O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


T.Veblen – institutsionalizm asoschisi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

T.Veblen – institutsionalizm asoschisi. 
Institutsionalizmning vatani AQSh, uning asoschisi Torsten Veblen (1857-
1929) hisoblanadi. Zamonaviy institutsionalizm yo’nalishining dastlabki ko’rinishlari 
T.Veblenning «Bekorchilar sinfi nazariyasi» asarida izohlab berilgan. 
Mazkur kitob muallifining fikriga ko’ra, iqtisodiy nazariyalar bilan iqtisodiy 
reallik o’rtasida juda katta uzilish mavjud. Birinchisi, gormoniyaga (muvozanatga) 
asoslanadi, ikkinchisida uzluksiz evolyutsiya sodir bo’ladi, yashash uchun keskin 
kurish ketadi. Buyumning foydaliligi va unga erishishning qiyin va mushkulligini 
doimo taqqoslab boruvchi «iqtisodiy odam» modeli shak-shubxasiz eskirdi. 
Haqiqatda esa insonning hatti harakati juda ko’p omillarga bog’liq, ko’pincha ichki 
qarama-qarshiliklarga. Taqlid qilishga va raqiblikka bo’lgan tug’ma moyillik bilan 
birga, uning hatti harakatiga an’ana, ahloq, urf-odat, shuningdek obro’ga bo’lgan 
intilish juda kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun iqtisodiy tahlil qilishda har xil 
«institutlarni» (ular yuqorida ko’rib chiqildi) hisobga olish zarur. 
T.Veblenning fikriga ko’ra, alohida sub’ektlarning hatti harakatini emas, balki 
kasaba uyushmalarining, siyosiy partiyalarning ish harakatini o’rganish kerak. 
Iqtisodiy nazariya bilan iqtisodiy sub’ektlarning asosiy unsurlari (er egalari, ishchilar
kapitalistlar va injener - texnik ishchilar) o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni aniqlash 
muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda ularning roli har xildir. 
Bozor xo’jaligi amal qilishining dastlabki bosqichida hokimiyat va mulk 
tadbirkorlar qo’lida bo’ladi. Oldin yagona bo’lgan bu sinf keyinchalik kapital 
egalariga va ishlab chiqarishni tashkil etuvchilarga bo’linadi. Kapital egalarini faqat 
o’z kapitallariga keladigan foyda qiziqtiradi, ular o’z kapitallarini ishlab chiqarishga 
qo’ymaydilar, balki faqatgina kreditga beradilar. Ularning daromad manbai real 
sektor emas, balki moliya sohasida aylanib turuvchi qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. 
Bu ma’noda kapital egalari bekorchilar sinfini tashkil etadi. Ishchilar, shuningdek 
ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar va texnik mutaxassislar unumli sinf 
hisoblanadilar, ular o’z kapitallariga ega emas va bekorchilar sinfi kreditga qo’ygan 
vositalardan foydalanib ish yuritadilar. 
Bekorchilar sinfining xukumronlik mavqei barcha iqtisodiyotda kreditning 
rolini haddan tashqari oshirib yuboradi. Kapitalning anchagina qismi chayqovchilik 
maqsadlarga foydalaniladi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilmaydi. 
160 


Kredit inflyatsiyasi vujudga keladi, uning orqasidan ssudani zudlik bilan qoplash 
talabi zarurligi kelib chiqadi. Natijada ommaviy bankrotlik va turg’unlik yuzaga 
chiqadi, ular o’zining davom etishi muddati bo’yicha iqtisodiy yuksalish davridan 
ancha ortib ketadi. 
Bekorchilar sinfi bilan unumli sinf o’rtasidagi antagonizmning echilishi 
hokimiyatning texnokratlar qo’ligi o’tishiga olib keladi. Kapitalga bo’lgan mulkchilik 
aktsionerlik shaklini oladi va shu bilan xususiy mulk bo’lishdan to’xtaydi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə