Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja


Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə2/25
tarix11.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#144749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
2-ma\'ruza. Operasion tizimlar

Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash mumkin;

  • sistemaviy dasturiy ta’minot;

  • amaliy dasturiy ta’minot;

  • dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari;

Sistemaviy dasturiy ta’minot (Sistem software) - kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.

Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) - bu aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari- yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, yahni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.

Sistemaviy dasturiy ta’minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:

  • kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;

  • kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tahlil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.

Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy taminot va yordamchi(xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo‘shimcha tarzda yaratilishi mumkin.

Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) - bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat.

Ularga quyidagilar kiradi:

  • operatsion tizim (OT);

  • tarmoq operatsion tizimi.

Yordamchi(xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini (interfeysni) qulayroq tahlil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.


Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə