Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali



Yüklə 8,37 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü8,37 Kb.
#154529
Taqdimot (14)

Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali

Oziq ovqat texnologiyasi yo‘nalishi 16-21guruh talabasi Ibragimova Dilraboning Sanitariya Va gigiyena fanidan mustaqil ishi

Mavzu: Korxona jihozlari, asboblari, idish va taralariga qo‘yiladigan sanitariya talablari


Umumiy ovqatlanish korxonalarida polimerlar, oyna, metall, yog‘och materiallardan ishlangan va ruxsat etilgan jihozlar, inventar, idish-tovoq, taralardan foydalanish mumkin. Jihozlar, inventar, idishlar va taralar harorat o‘zgarishiga, ruxsat etilgan yuvuvchi moddalar, dezinfeksiya vositalariga chidamli bo‘lishi, sirti silliq, tiniq, yig‘ishtirish-tozalash, yuvish va dezinfeksiya qilishga qulay bo‘lishi lozim.
JIHOZLAR VA INVENTAR Nomexanik jihozlarga foydalaniladigan stollar, idish-tovoq, mahsulotlar yuvadigan vannalar, stol ustiga qo‘yiladigan va yuk tortadigan tarozilar kiradi. Stollar usti suv o‘tkazmaydigan materiallar, zanglamaydigan po‘lat tunuka, dyuralumin, ulog‘i bo‘lmagan polimer materiallari bilan qoplanadi. Taxta bilan qoplangan stollar faqat qandolat sexida xamir kesish uchun ishlatiladi. Hamma ishlab chiqarish stollari ishlatilishi bo‘yicha belgilangan holda markirovka qilinadi. Idish-tovoq va mahsulotlar yuvadigan vannalar zanglamaydigan po‘latdan, oq tunukadan yasaladi, shuningdek sirlangan vannalar ham ishlatiladi. Yuviladigan narsalar tarkibiga qarab materiallar tanlanadi. Masalan, dyuralumin ishqordan qorayadi.
Inventarga go‘sht kesadigan taxtalar, pichoqlar, boltalar, qiymalagichlar, bolg‘alar, sochiqlar kiradi. Mahsulotlarni maydalaydigan taxtalar muhim sanitariya ahamiyatiga ega. Xom va pishirilgan go‘sht, baliq, sabzavot, non, pishloq, kolbasa va hokazolarni kesish, tayyorlash uchun, ularga mikroblar va boshqa narsalar tushmasligi uchun stol taxtalari markirovka qilingan, tekis, silliq bo‘lishi shart. Taxta oralarida yorilgan yoki zichlanmagan joylari bo‘lishi mumkin emas, chunki u yerlarga kirib qolgan mahsulot qoldiqlarida mikroblar rivojlanadi va asosiy taomlarga o‘tib, sifatini buzadi. Taxtalarning chetlarida, pichoq soplarida qaysi mahsulot uchun ishlatilishi yozilgan bo‘ladi: XG — xom go‘sht, XB — xom baliq, XS — xom sabzavot, PG — pishgan go‘sht, PS — pishgan sabzavot, N — non va hokazo bosh harflar bilan belgilanadi. Taxta va pichoqlar o‘z ishlatiladigan joylarida saqlanadi. IDISH-TOVOQLAR VA OSHXONA ANJOMLARI
IDISH-TOVOQLAR VA OSHXONA ANJOMLARI Oshxona idish-tovoqlari taomlarni tayyorlash, saqlash va tashish uchun xizmat qiladi. Turli qozonlar, kastrullar, tovalar, kapgir, cho‘mich, chovlilar, elak, bug‘ kastrullari — bularning hammasi zanglamaydigan po‘lat, alumin, cho‘yan, oq tunukadan tayyorlanadi. Oq tunukadan yasalgan idishlarda sochiladigan mahsulotlar va suvni saqlash mumkin, chunki rux tez eruvchan, u tuz holida oziqaga o‘tishi mumkin. Sirlangan idishlar umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatilmaydi, chunki u urilganda ko‘chadi, taomga tushishi mumkin. Umumiy ovqatlanish sohasida kulolchilik idishlaridan foydalanish mumkin. Oshxona va choyxona idishlari shishadan, fayansdan, chinni, billur (tarelkalar, chashka, stakanlar, fujer va boshqalar), alumin, zanglamaydigan po‘latdan (vilka, qoshiq, pichoq, tovoq va boshqalar) tayyorlanadi.
Oshxona idish-tovoqlarini ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladiganlari polimer materiallaridir. Chetlari singan, yorilgan, siri ko‘chgan idishlardan foydalanish taqiqlanadi. Oshxona idish-tovoqlari mexanik mashinalar bilan yoki qo‘lda yuviladi. Qo‘lda yuvish uchun alohida uch seksiyali vanna qo‘yiladi. Oxirgi uchinchi seksiyada idishlar chayiladi va toza bo‘ladi. Ikki seksiyali vannalardan ham foydalaniladi. Bular ko‘pincha, assortimenti kam bo‘lgan bufetlarda ishlatiladi. Oshxona idish-tovoqlari qo‘lda yuvilganda quyidagi tartib qo‘llaniladi: 1. Cho‘tka yoki yog‘och kurakcha bilan ovqat qoldiqlarini qirib olib, chiqindi solinadigan maxsus idishga tashlash. 2. Idishlardan yuvuvchi moddalar yordamida birinchi navbatda yog‘larni ketkazish, bu ish vannaning birinchisida 40° dan past bo‘lmagan issiq suvda amalga oshiriladi. 3. Ikkinchi vannada oldingidan ikki marta kam yuvuvchi modda solinib, 40° dan kam bo‘lmagan haroratli issiq suvda yuviladi.
4. Uchinchi vannada harorati 65° dan kam bo‘lmagan issiq suvda chayiladi. Tarelkalar tik holda temir to‘rlarga qo‘yiladi, dushning shlangi bilan ham chayib tozalash mumkin. 5. Idish-tovoqlarni maxsus shkaflarda yoki sim-to‘r tokchalarda quritiladi. Qoshiqlar, vilkalar, pichoqlar ham yuqoridagi usul bilan yuviladi, harorati 65° dan kam bo‘lmagan issiq suvda chayiladi. Yuvilgan idishlarni duxovka-shkaflarda 2—3 daqiqa davomida qizdirish tavsiya etiladi.
Shisha idishlar ikki vannali seksiyaning birinchisida yuvuvchi modda qo‘shilib, 40° dan kam bo‘lmagan issiq suvda yuviladi. Shishadan yasalgan qadahlar, fujer va boshqalarni restoranlarda toza markirovka qilingan sochiqlar, salfetkalar bilan artishga ruxsat beriladi. Ish kuni tugagach, oshxonaning hamma idish-tovoqlari, anjomlarini 0,2 % li xlor ohagi suyuqligi, 0,2 % li xloramin yoki 0,1 % kalsiy gipoxlorid bilan 10 daqiqa davomida dezinfeksiya qilinadi, so‘ngra 50° haroratdan kam bo‘lmagan oqib turuvchi issiq suvda yuviladi. Oshxona idish-tovoqlarini mexanik tarzda yuvilganda, idishlar taom qoldiqlaridan tozalanadi. Dush ko‘rinishidagi mashinalar bilan idish-tovoqlar yuvish ancha qulay. Ishlatib bo‘lgach, mashina tozalanadi, issiq suv bilan yuviladi va quruq latta bilan artiladi.
. Oshxona idishlarini yuvish tartibi quyidagicha: 1. Taom qoldiqlari cho‘tka yoki yog‘och kurakcha bilan tozalanadi. 2. Birinchi vannada 45° haroratda yuvuvchi modda qo‘- shilib yog‘lari ketkaziladi. 3. Ikkinchi vannada 65° dan kam bo‘lmagan haroratli suvda chayqaladi. 4. Sim tokchalarda tik qo‘yilgan holda quritiladi. Ovqat pishiriladigan qozonlar cho‘tka bilan harorati 40° dan past bo‘lmagan issiq suvda yuviladi va 65° dan kam bo‘lmagan issiq suvda chayib olinadi. Metalldan qilingan inventarlar yuvilgandan so‘ng yuvuvchi modda bilan chayqaladi va duxovka yoki maxsus shkaflarda quritladi. Yog‘ochdan yasalgan mayda inventarlar — taxtakachlar, yog‘och kurakchalar va hokazolar 45—50° haroratli issiq suv bilan, so‘ngra yuvuvchi modda qo‘shilib, 65° haroratli suvda yuviladi — chayiladi, metall buyumlar to‘rli stellajlarda quritiladi.

E‘tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 8,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə