Optika 1-Laboratoriya ishi yorug’likning qaytish va sinish qonunlarini o’rganish


-mashq. Kristallar o’sish tezligini aniqlash



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə11/45
tarix28.11.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#134143
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
Optika labaratoriya

2-mashq. Kristallar o’sish tezligini aniqlash
Kerakli asbob va materiallar: mikroskop, okulyar­ mikrometr, ob’ektiv mikrometr yoki difraksion panjara, CuSO4, NaC1 yoki biror tuzning eritmasi, sekundomer.


ISHNING BAJARILISH TARTIBI

1. Yuqoridagi tuzlardan birortasi uning, masalan aralashmasi sof CuS04-ning suvdagi 1-2% li eritmasini tayyorlang.


2. Mikroskop tubusiga buralma okulyar-mikrometrni o’rnating.
3. Mikroskopning buyum stolchasi ustiga ob’ektiv ­mikrometrni yoki difraksion panjarani o’rnating va fo­kuslang.
4. Okulyar-mikrometr krestini ob’ektiv-mikrometr shkalasining biror bo’limiga to’g’rilang va shu krestni shkala bo’ylab siljitib, okulyar-mikrometr barabanidagi bitta bo’limining haqiqiy qiymatini ob’ektiv - mikro­metrdagi qandaydir qiymatga to’g’ri kelishini aniqlang va uni yozib oling.
5. Predmet oynasi ustiga bir tomchi tuz eritmasini tomizing va uni yupqa qilib yoying.
6. Suvning bug’lanishini biroz kuting yoki oynani sal­gina qizdirib, suvni bug’lantiring va tuzni buyum oynasida hosil qiling.
7. Oynani buyum stolchasiga o’rnating va kristallning biror holatini okulyar-mikrometrning ma’lum holati bi­lan belgilab olib, sekundomerni yurgizing.
8. Kristallning o’sishini kuzatib boring, okulyar kre­stini kristall uchining ikkiichi holatiga qo’yib sekundo­merni o’chiring,uning vaziyatini aniqlang.
9. Vaqtni va kristall o’sish kattaligi l ni bilgan holda uning o’sish tezligi k ni aniqlang.
10. Tajribani 7-10 marta takrorlang.
11. Olingan natijalarni yozib boring.
12. O’lchash va hisoblash xatoliklarini baholang, nati­jalarni 8-jadvalga yozing.
8-jadval



l, mm

l2, mm

Δt, s

k, mm/s



Eslatma: tuz namunalari aralashmalaridan to’la tozalangan bo’lishi shart, aks holda tajribani qilib bo’lmaydi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə