Opsion pozitsiyalarini izohlab bering. Opsionlar mohiyati va qoʻllanilishi



Yüklə 245,43 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü245,43 Kb.
#148482
Opsionlar mohiyati va qoʻllanilishi


MAVZU: OPSION POZITSIYALARINI IZOHLAB BERING.


Opsionlar mohiyati va qoʻllanilishi
Opsion kelishilgan muddat davomida maʻlum bir mukofot summasi hisobiga belgilangan miqdordagi tovarlar yoki moliyaviy instrumentlarni belgilangan (kelishilgan) narx boʻyicha sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi bitimni oʻzida aks ettiradi. Bundan koʻrinib turibdiki, opsionlarning ikkita asosiy turi amal qiladi. Yaʻni xarid qilish boʻyicha opsion (option call) kelajakda bitimda belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini bersa, sotish boʻyicha opsion (option put) oʻz egasiga kelajakda bazis aktivini bitim shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi.
Bitimda qayd etilgan bazaviy aktivlar bahosi opsionning ijro etilish (bajarilish) bahosi (strike price) deb ataladi. Bitimda kelishilgan sana bitim muddatining tugash sanasi (expiration date) yoki toʻlov muddati (maturity) deb ataladi. Opsion bitimini amalga oshirish stiliga koʻra Amerika opsioni va Yevropa opsioniga boʻlinadi. Amerika opsion (American option)lari ular amal qilish muddatining tugaguniga qadar istalgan paytda bajarilishi mumkin. Yevropa opsion (European option)lari esa ularning tugash muddatiga kelibgina amalga oshirilishi mumkin. Opsionlar birjada va birjadan tashqarida kotirovkalanadi. Fond birjalarida aksariyat holatlarda kotirovkalanadigan opsionlar boʻyicha bitta opsion bitimining predmeti sifatida 100 ta aksiyani sotib olish yoki sotish olinadi.
Alohida qayd etib oʻtish kerakki, opsionlar uning egasiga maʻlum bir faoliyatni amalga oshirish huquqini beradi va hech qanday majburiyatni yuklamaydi. Yaʻni opsionlar bazaviy aktivlarni sotish yoki sotib olish majburiyatini yuklovchi forvard va fyuchers shartnomalaridan oʻzaro farqlanadi. Shuningdek, eʻtibor qaratiladigan yana bir jihat borki, forvard va fyuchers shartnomalarini tuzish hech qanday xarajat talab qilmaydi, opsionlar boʻyicha esa toʻlov amalga oshirilishi shart. Bu toʻlov opsion boʻyicha mukofot deb ataladi.
Dunyodagi eng katta opsion birjasi sifatida Chikago opsion birjasi (CBOE – Chicago Board of Options Exchange, www.cboe.com) faoliyat yuritadi. 1973-yilda mazkur opsion birjasida birinchi marta opsion bitimi tuzilganligini ham taʻkidlash lozim.
Quyidagi jadvalda 2013-yil 29-mayda savdolarning yopilish vaqtida qayd etilgan Intel kompaniyasi aksiyalariga amerika opsionlari bahosi keltirilgan (14.1- jadval). Opsionlarning amal qilish muddatlari iyunda, iyulda va oktyabrda tugaydi. Iyundagi opsionlar 2013-yil 21-iyungacha, iyuldagi 2013-yil 19-iyulgacha, oktyabrdagi esa 2013-yil 18-oktyabrgacha amal qiladi. 2013-yil 29-mayda savdolarning yopilish vaqtida Intel kompaniyasi aksiyalari bahosi 20,83 dollarga teng.
14.1-jadval
2013-yil 29-maydagi Intel kompaniyasi aksiyalariga opsionlar bahosi, aksiya bahosi 20,83 dollar

Ijro etilish bahosi, dollarda Opsion koll, dollarda Opsion put, dollarda Iyun Iyul Oktyabr Iyun Iyul Oktyabr 20 1,25 1,6 2,4 0,45 0,85 1,5 22,5 0,2 0,45 1,15 1,85 2,20 2,85 Faraz qilaylik, investor brokerga Intel kompaniyasi aksiyalariga bir dona oktyabrgacha opsion kollni 22,5 dollar ijro etilish bahosi bilan sotib olish toʻgʻrisida topshiriq berdi. Broker bu topshiriqni Chikago opsion birjasida bitim tuzuvchi treyderga yubordi. Soʻngra bu treyder Intel kompaniyasi aksiyalariga oktyabrgacha opsion kollni 22,5 dollar ijro etilish bahosi bilan sotishni hohlovchi boshqa treyderni topadi. Taxmin qilaylik, opsion mukofoti (bahosi) yuqoridagi jadvalda koʻrsatilgani kabi 1,15 dollar. Bu summa bir dona aksiyani sotib olish uchun opsion bahosini oʻzida aks ettiradi. AQShda bir dona opsion shartnomasi 100 ta aksiyani sotish yoki sotib olish boʻyicha tuziladi. Shunday ekan, investor broker orqali 115 dollarni birja hisobraqamiga oʻtkazish kerak. Shundan soʻng birja bu summani kontragent hisobraqamiga oʻtkazadi.
Yuqoridagi misolga koʻra, investor 115 dollar hisobiga Intel kompaniyasining 100 dona aksiyasini 22,5 dollardan sotib olish huquqiga ega boʻladi. Kontragent operatsiya boʻyicha 115 dollarni oladi va investor opsion ijro etilishiga qaror qilsa Intel kompaniyasi 100 dona aksiyasini 2013-yil 18- oktyabrgacha 22,5 dollardan sotishga rozilik beradi. Agar Intel kompaniyasi aksiyalari bahosi 2013-yil 18-oktyabrgacha 22,5 dollardan oshmasa opsion bajarilmaydi, investor esa 115 dollarni yoʻqotadi. Lekin Intel kompaniyasi aksiyalar bahosi 30 dollargacha koʻtarilsa investor 100 ta aksiyani 22,5 dollardan sotib olishi mumkin boʻladi. Bunday holatda investor foydasi 750 dollar ((30 – 189 22,5)x100)ni, opsion bahosini hisobga olgan holda 635 dollar (750 – 115)ni tashkil etadi.
Ikkinchi muqobil bitimni koʻrib chiqamiz. Masalan, investor bitta iyuldagi opsion putni 20 dollar ijro etilish bahosi bilan sotib olmoqchi. Yuqoridagi jadvaldan koʻrinib turibdiki, bu opsion har bir aksiya boʻyicha 0,85 dollar va bitta opsion bitimi boʻyicha 85 dollar (100x0,85)ni tashkil etadi. Bunda investor 85 dollar evaziga 2013-yil 19-iyulgacha Intel kompaniyasi har bir aksiyasini 20 dollardan sotish huquqini oladi. Agar Intel kompaniyasi aksiyalari 20 dollardan oshib ketsa opsion bajarilmaydi va investor 85 dollarni yoʻqotadi. Lekin aksiyalar bahosi 15 dollarga teng boʻlsa, investor tomonidan opsion ijro etiladi va 100 ta aksiyani 20 dollardan sotish natijasida 500 dollar miqdorida foyda oladi. Bunda opsion bahosini chegirgan holda operatsiya boʻyicha sof foyda 415 dollarni tashkil etishini taʻkidlash mumkin.
Yana bir holatni koʻrib chiqamiz. Investor eBay kompaniyasi 100 ta aksiyasiga 100 dollar ijro etilish bahosi bilan Yevropa opsion koll sotib oldi. Faraz qilaylik, aksiyalarning joriy bahosi 98 dollarga teng, opsion boʻyicha toʻlov muddati toʻrt oyga teng, opsionlar bahosi (mukofoti) esa har bir aksiyani xarid qilish uchun 5 dollar. Dastlabki investitsiya summasi 500 dollar. Opsionning Yevropa opsioni ekanligi sababli investor uni faqat toʻlov muddatining tugash vaqtida bajarishi mumkin. Agar ijro etilish vaqtida aksiya bahosi 100 dollardan past boʻlsa, investor opsion shartnomasini bajarish uchun qabul qilmaydi. Yaʻni bozorda aksiya bahosi 100 dollardan past boʻlgan holatda ularni 100 dollardan sotib olishdan hech qanday maʻno yoʻq. Bunday holatda investor oʻz-oʻzidan dastlabki investitsiya summasini, yaʻni 500 dollarni yoʻqotadi. Lekin opsion muddatining tugash sanasida aksiyalar bahosi 100 dollardan yuqori boʻlsa opsion bajarishga qabul qilinadi. Faraz qilaylik aksiya bahosi muddat oxirida 115 dollarga teng boʻlsa, opsion bajariladi va investor 100 ta aksiyani 100 dollardan sotib oladi. Bu aksiyalarni darhol sotish natijasida investor har bir aksiya boʻyicha 15 190 dollardan foyda oladi. Umumiy operatsiya boʻyicha investor foydasi opsion boʻyicha dastlabki qoʻyilmani hisobga olgan holda 1000 dollarni tashkil etadi.
Quyidagi rasmda opsion bajarilish vaqtida bir dona aksiya bahosiga investor foyda yoki zararining bogʻliqligi koʻrsatilgan (14.1-rasm). Baʻzida opsionlarning bajarilishi investor uchun zarar sifatida aks etishi mumkin. Faraz qilaylik, oldingi misolda opsion amal qilishining soʻnggi kunida eBay kompaniyasi aksiyalari bahosi 102 dollarga teng. Investor opsionni bajarishi mumkin va 200 dollar samaraga ega boʻlishi mumkin. Lekin mazkur holatda uning zarari 300 dollarga teng, chunki dastlabki investitsiya (opsion mukofoti) 500 dollarni tashkil etadi. Bir qarashda investor mazkur holatda opsionni bajarmasligi kerak. Lekin operatsiyani bajarmaslik, oʻz navbatida, 500 dollarning yoʻqotilishiga sabab boʻladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, opsion muddati tugash sanasida aksiya bahosi opsionni bajarish bahosidan yuqori boʻlsa uni bajarish lozim.

14.1-rasm. Bay kompaniyasi birdona aksiyasiga Yevropa opsionkoll sotib olish boʻyicha foyda miqdori. Opsion mukofoti 5 dollar, ijroetilishbahosi 100 dollar.
Opsion koll egasi aksiyalar bahosi oʻsishini, opsion put egasi esa aksiya bahosi pasayishini kutadi. Yana bir holatni koʻrib chiqamiz. Investor IBM kompaniyasi 100 ta aksiyasiga 70 dollar ijro etilish bahosi bilan Yevropa opsion 191 put sotib oldi. Faraz qilaylik, aksiyalar joriy bahosi 70 dollarga, opsion amal qilish muddati 3 oyga, bitta aksiyani sotish boʻyicha opsion mukofoti 7 dollarga, oʻz navbatida dastlabki investitsiya summasi esa 700 dollarga teng. Opsion Yevropa opsioni boʻlganligi sababli uning amal qilish muddati tugash vaqtida agar aksiyalar bahosi 70 dollardan past boʻlsa bajariladi. Faraz qilaylik, oʻsha payt aksiyalar bahosi 55 dollarga teng. Bunday holatda investor 100 ta aksiyani 55 dollardan sotib olishi va opsion put sharti boʻyicha 70 dollardan sotishi mumkin. Natijada investor operatsiya boʻyicha 1500 dollar samaraga ega boʻladi, opsion mukofotini hisobga olgan holda operatsiya boʻyicha sof foyda 800 dollarni tashkil etadi. Lekin investorning foyda olishiga hech qanday kafolat yoʻq. Agarda muddat tugash vaqtida aksiya bahosi 90 dollarga teng boʻlsa opsion put oʻz ahamiyatga ega boʻlmaydi va investor 700 dollar yoʻqotadi. Quyidagi rasmda investor foyda yoki zararining aksiyaning yakuniy bahosiga bogʻliqligi koʻrsatilgan (14.2-rasm).

14.2-rasm. IBM kompaniyasi bir dona aksiyasiga Yevropa opsion put sotib olish boʻyicha foyda miqdori. Opsion mukofoti 7 dollar, ijro etilish bahosi 70 dollar.
Amerika opsionlari Yevropa opsionlariga nisbatan birmuncha ommabop hisoblanadi. Chunki amerika opsionlarini bajarish uchun Yevropa opsioni kabi tugash muddatini kutish talab qilinmaydi. Shundan kelib chiqqan holda quyida asosan amerika opsionlarining muddatdan oldin bajarilishi bilan bogʻliq holatlarni koʻrib chiqamiz.

14.3-rasm. eBay kompaniyasi bir dona aksiyasiga Yevropa opsion koll sotish boʻyicha foyda miqdori. Opsion mukofoti 5 dollar, ijro etilish bahosi 100 dollar.
Har bir opsion shartnomasida ikkita tomon amal qiladi. Bunda bir tomonda uzun pozitsiyaga ega investor (opsion sotib oluvchi), ikkinchi tomonda esa qisqa pozitsiyaga ega investor (opsion sotuvchi) turadi. Opsion sotuvchi belgilangan majburiyatni oʻziga olish uchun pul mablagʻi oladi. Uning foyda yoki zararlari opsion sotib oluvchining foyda yoki zararlariga teskari bogʻliqlikda namoyon boʻladi. Yuqorida koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha opsion sotuvchi foyda yoki zararlarining aksiya yakuniy bahosiga bogʻliqligi quyidagi rasmlarda keltirilgan (14.3, 14.4-rasmlar).

14.4-rasm. IBM kompaniyasi bir dona aksiyasiga Yevropa opsion put sotish boʻyicha foyda miqdori. Opsion mukofoti 7 dollar, ijro etilish bahosi 70 dollar.
Amaliyotda opsion pozitsiyalari boʻyicha toʻrtta variant amal qiladi:
- opsion kollda uzun pozitsiya;
- opsion putda uzun pozitsiya;
- opsion kollda qisqa pozitsiya;
- opsion putda qisqa pozitsiya;

14.5-rasm. Yevropa opsionida pozitsiyalar boʻyicha opsion egasi toʻlovlar:
a) uzun opsion koll;
b) qisqa opsion koll;
c) uzun opsion put;
d) qisqa opsion put
Yevropa opsionlarida pozitsiyalarni opsion amal qilish muddatining tugash vaqtidagi investorga toʻlovlar miqdorini koʻrsatgan holda tavsiflash birmuncha qulay.
Opsionlarning dastlabki qiymati hisob-kitoblarda hisobga olinmaydi.
K – ijro etilish bahosi,
ST – bazaviy aktivning yakuniy bahosidan kelib chiqqan holda
Yevropa opsion koll uzun pozitsiya boʻyicha toʻlovlar quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
max(ST – K).
Bu formula agar ST ˃K boʻlgan holatdagina opsion bajarilishini oʻzida aks ettiradi. Yevropa opsion koll qisqa pozitsiya boʻyicha toʻlovlar quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
– max(ST – K) = min(K – ST).
Yevropa opsion put uzun pozitsiyada opsion egasiga toʻlovlar quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
max(K – ST).
Yevropa opsion put qisqa pozitsiyada esa opsion egasiga toʻlovlar quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
– max(K – ST) = min(ST – K).
Keltirilgan barcha variantlar quyiagi rasmda keltirilgan (14.5-rasm). Opsion shartnomalarida bazaviy aktivlar sifatida aksiyalar, valyutalar, fond indekslari, fyucherslar olinadi. Aksiyalar boʻyicha opsionlar yoki fond opsionlari (stock options) Chikago opsion birjasida, Filadelfiya fond birjasida (www.fhlx.com), Amerika fond birjasida (www.amex.com), Tinch okeani fond birjasi (www.pasifex.com) va Xalqaro qimmatli qogʻozlar birjasida (www.iseoptions.com) kotirovkalanadi. Opsionlar 1000 dan ortiq turli xil aksiyalar boʻyicha tuziladi. Bitta kontrakt uning egasiga 100 ta aksiyani belgilangan ijro etilish bahosi boʻyicha sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Bunday shartnoma miqdori aksiyalarning oʻzi uchun ham qulay, qoidaga koʻra 100 dona aksiya boʻyicha lotlar sotiladi.
Xorijiy valyutalar boʻyicha opsionlarning katta qismi Filadelfiya fond birjasida kotirovkalanadi. U yerda turli xil xorijiy valyutalarni oldi-sotdisi boʻyicha Yevropa va amerika opsionlari kotirovkalanadi. Bitta shartnoma miqdori valyuta turiga bogʻliq.
Masalan, Britaniya funt sterlingi boʻyicha bitta opsion shartnomasi uning egasiga 31250 funt sterling sotib olish yoki sotish huquqini beradi. Yapon ieni boʻyicha bitta opsion shartnomasi esa 6,25 million ien sotib olish yoki sotish huquqini taqdim etadi. Butun dunyo boʻyicha turli xil fond indekslariga opsionlar yoki indeksli opsionlar (index option) kotirovkalanadi. Ulardan keng tarqalganlari sifatida S&P 500 (SPX), S&P 100 (OEX), Nasdaq 100 (NDX) va Dou-Jons (DJX) indekslariga opsion shartnomalarini keltirish mumkin.
Fond indekslari boʻyicha opsionlar ham Yevropa va amerika opsionlariga boʻlinadi. Masalan, S&P 500 (SPX) boʻyicha opsion Yevropa opsioni, S&P 100 (OEX) boʻyicha opsion esa amerika opsioni hisoblanadi. Bitta shartnoma uning egasiga indeksning 100 baravari miqdoridagi aktivni oldindan kelishilgan ijro etilish bahosi boʻyicha sotish yoki sotib olish huquqini beradi.
Hisob-kitoblar har doim naqd pulda amalga oshiriladi.
Masalan, S&P 100 indeksi boʻyicha opsion koll ijro etilish bahosi 980 dollarga teng. Qachonki indeks bahosi 982 dollarga koʻtarilganda opsion bajariladigan boʻlsa opsion sotuvchi uning egasiga (992 – 980) x 100 = 1200 dollar toʻlaydi. Naqd hisob-kitoblar kun oxirida qayd etilgan indekslar qiymatiga asoslanadi.
Yaʻni koʻp holatlarda opsion egalari oʻz sotish yoki sotib olish huquqidan foydalanishga ishonch hosil qilgandagina sotish yoki sotib olishini eʻlon qiladi va odatda investorlar kun oxirigacha kutib turadi. Fyuchers opsionlari yoki fyuchers boʻyicha opsionlar (futures option)da bazaviy aktiv sifatida fyuchers shartnomalari qoʻllanadi. Bunday opsion aniq belgilab qoʻyilgan bazis aktiv boʻyicha fyuchers shartnomasini sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Hozirgi vaqtda asosida oddiy fyuchers shartnomalari boʻlgan aksariyat aktivlar boʻyicha fyuchers opsionlari koʻpchilik uchun qulay. Qoidaga koʻra, fyuchers shartnomalari va fyuchers opsionlar bitta birjada kotirovkalanadi.
Yüklə 245,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə