O‘zbek tilining adabiy tili me’yorlari



Yüklə 140,97 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü140,97 Kb.
#146619
  1   2   3   4
O‘zbek tilining adabiy tili me’yorlari

O‘zbek tilining adabiy tili me’yorlari


Mavzu:
  • Reja:
  • O‘zbek adabiy tilining talaffuz va so‘z yasalish me’yorlari.
  • O‘zbek adabiy tilining leksik me’yorlari
  • O‘zbek adabiy tilining morfologik va sintaktik me’yorlari
  • O‘zbek adabiy tilining uslubiy me’yorlari.

“...matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi, sohalarida, milliy madaniy merosimizning hali o’rganilmagan ko’pgina qatlamlarini ochib berishga yo’naltirilgan ilmiy-tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratish...”
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 25-maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ’ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2995 Qarori
Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisalardir, ularni bir-biridan ajratib qarash asossizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu asosida nutq tashkil topadi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud bo‘lib, so‘zning kishilar xotirasidagi obrazlari ruhiy material, nutq yaratish jarayonida qo‘llaniladigan so‘z shakllari, materiallar, tovushlar moddiy material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisaligi uning ongda saqlanishi bo‘lsa, moddiy hodisa esa undagi tovushlardir.
Nutq bu til deb ataluvchi, o‘ta muhim vazifani bajaruvchi noyob quroldan foydalanuvchi jarayon. Til birikmalari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda namoyon bo‘lishidir. Nutq harakatdagi til bo‘lib, nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘ladi va so‘z birikmalari, erkin birikmalar, so‘z tartibi va gaplardan tashkil topadi.
Madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalqlar tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha odob va nafosat talablari bilan aloqador tushunchadir.

O’zbek xalq adabiy tilining shakllanishi o’zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiy nomi bilan bog’liq. Navoiy “Xamsa”, “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub”, ”Muhokamatul lug’atayn” kabi asarlari bilan o’zbek adabiyotini yuksaklikka ko’tardi va ayni paytda xuddi shu ulkan va bebaho ijodi bilan yagona o’zbek xalq adabiy tiliga asos soldi. Alisher Navoiy hamma vaqt turkiy (o’zbek) tilni ulug’ladi, uning boyligini o’z ijodi bilan namoyon qildi, boyligiga boylik qo’shdi.

  • O’zbek xalq adabiy tilining shakllanishi o’zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiy nomi bilan bog’liq. Navoiy “Xamsa”, “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub”, ”Muhokamatul lug’atayn” kabi asarlari bilan o’zbek adabiyotini yuksaklikka ko’tardi va ayni paytda xuddi shu ulkan va bebaho ijodi bilan yagona o’zbek xalq adabiy tiliga asos soldi. Alisher Navoiy hamma vaqt turkiy (o’zbek) tilni ulug’ladi, uning boyligini o’z ijodi bilan namoyon qildi, boyligiga boylik qo’shdi.

Yüklə 140,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə