Oyillari va davlat nazorati


Narx ustidan nazoratning salbiy oqibatlari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə2/2
tarix21.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#129295
1   2
V BOB Mikro

5.3. Narx ustidan nazoratning salbiy oqibatlari

Cxizmadan koʻrinib turibdiki, narxni nazorat qilish umumiy yalpi ortiqchalikning ma’lum qismini yoʻqotishga olib keladi va ushbu yoʻqotishga toʻliq yoʻqotish deyiladi.


Ortiqchaliklarning umumiy oʻzgarishini aniqlash uchun biz iste’mochi ortiqchaligi oʻzgarishi ist. va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi oʻzgarishi i/ch ni qoʻshamiz.
(3)
Shunday qilib, biz V va S uchburchaklarning yuziga teng boʻlgan toʻliq yoʻqotishni olamiz. Bu toʻliq yoʻqotish narxlarni nazorat qilish bilan bogʻliq davlatning iqtisodiy siyosatining samarasiz ekanligini koʻrsatadi. Bu yerda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yoʻqotilgan ortiqchalikning iste’molchilar yutib olgan ortiqchalikdan katta ekanligini koʻrish mumkin.

5.4-chizma. Narx muvozanat narxidan yuqori belgilangandagi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning yoʻqotishlari


Chizmadan koʻrish mumkinki ishlab chiqaruvchilar narx oshganda nisbatan koʻproq mahsulotni ishlab chiqarishga harakat qiladi. Iste’molchilar kamroq ( oʻrniga miqdorda) mahsulot sotib olishga harakat qiladi.


Agar biz ishlab chiqaruvchilar bozorda qancha mahsulot sotilsa, shuncha mahsulot ishlab chiqaradi, deb faraz qilsak, bozorga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori ga teng boʻladi va bu yerda ham ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar ortiqchaligi yoʻqotiladi. Bu yerda A toʻrtburchakning yuzi ishlab chiqaruvchilarning olgan qoʻshimcha ortiqchaligini ifodalaydi. Lekin, minimal ( ) narxda mahsulotni hajmi miqdordan ga qisqargani uchun ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining bir qismi yoʻqotiladi. Natijada ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining oʻzgargan qismi quyidagiga teng:
. (4)
Iste’molchilar minimal ( ) narxda har bir mahsulot uchun muvozanat narxdan yuqori narx toʻlaydi va natijada ularning iste’mol ortiqchaligiga chizmadagi A toʻrtburchak yuziga teng boʻlgan miqdorda kamayadi. Narx oshganligi munosabati bilan ba’zi bir iste’molchilar ushbu bozordan chiqib ketadi, tovarni sotib ololmaydilar va bunga mos boʻlgan ortiqchalikni yoʻqotadi. Bu yoʻqotish rasmda V uchburchak bilan ifodalangan. Demak, iste’molchilarning ortiqchaligining umumiy oʻzgarishi quyidagini tashkil qiladi:
. (5)
Koʻrinib turibdiki, bunday siyosat iste’molchilarning turmush darajasini tushurib yuboradi.
(4)- va (5)- ifodalarni qoʻshib umumiy ortiqchalikdagi oʻzgarishni aniqlaymiz:
=i/ch.+ist.=A-S+(-A-V)=-S-V (6)
Demak, davlat tomonidan minimal narx oʻrnatilganda umumiy toʻliq yoʻqotish vujudga keladi va u ikkita S va V uchburchaklar yuzalarining yigʻindisi bilan ifodalanadi.
Endi biz ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligini ishlab chiqarish miqdordan miqdorga kengaytirilganda qarab chiqamiz. Haqiqatdan ham minimal narx muvozanat narxdan yuqori boʻlganda u ishlab chiqaruvchilarni miqdorga mahsulot ishlab chiqarishga undaydi. Lekin, ular bozorda faqat hajmdagi mahsulotni sotishi mumkin xolos. Ular miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni qoplaydigan daromadni ola olmaydi (23-chizma). Cxizmada ushbu xarajatlar shtrixlangan D trapetsiya yuzi bilan ifodalangan.
Natijada ishlab chiqaruvchilarning ortiqchaligi oʻzgarishi quyidagiga teng:

Demak, ishlab chiqaruvchilar Q1 oraliqda mahsulot ishlab chiqarsa, umumiy yoʻqotish yanada ortadi va u (-B-C-D) yuzani tashkil qiladi.

5.5-chizma. Minimal narx oʻrnatilishi natijasidagi yoʻqotishlar grafigi




Bunday holda har bir ishlab chiqaruvchi oʻz mahsulotining hammasining yuqori narxda sotaman deb oʻylaydi. Pirovardda davlat tomonidan oʻrnatilgan minimal narx siyosati ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplamaganligi sababli, ishlab chiqaruvchilarning foydasini ancha qisqartirib yuborish mumkin.
Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə