O’quv qo’llanma (bakalavriat yo’nalishi uchun) Toshkent-2004



Yüklə 178,88 Kb.
səhifə34/37
tarix29.11.2023
ölçüsü178,88 Kb.
#141008
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma-fayllar.org

Tayanch iboralar:
  • Ma’lumot


  • Markazlashgan


  • Nomarkazlashgan


  • Samaradorlik


  • Ijro nazorati


  • Byurokratizm


  • Ijro muddati


  • Nazorat hujjatlari


  • Texnika

  • Texnologiya

  • Elektron hisoblash texnikasi



Muhokama uchun savollar:


    1. Hujjatlarni ro’yxatga olishdan maqsad nima?


    2. Hujjat sifati deganda nimani tushunasiz?


    3. Hujjatlarni ro’yxatga olish shakllari?


    4. Hujjatlarni ro’yxatga qo’yishdan maqsad?


    5. Boshqaruv faoliyatida ijro-nazoratining roli qanday?


    6. Hujjatlarning ijrosini tashkil etishdagi asosiy omillar?


    7. Elektron-hisoblash texnikasi orqali ijro nazorati qanday olib boriladi?


    1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari


    1. Hujjatlarni tuzish sifatini yaxshilash

Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida islohotlar olib borilmoqda, chunonchi ish yuritish sohasida ham bir qancha kamchiliklar mavjud ediki, ularni tezda bartaraf etishga to’g’ri kelmoqda. Buning uchun bu sohada avvalo hujjatlar bilan ishlashga e’tibor berish hamda iloji boricha ish yuritish jarayonini ixchamlashtirish lozim. Chunki rahbarlar hujjatlarni qabul qilganda ular nechog’lik sodda va ixcham bo’lishi, uning vaqtini ko’p egallamasligi lozim.



Tashkilot, korxona va firmalardagi ishni ishlab chiqarish taraqqiyotiga muvofiq tashkil etishda va takomillashtirishda hujjatlarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilinishi munosabati bilan, bozor iqtisodiyotiga o’tish lozimligi tufayli Respublikamizda yangi vaziyat paydo bo’la boshladi. Iqtisodni bozor munosabatlariga o’tkazishga qaratilgan chora- tadbirlar korxona mustaqilligini kuchaytirishga olib kelmoqda. Undan tashqari aralash va xususiy mulk asosida har xil ishbilarmonlik korxonalari tashkil qilinmoqda. Bu sharoitda ularning ish natijasiga bo’lgan mas’uliyati jiddiy ortib bormoqda, bu o’z yo’lida rahbarlarning ham mustaqilligini oshirmoqda. Rahbar korxonaning yuqori samarasini ta’minlab boshqarish kabi dolzarb masalani hal qilishi lozim. Boshqarish mahoratini chuqur egallash uchun har qanday rahbar o’z malakasini oshirishi, qayta o’qishi va o’z tajribasini oshirishi ayniqsa hozirgi zamon talabidir.
Hozirgi sharoitda texnikaning rivojlanishi va axborot tiziminnng tezligi korxona, tashkilot va turli firmalarda ish yuritishni yaxshi yo’lga qo’yibgina qolmay, balki uni samarali va tez yo’lga qo’yilishi ko’zda tutilmoqda.
O’zbek tili Davlat tili maqomini olgan korxona va tashkilotlarda ish yuritish ya’ni hujjatlar bilan ishlash o’zbek tilida olib borilmoqda. Bu esa o’z navbatida boshqaruv xodimlarining ishlarini engillashtirmoqda.
Respublikamizda keyingi paytlarda kompyuterlar bilan ishlash yaxshi yo’lga qo’yilmoqda va shu bilan birga internet orqali chet el tajribalaridan foydalanilgan holda axborotlarni uzatish, xatlarni jo’ natish, fikr almashinish, hattoki, shartnomalar tuzish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Shu sababli korxonalarning har bir bo’limlarida kompyuterlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Ilgari kerakli hujjatlarni turli xil kataloglardan qidirib topib, shaxs egalariga topshirguncha ancha vaqt sarflanardi. Hozir esa hujjatlar, ish papkalari, shartnomalar va boshqa xil hujjatlar kompyuterga yuklanib arxivning qaysi qatorida qaysi hujjat saqlanishini osonlik bilan topish mumkin. Bu esa o’z navbatida vaqtni va qog’ozni tejashga olib kelmoqda.
Har qanday qarorni tayyorlanishi va uni xodimlarga etkazilishida ham kopyuterdan foydalanilmoqda. Bundan tashqari qarorlar, yangi qonun-qoidalarni va shu kabi ishlarni tez etkazish borasida faks va zamonaviy axborot vositalaridan unumli foydalanilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosatlardan biri tadbirkorlarga qulayliklar yaratishdir. Bu qulayliklar bo’lar-bo’lmas hujjatlarni to’ldirish, ularni tegishli shaxslarga olib borib imzolatish va shu kabilarga chek qo’yishdan iboratdir. Tadbirkor yangi ish yuritmoqchi bo’lsa turli tashkilot va firmalarga kechayu- kunduz hisobot berishi va ularga o’z faoliyatini maqsadini tushuntirib berish kabi ishlardan ozod bo’lmoqda. Bu o’z navbatida korxonalarda ish yuritishni ixchamlashtirib, samara bermoqda.

    1. Yüklə 178,88 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə