Aim.uz
O‘simliklar sistematikasi. Tuban o‘simliklarga xarakteristika.
Reja:
1. O‘simliklar sistematikasi nimani o‘rgatadi.
2. O‘simliklar sistematikasi tarixi.
3. K.Linney sistemasi.
4. Engler sistemasi.
5. Tuban o‘simliklarga xarakteristika.
O‘SIMLIKLAR SISTEMATIKASI
Sistematika bu o‘simliklarni tuzilishi jixatidan bir-biriga yaqinligini aniqlab, gruppaga ajratadi. O‘simliklar yer yuzida eramizdan 1700 yil ilgari paydo bo‘lgan. Yer yuzida 500.000 xil o‘simlik bor. Yovvoyi o‘simliklarning turi 350000, shulardan 200.000 gulli o‘simliklar, 150.000 gullamaydigan sporali o‘simliklar. MDX florasida 18.000 xil o‘simlik borligi aniqlandi. O‘simliklarga ayniqsa Kavkaz va O‘rta Osiyo boydir. O‘rta Osiyo va Kavkaz florasida 7000 o‘simlik turi uchraydi. Botanikaning sistematika va morfologiya qismi qadimgi zamonlardan beri tekshirilib kelingan. Misrda bizning eramizdan 3000 yil ilgari uzumchilik taraqqiy eta boshlagan. Misrda dorivor o‘simliklarni ekish boshqa mamlakatlarga nisbatan oldin boshlangan. Bu yerda bizning eramizdan 2000 yil ilgari kanakunjut-Ricinus comunis.
Bizning davrimizgacha saqlanib qolgan qadimgi zamon o‘simliklari xaqidagi ma’lumotlarni grek adabiyotlarida uchratish mumkin. O‘sha vaqtda grek olimlaridan Gippokrat, Aristotel, Dioskarid. Gippokrat bizning eramizdan 460-377 yillar ilgari 236 xil dorivor o‘simliklarni tasvirlagan. Aristotel va uning shogirdi Teofrast bizning eramizdan 4 asr oldin ko‘pgina o‘simlik turlarini yozib, ularning foydali xususiyatlarini aniqlaganlar, hamda o‘simliklarning 1 pallali va 2 pallali bo‘lishini ko‘rsatganlar. Teofrast botanikaning otasi xisoblanadi. Chunki uning yozgan kitoblaridan 15 tasi shu fanga bag‘ishlangan. Dioskarid bizning eramizning 1 asrida yashagan. O‘zining mashxur"Materia Medica "degan kitobida ko‘p dorivor o‘simliklarni rasmlari bilan tasvirlagan. Qadimgi Rimning o‘simliklar bilan shug‘ullanganlaridan Pliney Starshiydir. Dioskarid va Pliney Starshiy gullaydigan va gullamaydigan o‘simliklarni aniqlab, ularga lotincha nom bera boshlaganlar. Mas:Achillyea, Adonis va boshqalar. Qadimgi zamonlarda dorivor o‘simliklar sohasida yozilgan xind kitoblaridan eng ahamiyatlisi "Yadjur veda" hisob-lanadi. Bu kitobda ko‘rsatilgan dorivor o‘simliklar xozir ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Xitoyda o‘sim-liklar xaqida Xon-shen-nun bizning eramizdan 3000 yil ilgari "Bensao"degan kitob yozgan. O‘rta asrlarda o‘tgan olimlardan butun dunyoga mashxur bo‘lgan atoqli vrach Abu Ali Ibn Sino hisoblanadi (980-1037).
Avitsenna Buxoroga yaqin joydagi qishloqda tug‘ilgan. 1020 yilda "Alqonunfit Tib"deb atalgan 5 tomli kitob yozgan. Petr 1 1724 yilda Rossiyada fanlar Akademiyasini ochish to‘g‘risida buyruq chiqardi. U fanlar akademiyasi oldiga Rossiya florasini tekshirish vazifasini qo‘yadi. Shu maqsadda bir qancha ekspeditsiyalar tashkil etiladi. Ekspeditsiya qatnashchisi akademik Pallas "Flora Rossica" degan kitob yozgan.
18 asrning boshlarida shved olimi Karl Linney (1707-1778) o‘simliklarning sistematikasini tuzadi. U 1000 ga yaqin o‘simliklarni morfologik terminlarini ishlab chiqaradi. K.Linney "O‘simliklarning turlari: degan asarida 10.000 xil o‘simlik turini tasvirlab ularni 1000 ta avlodga, bu avlodni 116 tartibga, tartibni esa 24 sinfga bo‘lib chiqadi.
TUR -VID 10.000
AVLOD- ROD 1000
TARTIB - PORYADOK 116
SINF - KLASS 24
Shulardan 23 sinfga gullaydigan o‘simliklarni, 1ta sinfga esa, gullamaydigan o‘simliklarni kiritadi. Gullamaydigan o‘simliklarga suv o‘tlarini, zamburug‘larni, moxlarni va qirqquloqsimonlarni kiritadi. K.Linney gullaydigan o‘simliklarni "jinsiy urchishi aniqlangan" (Yavnobrachnыye), gullamaydigan o‘simliklarni "jinsi ma’lum emas" (Taynobrachnыye)deb ataydi. K. Linney har bir o‘simlikni 2 nom bilan atalishini kirita-di.
"Binarnaya nomenklatura"deyiladi. Bunda oldin avlod, so‘ngra tur nomi yoziladi. Avlod nomini ot, tur nomini sifat qilib olinadi. Mas:paxtaning avlodi, Yossypium Amerika paxtasi.-Yossypium hirsutum, Misr paxtasi -Yossypium barbadense
Oq tut - Morus alba
Qora tut - Morus nigra
Qizil tut - Morus rubra
K.Linney sistemasi sun’iy sistema hisoblanadi. Chunki Linney o‘simliklarning kelib chiqishini, bir-biriga yaqinligini va rivojlanishini hisobga olmagan. Linney idealist olim bo‘lgan. Uning fikricha o‘simlik-lar va xayvonlar o‘zgarmaydi, ular bir vaqtda yaratilgan. Biz turni shunday tushunamizki,tur bir qancha individlardan iborat bo‘lib, tashqi sharoit ta’sirida, odam vositasida, ichki protsesslar natijasida o‘zgarib rivojlanib turadi. Tur o‘zgarishi mumkin. K.Linneyning o‘simliklarni gruppaga bo‘lib tekshirishga hozir o‘zgartirish kiritilgan:
1.Tur – vid - Specis eng kichik -Sub species
2.Avlod – rod - genus
3.Oila – simeystvo - amilia
4.Tartib – poryadok - Ordo
5.Sinf – klass - clasis
6.Tip – tip - tipus
7.Bo‘lim – otdel - divisio
Ba’zan tur yana kichik turlarga bo‘linadi. Kichik turni - Sub species deyiladi. Tabiiy sistemani 1- marta 1841 yil Peterburg akademiyasining professori Goryaninov tuzgan. Bu o‘simliklarni 4 gruppaga bo‘lgan. 1 - gruppasida sporali o‘simliklar, lishayniklar, moxlar, qirqquloqsimonlar va boshqalar. 2 gruppasiga "soxta urug‘-lilar"-igna barglilar, qarag‘ay, archa. 3-gruppasiga "g‘alla donli o‘simliklar, ya’ni bir pallali o‘simliklar. 4 - gruppasiga - "haqiqiy urug‘li o‘simliklar"- 2 pallalilar gruppasi.
Suv o‘tlari, zamburug‘larni esa, hayvonot va o‘simliklar dunyosi oralig‘idagi organizm deb hisoblaydi. Tabiiy filogenetik sistemani o‘simliklarning rivojlanishiga asoslanib, rus olimlaridan Varshava Universitetining professorlaridan Belyayev, Moskva Universitetining professori Gorojankinlar tuzgan. Ular sistemani tuzishda urug‘li o‘simliklar sporali o‘simliklardan paydo bo‘lishiga asolanganlar. Ular o‘z sistemasini buyuk ingliz olimi Charlz Darvin nazariyasiga asoslanib tuzganlar. Darvinning 1859 yilda "Turlarning tabiiy saralanish natijasida kelib chiqishi"degan asari bosilib chiqadi. Bu asarida Darvin o‘simlik va hayvon turlarining yer yuzida paydo bo‘lishi va rivojlanishini ko‘rsatadi. Darvin materialist olim bo‘lgan. Darvin 3 faktorga asos-lanadi:
1.IRSIYAT-nasledstvennost
2.O‘ZGARUVCHANLIK-izmenchivost
3.Tabiiy saralanish yestetstvennыy stbor.
1897 yilda Gorojankinning tuzgan "tabiiy filogenetik sistemasi bo‘yicha o‘simliklar sistemasini 3 ta bo‘lim,7 ta sinfga bo‘lgan.
1-bo‘lim. -Tuban sporali o‘simliklar - Oodoniata
Bu bo‘limga 2 ta sinf kiradi
a) Aldae - suv o‘tlari
b) Fungi - zamburug‘lar - Mucophita
2-bo‘lim-Yuqori sporali o‘simliklar - Archimycetes
Bu bo‘limga 3 ta sinf kiradi a)Moxlar - Bryophyta
b) Qirqquloqsimonlar- Polyhodyophyta
v) Ochiq urug‘lilar - pinophyta
3-bo‘lim yopiq urug‘li o‘simliklar - Angiospermae
Bu bo‘limga 2 ta sinf kiradi
a) Bir pallalilar - Monocotyledoneae
b) Ikki pallalilar - Dicotyledoneae
Bundan keyin ham o‘simliklar sitemasi o‘zgartirilib, mukammallashtirilgan. Xozirgi sistema nemis olimi Engler sistemasiga asoslangan.
Yer yuzidagi hamma o‘simliklar 2 ta gruppaga bo‘linadi:
1.SPORALILAR - Sporophyta
2.URUFLILAR - Spermatophyta
a) Sporalilar 2 ta otdelga bo‘linadi:
1) Tuban sporali o‘simliklar-Oogoniatae
2) Yuqori sporali o‘simliklar- Archegoniatae
TUBAN SPORALILARGA:
Suv o‘tlari - Algae, Bakteriyalar - Bacteriophyta, Zamburug‘-lar-Fungi Lishayniklar Lichenophyta kiradi.
YUQORI SPORALI O‘SIMLIKLARGA:
Moxlar- Bryophyta, qirqquloqsimonlar- Pteridophyta ki-radi.
b) URUFLILARGA
1.Ochiq urug‘li o‘simliklar - gymnospermae yoki Pinophyta
2.Yopiq urug‘li o‘simliklar - Angiospermea Mognoliophyta
Tuban sporali o‘simliklarning jinsiy organlari bir xujayrali, oddiy tuzilgan.Bularning tanasi organlarga bo‘linmaydi.
Yuqori sporali o‘simliklarning jinsiy organlari, ko‘p xujayrali, murakkab tuzilgan. Bularning tanasi organlarga bo‘linadi.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘i meva ichida bo‘ladi.
Ochiq urug‘li o‘simliklarning mevasi bo‘lmaydi.
Engler sistemasi bo‘yicha o‘simliklar quyidagi tipga bo‘linadi.
1.Bakteriya- Bacteria
2.Ko‘k yashil suv o‘tlari-Cyanophyceae
3.Yashil suv o‘tlari-Chloropyceae
4.Sariq- Diatomea
5.Qo‘ng‘ir- Phacophyceae
6.Qizil- Rhodophyceae
7.Shilimshiqlar yoki miksomitsetlar-Myxophyta
8.Zamburug‘lar-fungi
9.Lishayniklar- Lichenes
10.Moxlar- Bryophyta
11.Qirqquloqsimonlar- Pteridophyta
12.Ochiq urug‘lilar-gymnospermae
13.Yopiq urug‘lilar-Angiospermae
A D A B I YO T L A R
1. V.A.Burыgin. F.X.Jongurazov., J.K..Saidov., G.D.Mustaqimov Botanika va o‘simliklar fizologiyasi. T, "O‘qituvchi" 1972 yil.
2. L.I.Kursanov., N.A.Komaranitskiy, K.I.Meyyer, Razdorskiy, A.A Uranov Botanika I,II tom.T. «O‘qituvchi» 1963-72y.
3. F.Kamilova., Jongurazov., Botanikadan amaliy mashg‘ulotlar. T. "Mehnat", 1986 yil.
4. I.Xamdamov., I.Shukurullayev.,YE.Tarasova.,YU.Qurbonov., A.Umirzoqov. Botanika, asoslari. T., Mehnat 1990 yil.
5. V.G.Xrjanovskiy. Kurs obshey botaniki. Chast I,II.M."Vыsshaya shkola "1982 god.
6. Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika. T. "O‘qituvchi», 1995 yil.
Dostları ilə paylaş: |