Oʻqituvchi mahoratini takomillashtirish yoʻllari va shart-sharoitlari tuzuvchi: ochilova mahliyo



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/4
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#159382
1   2   3   4
Ped mahorat

Markaziy Osiyoning Xorazm zaminida shakllangan eng qadimiy va “o'tmishdagi dinlarning eng kuchlilaridan bo'lgan” (YU.A.Rappoport) zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da bolalar ta'lim-tarbiyasiga oid qiziqarli ma'lumotlar berilgan. “Avesto”da ta'kidlanadiki, bilim va tarbiya hayotning eng muhim tirgagi bo'lib hisoblanadi. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yozishni o'rganish asosida bilim olishi kerak, so'ngra esa odob-axloqi bilan eng yuksak pog'onaga ko'tarilsin. Kohin muallimlari oqsoqollar Kengashi tomonidan tanlanib, qat'iy belgilangan qoidalar asosida yoshlarga ta'lim va tarbiya berishgan.

Avesto”da bolalarni o'qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagi tartibda tavsiya etilgan: a) diniy va axloqiy tarbiya; b) jismoniy tarbiya; v) o'qish va yozishga o'rgatish.

Buyuk allomalarimiz o'z asarlarida mudarrislar kasbining nozikligini, mas'uliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini, yoritib, muallimning mahorati, ularga qo'yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi to'g'risida o'z mulohazalarini bildirganlar.

Uyg'onish davrining yetuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abul-Qosim Umar Az-Zamaxshariy, Shayx Sa'diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabilarning ijodiy merosi pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo'lajak murabbiylarga muhim manba bo'lib hisoblanadi.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə