O‘zbek tili Davlat tili


Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi: Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami, Xotira kuni. 5



Yüklə 65,06 Kb.
səhifə6/8
tarix25.09.2023
ölçüsü65,06 Kb.
#123810
1   2   3   4   5   6   7   8
O`bek tili davlat tli

4.Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi: Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami, Xotira kuni.
5.Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlashmalar nomi bosh harf bilan yoziladi:
O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Yevropa Ittifoqi Kengashi kabi.
6.Mudofaa vazirligi, Davlat test markazi, «Umid» jamg‘armasi, Xususiy
tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kabi tashkilotlar
nomining birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi.
7. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so‘zlar har biri bosh harflar bilan yoziladi: «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Oltin Yulduz» medali. Shuningdek, «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, «Shuhrat» medali singari mukofotlarning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi.
8. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi: Har qanday intilish, izlanish, ijod xalq manfaatlariga xizmat qilsagina и qadrlidir. (A.Oripov)
CHIZIQCHA BILAN YOZISH
1. Juft, takror va yarim takror so‘zlarning o‘rtasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, orzu-umid, kecha-kunduz, qing‘ir-qiyshiq; tog‘-tog‘, tez-tez, qip-qizil kabi.
2. -u, -yu yuklamasi juft so‘zlar orasida bog‘lovchi vazifasini bajarsa, chiziqcha bilan yoziladi, juft so‘z qismlari esa ajratib yoziladi: erta-yu kech, osh-u non, bola-yu chaqa kabi.
3. Qop-qora, yam-yashil, to‘ppa-to‘g‘ri kabi kuchaytirma sifatlar chiziqcha bilan yoziladi.
4.Uyma-uy, oyma-oy, dam-badam singari o‘rtasida -mа yoki -ba qo‘shimchalari kelgan so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi. Lekin so‘z tarkibida mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, qo‘shib yoziladi: ro‘baro, darbadar.
5. -chi, -a, -ya, -ku, -u, -yu, -da, -e, -ey, -yey, -la yuklamalari va -la, -chun ko‘makchilari chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, biz-a, keldi-da, ukasi-ku, qo‘y-e, o‘g‘lim-ey, keldi-yey, kelib-la ketdi, sen-la, sen-chun kabi.
6. Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilsa, chiziqcha ishlatiladi: 26-uy, 6-xona, 2001-yil, 8-mart.
Rim raqamlaridan so‘ng chiziqcha ishlatilmaydi: XXI asr, X bob.

Yüklə 65,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə