O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Institutsionalizmning asosiy muammosi va masalalari



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

3. Institutsionalizmning asosiy muammosi va masalalari. 
“Klivergentsiya kontseptsiyasi”. “Xalq kapitalizmi”, “Industrial 
jamiyatdan keyingi jamiyat”, “Iqtisodiy o’sish bosqichlari”. 
Nobel mukofoti sohibi, gollandiyalik olim Yan Tinbergen 60-yillari ilgari 
surgan konvergentsiya kontseptsiyasi ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan qo’llab 
quvvatlandi. Ushbu kontseptsiyaga ko’ra kapitalizm bilan sotsializm rivojlana borgan 
sari har ikkalasida o’xshash belgilar yuzaga keladi (kapitalizmda rejali ish roli oshib 
boradi, sotsializmda bozor munosabatlari rivojlanadi), tafovutlar asta-sekin yo’qolib 
boradi. Ishlab chiqarish sharoitlari, madaniyat va fan-texnikaning rivojlanishi 
umumiy taraqqiyot natijasida har ikkalasida tobora bir xillashib boradi. Kapitalizm 
163 


ham, sotsializm ham ayni bir xil muammolarni hal qilishga, ularni hal etishning bir 
xil uslublarini qo’llashga intiladi. 
Konvergentsiya texnikada, iqtisodiyotda, siyosatda, sotsial sohada kuzatiladi. 
Ya.Tinbergan hozirgi paytda hech qaerda «sof kapitalizm» yo’q deb hisoblaydi. Bu 
borada fikr yuritgan J.K.Gelbreyt texnika taraqqiyotini kapitalizm va sotsializmning 
yaqinlashuvi negizi sifatida ilgari suradi. U konvergentsiya moyilligini yirik ishlab 
chiqarishning o’sishida, jami talabning davlat tomonidan tartibga solinib turishi va 
hakozolarda ko’radi. «Biz, - deb xulosa qiladi Gelbreyt, - go’yo turlicha bo’lgan 
ikkita industrial tizimning konvergentsiyasi hamma eng muhim sohalarda sodir 
bo’layotganligini ko’rib turibmiz». 
Iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solib turishni birinchi o’ringa qo’ygan 
A.Bergson «har ikkala tizim unchalik xilma-xil emas va keyinchalik ular o’rtasidagi 
tafovut yanada ko’proq kamayib borishi mumkin», deb yozadi. 
Amerika sotsioligi P.Sorokin barcha asosiy yo’nalishlar bo’yicha 
tabiatshunoslik va texnika, ijtimoiy fanlar, maorif, san’at, din, nikoh va oila, iqtisodiy 
tizim, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy tizim sohalarida kapitalizm bilan sotsializmning 
yaqinlashuvini targ’ib qildi. Uning fikricha, kapitalizm va sotsializmning o’zaro 
konvergentsiyasi oqibatida ulardan farq qiladigan qandaydir oraliq jamiyat yuzaga 
keladi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə