Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja


Toʽrtinchi davr (1980 yildan – hozirgi vaqtgacha)



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə14/25
tarix11.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#144749
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
2-ma\'ruza. Operasion tizimlar

Toʽrtinchi davr (1980 yildan – hozirgi vaqtgacha). Operatsion tizimlar rivojlanishidagi keyingi davr katta integral sxemalarni (BIS) yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan davrdir. Bu yillarda integratsiya darajasi keskin o‘sishi va mikrosxemalar arzonlashishi yuz berdi. Kompyuterdan alohida foydalanuvchilar foydalanishi imkoni yuzaga keldi, va shaxsiy kompyuterlar davri boshlandi. Arxitektura jihatidan, shaxsiy kompyuterlar, minikompyuterlar ti’lari sinflaridan hech narsasi bilan farq qilmas edilar, faqat ularning baholarida farq bo‘ldi. Agar minikompyuter korxona va universitet bo‘limiga shaxsiy hisoblash markaziga ega bo‘lishiga imkon bergan bo‘lsa, shaxsiy kompyuter esa bunday imkoniyatni alohida inson uchun yaratdi. Kompyuterlardan hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‘lmaganlar ham keng ko‘lamda foydalana boshladilar, bu esa o‘z navbatida “do‘st” dasturiy ta’minotni yaratishni talab etdi, bu dasturchilarni alohida o‘rnidan qo‘zhatdi.
Hisoblash tizimlarini rivojlanishi bosqichlarini ko‘rib chiqib, biz rivojlanish jarayonida mumtoz (klassik) OT lar bajargan 6 ta asosiy funktsiyalarni ajratishimiz mumkin:

  1. Topshiriqlarni rejalashtirish va protsessordan foydalanish;

  2. Dasturlarni kommunikatsiya va sinxronizatsiya vositalari bilan ta’minlash;

  3. Xotirani boshqarish;

  4. Fayl tizimini boshqarish;

  5. Kiritish-chiqarishni boshqarish;

  6. Xavfsizlikni ta’minlash.

Har bir keltirilgan funktsiyalar odatda OT tarkibidagi kom’onetalaridan biri sifatida amalga oshirilgan. Ular boshidanoq, OT tarkibiy qismi sifatida yaratilgan emas, ular rivojlanish jarayonida yuzaga keldi. Inson yaratgan hisoblash tizimi rivojlanishi (evalyutsiyasi) shu yo‘ldan ketdi, ammo hech kim bu yo‘l rivojlanishning yagona mumkin bo‘lgan yo‘li deb isbot qilolmaydi.
OT lar, shu ayni vaqtda ularning mavjudligi-hisoblash tizimidan oqilona foydalanishdir, shuning uchun ham ular mavjud.

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə