O’simliklarning hayotiy shakllari reja


Bambuklar kenja oilasi - Bambuseae



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə7/8
tarix19.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#151822
1   2   3   4   5   6   7   8
osimliklarning hayotiy shakllari

Bambuklar kenja oilasi - Bambuseae

  • Bu oilaning deyarli hamma vakillari ildiz poyali ko‘p yillik o‘simliklar bo‘lib, juda shoxlab ketadigan ko‘p yillik daraxtsimon poyalar chiqaradi. Poyalarining bo‘yi ba’zilari-da 40 m ga yo‘g‘onligi 30 sm ga boradi. To‘pgullari supirgisimon, ko‘pchiligining gullarida 3 ta lodikula, 6 ta otalik, 3 -2 ta ustuncha bor. Mevasi don, ba’zilarida yong‘oqcha yoki rezavor meva holida 200 dan oshiq turi tropik va subtropik mintaqalarda o‘sadi. Yovvoyi holda o‘sadigan bambuklarni yerli aholi deyarli hamma xo‘jalik ishlarida ishlatadi.

Tariqsimonlar kenja oilasi - Panicoideae.

  • Oilacha vakillari asosan o‘t o‘simliklar ba’zan poyalari yog‘ochlashadi. Oddiy boshoqchalari 1 gulli, bittasi bir jinsli erkak gul bo‘lib, ikkinchisi ikki jinsli gul. Boshqacha qobiqlari ikkitadan ko‘p. Bu oilachaga bir qancha muhim ekinlar kiradi. Eng muhimlari makkajo‘xori avlodi (Zea) , jo‘xori avlodi (Sorghum) (bu avlod oddiy jo‘xori, oq jo‘xori, qand jo‘xori, sudan o‘ti, g‘umay kabi o‘simliklar kiradi), shakarqamish avlodi (Saccharum), tariq avlodi (Panicum) Suli avlodi (Avena), Chalov avlodi (Stipa), Sholi avlodi (Oryza), Silen avlodi (Aristida) kabilar hisoblanadi.

Makkajo‘xorilar turkumi - Zea mays

  • 1 yillik don o‘simlik. Poyasining bo‘yi 1-3 m gacha boradigan va bundan balandroq bo‘ladi,uchidan changchi boshoqchali ro‘vak, pastki qismlaridan esa murakkab to‘pgullar chiqaradi. Barglari navbat bilan joylashgan, cho‘ziq shaklda. Gullari - bir jinsli, mayda, gul qo‘rg‘oni yo‘q. Mevasining rang tusi har xil, ancha yirik bo‘ladigan yalang‘och don.
  • Hamma joylarda ekiladi asl vatani janubiy Amerika Makkajo‘xori popugida sintosterol, stigmasterol, efir moyi, S va K vitaminlar, alkaloidlar organik kislotalar va boshqa moddalar bor.
  • Tibbiyotda makkajo‘xori popugi siydik o‘t haydaydigan vosita sifatida tavsiya etiladi.
  • Qo‘ng‘irboshsimonlar kenja oilasi - Poaeoideae.
  • Boshoqchalari bir yoki ko‘p gulli. Bu oilaga o‘z ichiga muhim don va yem - xashak o‘simliklarini qamrab oladi. Bu oilachaga qo‘ng‘irbosh avlodi Roa javdar avlodi (Secale) , Arpa avlodi (Hordeum) kabilar kiradi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə