O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari. 
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xoldunning (1332-
1405) hissasi benihoya katta. U Tunisda zodagonlar oilasida tug’ulgan. Uning asosiy 
asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370 y.) 
Ibn Xoldun ijtimoiy rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini ko’rsatib 
berishga harakat qildi. Uning fikricha, tarixiy jarag’n asosini kishilik jamiyatini 
rivojlanishi tashkil etadi. Dastlab odamlar g’vvoyi holatda bo’lgan. Keyinchalik 
1
Abdumajid Abdullaev, Ma’naviyat va iqtisodiy tafakkur. T., Ma’naviyat, 1999 yil. 4 bet.
22 


kishilik jamiyati tabiat dung’sidan ajralib chiqqach, o’z rivojlanishida ikki bosqichni 
bosib o’tadi: «primitiv» va «tsivilizatsiya». Ularning biri ikkinchisidan «odamlar 
yashash vositalarini qanday topa olishi» bilan ajralib turiladi. Birinchi bosqichda 
odamlar asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan bo’lsalar, ikkinchi 
bosqichda, olimning fikricha, ularga xunarmandchilik, savdo, ilm va san’at 
qo’shiladi. Iqtisodig’tning barcha tarmoqlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi xalq 
boyligini bir necha bor ko’paytirish har bir kishining mo’l-ko’llikka erishish imkonini 
beradi. Ammo ortiqcha moddiy boylik ishlab chiqarish imkoniyatini beruvchi 
tsivilizatsiyaga o’tish, olimning ta’kidlashicha, umumiy, ijtimoiy va mulkiy tenglik 
kelib chiqqanini, jamiyatning tabaqalarga bo’linishi zarurligi tugaganini 
bildirmaydi. 
Ibn Xoldunning ko’rsatib berishicha, fuqarolarni hag’tiy zarur buyumlar va 
zeb-ziynat buyumlari bilan g’ki uning atamasi bo’yicha «zarur» va «zarur 
bo’lmagan» buyumlar bilan ta’minlash, eng avvalo shahar aholisining zichligiga 
bog’liq. Shahar aholisining zichligi uning rivojlangan g’ki rivojlanmaganligining 
ramziy belgisi hisoblangan. Shuning uchun, agar shahar rivojlangan bo’lsa, unda 
«zarur» va «zarur bo’lmagan» buyumlar etarli bo’ladi; bunda birinchisining bahosi 
(dehqonchilikda shaharliklar ham ishtirok etganligi tufayli) pasayib boradi, 
ikkinchining esa (zeb-ziynat buyumlariga talabning keskin o’sishi sababli) bahosi 
oshib boradi. Va aksincha, shahar aholisining kamligi natijasida uning rivojlanmay 
qolishi barcha moddiy boyliklarning etishmasligini va qimmatchilikni keltirib 
chiqaradi. Shu bilan birga, mutafakkirning ta’kidlashicha, soliq qancha past bo’lsa, 
har qanday shaharning, bir butun jamiyatning ravnaqi shuncha yaxshi bo’ladi. U 
bozor bahosi shakllanishining bir qancha qonuniyatlarini ta’riflab, soliqlar va har xil
yig’imlar tovar qiymatining oshishiga olib keluvchi omil hisoblanadi, deb ko’rsatib 
berdi. Ibn Xoldun bozorning rag’batlantiruvchi rolini bilgan: bozor mexanizmi ishlab 
chiqaruvchilarni mehnat unumdorligini oshirishga va mahsulot sifatini yaxshilashga 
majbur etadi. 
Ibn Xoldun pulni xo’jalik hag’tining muhim elementi deb hisobladi va pul 
rolini xudo tomonidan yaratilgan metallar ichida - oltin va kumush bajarishini 
ma’qulladi. Uning fikricha pul «barcha sotib olinadigan» buyumlardagi inson 
mehnatining miqdoriy mazmunini aks ettirali. U «mehnatning qiymatini», ya’ni ish 
haqini tavsiflab, uning miqdori, birinchidan, «kishi mehnati miqdoriga», ikkinchidan, 
«boshqa mehnatlar ichida uning tutgan o’rniga» va uchinchidan, «odamlarning unga 
(mehnatga) bo’lgan ehtig’jiga» bog’liq, deb tasdiqladi. 
Ibn Xoldun ijtimoiy hag’t asosini mehnat faoliyati tashkil etadi deydi. Uning
g’zishicha «jamiyatning ahvoli, uning boyligi va ravnaqi faqat mehnatga va kishilarni 
boylikni o’zlashtirishga bo’lgan ishtig’qiga bog’liq. Agar odamlar yashash vositalari 
to’g’risida qayg’urmasalar va ularga egalik qilish uchun mehnat qilmasalar unda 
bozorda oldi-sotdi bo’lmaydi va odamlar oziq-ovqat qidirib boshqa mamlakatlarga 
chiqib ketadilar». 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə