Optika 1-Laboratoriya ishi yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə7/45
tarix28.11.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#134143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Optika labaratoriya

O’Z-O’ZINI SINASH UCHUN SAVOLLAR


1. Linza deb nimaga aytiladi?
2. Linzaning bosh optik o’qi nima?
3. Yig’uvchi va sochuvchi linzalar haqida gapirib bering.
4. Linzaning fokus masofasi, fokal tekisligi deb nimaga aytiladi?
5. Yig’uvchi va sochuvchi linzalarda tasvir hosil qilishni ko’rsating.
6. Linzaning optik kuchi va kattalashtirishi deb qanday kattaliklarga aytiladi?


3-laboratoriya ishi


KO’RISH TRUBASINING KATTALASHTI­RISHINI ANIQLASH
[15.329-339 20.392-398]


Ishning maqsadi: ko’rish (optik) trubasining ishlash prinsipi bilan tanishish va uning kattalashtirishini aniqlash.
ISH TO’G’RISIDA NAZARIY TUSHUNCHA VA ASBOBNING TAVSIFI

Ko’rish trubasining optik qismi ikkita linzadan tashkil topgan bo’lib, bu linzalardan biri ob’ektiv va ikkinchisi esa okulyar deb ataladi. Ko’rish trubasi sxematik tarzda 8-­rasmda tasvirlangan.



8-rasm. Ko’rish trubasida tasvir hosil bo’lishi
Ob’ektiv L1, AB buyumning haqiqiy va teskari A1B1 tas­virini hosil qilib beradi. Bu A1B1 tasvir esa okulyar linzasi L2 uchun buyum vazifasini o’taydi. Okulyar linzasi uni xuddi lupa kabi aniq ko’rish masofasida mavxum katta­lashgan A2B2 tasvirni hosil qiladi.
Ko’rish trubasining kattalashtirishi ko’rish burchagi deb ataluvchi burchagiga (9-rasmga qarang) bog’lik bo’ladi.

9-rasm
Bu yerda lo, buyumning o’lchami, do buyumdan kuzatish nuqtasigacha bo’lgan masofa.
Ko’rish trubasi hosil qiladigan tasvir ko’rinadigan ko’rish burchagi tangensining oddiy ko’zga shu buyum ko’rinadigan ko’rish burchagi tangensiga nisbati ko’rish trubasi­ning burchak kattalashtirishi deyiladi. Burchak kattalash­tirishi:
(3.1)
Bu yerda, o-oddiy, qurolsiz ko’z bilan ko’rinadigan ko’rish burchagi, -buyum tasvirining ko’rinish burchagi.
Buyumning O nuqtadan d uzoqlikdagi tasvirining o’l­chami l bo’lsin, u holda l ning ko’rish yo’nalishidagi d0 masofadagi tekislikka proyeksiyasi kattaligini - L bilan kattalashtirish quyidagicha bog’langan bo’ladi (9-rasm).
(3.2)
Agar buyum bitta bo’limining uzunligi lo (masalan; millimetrli chizg’ich) bo’lgan shkaladan iborat bo’lsa, u holda bu oraliqning tasvirini shu shkalaning (chizg’ich) o’ziga proyeksiyalab bo’limining uzunligi L ga teng bo’lgan tas­vir hosil qilamiz, bunda L>l0 bo’ladi. Endi shkaladagi buyum (chizg’ich) ning N ta, tasvirini n ta bo’limiga to’g’ri keluvchi kesmani tanlab olib, Nl0=nL tenglikni yozib olishimiz mumkin. U holda kattalashtirish
(3.3)
bo’ladi.
Bu tenglikda N va n butun sonlar va N>n bo’ladi (10-rasm).

10-rasm
Ikkinchi tomondan, ko’rish trubasining kattalashtirishi uning linzalari fokus masofalari bilan ham bog’langan
(3.4)
bu yerda, Fob-ob’ektiv va Fok okulyarning bosh fokus masofa­laridir. Ma’lumki, ko’rish trubasi cheksizlikka sozlanga­nida truba uzunligi d ob’ektiv bilan okulyar oralig’i Fob+Fok ga teng bo’ladi. Bunda ko’rish trubasining okulyarini chiqarib olib, uning o’rniga L kattalikdagi buyum (masa­lan, strelka yoki romb shaklidagi) urnatiladi va bundan okulyarning ikkinchi tomonida undan biror masofada predmetning okulyar hosil qilgan l0 kattalikdagi haqiqiy tasviri paydo bo’ladi. Linzalarning kattalashtirish for­mulasiga asosan:
(3.5)
va
(3.51)
ifodalarni yozib olish mumkin. Bu tengliklardan b ni yo’qotib, kattalashtirish uchun quyidagi ifodani olamiz.
(3.6)
Demak, ko’rish trubasining kattalashtirishini ikki xil usulda aniqlash mumkin.



Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə