O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


  Abu Ali Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

26 


Abu Ali Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari. 
(980-1037) 
 
O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini o’rta asr sharoitida dunyo madaniyatining 
oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali Ibn sino bo’lib, u 
Ovro’pada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. 
Ibn sino (asl ismi Xusayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshana qishlog’ida 
hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tug’ildi, Ibn sino iste’dodli, 
xotirasi kuchli, zehni o’tkir bo’lganligidan o’z davrida ma’lum bo’lgan ilmlarni 
tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayoq Qur’oni Karimni boshdan-oyoq yod o’qir edi. 
13 yoshlaridan boshlang’ich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan 
shug’ullana boshlaydi. U o’zidan avval o’tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini 
chuqur o’rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy. Falsafiy merosini, xususan 
Aristotel, Evklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham 
qunt bilan o’rgandi. 
O’rta Osig’ mutafakkiri Ibn Sinoning (980-1037) 280 dan ko’p asarlari mavjud 
bo’lib, ular tibbig’t, matematika, astronomiya, ximiya, falsafa, iqtisodig’t va boshqa 
sohalarga bag’ishlangan. 
Ibn Sinoning inson ehtig’jlari to’g’risidagi, mehnat va uning moddiy ishlab 
chiqarishdagi roli to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha «xayvon 
tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziq-
ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtig’j sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini 
o’zlashtiradi, inson esa o’z mehnati bilan o’ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy 
yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug’ullanishi kerak. Hayvonlar 
garchi poda bo’lib yashasalar ham, g’lg’iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda 
o’zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar 
muloqot va o’zaro g’rdamga muhtoj bo’ladilar». 
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiqot qiladi. U 
jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi. «Odamning o’z 
quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo’lgan ehtig’ji,-deb g’zadi Ibn Sino,- hammani 
hunar o’rganishga undaydi.» 
Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat miqg’sidagi 
daromad va xarajatlar balansi to’g’risida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, davlat 
tabiiy ofat g’ki urush bo’lish ehtimolini hisobga olib, unga mablag’ ajratgan holda 
daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur. 
Ibn Sino ideal davlat to’g’risida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab beradi: 
27 


1) bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday barobar taqsimlanishi kerakki, 
unda juda katta boylik va ashaddiy qambag’allik bo’lmasin; 
2) barcha kishilar halol mehnat bilan shug’ullanishi va halol savdo qilishi, sababli 
urushadigan odamlar bo’lamaydi va urushlar tugatiladi, davlatlar o’rtasilagi 
sig’siy baxslar esa tinch yo’l bilan echiladi
3) ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayg’ bo’ladi va shuning uchun ular 
bir-biriga qarama-qarshi bo’lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi 
ko’radilar, uzoq vaqt qarimaydilar. 
Ibn Sinoning ideal davlat to’g’risidagi qarashlari Platonning «Qonun»larida, 
Aristotelning «Afina sig’satchilari»da, Forobiyning «Saxovatli shahar 
yashovchilarining qarashlari to’g’risida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko’p jihatdan 
o’xshab ketadi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə