsafiy fikrlarning shakllanishi kelgusi fan taraqqiyoti uchun muhum ahamiyat kasb etadi.
Alloma zamondoshlari iborasi bilan aytganda uning qo‘li xech qachon yozishdan to‘xtamagan, nigohi muttasil kuzatish bilan band bo‘lgan, qalbi esa fikrlashga qanot bog‘lab turgan. Xozircha olimning ma’lum bo‘lgan 154 nomdagi asarlari geografiya, astronomiya, tarix, geologiya, gidrogeologiya, geodeziya , mineralogiya, fizika, kimyo, botanika, farmakoligiya kabi soxalarga aloqadordir. Ana shu asarlardan bizgacha 30 tasigina etib kelgan xolos. « O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», « Xindiston», «Mineralogiya», « Geodeziya» kabi yirik asarlar olimga tom ma’noda jaxonshumil obru va shuxrat keltirdi. U kishilik jamiyati tarixida ilk bor erning dumaloq shaklda ekanligini aniqlab, globusni yaratdi. Bu paytda ulug‘ alloma endigina 21 baxorni qarshilagan edi. Beruniy chizgan dunyoning geografik xaritasi ko‘p yillar sayyoxlarga yo‘llanma bo‘lib kelgan. U erning radiusini aniqlagan, xatto proeksiyaning 3 xilini topganligi ma’lum. Buyuk mutafakkir o‘z asarlarida Xristofor Kolumbdan 460 yil avval Amerika qit’asi borligini bashorat qilgan.
Beruniy o‘zining 45 dan ortiq falakiyotga oid asarlarida Kopernikdan qariyb V asr ilgari olamning markazi Er emas, Quyoshdir degan xulosa chiqardi, Erning Quyosh atrofida aylanishini birinchi bor o‘rtaga qo‘ydi. Bu borada olimning « Astronomiya kaliti», «Qonuni mas’udiy», «Attafxim» kabi asarlari bebahodir. Beruniyning yirik asarlaridan biri «Al osorul bokiya anil kurunil xoliya» (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar)dir. 27 yoshlik paytida bu asarda alloma o‘zining hayotiy kuzatuvlari asosida yunonlar, rimliklar, forslar, sug‘diylar, xorazmiylar, yahudiylar, arablar va boshqa xalqlarning yilnoma tizimlarini bir-biriga taqqoslab, ularning kelib chiqish tarixini tahlil qilib beradi. Bu asarda yana Turonzamin xalqlarining tarixi, urf-odati va madaniyatiga oid masalalar ham o‘z ifodasini topgan.
Beruniyning eng yirik shoh asari «Xindiston»dir. «Xindiston»asarida keltirilishicha, vatandoshimiz bir qancha asarlarni hind tilidan arab tiliga, boshqalarini arab tilidan qadimiy xind tili-sanskritga tarjima qiladi. Vatandoshimizning hind fani va tarixiga oid o‘lmas asariga hind olimlari ham yuksak baho berganlar.
Beruniyning yana bir qimmatbaxo asari «Kitobul jamoxir fi ma’rifatil javohir»(«Qimmatbaxo toshlarni bilish kitobi»dir.Unda olim Markaziy Osiyodagi minerallar,ularning joylari xaqida juda zarur ma’lumotlarni beradi.Ulug‘ alloma Markaziy Osiyoda birinchilar qatorida dorichilik xaqida «Kitobus saydalat fit tib»asarini yozdi.Unda olim mingdan ortiq dorivor moddalarni ta’riflagan,ularning nomini 30 tilda bergan.
Beruniy o‘z ona vatani-Xorazm tarixi bo‘yicha ham (Xorazmning ajoyib kishilari») qimmatli asar yozib qoldirgan.
Xullas buyuk qomusiy olim Beruniyning qalam tebratmagan sohasining o‘zi yo‘q edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U juda o‘tkir adib ham bo‘lgan. Olimning qaysi bir asarini kuzdan kechirmang,ularda albatta she’riy misralar, etimologik ma’nolar, badiiy o‘xshatishlarni uchratasiz. Xolisona fikr yuritganda,Beruniyning ijodiy parvozida sulton Maxmud G‘aznaviyning hissasi ham oz emas. Olimning o‘zi bu tug‘rida shunday degan: «Jalolim Mahmud, u mendan xech bir lutfni darig‘ tutmadi. Meni shuxrat va bahtga qovushtirdi. Kamchiliklarimdan ko‘z yumdi»
Beruniyning ijodi turli-tuman va rang-barangdir.Uning ijodi bamisoli tengsiz xazina. Bu xazina bizning, xalkimizning ma’naviy boyligi, milliy iftixorimiz, gururimizdir.Uni o‘rganish va bilish barchamizning burchimizdir.



Yüklə 471 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə