O’quv qo’llanma (bakalavriat yo’nalishi uchun) Toshkent-2004


-mavzu. Shartnoma (kontrakt-bitim) va ularni tuzilishga oid hujjatlar



Yüklə 178,88 Kb.
səhifə8/37
tarix29.11.2023
ölçüsü178,88 Kb.
#141008
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma-fayllar.org

TMI rektori: (imzo) M.Sharifxo’jaev

1.3.-mavzu. Shartnoma (kontrakt-bitim) va ularni tuzilishga oid hujjatlar


    1. Shartnoma, shartnoma turlari va boshqaruvda shartnomaning roli

Ikki va undan ortik tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o’zgartirish yoki to’xtatish yo’lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabat o’rnatish haqidagi kelishuv (bitimi)ni qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir.

Shartnoma davlat, kooperativ, jamoat yoki xususiy tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o’rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o’rtasida o’rnatilayotgan bo’lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi.
Muassasalar o’rtasida keng tarqalgan shartnoma turlariga mol (tovar) etkazib berish, pudrat, imoratlar ijarasi, asbob-uskunalarni o’rnatish haqidagi shartnomalarni ko’rsatish mumkin.
Shartnomalar og’zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo’lishi mumkin. Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, imoratlarni oldi-sotti shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur. Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo’llaniladi.
Shartnoma muassasalarga tegishli bo’lganda, tomonlar imzolangunga qadar unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik belgisi (vizasi) bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari bo’yicha kelishib olib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Oddiy xo’jalik shartnomalarining zaruriy qismlari:

  1. Shartnomaning nomi (etkazib berish shartnomasi, pudrat shartnomasi va shu kabi).


  2. Shartnoma tuzilgan sana.


  3. Shartnoma tuzilgan joy.


  4. Shartnoma tuzilayotgan tomonlarning aniq va to’liq nomi; tomonlar vakillarining ism-shariflari: ularning vakolot doirasi.


  5. Shartnoma matni.


  6. Tomonlarning huquqiy adreslari.


  7. Tomonlarning imzolari va muhrlari.


Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi kerak, chunki har bir huquqiy shaxs hujjatlar yig’masida kamida bir nusxa bo’lishi kerak. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil huquqiy kuchga ega bo’ladi.


Etkazib berish shartnomasi. Reja topshiriqlariga muvofiq, moddiy boyliklar va imkoniyatlarga ega bo’lish uchun etkazib beruvchi korxona iste’molchi korxonaga mahsulot etkazib berish bo’yicha o’zaro munosabatlar o’rnatiladi. Etkazib berish shartnomasi ikki tomonning kelushuvi bo’lib, unga ko’ra etkazib beruvchi korxona muayyan mahsulotni belgilangan muddatlarda iste’molchi tashkilotga mol-mulk sifatida yoki amaliy boshqarish uchun etkazib berish majburiyatlari; iste’molchi tashkilot esa mahsulotni qabul qilib olish va uning qiymatini belgilangan narxlar bo’yicha to’lash majburiyatini oladi.
Ijara shartnomasi. Omborxonalar va turar joylarni, asbob-uskunalar va boshqalarni ijaraga olishda bir tomonga qarashli mol-mulkdan ikkinchi tomonning vaqtincha foydalanishi yuzasidan kelushuv va o’zaro majburiyatlar ijara shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ijara shartnomalari ikki korxona va tashkilot o’rtasida, shuningdek, korxona, tashkilot bir tomon va xususiy shaxs ikkinchi tomon bo’lib ham tuzilishi mumkin.
To’liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma. Pul mablag’lari va moddiy-tovar boyliklarni saqlash uchun ma’sul bo’lgan shaxslar bilan to’liq shaxsiy moddiy javobgarlik haqida yozma shartnoma tuziladi.
Bu shartnomaga ko’ra, moddiy javobgar shaxs o’zi qabul qilib olgan moddiy boyliklar uchun to’liq moddiy javobgarlikni o’z zimmasiga oladi va ularni qabul qilish, saqlash, tarqatish va hisobga o’tkazish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya qilish majburiyatini oladi. Korxonani esa moddiy javobgar shaxslarga unga ishonib topshirilgan qimmatdor buyumlarning saqlanishini ta’minlovchi qulay sharoitlar yaratib berishni zimmasiga oladi.
Engil avtomashinani hadya qilish shartnomasi. Engil avtomashinani, shuningdek, kajavali mototsiklni hadya qilish shartnomasi jiddiy notarial tasdiq qilinishi kerak. Bu shartnoma ikki nusxa tuzilib, uni har ikkala tomon-hadya qiluvchi va uni qabul qiluvchi imzolaydi. Notarius hujjatni o’rganib, uning har ikkala nusxasiga tasdiq belgilari yozib chiqadi va gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Shundan so’ng hadya qilish shartnomasi maxsus ro’yxatga kiritiladi va tegishli tartib raqami (nomer)ga ega bo’ladi.
Mehnat bitimi shartnoma turlaridan biri bo’lib, u orqali muassasalar bilan ularning hisobida turmaydigan xodim(lar) o’rtasidagi o’zaro munosabatlar rasmiylashtiriladi. Xodim (ishchi) aniq bir ishni bajarishni zimmasiga oladi, muassasa esa ish haqini to’lash va shu ishni bajarish uchun sharoit yaratib berish majburiyatini oladi.
Mehnat bitimi tuzish muayyan muassasa yoki tashkilotda kerakli mutaxassis bo’lmagan va bajarilishi zarur bo’lgan ishlar biron-bir sababga ko’ra tegishli muassasa va konxonalar bilan shartnoma asosida bajarilib bo’lmaydigan hollardagina ruxsat etiladi.

    1. Yüklə 178,88 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə