Mavzu: Tafakkur taraqqiyoti va inson ongining yuksalish Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: Sh. Karimov reja



Yüklə 120,36 Kb.
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü120,36 Kb.
#180744
  1   2   3   4   5   6
SHAHRIYOR KARIMOV



Mavzu: Tafakkur taraqqiyoti va inson ongining yuksalish


Tekshirdi: D.O’rinboyev
Bajardi: Sh. Karimov


REJA:
I. Kirish……………………………………………………………………… 3-bet
II. Asosiy qism.

  1. Tafakkur jarayonlari va uning shakllanish bosqichlari……………….….. 5-bet

2. Ong, ma`naviyat va iroda yuksalishi……………………………….….…. 12-bet
3. Tafakkur ongi va uning hususiyatlari……………………………....….….. 15-bet
4. Yuksalish jarayonining ijtimoiy- tarixiy masalalari va uni yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni …………………………………………………………..…..….. 19-bet
III. Xulosa ………………………………………………………………….. 28-bet
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………… 30-bet


KIRISH
Kishining butun hayoti uning oldiga hamisha jiddiy va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalar va muammolarni qo`yadi. Bunday muammolarning, qiyinchiliklarning, tasodiflarning yuzaga kelishi atrofimizdagi voqelikda hali juda ko`p no’malum, tushunib bo`lmaydigan kutilmagan, yashirin narsalar borligidan dalolat beradi. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, haet va faoliyat davomida har bir individ narsalarning qandaydir yangi, ilgari ma’lum bo`lmagan xususiyatlariga duch keladi. Tafakkur hamisha hali bilib olinmagan yangilikning ana shunday cheksiz chuqur jihatlariga qaratilgan bo`ladi. Har bir odam tafakkur qilar ekan buning bilan shu paytgacha qandaydir yangilikni, noma’lum narsani mustaqil ravishda qayd qiladi.
Tafakkur jiddiy ravishda yangilik qidirish va ochishga ijtimoiy jihatdan bogliq, aloqador psixik jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilimlardan paydo bo`ladi va hissiy bilim chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. Tafakkur so`zi arabcha “fikr” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, o`ylash, muhokama, mushohada va fikr yuritish ma’nolarini bildiradi. Inson borki u fikr yuritish qobiliyatiga ega. Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o`tib ketishi mumkin. Biroq istagan tafakkur hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilim bilan, ya’ni sezgi, idrok va tafovutlar bilan bog`langan bo`ladi. Tafakkur faoliyati o`zining butun materialining faqat bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita bog`lanadi hamda shu tariqa olamni aks ettiradi. Bu aks ettirishning to`g`riligi amaliy faoliyat orqali tabiat va jamiyatni o`zgartirish jarayonida uzluksiz tekshirilib turiladi. Tafakkur sezgi idrok va tasavvurlarning bilish bilan bog`liq bo`lgan ishlarni davom ettiradi va rivojlantiradi hamda ularning chegaralaridan tashqariga chiqib ketadi.
Tafakkurning til bilan uzviy, chambarchas bog`liqligi inson tafakkurining ijtimoiy, tarixiy mohiyatini ochiq oydin namoyon qilib beradi. Bilim insoniyat tarixi davomida egallangan barcha bilimlarning izchilligini zaruriy tarzda taqozo qiladi. Bilimlarning bu tarixiy vorisligi ularni qayd qilish, mustahkamlash va esda saqlashda bir kishidan boshqasiga, avloddan - avlodga o`tkazish yo`li bilan sodir bo`lishi mumkin. Kimning aqliy taraqqiyoti insoniyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida hosil qilgan bilimlarni o`zlashtirish jarayonida muqarrar ravishda amalga oshiriladi. Individning olamni bilish jarayoni ilmiy bilimlarni tarixiy taraqqiyoti bilan yuzaga kelgan, bevosita ifodalangan, buning natijalarini har bir individ ta’lim olish davomida o`zlashtiradi, bu esa kishining insoniyat bilan munosabatini aynan o`zidir. Tafakkur faoliyati insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida bilimlarni o`zlashtirish uchun ham va mutlaqo yangi bilimlarni egallash dastavval olimlar tomonidan kashf etilishi uchun ham zarur asos bo`lib qoladi.
Dunyoni bilish faoliyati asosan ikki yo`ldan borish mumkin. Bevosita yo`l bilan narsa va hodisalarni ayrim xossalarini yaxlitligicha his etamiz, shuningdek ilgari sezib, idrok qilgan narsalarni ko`z oldimizga yaqqol tasavvur qilib bilib olamiz. Bu bevosita hissiy bilishdir. Dunyoni hissiy bilishdan tasavvur orqali bevosita bilishga o`tiladi. Narsa va hodisalar o`rtasidagi munosabat, hamda bog`lanish qonuniyatlarini biz hissiy yo`l bilan bilmay, faqat bevosita yo`l bilan tafakkur orqali to`liq va chuqur bilib olamiz. Masalan, allaqanday bir tanaga tegib turgan qo`ldan kelayotgan harakat sezgisi ana shu tananing harorat holatini bir xilda xarakterlab bera olmaydi. Mana shu harorat sezgisi birinchidan mazkur narsaning issiqlik holati bilan, ya’ni qo`lni issiq yoki sovuq narsaga tekkazib turganligicha bog`liq ravishda boshlanadi. Tafakkur tufayli yuqorida ko`rsatilgan har ikki o`zaro bog`lanish holatini bir-biridan ajratish mumkin. Tafakkur jarayon sifatida psixologik jihatdan tadqiq qilish unday yo bunday bilish natijalarini hosil bo`lishiga olib keladigan ichki, yashirin sabablarni o`rganish demakdir. Tafakkurning bunday natijalari, mahsulotlari masalan, quyidagi omillardir: mazkur o`quvchi masalani echdimi eki echmadimi, o`quvchida masalani echish g`oyasi, rejasi taxminiy yuzaga keladimi yoki kelmaydimi, o`quvchida yangi tushunchalar yoki boshqa shu kabilar tarkib topadimi yoki tarkib topmaydimi. Psixologik fani mana shu faktlarni hammasini ichki, ya’ni fikrlash jarayoni jihatidan ochishga harakat qiladi. Buning bilan psixologiya psixik hodisa voqealarni faqat tasvirlab va ifodalab berish bilan cheklanmay, balki ularning qonuniyatlarini ko`rsatib beradi.

Yüklə 120,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə