O‘quv dasturining nomi Dezinfeksiya ishi


O‘qitishni tashkiliy shakli



Yüklə 33,51 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü33,51 Kb.
#142068
1   2   3   4
REJA

O‘qitishni tashkiliy shakli

N - Nazariy ta’lim;
A - Amaliy ta’lim;
NA - Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi; MX - Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhga tayinlangan dars tili asosida

Baholash tartibi

Joriy baholash tartibiga asoslanib

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshirik


  1. O‘quv dasturi mazmuni



Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni







1

Dezinfeksiya , maqsadi, vazifalari,unga xissa qo‘shgan olimlar.

“Dezinfeksiya ishi” moduli haqida tushuncha,uning maqsadi, vazifalari, dolzarbligi. modulning rivojlanish tarixi, boshqa tibbiy modullar bilan bog‘liqligi. Yuqumli kasalliklarning oldini olishda dezinfeksion tadbirlarni ahamiyati. Modul rivojlanishida o‘zbek va rus olimlarining qo‘shgan xissasi. Hozirgi vaqtda zamonaviy dezinfeksiya vositalaridan samarali foydalanish va uning turlari.

2

N

2

2

Dezinfeksiyaning turlari, usullari va vositalari.

Dezinfeksiyaning amaliyotdagi ikki turi, ularning farqi. Mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullarihaqida umumiy ma’lumotlar, qo‘llanilishi va ta’siri. Kimyoviy vositalarni saqlash va samarali qo‘llash uchun zarur shart-sharoitlari, eng muhim dezinfeksiyalovchi moddalarning xususiyati. Mukammal va joriy tozalov ishlarini o‘tkazish.Dezinfeksiyalovchi moddalarni tashqi ko‘rinishi, suvda eruvchanligi, rangi, xidi va bir-biridan farqini aniqlash qoidasi. Yuqori foizli suyuq xoldagi asosiy dezinfeksiyalovchi eritmani tayyorlash dezinfeksion vositalar yordamida zararsizlantirish uchun suv va xlor kukunini hisoblash va undan ishchi eritma tayyorlash. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan buyruqlar asosida ishlash.

6

NA

2

3

Davolash-profilaktika muassasalarida joriy dezinfeksiyani o‘tkazish qoidalari

DPMlarda dezinfeksiya ishlarini tashkil qilish, olib borish va uni nazorat qilish. Poliklinika, tug‘ruqxona, jarrohlik bo‘limlari va Yuqumli kasalliklarda dezinfeksiya o‘tkazish qoidasi. Joriy va yakunlovchi dezinfeksiya o‘tkazish va uning inson sog‘ligi uchun ahamiyati.

6

NA

2

4

Infeksiyalarning ayrim guruhlari uchun bajariladigan dezinfeksiyasi.

Ichak infeksiyalari (vabo, dizenteriya, virusli gepatit A va boshqa) o‘chog‘ida dezinfeksiya ishlari. Nafas yo‘llari infeksiyalari (meningokokkli, bo‘g‘ma, gripp va boshqa) bo‘limida olib boriladigan dezinfeksiya tadbirlari. Sil kasalligi va qon infeksiyalari o‘chog‘ida dezinfeksiyani olib borilishi va uning inson sog‘ligi uchun ahamiyati. Tashqi muhit (oshxona idishlari, oqliklar, o‘yinchoq)
ob’ektlari va bemor buyumlarini zararsizlantirish qoidalari, qo‘llaniladigan
eritma va ta’sir etuvchi vaqti(ekspozitsiya)ning ahamiyati. Transport vositalarining dezinfeksiyasi.

6

NA

2

5

Dezinfeksiya sifatini nazorat qilish.

Dezinfeksiya sifatini nazorat qilishda ishning borishini ko‘zdan kechirish, bakteriologik, kimyoviy usullardan foydalanish. Zararsizlantirilgan tashqi ob’ektlardan surtmalar olish qoidasi. Dezinfeksiyalovchi vositaning kerakli miqdorini belgilash va uni amalda qo‘llash.

4

A

2

6

Sterilizatsiya haqida tushuncha.

Sterilizatsiyahaqida tushuncha, uni dezinfeksiyadan farqi. Aseptika va antiseptika qoidalari. SHifoxona ichi infeksiyasini oldini olishda sterilizatsiyaning ahamiyati, roli va uning samaradorligi. Sterilizatsiya usullari (bo‘g‘, havo,gaz, kimyoviy yo‘li bilan) va jihozlari. Sterilizatsiya turlari(Yuqori bosimli bo‘g‘ bilan ishlash, nurlash yo‘li bilan, gaz yordamida). Sterilizatsiya xususiyatlari.

2

N

2

7

Tibbiy jihozlar sterilizatsiyasi, markaziy sterilizatsiya bo‘limi(MSB)ning ishi.



Tibbiyot jihozlarini dezinfeksiya, sterilizatsiya
qilish qoidasi. Instrumentlarni
sterilizatsiyadan oldingi tozalov ishlaridan o‘tkazish, cterilizatsiya sinamalarini o‘tkazish tartibi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Sterilizatsiya qilishni tekshirish. MSBlarga qo‘yiladigan talablar va amalga oshiriladigan tadbirlar. MSBning strukturasi, ish qoidalari.DPMlarda MSB ning ish qoidasi. Sterilizatsiya bo‘limining sanitariya-gigiena hamda sanitariya-texnik jihozlarni ko‘zdan kechirish. Sterilizatsiya rejimini nazorati. MSB da tibbiy hujjatlarni yuritilganligini tekshirish.

6

NA

2

8

Sterilizatsiya samaradorligini nazorat qilish.

Tibbiy asbob-uskunalarni sterilizatsiyadan o‘tkazish uchun ularni bo‘limdan qabul qilish va oldingi ishlovini tekshirish qoidasi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan amaldagi buyruqlar asosida asboblar sterillanganligining sifatini nazorat qilish.

4

A

2

9

Dezinseksiya haqida tushuncha, maqsadi, usullari. Asosiy dezinseksiyalovchi moddalar, repellentlar.

Dezinseksiya haqida tushuncha, uning maqsadi, vazifalari va uning ahamiyati. Bo‘g‘imoyoqlilarning biologik xususiyatlari, epidemiologik ahamiyati, zararli turlari va ularni Yuqumli kasalliklar tarqalishidagi roli.
Dezinseksiya tadbirlari, usullari-mexanik, fizik, kimyoviy, biologik. Bug‘imoyoklilarga qarshi kurash chora tadbirlari.Keng qo‘llaniladigan dezinseksiyalovchi preparatlar ro‘yhati, klassifikatsiyasi, xususiyati. Insektitsidlarning turlari (ichak,kontakt,sintetik,insektitsidlar) ta’sir qilish mexanizmi. Repellentlar, ularning turi, ta’sir qilish mexanizmi, qo‘llanilishi. Dezinseksiyalovchi preparatlarning tashqi ko‘rinishi, bir-biridan farqi, xususiyati. Insektitsidlardan eritma, suspenziya, emulsiyani tayyorlash qoidasi, qo‘llash usullari. Turli xil ob’ektlarni dezinseksiya qilish uchun kerakli preparatlar miqdorini aniqlash. Insektitsidlarni tayyorlash va ishlatishda texnika havfsizligi, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.

6

NA

2




10

Bo‘g‘imoyoqlilarning ayrim turlariga qarshi kurash tadbirlari.

Ayrim bo‘g‘imoyoqlilar guruhi uchuvchi bo‘g‘imoyoqlilar (bit,burga, pashsha, chivin, kanalar), ularning bir-biridan farqi va Yuqumli kasalliklar tarqalishidagi roli. Ularga qarshi kurash chora tadbirlari.
Dezinseksiyani o‘tkazish jarayonida
qo‘llaniladigan dori-vositalarining turi, foizi,
ekspozitsiya ahamiyati. Turmushda uchraydigan hashoratlarga qarshi kurash(suvaraklar, sariq chumoli), ularni qirish choralari. Qon infeksiyalarida bo‘g‘imoyoqlilarni tashuvchi sifatida ahamiyati, o‘choqda o‘tkaziladigan dezinseksiyaning xususiyati. Yuqumli va somatik kasalliklar shifoxonasi qabul bo‘limida pedikulyozni aniqlash va
sanitariya tozalovini o‘tkazish, qo‘llaniladigan vositalar, ekspozitsiya vaqti, ehtiyot choralari. Entomologiya bo‘limining ishi, hujjatlari.

6

NA

4

11

Dezinfeksiya va dezinseksiya uchun ishlatiladigan apparatlar, dezinfeksion kameralar.

Dezinfeksiya va dezinseksiya o‘tkazish uchun ishlatiladigan apparatlar, uning turlari, ishlatish tartibi (avtomaks, gidropult, dezinfal, flit, Suyuqlik purkagich apparat(avtomaks, gidropult, dezinfal, flit)larning tuzilishi, ishlatish qoidalari. Chang yutgich apparatining ishlatish xususiyati, aerozolli apparatlarni ishlatilishi. KDF-3 dezinfeksiya kamerasi, elektr toki yordamida ishlovchi TSNIDI dezokamerasi,harakatlanadigan dezinfeksiya kameralari). Dezinfeksion kameralar haqida tushuncha, turlari, tuzilishi qismlari, ishlatish qoidasi, ish yuritish jurnallari. Buyumlarni zararsizlantirish xususiyati.
Dezinseksiyalovchi kamera turlari, ishlash qoidasi. Buyumlarni dezinfeksion kameralarda zararsizlantirish rejimi, sanitariya jihatidan ishlov berish. Dezinfeksiya kameralar ishini nazorat qilish, hujjatlarni to‘ldirish qoidasi.

10

NA
A

4

12

Deratizatsiya haqida tushuncha, maqsadi, usullari.

Kemiruvchilar oilasi haqida tushuncha, biologiyasi, turlari. Yuqumli kasalliklar tarqalishida kemiruvchilarning epidemiologik ahamiyati. Deratizatsiya tushunchasi, maqsadi, vazifasi, usullari. Deratizatsiyaning sanitariya va texnik tadbirlari va samaradorligini tekshirish. Laboratoriya jixozlari bilan tanishish. Ratitsidlar. Zaharli xo‘raklar tayyorlash, saqlash va ularni amalda qo‘llash. Xavfsizlik qoidalari, zaharlanish belgilari va zaharlanishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

2

N

2

13

Kemiruvchilarga qarshi kurash tadbirlari, vositalari.

Kemiruvchilarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan profilaktik va qirish tadbirlari. Aholi yashaydigan punktlarda deratizatsiya tadbirlarini tashkil etish. Deratizatsiya tadbirlarini samaradorligini tekshirish. Kemiruvchilarni bir-biridan farqi (kalamush,
sichqon, qum va dala sichqonlar).
Kemiruvchilarni ovlash qurollari, ularning tuzilishi, ishlash tamoyili. Ratitsidlar xususiyati, tashqi ko‘rinishi, qo‘llanilishi. Zaharli xuraklarni tayyorlash usullari va qo‘llanilishi, uni saqlash qoidalari.

6

NA

4

14

Profilaktika va epidemiyaga qarshi kurash chora tadbirlari. Dezinfeksiya ishlarini tashkil qilish .
Mehnatni muhofaza
qilish. Kadrlar tayyorlash.

Profilaktik va o‘choqli dezinfeksiya bo‘yicha O‘zR SSV-ning amaldagi buyruqlar va uslubiy tavsiyanomalari. Dezinfeksiya ishlarni tashkil etishda dezinfeksion stansiyaning ishi, bo‘limlari, hujjatlari (yillik, yarim yillik, kvartal xisobot jurnallari). Dezinfeksiya ishida mehnatni muhofaza qilish qoidalari. Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar tayyorlash. Instruktor-dezinfektor vazifalari..
Dezinfeksion moddalarni saqlash qoidalari. Dezinfeksiya va deratizatsiya paytida ehtiyot choralariga rioya qilish. Dezinfeksion
moddalar bilan zaharlanish va zaharlanganda birinchi tibbiy yordam.
Dezinfeksiya ishlarini sifat ko‘rsatkichlari. Dezinfeksion stansiya, viloyat, shaxar, tumandagi dezinfeksiya bo‘limi strukturasi, funksional vazifalari. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini rejalashtirish, tibbiy hujjatlarni yuritish qoidalari. Infeksiya o‘chog‘ida qo‘llaniladigan himoya kiyimining tiplari, uning kiyish va yechish qoidasi. Sifat ko‘rsatkichlarni taxlil qilish. Aholi o‘rtasida sanitariya-targ‘ibot ishlarini olib borish.

6

NA

4


Yüklə 33,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə