O`ta xavfli infeksiyalar


Oldini olish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, aholining sanitariya madaniyatini oshirish, ochiq suv manbalari suvini qaynatib ishlatish



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə2/6
tarix17.06.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#117605
1   2   3   4   5   6
1403278726 44398

Oldini olish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, aholining sanitariya madaniyatini oshirish, ochiq suv manbalari suvini qaynatib ishlatish.

  • Oldini olish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, aholining sanitariya madaniyatini oshirish, ochiq suv manbalari suvini qaynatib ishlatish.
  • O`lat (Chuma). Limfa tugunlari, o`pka, me`da-ichak va boshqa a`zolarning yallig`lanishi, og`ir intoksikatsiya bilan kechadigan o`ta xavfli yuqumli kasallikdir.
  • Sababi. Kasallikni o`lat tayoqchasi deb ataluvchi mikrob qo`zg`atadi. Kemiruvchilar (ularning 200 ga yaqin turi mavjud) mikroblarni tashib yuruvchi manba bo`lib hisoblanadi. Infeksiya teri, nafas yo`llari, oziq-ovqat, idish-tovoq, suv orqali yuqadi.
  • Belgilari. O `lat uch turda kechadi:
  • l.O`latning bubon turida - qo`ltiq osti, bo`yin, chov sohasidagi limfa bezlari yallig`lanadi, kattalashadi, yiringlaydi, tana harorati yuqori bo`ladi.
  • 2.O`latning o`pka turida - o`pka to`qimasi yallig`lanadi. Bemor yo`taladi, balg`am ajraladi, nafasi qisadi, tana harorati yuqori, umumiy ahvoli juda og`ir bo`ladi.
  • 3.O`latning septik turida - limfa bezlari va o`pkadagi mikroblar qonga o`tib tananing hamma to`qima va a`zolarini zararlaydi. Tana harorati juda yuqori bo`ladi, og`iz, burun, ko`z shilliq pardalarida qon quyilishi nuqtalari paydo bo`ladi, bemor qon aralash qusadi, najas suyuq qon aralash bo`ladi, umumiy intoksikatsiya yuzaga keladi. Jigar, taloq kattalashadi, buyraklar, yurak muskuli yallig`lanadi.Qon aylanishi buziladi.

Tibbiy yordam. l.O`latga shubha qilingan bemor zudlik bilan tez yordam chaqirib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilishi kerak.

  • Tibbiy yordam. l.O`latga shubha qilingan bemor zudlik bilan tez yordam chaqirib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilishi kerak.
  • 2.Bemorni parvarish qiluvchi va davolovchi tibbiy xodimlar maxsus kiyimda ishlashlari kerak (2 qavat xalat, qo`lqop, og`iz-burunga niqob, ko`zoynak, rezina yoki matodan tayyorlangan etik).
  • 3.Bemorning kiyimlari, chiqindilari kuydiriladi. Uning xonasi har kuni 3 marta 0,5 % xloramin yoki xlorli ohak, 3 % lizol eritmalari bilan dezinfeksiya qilinadi.
  • 4.Antibiotiklardan tetratsiklin, doksitsiklin, streptomitsin, refampitsin, xinoksidin kabilarning 1-2 tasi qo`llanishi mumkin.
  • 5.Intoksikatsiyaga qarshi 5 % glukoza, gemodez, natriy xlor - 0,9 %, qon zardobi vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi.
  • 6.Yurak-tomir faoliyatini yaxshilash uchun strofantin yoki korglyukon 0,5-1 ml, glyukoza - 20%-20ml bilan vena tomiriga sekinlik bilan yuboriladi.Shuningdek, kordiamin, kamfora, kofein (bittasi) teri ostiga yuborilishi mumkin.
  • Oldini olish. 1.Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, aholining sanitariya madaniyatini oshirish bo`yicha muntazam ravishda sanitariya oqartuv tadbirlarini o`tkazish.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə