Organik kimyo. Kimyoviy boglanish tartibi. Kovalent bog‘lanish va uning turlari



Yüklə 95,91 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü95,91 Kb.
#151774
1   2   3   4
Organik kimyo kursida kimyoviy boglanish tartibi

Kimyoviy boglanish tartibi.
Kimyoviy bogʻ yoki kimyoviy bogʻlanish — ikki yoki undan ko'p atomlarning oʻzaro taʼsiri natijasida kimyoviy barqaror sistemalar (molekulalar, radikallar, molekulyar ionlar, komplekslar, kristallar va b.) hosil boʻlishi. Asosan, 2 xil boʻladi:

  • Atom (kovalent) bogʻ — kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga oʻxshash yoki xossalari bir-biriga yaqin boʻlgan atomlar oʻrtasidagi bogʻ. Bu bogʻ har qaysi atomdan bittadan elektron oʻzaro taʼsir etib, shu atomlarga tegishli birlashtiruvchi elektron juftligini hosil qilishi natijasida yuzaga keladi. Bu bogʻ oddiy moddalarning (H2, O2 va b.), murakkab moddalarning (CH4, H2O, NH4Cl va b.) va organik birikmalarning molekulalariga xos. Kovalent bogʻlar 2 atom uchun umumiy boʻlgan elektronlarning 2 jufti bilan yuzaga kelsa — qoʻshaloq, 3 jufti bilan yuzaga kelsa — uchlik kovalent bogʻ deb ataladi; Struktura formulalarda ular 2 ta yoki 3 ta chiziqcha bilan koʻrsatiladi. Masalan, H2C=CH2 — etilen, HC≡CH — atsetilen, H—C≡N — vodorod sianid va hokazo.

  • Ion (elektrovalent yoki geteropolyar) bogʻ — elementlarning atomlaridan biri elektron berib (yoʻqotib), musbat ionga aylanadi. Ikkinchi element atomi esa bu elektronni qabul qilib, manfiy ionga aylanadi; Soʻngra bu musbat va manfiy ionlar oʻzaro bog'lanib molekula hosil qiladi. Bunday molekulaning musbat va manfiy qutbi boʻlgani uchun u, geteropolyar yoki ion bogʻlanishli molekula deyiladi. Ion bogʻ xossalari bir-biridan katta farq qiladigan elementlar — asl metallar bilan metallmaslarning atomlari orasida (masalan: natriy xlorid NaCl yoki kalsiy ftorid CaF2 molekulasida) yuzaga keladi. Mendeleyev davriy sistemasining 1-guruh metallari 1 zaryadli (ion valentligi +1), 2-guruh metallari 2 zaryadli (ion valentligi +2) ionlar hosil qiladi. Galogenlar, davriy sistemaning 7-guruh elementlari elektron qabul qilib, manfiy zaryadlangan (ion valentligi -1) 1 valentli ionlar, kislorod va xossalari oʻnga oʻxshash elementlar esa 2 ta elektron qabul qilib manfiy zaryadlangan (ion valentligi -2) 2 valentli ionlar hosil qiladi.

Kimyoviy bogʻlarning yuqorida keltirilgan asosiy xillari orasida oraliq shakllari ham bor
Kimyoviy bogʻlanish haqidagi ta’limot – hozirgi zamonning asosiy masalasidir. Bu ta’limotni bilmay turib kimyoviy birikmalarning turli-tumanlik sabablarini, ularning hosil boʻlish mexanizmini, tuzilishini va reaksiyaga kirisha olish xususiyatlarini tushuntirib boʻlmaydi. Kimyoviy elementlarning atomlari birbiriga birikib, juda koʻp oddiy va murakkab moddalarning molekulalarini hosil qiladi. Bu molekulalarda atomlar bir-birlari bilan qanday kuch hisobiga bogʻlanishi mumkin. Odatdagi sharoitda inert gazlarning atomlari erkin holda mavjud boʻla oladi (He, Ne, Ar, Kr, Xe, Rn), boshqa har qanday element atomlari erkin holda uzoq vaqt mavjud boʻla olmaydi, ular bir-biri bilan birikishga harakat qiladi, natijada esa oddiy yoki murakkab moddalarni hosil qiladi.
Oddiy moddalar – H2,O2,N2,Cl2.
Murakkab moddalar – HCl, H2O, MgO, NaCl, H2SO4
Har qanday kimyoviy element oʻzining tashqi energetik qavatida elektronlar sonini tugallangan holatda yetkazishga intilishini bilamiz. Demak, tashqi energetik qavat 8 ta elektron bilan toʻlganida tugallangan boʻladi. Kimyoviy birikmalar hosil boʻlishda element atomi yadrosida oʻzgarish sodir boʻlmaydi, asosan guruh elementlari tashqi energetik qavatidagi elektronlarda – qoʻshimcha guruhcha elementlarida tashqi va tashqidan oldingi energetik qavatda oʻzgarish sodir boʻladi.
Ma’lumki har bir element oʻzining tashqi energetik qavatidagi elektronlarning yadroga bogʻlanish energiyasi bilan farqlanadi. Ayrim elementlarning tashqi energetik qavatidagi s-elektronlar yadroga kuchsiz bogʻlanganligi tufayli ular kimyoviy reaksiyalarda oson elektron beradi. Bunday elementlar metallardir. M: natriy atomining tashqi energetik qavatida 3s1 1ta elektron boʻladi va u kimyoviy reaksiylarda osonlik bilan bitta elektron yoʻqotib ikkinchi qavatni ochib qoʻyadi. Na ning 2-qavatida esa 8 ta elektron boʻladi.

Yüklə 95,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə