O‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Yüklə 227 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü227 Kb.
#133489
  1   2   3   4
1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglar



1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarda 
o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati
 
Mavzuni o‘rganishdan maqsad: 
Talabalarga falsafa fanining predmeti, bahs 
mavzulari va falsafaning jamiyat hayotidagi roli va uning asosiy funksiyalari haqida 
ma’lumot beriladi
.
Talabalar seminar mashg'ulotini chuqur o'rganish orqali falsafa 
fanining predmeti, bahs mavzulari va falsafaning jamiyat hayotidagi roli va uning 
asosiy funksiyalari haqida bilim va ko'nikmaga ega bo'ladi, mustaqil tafakkur va o'z-
o'ziga ishonch shakllanadi. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar: 
Dunyoni anglash, falsafa, 
dunyoqarash, olam-odam, mif, din, fan, umuminsoniy ma’naviy qadriyat, falsafa – 
fan, tadqiqot ob’ekti, predmeti, bahs mavzusi, muammolari, umumnazariy falsafiy 
fanlar, ontologiya, gnoseologiya, metodologiya, ijtimoiy falsafa, maxsus falsafiy 
fanlar, falsafaning umumbashariy mohiyati, falsafa fani funksiyalari, falsafa va fan, 
fanlar tasnifi. 
Asosiy masalalar (Reja): 
1.
Falsafa fani predmeti. Falsafa fani predmetining jamiyat, fan va texnika 
taraqqiyoti natijasida doimo o‘zgarib turishi. 
2.
Falsafaning bahs mavzulari: borliq, dunyoni falsafiy anglash, inson, 
jamiyat va uning istiqboli 
3.
Dunyoqarash tushunchasi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari: mifologik
diniy, falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyatlari. 
4.
Falsafaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Falsafaning jamiyat 
hayotidagi roli va uning asosiy funksiyalari 
 
Seminar topshiriqlarni bajarish uchun uslubiy tavsiyalar: 
1. Talabalarga seminar mavzusi bo`yicha tushunchaga ega bo`lishi uchun 
konspekt yozishi tavsiya etiladi. 
2. Seminarni o`zlashtirish uchun mavzuga oid test topshiriqlarini to‘liq 
bajarishi lozim.
3. Tavsiya etilgan qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanish talabalarning 
mavzuni to‘la o‘zlashtirishida muhim hisoblanadi.
4. Bugungi kunda mamlakatimizda kechayotgan islohotlarning mazmun- 
mohiyatini tushinishda “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” shiorining 
metodologik vazifasini anglay olishi lozim.

Yüklə 227 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə