O`ta xavfli infeksiyalar


Kemiruvchilarga qarshi kurashish



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə3/6
tarix17.06.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#117605
1   2   3   4   5   6
1403278726 44398

2.Kemiruvchilarga qarshi kurashish.

  • 2.Kemiruvchilarga qarshi kurashish.
  • 3.Bemorning uyida yakunlovchi dezinfeksiya o`tkazish.
  • Qora chechak (Chin chechak). Og`ir intoksikatsiya bilan kechadigan, terida o`zidan keyin chuqurcha (cho`tirlik) izlarini qoldiradigan toshmalarning paydo bo`lishi bilan kechadigan o`ta xavfli yuqumli kasallikdir.
  • Sababi. Kasallikni chechak virusi qo`zq`otadi. Infeksiya bemordan sog` odamga nafas yo`llari, bemorning qo`li, kiyim-kechak, idish-tovoq va boshqa buyumlar orqali yuqadi.
  • Belgilari. Qora chechakning uch turi mavjud:
  • 1.Qora chechakning yengil turi.
  • 2.Qora chechakning odatdagi chin chechak turi.
  • 3.Qora chechakning og`ir gemorragik turi.
  • Qora chechakning yengil turi - to`movlashga o`xshash belgilar bilan kechadi. Terida toshmalar kam bo`ladi, umumiy intoksikatsiya deyarli sezilmaydi.

Qora chechakning odatdagi chin chechak turida - kasallik to`satdan varaja qilish, tana haroratining 39-40 daragacha ko`tarilishi, bosh og`rishi, bel va dumg`aza sohasida og`riq bilan boshlanadi. Terida qizg`ish yoki to`q qizil toshmalar paydo bo`ladi. Yelkaning ichki yuzasi, ko`krak, qorinning pastki sohasi, sonning ichki yuzasi terisiga toshmalar toshadi. Ular 2-3 kundan keyin iz qoldirmay yo`qoladi, tana harorati normaga tushadi. Bemorning ahvoli yaxshi bo`la boshlaydi.

  • Qora chechakning odatdagi chin chechak turida - kasallik to`satdan varaja qilish, tana haroratining 39-40 daragacha ko`tarilishi, bosh og`rishi, bel va dumg`aza sohasida og`riq bilan boshlanadi. Terida qizg`ish yoki to`q qizil toshmalar paydo bo`ladi. Yelkaning ichki yuzasi, ko`krak, qorinning pastki sohasi, sonning ichki yuzasi terisiga toshmalar toshadi. Ular 2-3 kundan keyin iz qoldirmay yo`qoladi, tana harorati normaga tushadi. Bemorning ahvoli yaxshi bo`la boshlaydi.
  • Lekin shundan keyin terining hamma joyiga, ayniqsa, yuz sohasiga, tomoq shilliq pardasiga chin chechak toshmasi toshadi. Avvaliga, toshma och pushti rangdagi qattiq dog`lar sifatida bo`ladi, bu toshmalarning uchida pufakcha hosil bo`ladi. Pufakcha ichidagi tiniq suyuqlik asta-sekin xiralashadi va yiringga aylanadi. Bu jarayon tana haroratining ko`tarilishi va varaja bilan kechadi. Davolash natijasida bemorning umumiy ahvoli yaxshilanishi bilan birga pufakchalar quriydi, hosil bo`lgan qazg`oq tushadi, ular o`rnida terida chuqurcha izlar qoladi. Yuz terisidagi toshmalar izi cho`tirlikni yuzaga keltiradi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə