Oʻqituvchi mahoratini takomillashtirish yoʻllari va shart-sharoitlari tuzuvchi: ochilova mahliyo


Xo'sh pedagogik mahoratning o'zi nima? Unga hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan quyidagicha ta'rif beriladi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#159382
1   2   3   4
Ped mahorat

Xo'sh pedagogik mahoratning o'zi nima? Unga hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan quyidagicha ta'rif beriladi:

Pedagogik mahorat – o'qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo'lib, o'qituvchilarning ta'lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi faoliyatdir.

Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, quyidagi to'rtta komponent pedagogik mahoratning asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi: •​ o'qituvchilik kasbiga sadoqat; •​ o'z fanining o'qitish metodikasini mukammal bilishi; •​ pedagogik qobiliyatlarini namoyish eta olishi; •​ pedagogik texnikani o'z o'rnida qo'llay bilishi.

.

O'qituvchilarning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon–e'tiqodi, dunyoqarashining kengligi, faolligi, odob–axloqi, fuqarolik burchini his qilishi, ma'naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat'iyligi va o'z maqsadlariga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi mamlakatimizning ijtimoiy–siyosiy talablariga o'z fikr mulohazasi bilan faol ishtirok etishi kiradi.


O'qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi:
1) O'qituvchining shaxsiy fazilatlar bo'yicha tayyorgarligi.
2) O'qituvchining ruhiy – psixologik tayyorgarligi.
3) O'qituvchining ijtimoiy – pedagogik va ilmiy – nazariy jihatdan tayyorgarligi.
4) O'qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi.
Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni ta'minlovchi omillar quyidagilar:
a) ixtisoslik bo'yicha o'quv predmetini, zamon, ilm–fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o'quv fanlari bilan o'zaro aloqadorligini ta'minlash malakasiga ega bo'lishi;
b) ta'lim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini ob'ektiv nazorat qilishi va baholashi;
v) ta'lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o'z faoliyatini tashkil etishi;
g) o'quv – tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik– psixologik va metodik ma'lumotlarga ega bo'lishi;
d) fanlarni o'qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi;
O'qituvchi mahoratini takomillashtirish yuzasidan turli g'oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo'la boshladi. Miloddan avvalgi VI–VII asrlarda O'rta Osiyoda ishlab chiqarish kuchlarining ortib borishi bilan ijtimoiy hayotda ham ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi. Turk va fors tilida so'zlashuvchi xalqlar o'rtasida o'zaro madaniy aloqalar yuzaga keldi. Yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlashda asrlar davomida qo'llanib kelingan, yerli millatning o'ziga xos urf – odati va an'analariga mos
ravishda tatbiq etilgan ta'lim va tarbiyaning noyob usul va vositalari, tadbir va shakllari
vujudga kela boshladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə