O’zbek xalq kuylarining yaratilish tarixi



Yüklə 28,53 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü28,53 Kb.
#143067
O’zbek xalq kuylarining yaratilish tarixi


O’zbek xalq kuylarining yaratilish tarixi

R E J A:
- O’zbek xalq musiqasi va uning boshqa xalqlar musiqalari bilan bog‘liqligi.
- Vohalardagi yo’nalishlar.
- Qo’shiqlar yo’nalishlari.
- Xalq og‘zaki ijodiyoti-dostonlar.

O’zbek xalq musiqasi o’zining serqirrali mazmuni, shakli va janri bilan O’rta Osiyodagi qozoq, tojik, turkman va boshqa xalqlar musiqa madaniyati bilan mustahkam bog‘langandir. Xalq qo’shiqlari bir ovozli bo’lishiga qaramasdan ajoib kuychan, turli usullarga (musiqa ritmlariga) boy o’zbek musiqa san’atining xazinasidir.


O’tmishda o’zbek elida ko’p xonliklar bo’lib, har qaysi xonlik o’z xonanda va sozandalariga ega bo’lgan. Toshkent va Farg‘onadagi ”Katta ashula” boshqa vohada yo’qligi so’zimiz isboti bo’laoladi. Agar Toshkent-Farg‘ona, Xorazm, o’lkalarida o’rta diapozonli kuy va qo’shiqlarga ega bo’lsa, Buxorodagi ”Xalq qo’shiqlari” keng diapozonga ega bo’lgan xalq musiqasining merosidir. Ko’pincha o’zbek xalq qo’shiqlari kvinta intervalidan boshlanib, qo’shiqni o’rta qismdagi avjlari to ikkinchi oktava tovushlarigacha yuqoriga chiqib yana o’rta avj vositalari bilan asosiy tonliklarga qaytadi. Qo’shiq kuylari uning so’zlarini to’la ma’nosini bildiradi. Hatto ba’zi joylarda she’r mazmunini kengaytiradi. She’rlar to’rt misrali (ruboiy, g‘azal, muhammas) shaklida yozilgan tarzda ko’proq ishlatiladi. G‘azal shaklidagi she’rlar ko’proq katta hajmdagi (Shashmaqom) asarlarida ishlatiladi. Masalan: Navoiy she’rlari bilan ”Gulizorim”, Muqumiy she’ri bilan ”Farg‘onacha jonon”, Zavqiy she’ri bilan ”Oromijon”, ”Asiriy”, Hislat she’ri bilan ”Naylaram” va boshqalar. O’zbek xalq qo’shiqlarining usullari (ritmlari) har xil bo’ladi. Oddiy usuldan to murakkab usulgacha ijro etiladi. Masalan: ”Mug‘ilchai dugoh”, ”Mug‘ilchai segoh”, ”Mug‘ilchai chorgoh”, ”Mug‘ilchai panjgoh”, ”Talqini bayot”, ”Adoiy”, ”Asriy”, ”Chapandozi bayot”lar 3/4, 4/8 usullarda ijro etiladi. ”Miskun” va shunga o’xshash qo’shiqlar 4/4 dan iborat va hokazolar.
Xalq qo’shiqlariga musiqa asboblarining jo’r bo’lishi alohida ahamiyatga sazavor. Ba’zi holatlarda kuylar asboblar jo’rligida yana ham mayinlashib, kuyga o’zgacha jilo beradi. Xalq kuy va qo’siqlarimiz ikki xil ansambl jo’rligida ijro etiladi:
1. Uyda, xonada: g‘ijjak, nay, tanbur, rubob, dutor, doira asboblari jo’rligida.
2. Katta marosimlarda karnay, surnay, nog‘ara, bir necha doira va boshqa asboblar jo’r bo’ladi.
Xalq qo’shiqlarimizni ikki turga bo’lishimiz mumkin: cholg‘u turi va qo’shiq turlariga. Masalan: cholg‘u turiga ”Yangi tanavor”, ”Gul bahor va tanavor”, ”Cho’li iroq”, ”Norim-norim” va boshqalar. Qo’shiqlar misolida biz ”Munojot”, ”Ushshoq”, ”Bayot” va hokazolarni aytib o’tishimiz lozim.
O’zbek xalq qo’shiqlari lirik, marosim, mehnat, lapar, dostonlar va bir necha xil yo’nalishlardan iborat.
Buxoroda — Mavrigixonlik, bu xalq ijodiyoti faqat Buxoroga tegishli. Toshkent va Farg‘onada ”Katta ashula”, Xorazmda sho’x va o’ynoqi kuy va qo’shiqlar ijro etiladi.
— Yalla, bandli (kupletli) qo’shiq bo’lib 2-3 xonanda ijrosida ijro etiladigan asardir. Yallani ijro etishda qizlar raqsga tushadilar. Yallaning o’rta va katta avjlari xonandalarning ovoz pardalariga ko’ra bo’linib ijro etiladi. Masalan: ”Jonon bo’laman deb, hammani kuydirasanmi” yallasi, ”Karvon keladi” yallasi mehnatga bag‘ishlangan, ”Sho’xi pari ishqiga giriftorman yana” lirik harakterda.
— Lapar, raqsbop kuyga ega bo’lib, ko’pincha qo’shiq raqs bilan ijro etiladi. Laparni, odatda, ikki qo’shiqchi dialog shaklida ijro etadi. Uning she’rlari asosan ishqiy-lirik yoki hajviy, hazil mazmunidagi asarlardan tashkil topadi. Masalan: yigit va qiz orasidagi diolog bir xil kuyning takrorlanishida ijro etiladi. Masalan:
Sochingni qora deydilar,
Qora soch ukam yor-yor.
Ko’rsat yuzingni bir ko’rayin,
Jonim ukam yor-yor.
— Ashula janriga ko’proq lirik harakterga ega bo’lgan, insonni psixologik va ichki his-tuyg‘ularini bildiradigan qo’shiqlar turkumi kiradi. Masalan: ”Katta ashula” janri musiqa asbobisiz ijro etilib, qo’shiqchi qo’lida likobcha yoki lalicha ushlab qo’shiqni ijro etadi. Katta ashula xonandadan katta diapozonga ega bo’lgan tovushni, yaxshi nafas olish imkoniyatlariga ega bo’lishni talab etadi. Masalan: ”Bir keling”, ”Ko’p erdi”, ”Ul kun jonon” va hokazolar.
— Marosim qo’shiqlari xalq orasida odatga aylangan na’munalaridan biridir. Masalan: To’y marosimlarida ijro etiladigan ”Yor-yorlar”. Bu qo’shiq qadim zamonlardan boshlab hozirgacha bizga yetib kelgan. Bu qo’shiqlar har qaysi viloyatlarda har xil ijro etiladi. ”Yor-yor”lar to’y bo’layotgan xonadonda hursandchilik nishonalaridan biridir.
— Marsiya, yig‘i qo’hshiqlari o’lim marosimlarida ijro etiladigan asarlar turkumiga kiradi. Marsiya, yig‘ilar xotin qizlar tomonidan ichkari hovlida aytiladi. Yig‘i so’zining mazmuni o’lgan kishiga bag‘ishlangan bo’lib u xotin qizlar tomonidan aytiladi.
— Mehnatga bag‘ishlangan qo’shiqlar xalqning ijtimoiy sharoitlarini aks ettiradigan san’at namunalaridir. Masalan: ”Charx” qo’shig‘i og‘ir mehnat, ya’ni paxtadan ip o’rash mashshaqatlarini ifodalaydi. ”Xashar”, bahorda boshlanadigan ekin ekish sharoitlarini aks ettiradi. Bu qo’shiqlardan tashqari mehnatni e’zozlaydigan ”Mehnat ahli”, ”Fabrika”, ”Paxtakorlar” va boshqa qo’shiqlar borki so’zimiz isboti bo’la oladi.
— O’ynoqi qo’shiqlar Respublikamizda juda rivojlangan qo’shiqlar turkumiga kiradi: Lapar, yalla, xalq qo’shiqlari va termalardan iborat, o’ynoqi qo’shiqlar rus chastushkalariga o’xshashdir. Masalan: ”Girgitton”, ”Qora soch”, ”Bilak uzuk” va hokazolar.
— Bolalar uchun yozilgan, yoki mazmuni bolalarga bag‘ishlangan bir necha xalq musiqa meroslarimiz bor. Bular ”Alla”, ”Qo’g‘irchoq”, ”Yomg‘ir yog‘aloq”, ”Baxtli bolalar” va hokazo.
— O’zbek xalq og‘zaki ijodiyotidagi dostonlar mazmunida o’tmishda og‘ir hayot kechirgan, podshoh va beklarga qarshi kurashgan xalq qahramonlarini e’zozlash, Vatanni muhofaza qilish, xalq manfaatlarini ko’zlash tog‘risidagi asarlar mavjud. Bu dostonlarni shoir va ijrochi — baxshilar xalq orasida targ‘ibot etadilar.
— Xalq dostonlaridan ”Gur o’g‘li”, ”Alpomish”, ”Shohsanam va Garib”, ”Orzugul”, ”Shirin va Shakar”, ”Layli va Majnun” kabi dostonlarni misol keltirishimiz mumkin. Dostonlarning so’zlariga jilo berish, ularning jozibali ijro etishda dutor, tor, dumbira asboblari jo’r bo’ladi.
Xalq orasida zulm, istirob to’g‘risidagi qo’shiqlar ham bor. Misol: ”Xon zulmi”, ”Xondan dod”, ”Nikolay qon jallod”, ”Poezdingni yurgizgan” va boshqalar.
Shunday qilib hozirgi zamon musiqa san’atining rivojlanish talablariga ko’ra, ko’pqirrali qo’shiq janrlari orasida qo’shiq, lapar, yalla va ashulalar o’zining sermazmunligi bilan musiqiy madaniyatimizda salmoqli o’z hissasini qo’shmoqda.
Adabiyotlar.
1. S.M.Veksler. Ocherki istorii o'zbekskoy muz’kal’noy kul’turi. Toshkent 1965.
2. T.S.Vizgo ”Razvitiya muzikal’noy kul’turi O'zbekistana i yeyo svyazi s ruskoy muzikoy” Moskva 1970.
3. T.Ye.Solomonova. ”O’zbek musiqasi tarixi”. Toshkent ”O’qituvchi”, 1981.
Yüklə 28,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə