O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi



Yüklə 41 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü41 Kb.
#135491
1-oktyabr-Murabbiylar-kuni-tadbir n1



O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi
1 boshlovchi:
Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,
Ularga ezgulik tilamoq haqqim.
Bunchala buyuksiz, bunchalar zukko,
Umringiz mo’jiza-yetmaydi aqlim.
2 boshlovchi:
Ustozni e’zozlash azaliy odat,
Shogirdning kamoli ustoz uchun baxt.
Millionlar qalbida so’nmas mayoqsiz
Bir duo tilamoq insoniy burchim.
1 boshlovchi:
Assalomu-alaykum mehri daryo, qalbi quyosh, jonkuyar, fidoyi muallimlar, aziz ustozlar!!
2 boshlovchi
Assalomu-alaykum ezgulik bunyodkori bo’lmish siz muhtaram ustozlaru, aziz mehmonlar!!
DEKANGA SO”Z
Bugungi tadbirimizni ochib berish uchun Fakultetimiz dekani
Professor Chori Normurodov Begaliyevichni taklif etamiz

1 boshlovchi
Dunyoda kasblar ko’p, har birining hayotda o’z o’rni, o’z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday ulug’ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu olijanob kasb – muallimlikdir.
2 boshlovchi
Barcha ilmlarning kaliti sizda,
Sahovot nuri bor bu qalbingizda.
Otasiz, onasiz har o’g’il –qizga
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

Endiki DAVRAMIZGA termiz musiqa va sanat kolleji Talabaliri
Falkyor dutorchi qizlarni taklif etamiz

1 boshlovchi
O’qishni o’rgatib, ko’zni ochdingiz,
Ilm sirlarini qalbga sochdingiz.
Otaday ulug’siz, kelajak-sizsiz
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
2 boshlovchi
Dard bo’lsa dardlashgan doim biz bilan,
Sirdoshdek sirlashgan hatto biz bilan.
Qalbimiz, mehrimiz, ustoz, siz bilan
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim
Endigi navbatni Amaliy matematika va intelektual texnologiyalari fakultetining 1-kurs tabalariga beramiz. Marxamat. !
1 boshlovchi
Olamning gultojisi inson bo’lsa, ular orasida Olloh nazari tushgani, suyuklisi ustoz-muallimlardir. 2 boshlovchi
Bizlarning har bir savolimizga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim
1 boshlovchi:
Shogirgim obroyim, yuzim degan zot
Ishonchim, umidim, ko’zim degan zot.
Bolajonim- o’g’lim, qizim degan zot
Bu sizsiz ustozlar, hokisorlarim!
Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz,
Gog quvonch, goh alam, ko’z yosh ham sizsiz.
Har ikki olamda quyosh ham sizsiz.
2 boshlovchi
Siz mening g’ururim, iftixorlarim.
Tortilib, o’ylanib yashabsiz bilsam,
Bir umr kuymanib yashabsiz bilsam,
Ertam deb o’ylanib yashabsiz bilsam
Ey mening fidoyi alp chinorlarim.
G’unchalar ochilib bo’lishganda rom,
Barchasin ardoqlab etdim ehtirom,
Mehrimning sharobin tutdim to’la jom
Faxrga sharafdir ustoz degan nom.
Navbatni termiz musiqa va sanat kolleji Talabaliri tomonidan falkyor Doira milliy cholg’u asboblaridan jonli ijoroda tinglaymiz
1 boshlovchi
Ey, inson idrokini charxlovchi zot
Ey, ma’rifat bog’ini gullatgan zako
Siz bilan munavvar bu shirin hayot
Siz bilan oboddir bu ko’hna dargoh.
O’qituvchim anbarim mening
Hayot yo’llarida sarvarim mening.
2 boshlovchi
Ustozlar xaqida So’z ketganda beixtiyor begubor bolaligimiz, orzu – intilishlarga to‘la bolalik yillarimiz, ilk bora qulimizga kalam tutkazgan birinchi o‘qituvchimiz ko‘z oldimizda gavdalanadi.
Bizlarning har bir savolimizga chuqur e'tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim. Sizlarga bugun qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib tashakkur aytamiz.
1 boshlovchi
Hayot ummonida bamisli mayoq
Yiroqlarga nazar tashlar ustozlar
Sodiq shogirdlarga berarkan saboq
Doimo hak yo‘lga boshlar ustozlar.
2 boshlovchi

Eng og‘ir damlarda vazminlik bilan,


Sabr ila matonat darsin o‘tarlar.
Ezgulik singdirib dillarga har dam,
Kelajakka totli meva tutarlar.

Endi termiz musiqa va sanat kolleji Talabaliri Falkyor dutorchi qizlardan jonli ijroda qo’shiq tinglaymiz

1 boshlovchi

Zero bu yuksak ishonchni oqlashda ustoz – muallimlarimizning doimo tayyor ekanliklariga xech shubxa yo‘q.


Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz,


Goh quvonch, goh alam – ko‘z yosh ham sizsiz.
Har ikki olamda quyosh ham sizsiz.
Siz mening g‘ururim, iftixorlarim.

2 boshlovchi


Tortilib, uylanib yashabsiz, bilsam,


Bir umr kuymanib yashabsiz, bilsam,
Ertam deb uylanib yashabsiz, bilsam.
Ey mening fidoyi, alp chinorlarim.

Qadrli ustoz! Hayot kitobini ochuvchi Sizsiz. Yaxshi – yomon kunlarimizning kuzatuvchisi ham Siz. Sizni ko‘rib shodlanamiz. Yuragimiz, kalbimiz bilan Sizga talpinamiz ustoz!

Tadbirimiz o’z nihoyasiga yetar ekan, siz azizlarga ushbu tadbir dasturimiz Manzur bo’ldi deb umit qilamiz

Endi Guldiroz qarsaklar ila Fakultetimiz Fidoyi O’qtuvchilarini


Va tadbir qatnashchilarini taqdirlash uchun davramizga taklif etamiz
Yüklə 41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə