Organik kimyo. Kimyoviy boglanish tartibi. Kovalent bog‘lanish va uning turlari



Yüklə 95,91 Kb.
səhifə4/4
tarix19.12.2023
ölçüsü95,91 Kb.
#151774
1   2   3   4
Organik kimyo kursida kimyoviy boglanish tartibi

Kovalent bog‘lanish.
Kovalent bog‘lanish. Elektron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog'lanish kovalent bog‘lanish deyiladi. Kovalent bog'lar: 1) qo‘zg‘almagan atomdagi juftlashmagan elektronlar; 2) qo‘zgalgan atomdagi elektronlar juftining yakkalanishi; 3) donor-akseptor usulida hosil bo'lishi mumkin. Bu ikki elektronli va ikki markazli (ikkita yadroni tutib turadi) bog‘lanishdir. Kovalent bog‘lanishli birikmalar gomeopolar yoki atom birikmalari deyiladi. 1916 yili Lyuis yaratgan kovalent nazariyasiga ko’ra har qaysi ikki atom o’zaro kimyoviy bog’langanda , shu ikkala atomdan bittadan elektron ishtirok etishi natijasida hosil bo’lgan elektron juft ikkala atomga tegishli bo’lib qoladi. Bu nazariya tashqi elektron qavatida sakkizta elektron bo’lgan atomlarning barqaror bo’lishiga asoslangan. Lengmyur nazariyasiga muvofiq birikuvchi atomlar orasida hosil bo’ladigan elektron juftlar soni element valentligini ko’rsatadi. Lyuis va Lengmyurning kovalent bog’lanish haqidagi elektron nazariyasi murakkab bo’lmagan moddalardagi kimyoviy bog’lanish tabiatini izohlab berdi.Lekin murakkab moddalardagi bog’lanishning tabiatini tushuntirib bera olmadi. Faqat kvant nazariyasi yaratilgandan keyingina kimyoviy bog’lanishni to’liq izohlash imkoniyati tug’ildi. Hozirgi vaqtda kvant nazariyasi asosida kimyoviy bog’lanish tabiatini tushuntirish uchun ikkita usuldan foydalaniladi: 1.Atom orbitallar yoki valent bog’lanishlar usuli. 2.Molekulyar orbitallar usuli.
Atom orbitallar usuli.Atom orbitallar usuli bilan kimyoviy bog’lanishning hosil bo’lishini tushuntirish nazariyasi 1927 yilda Geytler va London taklif qilgan va L. Poling rivojlantirgan. Bu nazariyaga muvofiq molekulada elektronlar atom orbitallarida joylashgan bo’ladi. Kimyoviy bog’lanishning hosil bo’lishida elektronlar buluti bir-birini qoplashi natijasida ularning zichligi ortadi, atomlararo masofa esa kamayadi.Murakkab moddalarning hosil bo’lishini shunga asoslnib tushuntirish mumkin. Valent bog'lanishlar usuli, elektron orbitallarning gibridlanish usuli bilan uyg'unlashgan holda turli-tuman moddalaming tuzilishi, molekuladagi valent bog'larning yo'nalishi, molekulalarning geometriyasini juda ko'p moddalar uchun to'g'ri tushuntiradi. Valent bog'lanishlar usuli quyidagi kamchiliklarga ega: — ba’zi moddalarda elektron juftlar yordamisiz bog'lanish yuzaga kelib chiqadi. Masalan, XIX asrning oxirida Tomson molekular vodorod ionini vodorod (H2+)molekulasini elektronlar bilan bombardimon qilib oldi. Bunga asoslanib 2 yadro bir-biri bilan birgina elektron yordamida bog'lana oladi degan xulosa kelib chiqadi. — benzolga o‘xshash aromatik uglevodorodlaming tuzilishini valent bog'lanishlar tushuntirib bera olmaydi. Molekulyar orbitallar usuli. Molekula hosil bo'lishida toq elektronlarning rolini ko‘rsatadigan nazariya 1932-yilda Xund va Malliken tomonidan yaratilgan bo'lib, bu nazariya molekular orbitallar nazariyasi nomini oldi. Molekular orbitallar nazariyasini yaratishda atom orbitallarning tuzilishi haqidagi kvant-mexanik tasavvurlarni molekula tuzilishi uchun qo'llash mumkin deb hisoblandi. Farqi shundaki, atom bir markazli (bir yadroli) sistema bo'lsa, molekula ko‘p markazli sistemadir. Bu nazariyaga ko‘ra, har qaysi elektron molekuladagi barcha yadro va ko‘p markazli orbitallar ta’sirida bo'lishi e’tiborga olinadi. Molekular orbitallar usulining bir necha turlari bor. Atom orbitallarining chiziqli kombinatsiya usuli eng ko‘p qo'llaniladi. Molekular orbitallarning elektronlar bilan to'lib borishi ham xuddi atom orbitallardagi kabi Pauli prinsipiga va Xund qoidasiga bo'ysunadi. MO usulida bog'lovchi orbitallardagi elektronlar soni bo'shashtiruvchi orbitallardagi elektronlar sonidan ko'p bo'lsa, kimyoviy bog' hosil bo'ladi. Kimyoviy bog'lar tartibi (ВТ) quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi: 𝐵𝑇 = 𝑛𝑏𝑜𝑔′𝑒−𝑛𝑏𝑜𝑔′𝑒 2 bunda: 𝑛𝑏𝑜𝑔′𝑒— bog'lovchi orbitallardagi elektronlar soni; 𝑛𝑏𝑜𝑔′𝑒 — bo'shashtiruvchi orbitallardagi elektronlar soni. 𝛾 = 0, bo'lgan holat uchun 1s-atom orbitallardan elektronlari bog'lovchi molekular orbitallarga o'tishi kimyoviy bog'ni yuzaga keltiradi va jarayonda energiya ajralishi sodir bo'ladi. Agar 1s atom orbitallardan elektron bo'shashtiruvchi molekular orbitallarga o'tganida esa eneigiya sarflanishi kerak bo'ladi. Shu sababli ham 𝜎𝑏𝑜𝑔′ 1sga joylanishi kam energiya talab qiladi.
Kovalent bog’lanish ham o’z navbatida ikki turga bo’linadi:qutbsiz va qutbli bog’lanish. “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 1, ISSUE 2, 2023. JUNE 333 Qutbsiz kovalent bog‘lanish. Elektrmanfiyliklari bir xil bo‘lgan atomlar o‘zaro ta’sirlashganida kovalent qutbsiz bog‘lanishli molekulalar hosil bo‘ladi. Bunday bog‘lanish H2 , F2 , Cl2 , O2 , N2 kabi oddiy moddalarning molekulalarida bo‘ladi. Bu gazlarda kimyoviy bog‘lanishlar umumiy elektron juftlar vositasida, ya’ni muvofiq elektron bulutlarning o‘zaro qoplanishi tufayli hosil bo‘ladi; bu jarayon atomlar bir-biriga yaqinlashganida yadro bilan elektron orasidagi tortishuv natijasida amalga oshadi. Qutbli kovalent bog‘lanish. Elektrmanfiyliklari jihatidan bir-biridan u qadar keskin farq qilmaydigan elementlarning atomlari o‘zaro ta’sirlashganida umumiy elektron juft elektrmanfiyligi kattaroq bo‘lgan atom tomon siljiydi. Buning natijasida kovalent qutbli bog‘lanish hosil bo‘ladi. Kimyoviy bog‘lanishning bu ko‘rinishi anorganik va organik birikmalarda eng ko‘p uchraydi.Qutbli bog’lanishli molekulalar qatoriga : H2O, NH3, HCl, HF, HBr, HJ, H2S, H2SO4 larni kiritish mumkin.

Xulosa.
Kovalent bog‘lanish. Elektron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog'lanish kovalent bog‘lanish deyiladi. Kovalent bog'lar: 1) qo‘zg‘almagan atomdagi juftlashmagan elektronlar; 2) qo‘zgalgan atomdagi elektronlar juftining yakkalanishi; 3) donor-akseptor usulida hosil bo'lishi mumkin. Bu ikki elektronli va ikki markazli (ikkita yadroni tutib turadi) bog‘lanishdir. Kovalent bog‘lanishli birikmalar gomeopolar yoki atom birikmalari deyiladi. 1916 yili Lyuis yaratgan kovalent nazariyasiga ko’ra har qaysi ikki atom o’zaro kimyoviy bog’langanda , shu ikkala atomdan bittadan elektron ishtirok etishi natijasida hosil bo’lgan elektron juft ikkala atomga tegishli bo’lib qoladi.
Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasida elektronlarning taqsimlanishiga qarab kimyoviy bogʻlanishlarni 3 turga boʻlish mumkin: kovalent, ionli, metall bogʻlanish.
Kimyoviy bogʻ yoki kimyoviy bogʻlanish — ikki yoki undan ko'p atomlarning oʻzaro taʼsiri natijasida kimyoviy barqaror sistemalar (molekulalar, radikallar, molekulyar ionlar, komplekslar, kristallar va b.) hosil boʻlishi. Asosan, 2 xil boʻladi.
Baʼzi organik moddalar insonga juda qadimdan maʼlum. Masalan, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. Oʻsimlik moylari va hayvon yogʻlari oziq-ovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi.


Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. H.R.To’xtayev, S.N.Aminov “ Anorganik kimyo” Toshkent – 2011 “ Noshir”

  2. Q. Ahmerov, A.Jalilov, R. Sayfutdinov “Umumiy va anorganik kimyo” Toshkent – “O’zbekiston” – 2003.

  3. Yu. T. Toshpulatov , N. G. Raxmatullayev “Anorganik kimyo” Toshkent - 2005.

  4. " Tibbiy kimyo" S.Masharipov Toshkent – 2018

  5. S. Masharipov, I. Tirkashev “ Kimyo” Toshkent -2014 “O’qituvchi” ijodiy uyi

Yüklə 95,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə